ARAB VA FORS IZOFASI

3000 so'm


ARAB VA FORS IZOFASI

ARAB VA FORS IZOFASI

Arab va fors izofasi: izofa turlari, tuzilishi va qo‘llanilishi

Izofa (arabcha “إضاف”) lug‘aviy jihatdan “qo‘shish”, “bog‘lash”, “orttirish” degan ma’noni anglatadi. Tilshunoslikda esa izofa — bu aniqlovchi va aniqlanmish so‘zlar o‘rtasidagi qaratqich yoki qaralmish munosabatini ifodalovchi grammatik bog‘lanishdir. Izofalar asosan fors va arab tillarida keng qo‘llanilib, eski o‘zbek yozuvi va adabiyotida ham ko‘p uchraydi.

1. Fors izofasi haqida

Fors izofasida aniqlovchi bilan aniqlanmish o‘rtasida “i” yoki “yi” tovushi orqali bog‘lanadi. Bu bog‘lanish so‘zlar o‘rtasida yumshoq o‘tish hosil qiladi. O‘zbek tilida ham forscha izofa namunalari hali-hanuz uchraydi. Masalan: dardi-bedavo (bevosita “davosi yo‘q dard”), tarjimayi-hol (hayot tarjimasi), nuqtayi-nazar (qarash nuqtasi).

Fors izofasining tuzilish xususiyatlari:

  • a) Agar aniqlanmish so‘z undosh bilan tugasa, “i” yozilmaydi, lekin talaffuzda eshitiladi:
    dard-i sar (bosh og‘rigi), lab-i xandon (kuluvchi lab), qomat-i zebo (chiroyli qomat).
  • b) Agar so‘z “ه” (hoye havvaz) bilan tugasa, izofa “yi” tarzida o‘qiladi va harf ustiga hamza belgisi qo‘yiladi:
    tarjima-yi-hol, nuqta-yi-nazar, xamsa-yi-navoi.
  • v) Agar so‘z cho‘ziq unli bilan tugasa (u, o‘, o), izofa “ی” yoziladi va o‘qiladi:
    ru-yi rost (to‘g‘ri yuz), buxoro-yi sharif (muqaddas Buxoro), sado-yi Turkiston.

Fors izofasi asosan mumtoz adabiyotda, ayniqsa g‘azal janrida ko‘p uchraydi. Bunday shakllar she’rning ohangdorligini va badiiy go‘zalligini oshiradi.

2. Arab izofasi haqida

Arab tilidagi izofa (الإضافة) ikki so‘z o‘rtasidagi egalik yoki qaratqich munosabatini bildiradi. Arab izofasi, fors izofasidan farqli o‘laroq, alif-lom (ال) orqali ifodalanadi va so‘zning aniqlik holatini belgilaydi. Masalan:
al-kitob — “kitob”, al-bob — “eshik”.

Arab alifbosidagi izofa uchun muhim guruhlar:

  • Qamariy (oy) harflar: ا ب ج ح خ ع غ ف ق ك م ه و ي
  • Shamsiy (quyosh) harflar: ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن

3. Arab izofasining tuzilishi

Arab izofasida so‘zlar o‘rtasidagi aloqa “ال” (al) yoki “ul” yordamida amalga oshadi. Bu izofa aniqlovchi harfining oy yoki quyosh harfi bo‘lishiga qarab farq qiladi.

  • A) Agar aniqlovchi oy harfi bilan boshlansa, u holda “ul” qo‘shiladi:
    dardul-funun — “fanlar dardi”,
    muhokamat ul-lug‘atayn — “ikki tilning solishtirilishi”,
    mahbub ul-qulub — “ko‘ngillar sevgani”.
  • B) Agar aniqlovchi quyosh harfi bilan boshlansa, “l” tovushi talaffuz qilinmaydi va keyingi harf ikkilantiriladi:
    nurush-shams — “quyosh nuri”,
    lisonut-tayr — “qush tili”,
    zul-lisonayn — “ikki tillilik”.

4. Arab izofasining o‘zbek tilidagi namunalari

Arab izofasi ko‘pincha atoqli otlar — kishilarning ismlarida uchraydi. U diniy yoki hurmat ma’nosini ifodalaydi. Masalan:

  • Nuriddin — “din nuri”
  • Husniddin — “dinning go‘zalligi”
  • Abdurahmon — “mehribon Alloh bandasi”
  • Rahmatulloh — “Allohning rahmati”
  • Shamsiddin — “dinning quyoshi”

5. Xulosa

Arab va fors izofalari o‘zbek tilining leksik va grammatik tizimida chuqur iz qoldirgan. Bu izofalar orqali so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada ifodali, badiiy va aniqlik kasb etadi. Ular tilimizning tarixiy boyligini, arab va fors madaniyatining o‘zaro ta’sirini yaqqol namoyon etadi.

=== Taqdimot 1 ===
ARAB VA FORS IZOFASI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Qamariy va Shamsiy harflar haqida ma’lumot berish.
Izofa haqida ma’lumot berish.
Arab izofasi haqida ma’lumot berish.
Fors izofasi
=== Taqdimot 3 ===
Izofa –  اضاف so‘zining lug‘aviy ma’nosi qo‘shish va bog‘lash, orttirish degan ma’noni bildiradi. Aniqlanmish va aniqlovchi, qaralmish va qaratqich munosabatlarni ifodalovchi tushuncha izofa deb ataladi.
Fors izofasida aniqlovchi bilan  aniqlanmish i tovushi, ya’ni ی  harfi orqali bog‘lanadi. Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik  izofasi uchrab turadi. Masalan:  dardi-bedavo دردِ بیدوا , tarjimayi-hol ترجمه حال,  nuqtayi-nazar نقطه نظر.
=== Taqdimot 4 ===
Eski o‘zbek yozuvi namunalarida uchraydigan ana shunday izofalar mazmunini tushunib olish uchun  mazkur grammatik mavzuning quyidagi tomonlariga  e’tibor bermoq zarur.
Fors izofasida so‘z tartibi o‘zbek tilidagiga nisbatan teskari bo‘ladi: o‘zbek tilida avval aniqlovchi, keyin  aniqlanmish kelsa, fors izofasida birinchi aniqlanmish,  keyin aniqlovchi keladi. Fors izofasidagi so‘zlar ajratib o‘qilmay, bir butun talaffuz etiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Fors izofasining tuzilish tartibi quyidagicha:
a)   Aniqlanmish so‘z undosh bilan tugasa, izofa ko‘rsatkichi  «i» yozilmaydi , ammo o‘qiladi ( ِ- zer) tarzida talaffuz etiladi. Masalan:
Dard-i-sarدرد سر-
Lab-i xandon    – لب خندان
Qomat-i zebo – قامت زیبا
Ofat-i jon –آفت جان
Dard-i bedavo – درد بیدوا
Sarv-i ravon – سرو روان
Sarv-i noz – سرو ناز
Sadd-i iskandariyسدً اسکندری –
=== Taqdimot 6 ===
B)  aniqlanmish so‘z ه   «a» (hoye havvaz) unlisi bilan tugasa, izofa ko‘rsatkichi “i” yozilmaydi, ammo “yi” tarzida o‘qiladi. Hoyi havvaz harfi ustiga hamza belgisi qo‘yiladi. Masalan:
Tarjima-yi-hol – ترجمهء حال
Nuqta-yi-nazar – نقطهء نظ
Oyina-yi- jahon  – آینهء جهان
Xamsa-yi navoiy – نوایی   حمسهء
Shajara-yi turk – شجرهء  تورک
Devona-yi mashrab – دوانهء مشرب
=== Taqdimot 7 ===
V) aniqlanmish so‘z cho‘ziq unlilar bilan tugasa, ya’ni  u, o‘, o tovushlari bilan tugagan so‘zlarda izofa ko‘rsatkichi bo‘lgan  ی  yo harfi  yoziladi va o‘qiladi.
Masalan: ro‘-yi rost – روی راست
Tuti-ye  g‘azalxon  –  طوطی غزلخان
Oshno-yi mehribon – آشنای میهربان
Ru-ye  zebo   –روی زیبا
Buxoro-yi sharif – بخارای شریف
Bino-yi ko‘rkam – بنای کورکم
Sado-yi turkiston – صدای تورکستان
Fors izofasi mumtoz adabiyotimizning g‘azal janrida ko‘plab uchraydi, bu esa asarning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi
=== Taqdimot 8 ===
Arab  alfavitidagi 28 ta harf ikkiga, ya’ni oy – qamariya قمریه va quyosh – shamsiya شمسیه harflariga bo‘linadi. Oy harflari ham, quyosh harflari ham 14 tadan.
شمسی حرفلار
ت     ث    د    ذ    ر    ز    س    ش    ص    ض    ط    ظ    ل    ن
قمری حرقلار
ا     ب     ج    ح    خ     ع    غ    ف    ق   ک    م    ه    و    ی
ARAB IZOFASI
=== Taqdimot 9 ===
Arab tilidagi so‘zlar aniq va noaniq holatda bo‘lishi mumkin. Arab so‘zga ال  -al qo‘shilsa, (al bilan kelsa) so‘z aniq, holatda deb aytiladi.
al-kitob –الکتاب    al-bob –الباب
Fors va eski o‘zbek yozuviga xos bo‘lgan  p – پ  ch – چ  je – ژ  gof –گ harflari, qaysi harflardan yasalgan bo‘lsa o‘sha harflar bilan bir guruhga kiradi.
Arab izofasining ko‘rsatkichi ا ل  (al yoki ul) ikkala so‘z o‘rtasida kelgan holda ularni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Arab izofasi eski o‘zbek tilida, oz bo‘lsa-da uchraydi. U ko‘pincha asar va joy nomlarida, kishilarning  ismlarida  ko‘zga  tashlanadi. Izofa ko‘rsatkichi hisoblanmish (ul) har doim ham talaffuz qilinavermaydi, lekin yozuvda albatta, qayd etiladi. Uning qaysi paytlarda talaffuz qilinishi yoki qaysi paytlarda qilinmasligi  shamsiy va qamariy harflarga bog‘liq.
=== Taqdimot 11 ===
Arab izofasi fors izofasidan shu bilan farq qiladiki, fors izofasidagi birinchi o‘rinda turgan aniqlanmish «i» bilan  tugaydi.
Arab izofasida esa  birinchi  o‘rinda turgan  aniqlanmishning qanday tovush bilan  tugashi aniqlovchining  oy yoki quyosh harfi bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 12 ===
A)  Agar aniqlovchi oy harfi bilan boshlansa aniqlanmish bilan  uning o‘rtasida (orasida) «ul» hosil bo‘ladi, ya’ni aniqlanmishning «u» – si aniqlovchi ال – alining ل – lomi  ustiga tushadi, natajada «ul» o‘qiladi.  Masalan:
dardul-funun – دار الفنون
tolibul – ilmطالب العلم
muhokamat ul lug‘tayn- محاکمت الغتین
Mahbub ul qulub- محبوب القلوب
Zu so‘zi arab tilidan «egasi, ega bo‘luvchi» deb tarjima qilinadi.
=== Taqdimot 13 ===
B) agar aniqlovchi so‘zning birinchi harfi quyosh harfi bilan boshlansa, aniqlovchiningال – alining lomi  o‘qilmaydi, uning  birinchi harfi ikkilantiriladi (tashdid qo‘yiladi).
Qush tili –  lisonut – tayr لسان الطیر
Quyosh nuri –  nurush – shams  نور الشمس
Bolalik g‘aroyibotlari – g‘aroyibus- sig‘ar غرایب الصغر
Ikki tillilik –  zul-lisonayn  ذو اللسانین
=== Taqdimot 14 ===
Arab  izofasi   ko‘pincha o‘zbek  tilidagi  atoqli  otlarda  (kishilarning ismida) uchraydi. Masalan:
Nuriddin – نور الدین
Husniddin –حسن الدین
Abdulmalik – عبد الملک
Abdurahmon –عبد الرحمان
Rahmatullo –رحمت الله
Shamsiddin –شمس الدین
Ubaydullo (h) –  عبید الله
Abdullo (h) –عبد الله
=== Taqdimot 15 ===
Tarixiy jarayon tufayli eski o‘zbek tilida ko‘plab arabcha va forscha so‘z birikmalari o‘zlashib, ular o‘zbek tilininnag lug‘at tarkibini beqiyos darajada boyitgan, uning ifoda imkoniyatini kengaytirdi, sinonimik jihatdan rang-barangligini va jozibadorligini oshiradi.
=== Taqdimot 16 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


📖 “Arab va fors izofasi” taqdimotining to‘liq variantini Slaydchi.uz saytida tomosha qiling.

Slaydchi.uz — filologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida eng sifatli taqdimotlar manbai.

Boshqa taqdimotlarni ko‘rish: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ARAB VA FORS IZOFASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar