Arab tilshunosligining rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rni
4000 so'm

Slayd 1
Arab tilshunosligining rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rni
مرحبا
Slayd 2
Tayanch tushunchalar
“Fanlar tasnifi”, “Saydana”, “Asbobi hudut al xuruf”, “Devoni lug‘atit turk”, “Sanglox”, leksika, leksikografiya, nutq tovushlari, jarangli va jarangsiz tovushlar, til va nutq, tilshunoslik ensiklopediyasi, qiyosiy tilshunoslik, turkiy so‘z, til va nutq birligi, metafora, o‘xshashlik, ma’noning kengayishi.
Slayd 3
Reja:
01.
03.
Abu Rayhon Beruniy
02.
Mahmud Qoshg‘ariy va Mirzo Mehdixon
04.
Abu Nasr Farobiy
Abu Ali ibn Sino
Slayd 4
“Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat yoshlarning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin”.
—Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Slayd 5
O‘rta Osiyolik mashhur allomalarning jahon madaniyati, ma’rifati ilm-faniga qo‘shgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk
allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud az-Zamahshariy, Alisher
Navoiy, Mirzo Mehdixon va boshqalarning tilshunoslik fani
taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.
Slayd 6
Abu Nasr Farobiy
01.
اثنان
Slayd 7
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida “Fanlar tasnifi” (yoki “Fanlar tasnifi haqidagi so‘z”) kitobi tilshunoslik masalalariga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bo‘limlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan.
Slayd 8
Morfologiya
Farobiy til nazariyasi
Nutq tovushlari, tovush o‘zgarishlari, fonetik me’yori
Ot, fe’l va harflar
Leksika
So‘z masalasi va uning ma’nolari tasnifi
Sintaksis
So‘z birikmasi, nutqning qismlarga bo‘linishi, so‘zlarning birikish qoidalari
Fonetika
TTTIL
02
04
01
03
Slayd 9
Forobiy she’riyat – she’r haqida fikr yuritar ekan, she’rning yozilish o‘lchovlari, ya’ni, she’rning yozilishidagi to‘liq va noto‘liq o‘lchovlar, qaysi o‘lchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, she’r tovush va bo‘g‘inlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi. Forobiy ulug‘ faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtayi nazaridan tilga, lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi. U ot, fe’l va yuklama kabi so‘z turkumlarining arab tilida ham, yunon tilida ham mavjudligini aytib, buni umumiylik sifatida talqin qiladi.
Slayd 10
Ayni vaqtda arab tilshunoslari ushbu so‘z turkumlarini shu til hodisalari, birliklari asosida tahlil qilsalar, yunon tilshunoslari esa qayd etilgan morfologik kategoriyalarni o‘z ona tili materiallari asosida o‘rganishlarini ta’kidlaydiki, bu jarayon xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Binobarin, dialektik falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyasi tilning muayyan tushunchalari orqali o‘zining isbotini, tasdig‘ini topadi.
Slayd 11
Abu Rayhon Beruniy
02.
اثنان
Slayd 12
Abu Rayhon Beruniyning lisoniy qarashlari “Saydana” nomli asarida beriladi. Anig‘i, ushbu asar dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Buyuk alloma ushbu asarda dorivor moddalarning bir necha tillarda qanday nomlanishinigina bayon qilib qolmasdan, balki ushbu moddalarning har bir tildagi mahalliy, ya’ni, har bir shevadagi nomlanishini ham alohida ko‘rsatib beradi.
Slayd 13
Beruniy asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomiga izoh beradi, har bir bob bir harfga bag‘ishlanadi. U asarda 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, so‘g‘dcha, turkcha va boshqa tillardan o‘simlik, hayvon, dorivorlar nomlarini to‘playdi va izohlaydi. Demak, “Saydana” asari ayni vaqtda dorivor moddalar nomlarining izohli Iug‘ati sifatida ham qadrlanadi.
Slayd 14
O‘rta asr Yevropasida Aliborona nomi bilan mashhur bo‘lgan qomusiy alloma xorazmlik Abu Rayhon al-Beruniy (937-1048), ma’lumotlarga qaraganda, 150 dan ortiq asar yaratgan. Ushbu asarlar matematika, fonetika, kimyo, astronomiya, jug‘rofiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, riyoziyot va tilshunoslik kabi qator sohalarga oid bo‘lib, jahon ilm-fanining durdonalari sifatida qadrlanadi.
Slayd 15
Desktop
Software
Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha so‘z bo‘lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Mazkur lug‘at ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug‘at sifatida alohida ahamiyatga egadir. Alloma she’riyat masalalari bilan ham shug‘ullanadi, asarlar yaratadi, o‘zi ham she’r ijod qiladi. U bu asarida qator shoirlarning she’riyatidan namunalar keltiradi.
Slayd 16
Abu Ali ibn Sino
03.
اثنان
Slayd 17
Desktop
Software
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan va Sharqda ulug‘lab, “Shayhurrais” nomi bilan atalgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037 ) turli sohalarda, shu jumladan, tilshunoslik bobida ham bir qancha asarlar yaratdi. Uning “O‘tkirlik sintaksisda ekanlik kitobi”, “Arab tili kitobi”, “Tovushlarning chegaralanish sabablari” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Slayd 18
“Kitobi al milh fin-nahv”
(“O‘tkirlik sintaksisda ekanligi kitobi”)
“Kitob lisonul arab”
(“Arab tili kitobi”)
“Asbobi xudut al xuruf”
(“Tovushlarning chegaralanish sabablari”)
Abu Ali ibn Sinoning tilshunoslikka oid asarlari
Slayd 19
“Asbobi xudut al xuruf” asari
Shu kungacha “Asbobi xudut al xuruf” asarining to‘rtta nashri: Qohira, Tiflis va Toshkent nashrlari ma’lum. Asarning Toshkent nashrini tayyorlashda professor A.Mahmudov va professor Q.Mahmudovlaming xizmatlari katta bo‘ldi. Ushbu asar kirish va olti bobdan tashkil topgan. Ibn Sino tovushning hosil bo‘lishida havoning to‘lqinsimon harakati sabab ekanligini to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Manbada tovushning hamda nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari, bo‘g‘iz va tilning anatomiyasi, ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi o‘ziga xosliklari, ushbu tovushlarga o‘xshash nutq tovushlari hamda tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda eshitilishi kabilar haqida fikr yuritiladi.
Slayd 20
Artikulyatsiya o‘rnidan havoning siqilib chiqishi natijasida nutq tovushlari yuzaga keladi. U fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi. Fizikaviy tovushlarni “savt”, nutq tovushlarini esa “harf” so‘zlari-terminlari bilan nomlaydi. Fizikaviy tovushning ham, nutq tovushining ham havoning to‘lqinsimon harakati sababli hosil bo‘lishi ta’kidlanadi.
Slayd 21
Demak, bu tovushlarning yuzaga kelishida havoning to‘lqinsimon harakatlanishi umumiylik hisoblanadi. Ayni vaqtda bu umumiylikning xususiyligi shundaki, savtlardan – fizikaviy tovushlardan farqli holda harflarning – nutq tovushlarining hosil bo‘lishida muayyan nutq a’zolari ishtirok qiladi. Demak, nutq tovushlari nutq a’zolari orqali, bevosita ularning ishtirokida yuzaga keladi.
Slayd 22
Ibn Sino harflarni – nutq tovushlarini unli va undosh tovushlarga ajratadi. Unlilar miqdorini uchta, undoshlar miqdorini esa yigirma sakkizta deb belgilaydi. Undoshlar haqida mukammal ma’lumot beradi. Umuman, Ibn Sinoning fonetika sohasida yaratgan ishlarini, bayon qilgan fikrlarini, ayniqsa, uning tovushlarni unli va undosh tovushlarga ajratishini jahon tilshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi sifatida baholash lozim.
Slayd 23
Mahmud Qoshg‘ariy va Mirzo Mehdixon
04.
اثنان
Slayd 24
Mahmud Qoshg‘ariy O‘rta Osiyoda XI asrda yashab ijod etgan buyuk allomadir. U turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi va leksikologiyasiga asos soldi, fonetikasi bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar qoldirdi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblangan mashhur “Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) asarini yaratdi. Yana “Javohir fi nahv lug‘atit turk” asari esa topilmagan.
Slayd 25
Akademik A.N.Kononov, professor H.Ne’matov, professor F. Abdullayev, professor S.Usmonov, professor A.Kondrashov, professor A.Nurmonov va boshqalarning taxminicha bu asar 1072-1078, 1078-7083, 1071-1073, 1073-1074, 1076-1077-yillarda yozilgan. Xulosa bitta: asar XI asrning ikkinchi yarmida tilshunoslik maydoniga kirib kelgan. Bu asar eng buyuk asar sifatida o‘zining qimmatiga egadir.
Slayd 26
Tilni kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida, jamiyat hayotini
aks ettiruvchi ko‘zgu sifatida tushungan Mahmud Koshg‘ariy
o‘zining mashhur “Devon”ida aynan bir davrga oid bo‘lgan turlicha
turkiy tillar hodisalarini, faktlarini sinxron – qiyosiy metod asosida
solishtiradi, taqqoslaydi. Chunki o‘sha davrda aynan mana shu metod arab tilshunosligida juda keng tarqalgan bo‘lib, bu arab tilining ko‘p shevali til ekanligi xususiyatidan kelib chiqadi.
Mahmud Qoshg‘ariy sinxron – qiyosiy metod bilan qurollangan holda turkiy qabilalarni kezib, asosiy diqqat-e’tiborini ularning tillaridagi umumiy va farqli xususiyatlarga qaratadi. U turkiy qabilalarning joylashish o‘rni haqida ham qimmatli, asosli jug‘rofiy ma’lumotlar beradiki, bu asardagi faktlarning, fikrlarning, qarashlarning obyektivligini ta’minlaydi. Aytilganlar asarning juda katta mehnat evaziga yaratilganligidan xabar beradi.
Slayd 27
Tilshunoslikning barcha sathlari bo‘yicha qiyosiy tadqiqot ishlarini olib borgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon”i muqaddima va lug‘at qismlaridan tashkil topadi. “Devon”ning kirish qismida asarning tuzilishi, Shimoliy Xitoydan tortib, butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxorogacha tarqalgan katta hududdagi urug‘lar, qabilalar va ularning tillari haqida, bu tillarning fonetik va grammatik xususiyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Slayd 28
“Devoni lug‘atit turk” asarining lug‘at qismi
Slayd 29
Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar – so‘zlar fonetikasi – tovushlar
haqida fikr yuritar ekan, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi,
Ularning fiziologik va akustik xususiyatlari haqida fikr yuritadi. U arab yozuvi sistemasidagi harflarining turkiy tillardagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi. Aniqrog‘i, arab yozuvidagi 18 harfidan yettitasi ustiga maxsus qo‘shimcha belgi qo‘yish orqali 25 taga yetkazadi.
Alloma undosh tovushlar haqida gapirib, undoshlarning sodda va murakkab bo‘lishi, jarangli va jarangsizligi, qattiq va yumshoqligi, undoshlarning ketma-ket kelishi: katta, oppoq (geminatsiya) kabi masalalarga to‘xtaladi. Shuningdek, u singarmonizm, tovush tushishi, almashinishi, assimilyatsiya, metateza, reduksiya kabi bevosita tovushlar bilan bog‘liq fonetik jarayonlar haqida ham fikr yuritadi.
Slayd 30
Mahmud Qoshg‘ariy til va nutqning asosiy birligi bo‘lgan so‘z masalasiga leksikolog, semasiolog, leksikograf sifatida to‘xtalar ekan, bunda u asosiy diqqat-e’tiborni tilshunoslikning eng muhim va eng murakkab masalalaridan biri bo‘lgan so‘z ma’nosiga, so‘zning ko‘p ma’noliligiga, so‘z ma’nosining ko‘chishiga, so‘z ma’nosining izohi kabi o‘ta jiddiy masalalarga qaratadi.
Slayd 31
“Devoni lug‘atit turk”da so‘z ma’nolari
Omonim so‘zlar
O‘t-dori, o‘t-maysa;
Erik-eriydigan, erik-chaqqon
Antonim so‘zlar
Chivgin-To‘q tutuvchi, kuchli; Kevgin- to‘q tutmaydigan, kuchsiz.
Sinonim so‘zlar
Ishlar, urag‘ut, o‘xshag‘u (xotin kishi ma’nosida)
Slayd 32
“Devon”dagi morfologiyaga oid tadqiqotlarga kelganda, asarda so‘zlar, o‘sha davr arab tilshunosligi an’analariga ko‘ra, uch turkumga ajratiladi, ya’ni, bular ot, fe’l va yordamchi so‘zlar. So‘z turkumlaridan, ayniqsa, fe’l bilan bog‘liq qator masalalar atroflicha o‘rganiladi. Bunda u fe’l yasalishi, fe’l nisbatlari, fe’l mayllari, fe’l zamonlari masalasiga alohida e’tibor beradi, qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Slayd 33
Mirzo Mehdixon
Slayd 34
Alisher Navoiyning dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan
ilmiy va adabiy merosini o‘rganish-lisoniy yo‘nalishda u yaratgan
asarlarni tahlil qilish-so‘zlarga, so‘z ma’nolariga e’tibor berish,
ularni izohlash, ma’naviy qamrovini, matndagi quvvatini ochib
berish, o‘zga tillarga tarjima qilish kabilar, XV asrdan boshlab, filologik tadqiqotlarning – leksikografik ishlarning asosiy maqsadi, vazifasi bo‘lib qoldi.
Shunga ko‘ra, ayniqsa, ushbu davrdan boshlab, ko‘plab lug‘atlar yaratila boshlandiki, bu lug‘atlar ichida Eron shohi Nodirshohning kotibi, saroy tarixchisi astrobodlik Nizomiddin Muhammad Hodi al Husayni as Safaviyning – Mirzo Mehdixonning (XVIII) “Sanglox” (1760) lug‘ati o‘zining har tomonlama mukammalligi, puxtaligi, katta salmoqqa egaligi bilan yetakchilik qiladi. “Sanglox” juda katta hajmdagi manba bo‘lib, u 6181ta lug‘at maqolasini o‘z ichiga oladi.
Slayd 35
Lug‘at maqolalarining bosh so‘zlari hamma so‘z turkumlaridan tashkil topgan. Fe’llar infinitiv formada, qolgan hamma so‘z turkumlari birlik son va bosh kelishikda keladi. So‘zlarning to‘g‘ri o‘qilishi uchun fonetik qaydlar berib boriladi. Lug‘at maqolalarining kengligi, so‘z formalarini lug‘at maqolasi ichida qayd etilishi va ularning ma’nolarini mumkin qadar to‘la misollar bilan berish jihatidan “Sanglox” Navoiy asarlariga tuzilgan boshqa lug‘atlardan beqiyos darajada ustun turadi.
Slayd 36
Ushbu asarning o‘ziga xos yana bir jihati shundaki, ayni lug‘atga “Maboni ul – lug‘at, ya’ni, sarfi va nahvi lug‘ati chig‘atoy” nomli eski o‘zbek tilining grammatikasiga oid tadqiqot ham kiritilgan. Ma’lum bo‘ldiki, Mirzo Mehdixonning “Sanglox” asarida ham leksikologiyaga, leksikografiyaga va grammatikaga oid masalalar yuzasidan keng fikr yuritiladi. Asarning lug‘at qismi, asosan Navoiy asarlaridagi, shuningdek, Lutfiy, Bobur, Husayn Mirzo, Sayyid Hasan, Buxoriy va boshqalar ijodidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgandir. Asarga qo‘shimcha kiritilgan “Maboni ul – lug‘at” ikki qismdan: muqaddima va tavsif (grammatika) dan iborat.
Slayd 37
“Muqaddima”da asarning yozilish sabablari beriladi. Ishning tavsif-grammatikasi esa olti bo‘limni o‘z ichiga oladi. Ushbu bo‘limlarda fe’l – fe’lning turli nisbat shakllarining kelishi, fe’l zamonlari, fe’lning funksional shakllari (sifatdosh, ravishdosh), fe’l mayllari, fe’llaring yasalishi, affikslar olishi, olmoshlar, ularning turlari, qo‘shimchalar, ko‘makchi fe’llar, so‘zlar imlosi va boshqalar haqida fikr yuritiladi.
Slayd 38
Kelishik qo‘shimchalari
Morfologiya
Ko‘makchilar
Egalik qo‘shimchalari
02
03
01
Slayd 39
E’tiboringiz uchun rahmat!
وداعا
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 40
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.