ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Hokimiyat qo‘ldan boy berilishini his qilgan Shayboniylar davlati taxtga Astraxanlik Yormuhammadxonning o‘g‘li Joni Muhammad yoki Jonibek Sultonni o‘tqazishga qaror qiladi. U Abdullaxon II ning singlisiga uylangan edi. U taxtdan o‘g‘li Dinmuhammad foydasiga voz kechadi. Dinmuhammad bu paytda Eronliklar qamal qilgan Obivard shahrida edi.
=== Taqdimot 4 ===
Buxoroga chaqirilgan Dinmuhammad yo‘lda o‘ldiriladi. Amirlar xonlik taxtiga uning ukasi Boqimuhammadni o‘tkazib, ukasi Valimuhammadni valiahd deb e’lon qiladilar. Shunday qilib, Buxoro xonligi 1601-yilda Ashtarxoniylar (Joniylar) qo‘liga o‘tadi.
=== Taqdimot 5 ===
Ashtarxoniylarning taxtga o‘tirishini quyidagicha izohlash mumkin:
Amirlar o‘z mustaqilliklarini bundan ham mustahkamlash uchun ularning ta’sir doirasiga daxl qila olmaydigan xonni taxtga o‘tqazishdan manfaatdor edilar;
Jonibek Sulton bu hudud uchun begona sulola vakili edi va Shayboniylar davlatida suyana oladigan ittifoqchilarga ega emas edi.
=== Taqdimot 6 ===
Boqimuhammad Muhammad Yusuf Munshiy ma’lumotlariga ko‘ra, davlat apparatini islohot qilish, qo‘shinni mustahkamlash ishlarini boshlab yubordi, 1605-yilda olamdan o‘tadi. Uning o‘rniga taxtga ukasi Valimuhammad o‘tiradi. U mamlakatni mustaqil boshqara olmadi va o‘zbek qabilalari bek va amirlari qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa aylanadi.
1611-yilda Vali Muhammad taxtdan ag‘darilib o‘rniga Boqimuhammadning o‘g‘li Imomqulixon o‘tiradi (1611-1642). Imomqulixon o‘z hukmronligi davrida o‘zbek qabilalari beklarining mustaqilligini birmuncha cheklandi. U Eronliklarga qarshi birgalikda kurashish uchun qozoq sultonlari bilan ittifoq ham tuzgan edi.
=== Taqdimot 7 ===
Qozoqlarni o‘z tarafiga olish uchun Imomqulixon hatto ularga Toshkent, Yassi va ular atrofidagi qo‘rg‘onlarni in’om etgan edi. Lekin qozoqlar in’om etilgan hududlar bilan chegaralanmasdan Buxoroga tahdid qila boshladilar. Imomqulixon shimoliy hududlarga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘ladi.
Shimoliy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Imomqulixon Toshkent va unga tutash viloyat ustidan yana o‘z nazoratini tiklash maqsadida o‘g‘li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi qilib jo‘natadi. Juda ham yosh va tajribasiz bo‘lgan Iskandar Sulton viloyatni boshqarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Uning davrida soliqlar miqdori oshadi va amaldorlarning adolatsizligi kuchayadi.
=== Taqdimot 8 ===
G‘azablangan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Iskandar sulton va uning otalig‘i o‘ldiriladi. Bundan xabar topgan Imomqulixon o‘z qo‘shini bilan Toshkentni qamal qiladi va toshkentliklarni to otining bo‘g‘izigacha qonga botirishi haqida ont ichadi. Qattiq qarshilikka qaramay Imomqulixon qo‘shini Balx va Badaxshondan kelgan ko‘ngilli askarlar yordamida Toshkentni ishg‘ol qiladi.
=== Taqdimot 9 ===
Imomqulixon amir va beklarning to‘la mustaqillikka yo‘l qo‘ymaslikka muvaffaq bo‘ldi va mamlakat birligini saqlab qoldi. O‘z umrining oxirida 1642-yilda u Makkaga hajga jo‘naydi. Imomqulixon sunniylik mazhabiga mansub bo‘lsa-da, shialar Eronida unga juda katta ehtirom ko‘rsatadilar. Eronda uning portreti yaratiladi va bu portret hozir Toshkentdagi Sharq xalqlari san’ati davlat muzeyida saqlanmoqda. Imomqulixon 1643-1644-yilda Madinada olamdan o‘tadi.
Imomqulixon o‘rniga taxtga uning ukasi Nodirmuhammadxon o‘tiradi (1642-1645). Uning davrida vaziyat keskin o‘zgaradi. U o‘zbek amir va beklari bilan til topa olmaydi. Saroy amaldorlari, qabila boshliqlarining tazyiq ostiga olinishi norozilikni kuchaytiradi.
=== Taqdimot 10 ===
Abdulazizxon davrida o‘zbek zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi oshadi va markaziy davlat apparati zaiflashadi. Abdulaziz mamlakatni 1645-yildan 1681-yilgacha boshqaradi.. Markaziy hokimiyatning kuchsizlanganligidan tashqi dushmanlar foydalanadilar va Movaraunnahrga o‘z tazyiqlarini kuchaytiradilar. Ayniqsa, xorazmliklar va qozoq biylari o‘z hujumlarini avj oldiradilar.
=== Taqdimot 11 ===
Dushman hujumlarini qaytara olmagan Abdulaziz iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Taxtni 1681-yilda uning ukasi Subhonqulixon egallaydi . Lekin Xivaliklarning hujumi to‘xtamaydi. Xiva xoni Anushaxon hatto Samarqand amirlari tomonidan o‘z hokimiyatini tan olinishiga va juma namozida o‘z nomiga xutba o‘qilishiga erishadi.
=== Taqdimot 12 ===
Subhonqulixon qatag‘on qabilasi qo‘shini yordamida Xivaliklarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. U hatto Xiva xoniga qarshi fitna uyushtirib, Anushani taxtdan ag‘darilishga va uning ko‘zi o‘yib olinishiga erishadi. Natijada Xiva xonligi qisqa muddatda bo‘lsa-da, Buxoro xonligi tarkibiga kiritiladi. Lekin shunday bo‘lsa-da, Subhonqulixon mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlashga erisha olmadi.
Xivaliklarni Buxorodan haydashga yordam bergan qatag‘onlar biyi Mahmudbiyning nufuzi Subhonquli davrida g‘oyatda oshib ketadi. Subhonqulixon uni odatda taxt vorislari tayinlanadigan Balx xokimi lavozimiga tayinlashga majbur bo‘ladi. Tinimsiz janglar xazinaning bo‘shashga olib keladi. Vaziyatdan chiqish uchun Subhonqulixon qo‘shimcha soliqlar tayinlaydi. Bu esa vaziyatni og‘irlashtiradi.
=== Taqdimot 13 ===
Subhonqulixonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1702-1711-yillar) mamlakat birligini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U Samarqand, Hisor, Termiz va Balxga harbiy yurishlar qilib ularni saltanatga bo‘ysundirdi. Jang vaqtida payhon qilingan hosil uchun dehqonlarga haq to‘lanishi oddiy aholi o‘rtasida uning obro‘sini ko‘tardi. Bu orada Dashti Qipchoqdan jung‘or (qalmiq) qabilalarining Toshkentga bostirib kelganligi haqida xabar olinadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ubaydullaxonning faollik bilan qilgan harakatlari qalmiqlarning chekinishiga olib keladi. Ubaydullaxonning mamlakat birligini taminlash uchun qilgan harakatlari oxir oqibatda baribir samara bermadi. Fitna ketidan fitna tashkil qilinaverdi. Viloyatlarning bo‘ysunmasligi odatiy holga aylandi. Boshqaruv apparatida o‘ziga sadoqatli qatlam yuzaga keltirish maqsadida Ubaydullaxon dehqon va hunarmandlarning bolalarini davlatni boshqarishga jalb qildi. Ulardan To‘raquli hatto qushbegi lavozimigacha ko‘tarildi.
=== Taqdimot 15 ===
Boshqaruv apparatida o‘ziga sadoqatli qatlam yuzaga keltirish maqsadida Ubaydullaxon dehqon va hunarmandlarning bolalarini davlatni boshqarishga jalb qildi. Bunday siyosat asilzodalarning noroziligini kuchaytirmasdan qolmas edi albatta. Bu harakatga Mahmudbiy (qatag‘on qabilasining boshlig‘i) rahbarlik qildi.. Ubaydullaxon ukalari Asadulla sulton va Muhammad Muqim ham taxt uchun kurash boshladilar.
=== Taqdimot 16 ===
Ubaydullaxon II Ashtarxoniylar sulolasining mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intilgan oxirgi hukmdori edi. Uning amalga oshirgan pul islohoti ham xuddi shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. Ubaydullaxon II davrida qiymati baland kumush tangalar zarb qilina boshlandi. Lekin keyinchalik u xatoga yo‘l qo‘ydi.
1708-yilda Ubaydullaxon II xazinasidagi har bir kumush tangadan 4 ta tanga zarb qildirdi va har bir Yangi tanganing narxini eski to‘la qonli tanga bilan tenglashtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad xazinani mablag‘ bilan to‘ldirish edi. Lekin bu tadbir xalq qo‘zg‘aloniga olib keldi va islohot to‘xtatildi. Ubaydullaxon II o‘limidan keyin Buxoro xonligida Samarqand, Hisor, Toshkent, Balx , Badaxshon viloyatlari hokimlarining harbiy – siyosiy qudrati oshganligi kuzatiladi.
=== Taqdimot 17 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA MOVAROUNNAHR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar