Anvar Obidjon hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
Anvar Obidjon hayoti va ijodi.
She’rlari
Slayd 2
Shoir haqida
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq kinomexanik, traktorchi singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan. Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi bo‘lib ishladi. So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 1966–1969-yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
Slayd 3
Ilk kitobi
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-da, “Ona yer” deb nomlangan ilk kitobi 1974 yilda – shoir 27 yoshga kirganida chop etildi.
Slayd 4
Kitoblari
“Bahromning hikoyalari” (1980)
“Masxaraboz bola” (1986)
“Juda qiziq voqea” (1987)
“Oltin yurakli Avtobola” (1988)
“Dahshatli Meshpolvon” (1989)
“Meshpolvonning janglari” (1994)
“O’q o‘tmas bolakay” (2005)
“Atrofimizdagi qiziqchilar” (2014)
Slayd 5
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan.
Slayd 6
Pyesalari
“Pahlavonning o‘g‘irlanishi”
“Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”
“Navro‘z va Boychechak”
“To‘tiqul”
“Alamazon”
“Meshpolvon”
Slayd 7
Kinossenariylari
“Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”
“Dahshatli Meshpolvon”
Slayd 8
Yodingizda tuting!
Fidoyi ijodkor Anvar Obidjon “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Slayd 9
“Hayotning har lahzasi go‘zal” she’ri
Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Slayd 10
“Vatanjon” she’ri
Balodan asray deb tumor bo‘laman,
Noming ulug‘lovchi shior bo‘laman,
Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman,
Vatanjon!
Sen o‘zing kulbamsan, sen o‘zing – olam,
Sen o‘zing otamsan, sen o‘zing – bolam,
Yoshligim – o‘zing, sen – boshda oq tolam,
Slayd 11
“Tinch kunlar” she’ri
Bizlar quraverdik, buzaverdi yov
Qo‘rg‘onu uyimiz, ko‘shku qasrni.
Sha’nimizni depsib ezaverdi yov,
Ko‘rmadik suronsiz biror asrni.
Turon solnomasin o‘qir talaba,
Sahifalar guvlar janglarga to‘lib.
Har bir mag‘lubiyat, har bir g‘alaba
Iz solmish “Tarixiy voqea” bo‘lib.
Slayd 12
“Yer” she’ri
Bo‘shliqda tirgaksiz g‘ildirab,
Qanotsiz bo‘zlagan olam bu.
Goh Oydan, goh Kundan nur tilab,
Sarson giz-gizlagan olam bu.
Ochilgan bahrimi o‘rmonlar,
To‘kkan ko‘z yoshimi ummonlar?
Ko‘ksida gar o‘tli vulqonlar,
Bosh-puti muzlagan olam bu.
Slayd 13
“Odam bo‘laman” she’ri
– Kezaman ko‘p joylarni
Moy tomchigan kiyimda.
Ba’zan kitob titkilab,
Dam olaman uyimda,
Men shofyor bo‘laman, dada.
– Mayli…
– Tag‘in o‘ylab ko‘raman,
Hammasi ham yaxshi ish.
Faqat yalqov bo‘lmayman,
Hecham tortmang Siz tashvish,
Men… odam bo‘laman, dada.
– Balli, azamat!
Slayd 14
“Avtoqishloq”(Fantastik she’r)
Avtoqishloq quribdi
Og‘aynimiz Temirjon.
Mo‘jizaki,
Bundayni –
Ko‘rmagandim hech qachon.
Qishloqchaga kiriboq
Bo‘lib qoldim juda lol.
Qaysar avtobolani
Koyir edi avtochol:
– Shoshmay turgin,
Hammasin –
Aytay avtodadangga.
Qachon aql kiradi
Qavoq avtokallangga?
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.