Arablar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo
4000 so'm

Slayd 1
Arablar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo
Slayd 2
Reja:
Arab xalifaligining tashkil topishi
01
Arablarnig islomlashtirish siyosati va soliq tizimi
03
Arablarning О‘rta Osiyoni bosib olishi
02
04
Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashlari
Slayd 3
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir (632-1258). Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireney yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan, ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirganlar. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Arab xalifaligining tashkil topishi
Slayd 4
VI asring ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan aralashib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon – savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surardi. o‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilib, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab asilzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy hayotiga katta zarar yetkazmoqda edi. Vaziyatning bunday tus olishi turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirmoqda edi
Slayd 5
Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. – sollallohu alayhi vasallam) ibn Abdulloh (570–632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari “muslim” (musulmonlar) deb atalgan.
Islom bayrog‘i ostida Makka shahrida boshlangan targ‘ibot Madinaga ko‘chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi.
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632–634) xalifa (o‘rinbosar) deb e’lon qilinadi.
Slayd 6
Arab xalifaligi VII asring boshlaridan boshlab o‘z hududlarini G‘arb va Sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi. Xususan, 642-yilda Nahavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor etilgach O‘rta Osiyo yerlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi.
Slayd 7
Arablarning O‘rta Osiyoga dastlabki yurishlari 651-yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Marv shahri jangsiz egallanadi. So‘ngra hozirgi Afg‘onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shahri edi.
Slayd 8
Arablar Amudaryo (Jayhun)dan shimolda joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni, “daryoning ortidagi yerlar” deb nom berishadi. 652-yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo‘ladilar.
Slayd 9
Arablar 654-yilda Nasaf (Qarshi) yaqinidagi Maymurg‘ qal’asiga hujum qiladilar. 667-yilda Chag‘oniyonga yurish qilinib, turk yabg‘usiga jiddiy talofat yetkaziladi.
673-yili Xuroson noibi bo‘lgan Ubaydulloh ibn Ziyod Qabaj xotun boshqarayotgan Buxoroga hujum uyushtiradi. Arablarning Xurosondagi keyingi noibi Sa’id ibn Usmon Poykent va Buxoroga qayta yurish qiladi.
Sa’id ibn Usmon 676-yili Samarqandda ham o‘ttiz ming asir va ellik nafar asilzodani garovga olish evaziga bitim tuzadi.
Slayd 10
Slayd 11
Buxoro malikasi milodiy 683/684-yili Harqonrudda Tarxun bilan birlashib, Muslim ibn Ziyodga qarshi jang qiladi. Ammo bu gal ham bitim tuzishga majbur bo‘ladi. Yana bir lashkarboshi Muhallab Azdiy 698/699-yili Keshni qamal qiladi. Janubda esa arablar Xuttalonni egallaydi.
704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movarounnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlaring bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qo‘l keladi. 706-yilda u katta qo‘shin bilan Movarounnahrga yurish boshlaydi va 707-yil Poykand shahri 15 kunlik qamaldan so‘ng egallanadi.
Slayd 12
Arablarga qarshi turklar, sug‘diylar umuman, mahalliy aholi o‘zaro ittifoq tuzishga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba mazkur ittifoqni buzishga muvaffaq bo‘ladi va 708-709-yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar qilib, Buxoro shahrini zabt etadi.
Qutayba 711/712-yillarda Xorazmni qo‘lga kiritgach, e’tiborini Samarqandga qaratadi.
G‘urak 712-yilda Qutayba bilan “Samarqand shartnomasi”ni imzolaydi. Bu shartnomadan norozi bo‘lgan samarqandliklar 712-yil kuzida xoqonlik qo‘shinlari yordamida Samarqanddagi arablar noibi o‘rdusiga hujum uyushtiradilar. Qutayba yetib kelib, o‘z urdusini saqlab qoladi.
Slayd 13
Mug‘ tog‘idan topilgan hujjatlarga ko‘ra, 712–713-yillarda Sug‘d, Choch, Farg‘ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq tuzib, vaqtincha g‘alabalarga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba bu ittifoqqa raxna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 714-yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to‘xtatib qo‘yish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kiradi va Istijobni egallaydi. 715-yilga kelib Qutayba Farg‘onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi.
Slayd 14
720-yili Suluxon G‘urakka yordam berish maqsadida Qursul (Qulchur) boshchiligida qo‘shin yuboradi. Qursul va G‘urakning birlashgan qo‘shinlari Samarqanddagi arablar qarorgohini qurshovga oladi. Arablarga qarshi bu kurashda Sug‘ddagi deyarli barcha mulklarning hokimlari qatnashadi. Arab qo‘shinlari tovon puli evaziga jon saqlab qolishga erishadi.
Slayd 15
721-yil xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinianadi. Iroqdagi xalq qo‘zg‘olonini bostirishda o‘z shafqatsizligi bilan nom chiqargan Sa‘id al-Xaroshiy G‘urak bilan munosabatni yaxshilab, Devashtichga qarsh harakat boshlaydi. Devashtich arablarga qarshi kurashda ko‘proq ashinaliylar qo‘shinlariga suyanadi.
723/724-yildan arablarga qarshi kurash maydoniga Farg‘ona hukmdori Alutar chiqadi. Bu paytda Xuroson noibi Muslim ibn Kilabiy Ustrushona va Farg‘onaga o‘z yurishlarini davom ettiradi. Bundan xabar topgan Suluxon farg‘onaliklarga yordamga shoshiladi. Ashinaliylar, Farg‘ona va Choch hokimlaridan iborat 20 minglik birlashgan qo‘shin Muslim ibn Kilabiyni Samarqandgacha ta’qib qilib boradi. Jarayonning bunday tus olishi Xurosonda noiblar almashinuviga sabab bo‘ladi.
Slayd 16
Yerga egalik munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi ummaviylarning siyosiy sahnadan ketishlarini, ularning avvalgi mavqeyi tugaganligini ko‘rsatmoqda edi. Umaviylar siyosatidan ommaviy norozilik, ayniqsa, Marvon II (744–750-yy.) hukmronlik davrida kuchayib ketdi. Marvon II ning xiroj solig‘i miqdorini ko‘paytirishi va mahalliy xalqlarni og‘ir qurilish ishlariga keng jalb qilishi norozilikning alangalanishiga olib keldi. Movarounnahr va Xurosonda Abbosiylar katta yer egalarini o‘zlari tomonga jalb qilishga harakat qiladilar.
Slayd 17
749-yili Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda Umaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo‘zg‘olonchilar poytaxt Damashqni ham qo‘lga kiritishadi. Xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Abbosiylardan bo‘lgan Abul-Abbos Saffoh (749–754-yy.) xalifalik taxtiga o‘tiradi. 745-yillarda Sharqiy Turk xoqonligi Uyg‘ur xoqonligi tomonidan tugatilgan bo‘lsa , G‘arbiy Turk xoqonligi 742-yildayoq barham topgan edi. Uning o‘rnini egallagan turkashlar Suluxon vafotidan so‘ng zaiflashadi. Bu vaziyat Tan imperiyasining Turonga tahdidini kuchaytirdi. Farg‘ona ixshidi va Shosh maliki o‘rtasidagi ixtilofdan foydalangan Xitoy imperatori 751-yilda Gao Syan Szi boshchiligida yurish boshlaydi. Talas vodiysidagi jangdan so‘ng Xitoy qo‘shini haydab chiqariladi. Shu bilan xalifalikning shimoliy sarhadlari ham mustahkamlanib, qat’iy chegara o‘rnatiladi.
Slayd 18
Soliq siyosati
Jizya – Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘I;
Zakot – mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq;
Xiroj – hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘I;
Ushr (arabcha – “o‘ndan bir”) – idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq .
Slayd 19
Oq kiyimlilar qo‘zg‘aloni
VIII asrning 70–80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar boshqalardan ajralib turish maqsadida oq rangdagi kiyim kiyib olganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan ham mashhur. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping‘ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi.
Slayd 20
806-yili Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqandda qo‘zg‘olon boshlanadi. Uning rahbari xalifaning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyorning nevarasi edi. Qo‘zg‘olonchilarning talabi bilan arablar xiroj miqdorini kamaytirishga majbur bo‘ladilar. Buxorodagi qo‘zg‘olonni Rofening ukasi Bashir ibn Lays boshqargan va u ona tomondan buxorxudot malikaning avlodi hisoblangan. 808-yil oxirida Samarqand tumanidagi qo‘zg‘olonchilar rahbarlari Ujayfa ibn Anbas va Ahvas ibn Muhojir xalifalik lashkarboshisi Harsamaga taslim bo‘ladilar. 809-yili Harsama Buxoroni bosib olishga muvaffaq bo‘ladi va Bashir ibn Laysni asir qilib Tusga, xalifa huzuriga yuboradi. 809-yil kuziga kelib Harsama oxirgi qarshilik ko‘rsatayotgan shahar Samarqandni egallaydi, Rofe ibn Lays o‘ldiriladi.
Slayd 21
Arab qo‘shinlarining har bir otryadi bir xil qurol – yarog‘ga ega bo‘lgan , lekin alohida kiyim-boshi bo‘lgan. Arab qo‘shinlarining saralangan asosiy qismi otliqlar bo‘lib, ular ikki qism:
1) og‘ir qurolli “al-muxadtar”;
2) yengil qurollangan “al-ansor”ga bo‘lingan.
Arab qo‘shinlarining
jangovar tartibi, X asr.
Slayd 22
Yerga egalik shakllari
Arablar Movarounnahrni bosib olgach, bu yerdagi yer-mulklar xalifaga tasarrufiga o‘tdi. Xalifa davlat yerlarini iqto tariqasida in’om qilish huquqiga ega edi. Davlat yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo‘yi yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan. Biroq yerlarning asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan ushr olish huquqiga ega edi.
Yirik yer egalari – dehqonlar Arab xalifaligi davrida ham o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik xazinasiga topshirish majburiyatini olgan edilar
Slayd 23
Abbosiylar davrida Movarounnahr boshqaruvi
Vazir ul-vuzaro (ulug‘ vazir) – davlatni boshqarishda xalifa unga tayangan.
Amir ul-umaro – harbiy ishlar uchun mas’ul shaxs.
Devon ad-dar – Xalifa turli masalalarni kengashda ko‘rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo‘lingan: “devon al-mashriq”, “devon al-mag‘rib” va “devon al-xaraj”. Movarounnahrga tegishli masalalar “devon al-mashriq”da hal qilinar edi.
Slayd 24
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.