Atrof-muhit muhofazasi
4000 so'm

Slayd 1
Atrof-Muhit Muhofazasi
Slayd 2
Atrof-muhitni muhofaza qilish
Atrof-muhitni muhofaza qilishning qonuniy asoslari
Reja:
Slayd 3
Foydalaniladigan asosiy darslik va oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati
Rahbariy adabiyotlar:
Oʻzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʻgʻrisida» gi 637-sonli Qonuni. 23.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi 4805-son Qarori. 12.08.2020
Sh. M. Mirziyoyev. «Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz». – Toshkent. Oʻzbekiston. 2017. -56 b
Sh. M. Mirziyoyev. «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz». – Toshkent. Oʻzbekiston. 2017. – 488 b
Sh. M. Mirziyoyev. «Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz». – Toshkent. Oʻzbekiston. 2017. – 592 b
Slayd 4
Asosiy adabiyotlar:
Azimova D. O. Bioxilma-xillik va uning muhofazasi. Oʻquv qoʻllanma. «Fan va texnologiya» nashriyoti, -Toshkent, 2019
Yormatova D. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. Darslik. «Fan va texnologiya» nashriyoti, -Toshkent, 2018
Xoʻjanazarov Oʻ. E. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. Oʻquv qoʻllanma. «Barkamol fayz media» nashriyoti, -Toshkent, 2018
Raximova U. T. Bioekologiya oʻsimliklar ekologiyasi. Oʻquv qoʻllanma. «Innovatsiya-Ziyo» nashriyoti, -Toshkent, 2020
Sultonov P. S. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Darslik. «Musiqa» nashriyoti, -Toshkent, 2007
Ergashev A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish
Darslik. «Yangi asr avlodi» nashriyoti, -Toshkent, 2005
Slayd 5
Qoʻshimcha adabiyotlar:
Qosimova S. T. Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi. Oʻquv qoʻllanma. «Istiqlol» nashriyoti. –Toshkent. 2005
Otaboyev Sh. Inson va biosfera. Oʻquv qoʻllanma. «Oʻqituvchi» nashriyoti. –Toshkent. 1995
Xasanov F. A. Flora Uzbekistana I tom. Qoʻllanma. «Navroʻz» nashriyoti. –Toshkent. 2016
Qizil kitob I jild. Albom. «Chinor Enk» nashriyoti. Toshkent. 2019
Qizil kitob II jild. Albom. «Chinor Enk» nashriyoti. Toshkent. 2019
Elektron taʼlim resurslari:
www. gbif. org (Global Biodiversity Information Facility)
www. mappinglife. org (Map of Life)
www. plantlife. org. uk (Plantlife: Important Plants Areas)
www. flora. uz
www. ziyonet. uz
www. naukaran. ru
Slayd 6
Slayd 7
Atrof-muhitni muhofaza qilish – tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Slayd 8
Slayd 9
Hozirgi vaqtda atrof-muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni quyosh nuri, yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga, oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻjinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq.
Slayd 10
Atrof-muhit omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari – ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi
Slayd 11
Yerda odam paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlami jihatidan ham koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda.
Slayd 12
Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli XVI asrning oxirlaridan XX asrning 70 yillarigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80 yillardan boshlab har yili oʻrtacha 1 hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral oʻgʻitlar (yuz million t ga yaqin), ogʻir metallar, radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Slayd 13
Slayd 14
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, atrof-muhit boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
Slayd 15
Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud:
Tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi;
Tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi, bu hayot asosi
Tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33-35 yillik va koʻp yillik);
Zonallik;
Regionallik
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘SIMLIK ORGANLARI VA ULARNING FUNKS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TAYANCH – HARAKAT A’ZOLAR TIZIMI. QO‘L VA OYOQ SUYAKLARINING TUZILISHI HAMDA ULARNING BIRIKISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Orol dengizdagi bugungi holat va muammolari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIK HOSILDORLIKNI ANIQLASH VA YIG‘IM TERIM VAQTIDA NOBUTGARCHILIKNI ANIQLASH (BUG‘DOY MISOLIDA) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 55 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Mevalarning tuzilishi va guruhlarini o’rganish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.