AYOLLAR YUPKASINING NAMUNASINI TAYYORLASH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Ayollar yupkasining namunasini tayyorlash
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Ayollar  turli uslubdagi yubkalari haqida ma’lumotlar.
Yubkalar uchun gazlamalar tanlash.
Yubkani chizmasini chizish va konstruksiyalash.
Yubkalarni modellashtirish, bezash.
=== Taqdimot 3 ===
Belli kiyimlarga yubkalar, shimlar, shortik, lozim, yubka-shimlar kiradi. Yubkalar bichimiga ko‘ra: to‘g‘ri bichimli, etagiga kengaygan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri bichimli yubkalar o‘z navbatida: to‘g‘ri bichim, etagiga toraygan, etagiga bir oz kengaygan shakllariga ega bo‘ladi. Bunday yubkalar shaklini beldagi burmalar, gir aylangan taxlamalar, koketkali yubkalar hisobiga hosil qilish mumkin. Etagiga kengaygan yubkalarga: bo‘lakli va quyosh, yarim quyosh yubkalar kiradi. Yubkalarni bezak bahyaqator, tasma, tugmacha, kashtalar va hokazolar bilan bezash mumkin.
Ayollar  turli uslubdagi yubkalari haqida ma’lumotlar
=== Taqdimot 4 ===
Yubka taqilmasiga “molniya” tasma, ilgak, tugmalar bilan ishlov berish mumkin. Yubkalar fasoni bo‘yicha har xil bo‘ladi: vitochkali, to‘g‘ri, qiyiqli, vitochkasiz ikki chokli, yarim quyosh, quyosh, taxlamali yubka va hokazolar. Qanday maqsadda kiyilishiga qarab ularni kostyum bilan kiyiladigan va kostyumsiz, faqat o‘zi kiyiladigan yubkalarga ajratish mumkin.
=== Taqdimot 5 ===
Kostyum bilan kiyiladigan va nimcha bilan bir xil materialdan tikilgan yubkaning bichimi nimchaning bichimiga mos tushishi lozim. Faqat o‘zini kiyiladigan yubkaning fasoni va bichimi gavdaning xususiyatlariga, shuningdek, gazlamaning to‘qilishi va gullariga qarab tanlanadi. Etagi kengaygan yubkalar engil gazlamalardan tikilib, to‘g‘ri bichimli yubkani etagini kengaytirib hosil qilinadi.
=== Taqdimot 6 ===
To‘g‘ri bichimli yubkalar zich to‘qilgan va qalinroq gazlamadan tikiladi. Yengil yoki zich to‘qilgan jun gazlama, kremplin, sidirg‘a, shuningdek, zich to‘qilgan ipak gazlamadan tikilgan yubkalarni bluzka, kostyum, jaket va shu kabilar bilan kiyish mumkin. Yubkaning beli belbog‘li, rezinkali yoki tasmali bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri bichimli yubka gazlamaning bo‘ylama ipi yo‘nalishi bo‘yicha bichiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Bo‘lakli yubka qiyiqli bir qancha bo‘laklardan tashkil topadi. Bunda bo‘ylama ip har bir bo‘lakning markazidan o‘tadi. Bo‘ylama ip ko‘rinib turishi uchun bo‘lakning andazadagi markaziy chizig‘i ustiga yuqori va pastdan teshikcha qilib kertik qo‘yiladi. Quyosh va konussimon yubkalar aylana, yarim aylana, 1/3 aylana, 1/4 aylana shaklida  bichiladi. Bo‘ylama ip old bo‘lagining o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 8 ===
Yubkalar silueti bo‘yicha to‘g‘ri, etakka qarab kengaygan va toraygan bo‘ladi. Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo‘lishi mumkin. Yubka konstruksiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so‘ng shaxsiy figura to‘laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo‘nalishiga mos model aniqlanadi. To‘g‘ri yubka va uning variantlari ixcham bo‘ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko‘rsatadi. Uning etak qismi bo‘ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir. Etagi kengaytirilgan yubka beli xipcham (ingichka belli) va bo‘ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig‘iga o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
=== Taqdimot 9 ===
A va B- to‘g‘ri siluetli yubka
=== Taqdimot 10 ===
c-etagi kengaytirilgan yubka
d-etagi toraygan yubka
=== Taqdimot 11 ===
e-gode yubka
V-Quyoshli yubka
=== Taqdimot 12 ===
=== Taqdimot 13 ===
Yubka fasonlari geometrik figuralarga ham bog‘liq
=== Taqdimot 14 ===
=== Taqdimot 15 ===
Etak qismi toraytirilgan yubka (“xurmacha” shaklidagi) bashang kiyimlarda ko‘proq uchraydi. Bunday yubkalar qattiqroq gazlamadan tikiladi. Ba’zi hollarda bel vitochkalar o‘rniga mayda burmalar loyihalanadi. Yubka barcha siluetlari va ularning variantlari to‘g‘ri siluetli yubka gazlamasi asosida konstruktiv modellash yo‘li bilan yaratiladi. Yubkani modellashda uning bo‘laklarining o‘zaro mutanosibligiga (proporsional ichiga) e’tibor berish kerak.
=== Taqdimot 16 ===
Yubkani modellashda tikish uchun tanlangan gazlama xossalarini va figuraning to‘laligini ham hisobga olish zarur. Yupqa va mayin gazlamalardan etagi kengaytirilgan yubkalar, cho‘ziluvchan gazlamadan torroq yubka tikish ma’qulroqdir. “Klesh”, “gode” bichimli yubkalarni kengaytirish darajasi (kattaligi) qomat tuzilishiga qarab aniqlanadi.
=== Taqdimot 17 ===
To‘g‘ri yubkaga silueti to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini beruvchi barcha yubkalar kiradi. Ular tor va kengaytirilgan, bir va bir necha chokli, shlitsali, taxlamli va burmali bo‘lishi mumkin. Yubka vitochkalarining o‘rni, soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog‘liq. To‘g‘ri yubkada ort bo‘lakda 2 ta, old bo‘lakda 2 ta vitochka loyihalanadi.
=== Taqdimot 18 ===
Agar vitochka kattaligi 4 sm dan oshsa, u ikkiga bo‘linadi, ya’ni 2 ta vitochka o‘rniga 4 ta loyihalanadi. Klassik to‘g‘ri yubka ort bo‘lagi o‘rta chokli yoki yaxlit bo‘ladi. Taqilma chap yon chokda yoki ort o‘rta chokda tikiladi. To‘g‘ri yubka belbog‘li va belbog‘siz qilib tikilishi mumkin. Klassik to‘g‘ri yubkaning chiziqlar bilan bo‘linishi.
=== Taqdimot 19 ===
Yubkani qurish uchun konstruktiv qo‘shimchalar
2-jadval
=== Taqdimot 20 ===
To‘g‘ri yubkaning konstruktiv chiziqlari va asosiy bo‘laklari.
Bel chizig‘i
Old vitochka chizig‘i
old bo‘lak o‘rta chizig‘i
Yon chiziq
Old bo‘lak
Etak chizig‘i
Ort vitochka chizig‘i
Bo‘ksa chizig‘i
Ort bo‘lak o‘rta chizig‘i
Ort bo‘lak
=== Taqdimot 21 ===
To‘g‘ri yubka chizmasini chizish va modellash.
To‘g‘ri yubka chizmasini o‘quvchilar nazariy darslarda o‘zlashtiradilar. Misol tariqasida 164-96-100 o‘lchamli figura uchun yubka bazis to‘r va asos konstruksiyasi chizmasi berilgan.
Yubkani qurish uchun dastlabki ma’lumotlar:
R=164, OgII – 96; Ob = 100 sm
=== Taqdimot 22 ===
Bel chizig‘i
Vitochka chizig‘i
Bo‘ksa chizig‘i
Ort bo‘lak o‘rta chizig‘i
B
N
Yon vitochka chizig‘i
Old vitochka chizig‘i
Old bo‘lak o‘rta chizig‘i
Etak chizig‘i
N2
C bo‘k
B bo‘k
B3
B2
B4
B1
Yon chizig‘i
N1
0,5 BB1 1
T2
T3
T4
T1
T
=== Taqdimot 23 ===
Yubkalarni modellashtirish, bezash
Yubka (to‘g‘ri bichimli) uchun andoza tayyorlash, gazlama sarfini aniqlash, gazlamaga joylashtirish chok uchun qo‘shimchalarni kiritish va bichish.
Modellashtirish tikuvchilik sanoatining, tikuv buyumlar tayyorlashning muhim qismi hisoblanadi. Modellashtirish so‘zi “model” so‘zidan olingan bo‘lib, fransuz tilida shakl ma’nosini bildiradi. Modellashtirish shakl o‘zgartirishdir. Tikuv bugunlarini loyihalashda, uning asosiy andozasi tayyorlanib, ma’lum bir fason bo‘yicha kiyim tikishda, shu asosiy andozaning shaklini shu fason bo‘yicha o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Natijada kerakli fason formulasi kelib chiqishi kerak. Bu jarayonni modellashtirish jarayoni deyiladi. Texnik modellashtirish 4 bosqichda bajariladi:
=== Taqdimot 24 ===
Model eskizini chizish. Unga tavsifnoma (qo‘shimcha ma’lumot berish) yozish. Tavsifnomada kiyimning bezaklari, qismlari aniqroq yoritiladi. Shuning uchun uning qanday gazlamadan tayyorlanishi, qayerda kiyilishi, qaysi vaqtda kiyishga mo‘ljallanganligi, qanday yoshda, qanday ko‘rinishdagi odamga tavsiya etilishi yoziladi. Kiyimning asosiy andozasiga o‘zgartirish chiziqlari kiritish. Bunda shu kiyimning asosiy andozasi – olinib, fason bo‘yicha o‘zgartirish chiziqlari o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 25 ===
Bunda andoza alohida qog‘ozga kontur chiziqlari tushirilib olingan bo‘lishi kerak. Shu qog‘ozda hali qirqib olinmasdan turib, o‘zgartirish chiziqlari o‘tkaziladi, Qo‘shimcha chiziqlar kerak bo‘lgan alohida. Model bo‘yicha o‘zgartirish chiziqlariga o‘zgartirish chiziqlari yorqin rangda bo‘lishi kerak. Vitochkalarning burchaklari {qirqish lozim bo‘lgan ma’lum belgi (X) qo‘yiladi 2 ki berkitiladi) qirqiladi deb yoziladi. Qirqiladigan chiziqlarga ham (X) qo‘yiladi yoki qirqiladi, deb yoziladi.
=== Taqdimot 26 ===
Modellashtrish o‘zgartirish chiziqlari o‘tkazishni takrorlab, rangli qog‘ozda rangli-tomonida bajariladi, ya’ni qo‘shimchalar kirgizilgani holdagi kichraytirilgan holda qirqib olinadi (rangli chiziqlar bo‘yicha). Ba’zi kengaytirishlar qirqib kengaytiriladi, vitochkalar berkitish kerak bo‘lsa,qirqib ishlanadi va kerakli fason andozasi kichik masshtabda tayyorlanadi. Masshtab daftarda 1:4 da o‘z razmeri uchun 1:1 da bajariladi. Tayyor bo‘lgan  andozalar ustiga bo‘ylama ip yo‘nalishi, buklov, chok xaki va detallar nomi yoziladi.
Modellashtirish jarayoni. Modellashtnrish
=== Taqdimot 27 ===
Andozani gazlamaga joylashtirish. Tayyor bo‘lgani fason andozalari tanlangan gazlamaga enini aniqlab, unga andozani joylashtirish kerak. Bunda gazlamaga joylashtirish usuli qo‘llaniladi, ya’ni ikki buklab bo‘ylama ipi bo‘yicha joylash, yopiq holda 1 kavatln joylash, qisman buklangan holda joylash, eni bo‘yicha buklangan gazlamaga joylashtirish, turli usullardan aralash foydalanish. Andozani gazlamaga joylashda bu ipi, buklov erlariga qat’iyan rioya qilinadi. Andozalarni joylashda, avval katta andozalar, so‘ng oralariga kichik andozalar joylashtiriladi. Ba’zi andozalarni bir necha qismdan iborat joylashtirish mumkin.
=== Taqdimot 28 ===
To‘g‘ri yubkaning konstruktiv chiziqlari va asosiy bo‘laklari
=== Taqdimot 29 ===
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“AYOLLAR YUPKASINING NAMUNASINI TAYYORLASH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar