Atrof-muhit ekologik holatini muhofaza qilishning o’simliklar uchun ahamiyati

4000 so'm


Atrof-muhit ekologik holatini muhofaza qilishning o'simliklar uchun ahamiyati

 

 

Slayd 1

Atrof-muhit ekologik holatini muhofaza qilishning oʻsimliklar uchun ahamiyati

Slayd 2

Ekologiya nima?
Ekologik holat nima?
Ekologik holatning oʻsimliklarga taʼsiri
Reja:

Slayd 3

“Ekologiya» soʻzi yunoncha boʻlib, «oykos»-uy va «logos»- fan maʼnolarini bildiradi. Bu fan «tabiiy uy» da yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni oʻtayotgan hamma tirik organizmlarni oʻrganadi. Shuning uchun ham ekologiya organizmlarni «oʻz uyi»da oʻrganadigan fan deb ataladi. Bu fan organizmlar va atrof-muhit oʻrtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi.
Ekologiya nima?

Slayd 4

“Ekologiya» atamasi buyuk nemis darvinisti Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan 1866 -1869 yillari birinchi bor fanga kiritildi. E. Gekkelning xizmatini oʻz vaqtida F. Engels yuqori baholab «Tabiiy tanlash tushunchasi E. Gekkelning ishlari va xizmatlari tufayli barqarorlandi, turlarning oʻzgaruvchanligi esa, ularni muhitga yashash joyiga moslashishi va nasliy belgilarning oʻtishi bilan yoritildi» deydi.

Slayd 5

Organizmlar va muhit oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslashish yoʻllarini oʻrganish:
Ekosistemalarda uchraydigan turlar soni va sifati hamda turlar uchraydigan yerning iqlimi, tuproq xili joyning holatini oʻrganish:
Ekosistemaning tuzilishi, u yerda uchraydigan turlarning bir-birlari va ularning muhit bilan hamda oʻlik tabiat komponentlar bilan boʻlayotgan munosabatlarini ochish:
Ekosistemaning tarkibini koʻrsatuvchi harorat, namlik, tuproqning xillari, tuzlar miqdori (suv, tuproqda) va biogen moddalarning borligi hamda oz va koʻpligini aniqlash:
Ekosistemaning miqdorini solishtirishda, uning asosiy komponentlarining oʻzaro va muhit bilan aloqalarini ochib turlarning oʻsish, koʻpayish va fotosintez jarayonida hosil boʻladigan fitomassa hamda uning hayvonlar tomonidan oʻzlashtirish tezligini aniqlash:
Ekosistemalarda uchraydigan hamma komponentlarning fasllar boʻyicha, yil davomida va koʻp yillar mobaynida sodir boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganib, u yoki bu ekosistema asosida umumiy qonunlar yaratish, kelajak uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish

Slayd 6

Ekologik ahvol
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti davrida ekologik ahvolni muvozanat holida saqlab turish, atrof – muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bogʻliq. Bu omillarning asosiy yetakchisi ekologik taʼlim va tarbiyadir. Yoshlar ongida ekologik ongni shakllantirishda qadimiy milliy tarbiyaviy vositalarni qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.

Slayd 7

Ekologlar fikriga koʻra, global iqlim isishi Yevropada toshqinlar bilan, Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Oʻzbekistonda qurgʻoqchilik bilan kuzatiladi.
Dunyo ahli, jumladan, Yevropa iqlim oʻzgarishiga qarshi yechim izlashga astoydil kirishgan. Bu maqsadda millardlab dollar mablagʻajratilmoqda. Mintaqada bu boradagi harakat hozircha zaif. Ekspertlar fikricha, iqlim isishining asoratlari darhaqiqat jiddiy; ekologik inqiroz mintaqaning aholisiga daxldor.
Oʻzbekiston Ekologlari harakari faollaridan biri Murodjon Rahmonov soʻzlariga koʻra, mintaqagi ekologik vaziyatga taʼsir- oqibatlar haqida xavotirlar koʻproq taxmin.»Men bu darajada taxminlar bildirish tarafdori emasman, chunki hozir biz oʻz vaqtida bu masalaga eʼtibor qaratdik. 2020 yilga borib vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarsa kerak. Sababi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yaqinda ikkinchi maʼruzasini eʼlon qildi. 1990 yillardan hozirgacha boʻlgan vaziyat yuzasidan. Unga koʻra, vaziyat ancha yaxshilanayapti, albatta, Orol muamosi istisno. Biologik xilma-xillik yaxshilangan. Lekin baribir, odamlar iqtisodsiz yasholmaydi. Hozir biz birinchi oʻrinda atrof-muhit masalasi turishini odamlarga singdirishimiz kerak», – deydi u.

Slayd 8

Gobal iqlim isishi oqibatlari haqidagi tadqiqotlarning Markaziy Osiyoga oid qismida qurgʻoqchilik, qishloq xoʻjaligining izdan chiqishi, ekologik inqiroz natijasida millionlab qochqinlar paydo boʻlishi aytiladi. Oʻzbekistonda ekologik tashkilotlarni birlashtirgan Ekologlar harakati siyosiy doiraga tortilgan. Harakat vakillari uchun Oliy Majlisdan 15 deputatlik oʻrni ajratildi. Sharhlovchilar nazarida siyosiylashish ekologlar harakatini jamoatchilik hayotidan uzoqlashtiradi.»Bu harakat tuzilishida men ham qatnashgan edim, mutaxassis sifatida jalb qilishgan edi. Yer-suv boʻyicha loyiha ham tuzib bergan edim, sharoit, keyingi ishlar haqida. Lekin hozir meni bu yogʻi qiziqtirayotgani yoʻq. Majlislarni kamaytirib, amaliy ishlar qilish kerak. Ekologik muhofazani siyosatga aralashtirish kerak emas, bu boshqa narsa», – deydi ekolog Rustam Razzoqov. Yaqinda Amir Temur xiyobonida yuzlab chinorlarning kesib yuborilishi yuzasidan Oʻzbekiston Ekologlar harakati sukut saqlashi ekologlarning jamoatchilik hayotidan uzoqlashayotganini tasdiqlaydi. Akademik Bekjon Toshmuhammedovning aytishicha, mamlakatda ekologik vaziyat ogʻirlshishini suiisteʼmol qilish kuchaymoqda. «Ekologik inqiroz haqida koʻp gapirilishiga qaramasdan, atrof-muhitni muhofaza qilish ayanchli ahvolda. Ekologiyani korrupsiya muammosi bilan birga muhokama qilish kerak, chunki hamma narsa sotib yuborilayapti, ekologiya meʼyorlari, suvni ishlatish rejimlari buzilayapti, buning hammasini hokimiyat qilmoqda. Shuning uchun ham ozroq boʻlsa ham jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish kerak», – deydi akademik.

Slayd 9

Ekologik omillar oʻsimlikka bevosita va bilvosita taʼsir qiladi. Bevosita taʼsir qiluvchi omillarga namlik, yorugʻlik, issiqlik, inson va hayvonlar taʼsiri misol boʻla oladi.
Bilvosita taʼsir etuvchi omillarga relyef, togʻjinslari, iqlimni oʻzgarishi va tuproq sharoitining oʻzgarishi misol boʻla oladi. Baʼzan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita taʼsir koʻrsatishi mumkin. Masalan: shamol oʻsimliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini toʻkib, bevosita taʼsir koʻrsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Doʻl oʻsimlikning yer usti organlariga salbiy taʼsir koʻrsatsa, tuproq namligini oshirib, havo haroratini oʻzgartirib bilvosita taʼsir etadi.
Xar qanday ekologik omil oʻsimliklarga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Masalan: sholi suvda yaxshi oʻsadi, lekin suv koʻp boʻlsa, gʻoʻza tez kunda xalok boʻladi. Koʻpchilik oʻrmonda oʻsuvchi oʻsimliklar soya joyda yaxshi oʻsadi, yorugʻjoyda tezda xalok boʻladi. Aksincha, choʻl zonasida oʻsuvchi oʻsimliklar yorugʻjoyda yaxshi rivojlansa, soya joyda tez kunda halok boʻladi.
Ekologik holatning oʻsimliklarga taʼsiri

Slayd 10

Ekologik omillarning miqdori va oʻsimlikka taʼsiri turlichadir. Ularni taʼsir etish miqdoriga qarab 3 guruhga boʻlinadi.
Omilning minimal miqdori, yaʼni bundan kam boʻlsa organizmni xalokatga olib keladi. 2. Omilning optimal miqdori yaʼni oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit
Omilning maksimal miqdori, yaʼni bundan ortiq boʻlsa xalokatga olib keladi
Masalan: koʻpchilik oʻsimliklarning oʻsish va rivojlanishi 20-250 t0 da meʼyorida kechadi, havo t0 si 35-400 ga koʻparilishi oʻsish jarayonini susaytirsa, 00 dan pastga tushishi oʻsimlikni xalokatga olib keladi. Temperatura omillarining oʻsimlikka taʼsirini Markaziy Osiyoda oʻsadigan saksovul va gʻoʻza misolida kuzatsak, saksovul – 300 dan past temperaturaga chidasa, gʻoʻza -2 -30 da xalok boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi amaliyotida barcha agronomlar, oʻrmon xodimlari ekologik bilimlarga ega boʻlishi zarur. Chunki barcha agrotexnik tadbirlar (tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish, hosilni yigʻib olish, sugʻorish ishlari) maʼlum ekologik omillarga bogʻliqdir.

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Atrof-muhit ekologik holatini muhofaza qilishning o’simliklar uchun ahamiyati” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

five × 1 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar