- Savatga boshqa "HOW TO IMPROVE STUDENTS’ PRONUNCIATION LET US LOOK THROUGH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
AQShning tashkil topishi
4000 so'm

Slayd 1
AQShning tashkil topishi
Slayd 2
REJA:
1. Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
2. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari
3. 1775-1783-yillarda mustaqillik uchun kurash. AQSHning tashkil topishi
4. “Mustaqillik deklaratsiyasi” va “AQSH konstitutsiyasi”ning qabul qilinishi
5. Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan inqilobning tarixiy ahamiyati
Slayd 3
Amerika qit’asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga Yevropaliklar ko‘chib kela boshladilar. 1607-yilda Shimoliy Amerikaning Atlantika sohilidagi hindular yashaydigan yerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.
Slayd 4
XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Kaliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604-yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699-yildan boshlab) o‘rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607-yildan, ya’ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan keyin boshlandi.
Slayd 5
May guli kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruhoniylar) 1620-yilda Nyu Plimutga asos soldilar va uni 1691-yildan Massachusesetesga qo‘shib oldilar. Shundan keyin tez-tez aholi manzilgohlari vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo‘shilib, Shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusetes (1628), Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643), Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi.
Slayd 6
Bu mustamlakalar-Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o‘rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to‘la mustaqillikni saqlaganlari holda, “Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari” (1642-1643) degan nom ostida ittifoq tuzdilar.
Slayd 7
Boshqa mamlakatlarning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli hududlarni aholisi tezroq ko‘paymoqda edi. Bunga Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarga emigratsiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta’qiblar sabab bo‘ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida aholisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi.
Slayd 8
Bunga Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarga emigratsiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta’qiblar sabab bo‘ldi.
Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o‘z raqiblarini asta-sekin surib chiqarish imkoniyatini yaratib berdi.
1664-yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar.
Slayd 9
1754-yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, ikki yildan keyin esa yetti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag‘lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 mingdan ortiqrog‘i qul negrlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur’atlarda o‘sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2,6 millionga yetdi.
Slayd 10
Shuning 500 mingga yaqinrog‘i negrlar bo‘lib, negrlarning 90% qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutulish uchun Yevropadan qochib kelganlar. Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko‘pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor plantatorlar tomonidan shafqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.
Slayd 11
Amerika burjua tarixchilari ta’riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta, Angliya va Gollandiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo‘lgan shakllari bilan ya’ni feodalizm, quldorlik, elementlari bilan muayyan qorishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelishi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasini ham xilma-xil qilib qo‘ydi.
Slayd 12
Mustamlakalardagi aholining ko‘pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, oq tanli ishchilar va negr-qullar, janubda esa aholining 40% negr qullar tashkil qilar edi.
Negrlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619-yildayoq Afrikada ilk bor negrlar olib kelingan edi. XVII asrning o‘rtalaridan boshlab negrlarning qullarga aylantirish tez tarqalib, 1775-yildayoq Shimoliy Amerikada negrlarning soni deyarli yarim millionga yetib qolgan edi. Qul-negrlar har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan bo‘lib, qul egalari ularni o‘ldirish, sotish, qarzga berishi mumkin edi, ularga jonli inventar deb qarar edilar.
Slayd 13
XVIII asr Amerika ma’rifatchilarining o‘tmishdoshlari edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san’at keng tarzda rivojlanib ketolmadi bu esa ko‘p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo‘lgan tor faoliyatga bog‘liq edi. Amerikaliklar o‘zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Yevropa mutafakkirlarining g‘oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma’rifatchilari eng ko‘zga ko‘ringan va ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas Jefferson (1743-1826) edi. Bular Amerika maorifida so‘l demokratik tendensiya vakillari va shakllanib kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o‘sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar.
Slayd 14
Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri Benjamin Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug‘ilgan edi, keyinchalik u Filodelfiyada yashaydi.
Slayd 15
Tomas Jefferson Virginiyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har tomonlama keng ma’lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britaniya Amerikasining huquqlari haqida xulosa (1774) degan o‘zining dastlabki pamfletlaridan birida Jefferson Georg III ga Karl I bilan Yakov II ning qismatini eslatib xalq suvereniteti g‘oyalarini hamda mustamlakalarning qo‘zg‘olon qilish huquqini himoya qildi.
Slayd 16
Jefferson so‘nggi asarlarida qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg‘in qilinishini qoralandi. Ammo Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba’zi salbiy xususiyatlarini, masalan: mol-mulkning bir to‘da shaxslar qo‘lida to‘planishini tanqid qilgan bo‘lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida evolyutsionlashgan edi. Jefferson o‘z faoliyatlarida ayniqsa XIX asr boshidan u respublika prezidenti bo‘lgach, burjua respublikasini mustahkamladi, hamda asosan burjuaziya va plantatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.
Slayd 17
J. Vashington (1732-1799) Virginiyalik plantatorlarning boy aristokrat oilasidan chiqqan ma’lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo yer kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yashar Jorjni dastlab yer o‘lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog‘idayoq hindular bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ko‘ngilli askarlar qo‘mondoni sifatida, 1754-1756-yillarda uncha katta bo‘lmagan otryadlar bilan bo‘lgan janglarda dong chiqargan edi.
Slayd 18
Amerika inqilobining asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo‘lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaviy harakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o‘z qullariga olgan edilar, ular o‘z navbatida xalq inqilobidan qo‘rqar, toji-taxt bilan kelishib qo‘ya qolmoqchi edilar.
Ularning maqsadi metropoliyaning hukmron sinflariga bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lish edi, xolos.
Slayd 19
1775-yil 10-mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongressda hukmron burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya’ni mo‘tadillar bo‘lib ular Vashington, Radolf, T.Jefferson, P. Genri S. Adams va boshqalar edilar. Bular Yangi burjua demokratlarning o‘z tashkilotlari ham yo‘q edi. ular o‘zaro kelishmasdan ish ko‘rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to‘plangan armiyani vaziyat ostida o‘z qaramog‘iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo‘mondon qilib tayinladi.
Slayd 20
Mustamlakalarda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish, qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig‘vo qilish va pora berib o‘ziga og‘dirib olish usulini ishga soldilar. 1775-yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urishdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o‘tishi va ko‘pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongress 1776-yil 2-yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma’murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so‘ng ularni qurolsizlantirish (1776-yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777-yil noyabr) to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xavfsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan oldinroq royalistlarni qamoqqa olib, mol-mulklarini musodara qila boshlagan edilar.
Slayd 21
Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo‘llayotgan edi. To‘g‘ri, Kanadani bosib olishga urinib ko‘rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasining eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to‘la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1776-yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko‘p noroziliklar tug‘ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi.
Slayd 22
Bostonni qamal qilish uchun Vashington armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to‘plandi va ingliz qo‘shinlari Dorchestr tepaliklarini qo‘lga kiritish yo‘lidagi urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqqanidan keyin 17-martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo‘zg‘olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo‘lga tushirilgan qurollar va kiyim-kechaklar qo‘zg‘olonchilar armiyasini ta’minlashga sarf qilinar edi
Slayd 23
Mustamlaka qo‘shinlari yomon qurollangan, artilleriyasi oz, ko‘pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar yetishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham, lekin urushning borishida ancha yutuqlarga erishdi.
Slayd 24
Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik haqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat’iyroq yangramoqda edi. Milliy mustaqillikni tashviqot qilishda 1776-yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bo‘lgan “Tetik fikr” degan pamflet katta rol o‘ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat Tomas Pein (1737-1809) bo‘lib, Angliyada hunarmand oilasida tug‘ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o‘qish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo‘lib yetishgan shaxs edi.
Slayd 25
T.Pein 1775-yilning noyabridayoq kongress tomonidan ta’sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Pein va boshqa demokratlar tashviqot qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo‘lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Karolinada, Virginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776-yilning aprel-mayida mustaqillik e’lon qilindi.
Slayd 26
Mustamlakalar o‘zlarini Shtat deb e’lon qildilar. O‘shanda kongress ham 1776-yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nihoyat, 1776-yilning iyunida kongress “Mustaqillik deklaratsiyasini” qabul qildi. Deklaratsiya loyihasi burjua demokratik ruhda yozilgan edi, lekin u kongressning o‘ng qism a’zolari tomonidan o‘zgartirilib yuborildi. Munozara faqat mustaqillik to‘g‘risida emas, balki davlatning xarakteri to‘g‘risida ham edi. Mustaqillik deklaratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan hujjat edi.
Slayd 27
Demokratik ruhdagi bu deklaratsiya xalqning katta g‘alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar dahshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e’lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davri boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress endi milliy ta’sis deb nomlandi.
Slayd 28
Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775-yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781-yilda 56 ming ingliz qo‘shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush harakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo‘lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan. O‘z xo‘jayinlari tomonidan sotilgan yonlanma askarlarga ishonib bo‘lmas edi. Biroq urush 6 yilga cho‘zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelganligi tufayli, qurollangan xalqning faollik ko‘rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g‘alabaga erishdi.
Slayd 29
1776-yil avgustda Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag‘lub bo‘ldi. 15-sentyabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta qal’ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko‘p Amerikalik soldatlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777-yilning boshlarida Vashington o‘z mavqeini tiklab olishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko‘chdi. Burjua tarixchilari bu mag‘lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo‘lgan deb baholaydilar. Ammo g‘alabaga faqat inqilobiy yo‘l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo‘tadil armiyaga xalq ishonmas edi, o‘z navbatida armiya yetarli mablag‘ga ham ega emas edi. Ahvol keskinlashgan paytlarda xalqning o‘zi mustaqil ravishda ish ko‘rgan.
Slayd 30
Ingliz armiyasi Kanadadan o‘tib Nyu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo‘shinlariga aristokrat Skviller qo‘mondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu qo‘shin tarkibida jang qilishga ahd qilib, juda ko‘p kishilar kelib qo‘shila boshladilar. Natijada 1777-yil 17-oktyabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo‘shinlari inglizlar qo‘shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g‘alaba mamlakatning xalqaro ahvolini yaxshiladi va nihoyat 1783-yilda sulh tuzildi. Angliya AQSHning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.
Slayd 31
Xalqni itoatgo‘ylikda saqlash uchun shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul tizimini va savdo to‘g‘risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar manfaatlarini ko‘zlab yer uchastkalarini sotib olishni ta’minlash va g‘arbdagi yangi yerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o‘ylab topdilar. To‘rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan Konstitutsiya AQSH tarixida muhim rol o‘ynaydi.
Slayd 32
1787-yilgi Konstitutsiyaga binoan AQSH federal davlatga aylandi. 1787-yili Ta’sis konventi AQSH Konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to‘g‘risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud-prokuratura organlariga bo‘linishi, ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb etdi. Jorj Vashington AQSHning birinchi prezidenti etib saylandi, o‘sha davrning ulug‘ siymolari P.Pein, B.Franklin, T.Jefferson AQSH davlatini tashkil etish va uni idora qilish an’analarini shakllantirdilar.
Slayd 33
Xalq hal qiluvchi inqilobiy rol o‘ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik elementlar kuchli bo‘lsa-da, burjua inqilobi xarakteriga ega edi. Milliy davlatning barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat tuzumining yo‘q bo‘lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to‘liq javob berar edi.
Slayd 34
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 35
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.