Anton Chexov hayoti va ijodi ‘Garov’ hikoyasi

8000 so'm


Anton Chexov hayoti va ijodi 'Garov' hikoyasi

 

 

Slayd 1

Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodi.
“Garov” hikoyasi

Slayd 2

Adib haqida
Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois Yaltaga ko‘chib o‘tadi.

Slayd 3

Adib asarlari
A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingladi. O‘z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi.

Slayd 4

U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi.

Slayd 5

Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi. Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi.

Slayd 6

Pyesalari
«Chayka»
«Vanya amaki»
«Uch opa-singil»
«Olchazor»

Slayd 7

Adib 1904-yilda vafot etgan.
A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Slayd 8

“Garov” hikoyasi haqida
Adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi.

Slayd 9

Yosh huquqshunos
Keksa bankir
Garov o‘ynaganlar

Slayd 10

Garov muddati (15 yil)
1870-yil 14-noyabr kunduz soat 12 dan 1885-yil 14-noyabr kunduz soat 12 gacha.

Slayd 11

Garovga sabab
Bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati.

Slayd 12

Garov puli
2 million

Slayd 13

A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi.

Slayd 14

Foydalanilgan adabiyot:
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua: /Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Anton Chexov hayoti va ijodi ‘Garov’ hikoyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar