Angliya va Fransuz Ma’rifatchilik Adabiyoti
8000 so'm

Slayd 1
Angliya va fransuz ma’rifatchilik adabiyoti
Slayd 2
Reja:
Ma’rifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.
Angliya adabiyoti.
D.Defo va J.Svift ijodi.
Fransuz adabiyoti.Volter ijodi.
Deni Didro va Jan Jak Russo ijodi.
Slayd 3
Ma’rifatchilik adabiyotining klassik ma’rifatchilikdan farqi va o‘ziga xosligi. Angliyama’rifatchiligi. Ingliz ma’rifatchilik adabiyotining yo‘nalishlari, vakillari va janrlari. DanielDefo va uning “Robinzon Kruzo” romani. Jonatan Svift – siyosiy yozuvchi. Fransuzma’rifatchilik harakatining o‘ziga xosligi. Fransua Volter ijodi, D.Didro va J.J.Russo ijodidama’rifatparlik g‘oyalari.Ma‘ruza bayoni
1. Ma’rifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.Ma’rifatchilik adabiyoti – feodal asoslarga qarshi o‘laroq maydonga chiqib, XVII –XVIII asrlarda G’arbiy yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikada keng yoyilgan g’oyaviymafkuraviy harakat; shu harakat g’oyalarini o‘ziga singdirgan va targ’ib etgan adabiyot.yevropaning turli mamlakatlarida ma’rifatchilikning maydonga kelishi vaqt jihatidan farqlanadi:u dastlab Angliyada yuzaga kelgan bo‘lsa, ijtimoiy shart-sharoitlarning yetilishi barobaridaqit’aning boshqa mamlakatlariga yoyilgan va ularning har birida konkret shart-sharoitlar bilanbog’liq tarzda kechgan. Jumladan, Rossiyada ma’rifatchilik ancha kech – XVIII asrning 2-yarmida maydonga chiqqan; shuningdek, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qator Sharqmamlakatlari, jumladan, Rossiya tarkibidagi turkiy xalqlar yashovchi mintaqalar (Qrim,Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston)da kuzatilgan ma’rifatchilik harakatlari ham yevropa M.i bilanko‘plab mushtarak jihatlarga egadir.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar.
Slayd 4
Mutaxassislar ma’rifatchiliknini “falsafiy, ijtimoiy, axloqiy konsepsiya”, yangichadunyoqarashga asos bo‘lgan MAFKURA deb hisoblaydilar. Yangi mafkuraning o‘zagini “insonaqlu zakovati dunyoni o‘zgartiradi”, degan qarash tashkil etadi. Ma’rifatchilik harakati burjuademokratiyasi, ijtimoiy taraqqiy, ijtimoiy tenglik va adolat, shaxs erkinligi kabi g’oyalarbilan maydonga chiqqan. Dunyoqarash nuqtayi nazaridan ko‘proq moddiyunchilik va deizmmavqeida turgan ma’rifatchilik namoyandalari feodal-monarxik tartibotlarga, uning mafkuraviy tiragi bo‘lgan cherkovga, ilm-fandagi sxolastikaga qarshi turdi, tabiiy fanlarnichuqur o‘rganish, texnikani rivojlantirish kabi vazifalarni dolzarb bildi. Ijtimoiy sohada “aqlgamuvofiq jamiyat” qurish maqsadini qo‘ygan ma’rifatchilik bunga ma’rifat yoyish (jumladan, ularning bir qismi “ma’rifatli monarx” g’oyasiga tayangan), tashviqot-targ’ibot orqali erishishmumkin deb hisobladi. M. ijtimoiy ongning keyingi rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, jamiyathayotining barcha sohalarida, ayniqsa, adabiyot va san’atda tub burilishlar yasadi. |Yevropadama’rifatchilik g’oyalari ta’sirida yangicha estetik prinsiplarga tayangan adabiyot shakllandiki,uning asosida “dunyoni va insonni o‘zgartirishga qodir g’oyaviy adabiyot kerak”, degan aqidayotadi. Ya’ni boshqacha aytsak, ma’rifatchilikning ijtimoiy ideali – “inson tabiati va “aql”gamuvofiq jamiyat qurish” ma’rifatchilik adabiyotining estetik idealiga aylandi. Bu esaadabiyotning-da shunga muvofiq holda o‘zgarishini taqozo qildi. Mazkur o‘zgarishlar orasida engmuhimi – idealning “erga tushgani”dirki, buning natijasi o‘laroq badiiyat, go‘zalliktushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi.
Slayd 5
Ma’rifatchilik adabiyotda, avvalo, o‘quvchilarnitarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish vositasini ko‘rdi, uni konkret maqsadga erishishvositalaridan biri deb bildi. Shuning uchun ham Ma’rifatchilik adabiyoti namunalaridako‘pincha qahramonlar orasida ochiq g’oyaviy kurash kechadi, ularning tilidan muayyang’oyalar deklarativ tarzda aytiladi, qisqasi, g’oya asarning birlamchi unsuriga, uniifodalash muallifning asosiy maqsadiga aylanadi. M. maqsadlarini amalga oshirish uchunqulay imkoniyatlar beruvchi san’at turlari va janrlarga ayricha ahamiyat berildi. Jumladan,ma’rifatchilik teatrni o‘z g’oyalarini targ’ib etish minbari deb bilgan, shu bois dramatik janrlarrivojlantirilgan, ular ommalashtirgan dramatik janrlarda hayotga yaqinlashish (meshchanlikdramasi, oilaviy drama), olam va odam haqidagi yaxlit badiiy konsepsiyani ifodalashga intilish(falsafiy drama) kuchayadi; ma’rifatchilikning Didro, Lessing kabi yirik namoyandalari teatrsan’atiga, dramaturgiyaga bag’ishlangan maxsus tadqiqotlar yaratishgan. Ma’rifatchilikadabiyotida badiiy proza, ayniqsa, hayotni atroflicha badiiy tahlil etish va yaxlit badiiykonsepsiyani ifodalash imkonini beruvchi roman janri gurkirab rivoj topdi; “epistolyar roman”(O.Goldsmit. “Dunyo fuqarosi”; Sh.Monteskyo. “Fors xatlari”), “sayohatnoma roman” (J.Svift.“Gulliverning sayohatlari”), “tarbiya romani” (Russo. “Yuliya yoki Yangi Eloiza), “falsafiyqissa” (Didro. “Ramo jiyan”) kabi qator yangi janrlar ishlab chiqildi; inson xarakteriniyaratishning yangi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usulu vositalar joriy qilindi.
Slayd 6
Qayd etish lozimki, ma’rifatchilik adabiyoti deganda, ma’lum bir g’oyaviy harakatadabiyotini emas, balki ijtimoiy tafakkurda shu g’oyalar ustuvorlik qilgan davr –ma’rifatchilik davri adabiyotini tushungan to‘g’riroq bo‘ladi. Zero, bu davr adabiyotidagima’rifatchilik klassitsizmi, ma’rifatchilik realizmi, sentimentalizm kabi yo‘nalish va oqimlarningbari ma’rifatchilik g’oyalari ta’sirida bo‘lgan va ularni targ’ib etgan.Ma'rifatchilar jaholat, nodonlikni tanqid ostiga oladilar. Ingliz adibi J.Sviftning«Gulliverning sayohati» asarida hajv tig'i yangi tijoratga asoslangan Angliyaning nodonhukmdorlariga qarshi qaratiladi. G.Fildingning «Topib olingan Tom Jonson tarixi» vaT.Smolletning «Perigrin Piklning sarguzashtlari» asarlarida yovuzlik va ezgulikto'g'risidagi an'anaviy tushunchalardan chekiniladi, hayotiy, jonli obrazlar yaratiladi.Ma'rifatchilar tarbiya, bilimning ahamiyatiga alohida urg'u berganlar, to'g'ri tarbiya yordamidao'zlari orzu qilgan mukammal inson -halol, mehnatkash, bilimdon kishini yaratish mumkin, debhisoblaganlar. Biroq shunga qaramasdan ushbu adabiyotda yaratilgan yorqin obrazlar ko'proqziddiyatli, murakkab shaxslar bo'lib chiqdi. Masalan, fransuz adibi A.R.Lesajning«Santilyanalik Jil Blaz hayoti tarixi» romanining qahramoni, ingliz yozuvchisiS.Richardsonning «Klarissa Garlo yoki yosh xonimning tarixi» asarining qahramoni Lovlaskabilar manfiy va musbat tomonlarning yig'indisi, o'ziga xos, takrorlanmas obrazlar bo'libqoldi.
Slayd 7
Ma'rifatchilik adabiyotining yana bir o'ziga xos xususiyati oddiy kishilar, past tabaqavakillari obraziga murojaat qilinishida ko'zga tashlanadi. Masalan, D.Didro («Ramo» asaridagiRamoning jiyani) yaratgan obrazda bir shaxsning o'zida xudbinlik va tanqidiy ruh, Bomarsheasarining («Seviliyalik sartarosh» asari qahramoni xizmatkor Figaro) qahramonida esauddaburonlik, tadbirkorlik, ayni paytda, lo'ttibozlik, nayrangbozlik mujassam.Adabiyotdagi ma'rifatchilik deb nom olgan bu bosqich nazariy-estetik jihatdan olg'atashlangan qadam bo'ldi, badiiy nasrda yangi janrlar – tarbiyalovchi roman, maishiy roman,falsafiy qissa, hajviy epos kabilarni vujudga keltirdi, inson ruhiyati tahlilining yangi usullarinikashf qildi
XVIII asrga kelib G’arb, Evropa davlatlari turlicha siyosiy tuzimga ega edilar. Angliyadaabsolyutizm o'z umrini yashab bo'ldi. Qirollik hokimyat siyosatiga ta'sir o'tkazmaydiganhokimyatga aylandi. (1648-1649 burjuaziya revoltsiyasi).Fransiyada hali absolyutizmi yashamoqda edi. Germaniya mayda knyazlik,geruochliklarga bo'linib ketgan edi. Italiyada ham Germaniya singari mayda davlatlarga bo'linishyuz bergan, shimoli esa Avstriya mustamlakachiligi azoblarini totrmoqda edi.Evropa ilg’lor kuchlarining siyosiy kurashlari asosan antifeodal xarakterda bo'lgani uchun, XVIIIasr adabiyoti ham asosan antifeodal yoki ma'rifatchilik ruhda edi.
2. Angliya adabiyoti.
Slayd 8
«Ma'rifat» so'zi, keng ma'noda xalqni bilimli, ma'rifatli qilish ma'nosida qo'llansa,tor ma'noda burjuaziyaning feodalizmiga qarshi kurashi avj olgan davrdagi aqliy harakatniifoda etadi. Ma'rifatparvarlar uchun, aql-idrok bosh masaladir. Ular insonning aqliyfaoliyatiga, odamiylik fazilatlariga yuqori boho berganlar. Shu bilan birga, ma'rifatparvarchilikg’oyasiga yuqori baho berishadi. (Davlat tepasida o'qimishli, odil podsho turishi kerak). Ma'rifatparvar yozuvchilar adabiyoti tug’ilib kelayotgan yangi sinfning g’oyaviy kurashquroli deb biladilar. Ma'rifatparvarlar «tabiiy inson haqidagi» kontseptsiyasini ilgari surdilar.Ularning fikricha inson tabiatan go'zal va yaxshi xulqli, uni faqatgina hayot, yashash sharoitibuzadi. Djon Lokk falsafasi ma'rifatchilarga katta ta'sir o'tkazdi. Uning «Inson aqli haqidatajriba» (1690) kitobi. Uning fikricha, inson olayotgan barcha bilimlar aql-idrok orqali keladi.3. D.Defo va J.Svift ijodi.Daniel Defo (tahminan 1659 -1661-yillarda Londonda tavallud topgan — 1731-yil 24-aprelda Londonda vafot etgan) Ingliz buyuk yozuvchisi va jurnalisti. Oʻzining „RobinsonCrusoe“ (1719) shoh asari bilan dunyoga mashhur boʻldi. Daniel Defo bu asari bilan inglizromanchiligiga katta hissa qoʻshgan.Daniel Defo yozuvchilik bilan birga jurnalistlik ham qilgan. U koʻplab asar yozgan:Defoning qalamagia 500 dan oshiq kitob, pamflet va siyosiy risolalar mansubdir. "Loyihalarto'g'risida tajribalar" (1697) pamfletila bir qator siyosiy va iktisodiy islohotlar oʻtkazishpi taklifetgan.
Slayd 9
Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, akl-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan,demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan ("Xokisor odamning tavsiyanomasi", 1698 va boshqalar). D.maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi ("Aslzoda ingliz", 1701). 1702-yilda pinhoniy nom bilan“ Dissenterlardan qasos olishning eng oson yoʻli" nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi. Defoning "Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari" (1719) romani ungaolamshumul shuhrat keltiradi. "Kapitan Singlton" (1720), "Polkovnik Jak tarixi", "Moll Flenders"(1722), "Roksana" (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida "Robinzon Kruzo" romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.
1719-yil aprelda ingliz yozuvchisi Daniel Defo tomonidan nashretilgan roman. Asar insonning tabiat bilan uyg‘unlikda ma’naviy tiklanishi haqida hikoya qiladi.Bu roman dengiz sayohatchisi Robinzon Kruzoning avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Defo o‘zromaniga prototip qilib, shotlandiyalik qayiqchi Selkirkning 1704–1709-yillarda kimsasiz oroldaqolib ketganini olgan edi.1719-yil avgustda Defo “Robinzon Kruzoning keyingi sarguzashtlari” nomli ikkinchikitobini chiqardi va yana bir yil o‘tgach “Robinzon Kruzoning jiddiy fikrlari” deb nomlanganuchinchi kitobini ham yozdi. Lekin faqat birinchi kitobgina dunyo adabiyoti xazinasiga kirdi vashu bilan birga yangi “Robinzoniada” janri paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
“Robinzon Kruzo” –
Slayd 10
Kitob, York shahrida yashovchi va uzoq dengizlarga sayohat qilishni orzu qilgan RobinzonKruzoning xayoliy avtobiografiyasi sifatida yozilgan. Otasining xohishiga qarshi, 1651-yilda u o‘zuyini tashlab, do‘sti bilan birinchi dengiz safariga jo‘naydi. Ushbu sayohat Angliya qirg‘og‘idakema halokati bilan tugaydi, ammo bu halokat Kruzoni ko‘nglini dengizdan uza olmaydi va tezorada u savdo kemasida yana bir nechta sayohatni amalga oshiradi. Ushbu sayohatlaridan birida,uning Afrika sohilidagi kemasi berber qaroqchilari tomonidan qo‘lga olinadi va Kruzo qochibketgunga qadar ikki yil davomida asirlikda qoladi. Robinzonni dengizda portugal kemasi qutqaribqoladi va ular bilan Braziliyaga borib, u yerda to‘rt yil davomida plantatsiyaga egalik qiladi.Tezroq boyib ketishni istab, 1659-yilda Robinzon qullar olib kelish uchun Afrikaga noqonuniysavdo missiyasida ishtirok etadi. Biroq kema bo‘ronga duch kelib, noma’lum orol qirg‘og‘idasayozlikka o‘tirib qoladi. Kruzo butun kema ekipaji ichida yagona tirik qolgan inson edi… Endiuni oroldagi uzoq va mashaqqatli hayot kutmoqda. Daniel Defo Robinzon Kruzo asari bilan adabiy boqiylikka erishdi. U bu asar bilan o‘zdavrining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy holatiga qarshi chiqishga jur’at etdi. Asarda umumanjamiyatsiz utopik muhitni tasvirlab, Defo Angliya jamiyatining siyosiy va iqtisodiy jihatlarinitanqid qiladi. Kruzo – har bir o‘quvchi o‘zini uni o‘rniga qo‘yib ko‘rishi mumkin bo‘lgan shaxsgaaylandi. Shu orqali, Defo bizni uzoq orollarni va inson ruhiyatining yolg‘izligini ko‘rishga safarbarqiladi.
Slayd 11
Adabiyotda tez-tez tasvirlanadigan umumiy mavzu shaxs va jamiyat qarama-qarshiligidir. Asar boshida Robinzon Kruzo jamiyat haqida emas, balki oilasining qarashlari, agar ota-onasiaytganiday u oilaviy biznesni yuritishni istamasa, qanday qilib hayotda muvaffaqiyatsizlikkauchrashi haqida fikr yuritadi. Shu nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, Defoning romani birozavtobiografik bo‘lib tuyuladi. Yozuvchi olib borgan hayot tarzi, do‘stlari va dushmanlari hamdasavdogarlar bilan aloqalari kabi tabiiy manfaatlari asarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Buo‘xshashliklar roman davomida bir necha bor uchraydi. Kruzo singari Defo ham o‘z ota-onasigaqarshi chiqqan. Ammo Kruzodan farqli o‘laroq, Defo hukumatga va jamiyatga qarshi isyonko‘taruvchi ko‘plab esselar va maqolalarni chop etadi, xuddi “Ajoyib yangi dunyo”ning muallifiOldos Xaksli Angliya jamiyatining ijtimoiy muammolarini aks ettirganidek. Keyinchalik Defoushbu maqolalari sabab, tuhmat qilganlikda ayblanib, qamoqqa tashlangan.Kitobda Kruzo va uning ota-onasi o‘rtasidagi munosabatlar haqida chuqur va batafsilma’lumot berilmagan, chunki Defoning ota-onasi u uchun nafaqat barcha asarlaridagi otaonalarning, balki jamiyatning ham ramziga aylangan edi. O‘quvchi, o‘z navbatida, Kruzoningijtimoiy munosabatlari individuallikning kuchayib ketishi tufayli halokatga uchragan bo‘lsa ham,uning qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Robinzon Kruzoda Defo kema halokatiga uchragan askar haqidagi hikoyanijamiyatni tanqid qilish uchun ishlatadi.
Slayd 12
Orol sharoitida Defo utopik jamiyatni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan narsalarni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ladi. Bu o‘sha paytda Angliyada juda munozarali mavzu edi. O‘sha davr Angliyasida ko‘plab fuqarolar o‘z siyosiy qarashlari tufayli ta’qib qilingan. Biroq Defo siyosiy erkinlik jamiyatning har bir a’zosi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq deb hisoblagan. Kruzo dunyoning qolgan qismidan ajralib qolib, nafaqat omon qolishga, balki uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lgan utopik jamiyatni yaratishga qodir edi. Yaratilgan ushbu “markscha” iqtisodiy tizim, faqat bitta “fuqaro”ga ega bo‘lishiga qaramay, utopik muhitni yaratish mumkinligini isbotlaydi. Kruzoning tabiat bilan uyg‘unligini buzadigan boshqa odamlar yo‘q. “Endi men o‘tgan yovuz, la’nati, jirkanch hayotimdan ko‘ra hozirgi hayotim qanchalik baxtli ekanini anglay boshladim”. Robinzonning kimsasiz orolda qolib ketishi, garchi uning oldin qilgan gunohlari uchun Xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, qahramonni o‘zini anglashga majbur qildi. Yangi hayoti Angliyadagi hayotidan yaxshiroq edi.Robinzon Kruzodagi epizodlar vaziyatdan kelib chiqadi va vaziyat shunday bo‘ladiki, u tabiiy ravishda qahramonning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishga va oxir-oqibat uning barcha muammolarini hal qilishga olib keladi. Orol Kruzoga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, u Kruzoning aqliy, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Kruzo, atrofidagi narsalar bilan ishlash orqali, o‘zining baxtsizligidan nafratlanishdan ko‘ra, yashash uchun kerak bo‘lgan hamma narsalarni topib, ulardan foydalanishni o‘rganadi. Shunday qilib, orol, uning inson sifatida o‘sishining ramziy ma’nosi va oxir oqibat uni Xudoga olib kelgan, tabiat ustidan insonning yakuniy g‘alabasi edi.
Slayd 13
Jamiyatni tanqid qilish bilan bir qatorda Defo Kruzo atrofidagi narsalarga utopik muhitniyaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydigan ramziylik beradi. Orolda yangi o‘sgan arpa vamakkajo‘xorini, Kruzo “tabiatning yutuqlari” deb ataydi, aslida bu donlar uning ichida sodirbo‘layotgan ruhiy va hissiy o‘sishning ramzidir. Orol va Kruzo bir-biri bilan yashab, bir-birigauyg‘unlik berish g‘oyasi utopik jamiyat g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Kitobning aynan shuyerida omon qolish uchun Kruzo faqatgina o‘ziga qaram bo‘lishi mumkinligini tushunadi. Buorolda u baxtga erishganining isboti sifatida kemadagilarning ichida faqatgina o‘zi omon qolganiniko‘radi. Kruzo orolda o‘zining muqaddas joyini topgan bo‘lsa-da, u ham odam, ya’ni ijtimoiymavjudotdir, u ham ijtimoiy aloqaga muhtoj edi. U holatiga ko‘nikib, taqdirga tan bergan bo‘lsada, orolda ilk bor odam izlarini ko‘rib qolganida uning ichida yana o‘sha ijtimoiy muhitga intilishalanga olib ketadi. Bu esa Aristotelning mashhur fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. U aytganediki, “odam – ijtimoiy mavjudot, mutloq yolg‘izlikda yaxshi yashashi uchun u yoki hayvonyoki Xudo bo‘lishi kerak”. G‘arb adabiyoti tarixida bironta ham kitob Kruzodan ko‘ra ko‘proq nashrlarni, tarjimalarni,taqlidlarni, ketma-ketliklarni keltirib chiqarmagan. Defo foydalangan ohang va nuqtai nazaro‘quvchiga orolda bo‘lgan paytida Kruzoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni his qilishimkoniyatini beradi.
Slayd 14
Jonatan Swift ilk asarlarini M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff kabiturli taxalluslar ostida yozgan. Baʼzi asarlarida esa ismini koʻrsatmagan. Jonathan Swiftsatiralarida siyosat, adabiyot va inson jamiyatiga oid mavzular haqida yozgan.Swift 1682-1688-yillarda Dublin universitetining Triniti kollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — „Vilyam Senkroftga qasida“ (1690) va „Kongrivga qasida“ (1693). „Kitoblar jangi“ (1697) pamfletining davomi „Bochka haqida ertak“ hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. „Movutchining xatlari“ (1723—24) va „Kamtarin taklif“ (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. „Dunyoviy suhbatchilar“ (1738), „Malaylarga oʻgitlar“ (1745) kabi hajviyalari ham bor. Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, oʻtkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy oʻlkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bogʻliq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik,sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan. Swift satirasi uning ijodiga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini taʼkidlagan gumanistik pafos bilan chambarchasbogʻliq.
Slayd 15
XVIII asrdagi ma’rifatchilik harakatining barchako’rinishlarini o’z ijodida jamladi. Bu harakat adabiy-siyosiy, falsafiy-tarixiy, ijtimoiymadaniy g’oyalar kurashidan iborat edi. Volter shoir va dramaturg, faylasuf va tarixchi,publitsist hamdir. Fransuz ma’rifat parvarlarining sinalgan dohiysi Volter qariyb 60 yil davomidayevropa ustida guldirab jar soldi. Uning ziyobaxsh qalami, yashinday o’tkir fikri zamondoshlarini hayratga solar edi. Fransua Mari Arue Volter Parijda amaldor oilasida tug’ildi. Yoshligidayoq adabiyqobiliyati, o’tkir zehni bilan ko’pchilikning diqqatini o’ziga tortdi. Volter amaldorlardan biride Roganga yoqmagani uchun kaltaklanadi va Bastiliya qamoqxonasiga tashlanadi. Bastiliya tutqunligidan so’ng, Angliyada uch yil yashaydi. U yerdan olgan taassurotlarini «Angliyahaqidagi xatlar»da bayon qiladi. 1750-yili Volter Prussiya qiroli Fridrix II ning taklifi bilan Germaniyaga keladi. U qirol saroyidan ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qilish maqsadida foydalanmoqchi edi. Lekin tezda Volter Fridrix II u o’ylagan odam emas, balki o’ta zolimekanligini ko’radi. Shu sabab Shveysariya bilan Fransiya chegarasidagi Ferneyga jo’naydiva umrining oxiriga qadar shu yerda yashab ijod etadi. Ferney Volter nomi bilan butun yevropaga mashhur edi. «Ferney patriarxi»ni ziyorat qilish uchun bu yerga shoirlar, yozuvchilar,faylasuflar, jamoat arboblari, Volter ijodining ko’plab ixlosmandlari kelib turadilar. Volter 1778-yili 84 yoshida ona yurti Parijda vafot etadi.
4. Fransuz adabiyoti. Volter ijodi.Fransua Mari Arue Volter
Slayd 16
Volterning dunyoqarashi murakkab va ziddiyatli. U «ma’rifatparvar monarxiya» davlat idora usulini ilgari surdi. Shu sababli rus imperatori yekaterina II, pruss qiroli Fridrix II kabi bir qancha qirollar va imperatorlar bilan doim xat yozishib turdi. Ularni aql-idrok bilan davlatni idora qilishga undadi. Volter xudoni yaratuvchi deb tan oldi. Oddiy xalqni itoatkorlikda tutib turish uchun xudo ideyasi zarur deb hisobladi. «Mening tikuvchim, mening xizmatkorim, mening xotinim xudoga ishonishlarini xohlayman», degan edi Volter. Volter XVII asr klassitsizm adabiyotining vakillari bo’lgan Kornelva Rasin ijodiga chuqur hurmat bilan yondashadi, ingliz dramaturgi Shekspirning buyukliginitan oldi. Ammo u Shekspirni hech qanday san’at aqidasiga bo’ysunmaydigan «yovvoyi» debatadi. Shekspir ijodiga ikki tomonlama munosabatda bo’lishiga qaramay, Volter Shekspirdanta’sirlanib, bir qancha sahna asarlarini yaratdi.Volter dramaturgiyada ham ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. Uning sahnaasarlari 52 ta bo’lib, shundan 21 tasi tragediyadir. Volterning«Brut» tragediyasida XVIII asrfransuz hokimi mutlaq sharoitida ozodlik, vatanga sadoqat, uning xoinlariga nisbatan murosasizlik g’oyalari ilgari suriladi. Fojia syujeti Rim tarixidan olingan. Brut Rim respublikasining yirik arbobi. U o’z hayotini vatanining ozodligi uchun kurashga bag’ishlaydi. Rim xalqi Brut boshchiligida kurashga otlanib, zolim shoh Tarkviniyni taxtdan tushiradi. Rim respublika deb e’lon qilinadi. Ammo Tarkviniy o’z tarafdorlari bilan respublikaga tahdidsolaveradi. Respublikachilar bilan shoh tarafdorlari o’rtasida keskin jang boshlanadi. Brutningo’g’li yosh Tit otasi rahbarligida ajoyib qahramonlik namunasini ko’rsatadi.
Slayd 17
Tit yosh bo’lishiga qaramay, dushmanga qarshi jangda o’z nomini shon-shavkat va jasorat bilan bezaydi. Biroq Tit beqaror yigit, buning ustiga Rimdan quvilgan Tarkviniyning qizi Tulliyani sevib qolgan. Bundan xabardor bo’lgan dushmanlar Titni xoinlik yo’liga undaydilar. Tit bu xiyonatkorona takliflarni g’azab bilan rad qiladi. Nihoyat, dushmanlar bu ishga Tulliyaning o’zini ham aralashtiradilar. Tulliya Tit bilan uchrashib, agar uning sevgisiga erishmoqchi bo’lsa, Tit shoh Tarkviniy tomoniga o’tishi, o’z vatani Rimga, otasi bturga xiyonat qilish kerakligini aytadi. Aks holda Tit Tulliyaning sevgisidan umidvor bo’lmasin. Albatta, Tit xiyonatkor bo’lishni istamaydi, ammo ma’shuqasi Tulliyadan ajralish fikri uning butun vujudini o’rtab yuboradi. U o’zining irodasizligi orqasida ixtiyorini berib qo’yadiva dushman tomonga o’tadi. Tez orada fitna oshkor bo’lib, Tit respublikachilar qo’ligatushadi. Rim respublikasining senati Brutning mamlakat oldidagi xizmatlarini hisobga olib,Titni jazolamasdan, uni otasi qo’liga topshiradi. Vatanparvar ota o’g’lining xoinligidan qattiq nafratlangan edi. Endi uning o’zi o’g’lini oliy jazoga– o’limga hukm qiladi. Senat a’zolari butun umrini Rimning ozodligi uchun sarflagan, mana endi shu yo’lda o’zining eng aziz farzandini ham o’limga hukm qilayotgan otaga chin yurakdan achinadilar. Brut ularga javoban,Rimning ozodligi, respublikaning daxlsizligi har narsadan ustun turishini aytadi. Fojiada Brutning shaxsiy tuyg’ulari bilan insoniy burchi o’rtasidagi konflikt masalasi halqilinadi. Brut hamma vaqt o’g’lidan vatani Rimni sevishni talab qilar edi. Volterning«Brut»tragediyasi qaynoq vatanparvarlik qasidasi, respublika dushmanlariga shafqatsiz, murosasizqahr-g’azab ifodasi bo’lib jarangladi.
Slayd 18
Rossiyaning ilg’or ziyolilari hamma vaqt fransuz ma’rifatparvariga ehtirom bilanyondashdilar. Pushkin va Gersenlar fransuz yozuvchisining adabiymerosiga hurmat bilan qaradilar. V.G.Belinskiy Volterni «XVIII asr dahosi», «Fransiyaning milliy shoiri» deb atadi. 5.Deni Didro va Jan Jak Russo ijodi. Deni Didro XVIII asr fransuz faylasuflari, ma’rifatparvarlari orasida eng ko’zga ko’ringan, qamrovdor olim, jamoat arbobi edi. Didro 1751 – 1780-yillar mobaynida nashr qilingan, fan, hunar-texnika, san’at va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining keng sohasini qamrab olgan ensiklopediyannig asoschilaridan, bosh muharrirlaridan biri edi. Ensiklopediyani nashr qilishda deyarli barcha ma’rifatparvarlar ishtirok etdilar. Yolg’iz Didroning o‘zi qomus uchun mingdan ortiq maqola yozdi. Ammo buyuk faylasufning faqat ensiklopediya bilan cheklanib qolmasdan, u bir qancha badiiy asarlar: «O‘gay o‘g‘il» (1757), «Oila boshlig’i» (1758) dramalarini, «Monaxinya» (1760) romanini, «Ramoning jiyani» (1762), «Jkak fatalist» (1773) qissalarini ham yozdi. San’at sohasida yangilik bo‘lgan estetikaga oid risolalar yaratdi.«Nikohsiz o‘g‘il haqida suhbatlar» (1757), «Dramatik adabiyot to‘g‘risida» (1758), «Tasviriysan’at haqida tajribalar» (1765), Parij ko‘rgazmalari haqida yozgan «Salonlar» (1761-1781) kabiasarlari shular jumlasidandir. Didro boy falsafiy meros qoldirdi. «Tabiatni tushuntirish haqida fikrlar» (1754), «d’Alamberning tushi» (1769), «Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari» (1770) va boshqaasarlari shular jumlasidandir. Deni Didro 1713-yili Fransiyaning Langr shahrida hunarmandoilasida tug’ildi.
Slayd 19
U Parijdagi Garkur kollejini tamomlab, ruhoniy bo’lishi kerak edi. Ammo uni din qiziqtirmadi. Shu tufayli otasidan moddiy yordam ololmagan Didro bir necha yil mobaynida qiyin kun kechiradi. Bo’lajak olimning birinchi asari «Falsafiy fikrlar» (1746) edi. Asar Parij parlamentining qarori bilan yoqib tashlanadi. «Ko‘zi ochiq kishilarga ko’rlarhaqida vasiyatnoma» asari (1749) uchun Didroni qamoqqa tashlaydilar. Didroning badiiy iste’dodi va badiiy mahorati, ayniqsa, uning nasriy asarlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.San’atkorning falsafiy qissalari o‘zining realistik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Bu asarlarning hayotbaxshligi falsafiy mulohazalarning chuqurligi, ma’rifat g‘oyalari bilan sug’orilganligidadir. Didroning «Monaxinya» romani 1760-yilda yozilgan bo‘lsa-da, uning vafotidan keyinbosilib chiqdi va mashhur bo‘ldi. Yosh va go‘zal qiz Syuzannani ota-onasi zo‘rlab ayollar ibodatxonasiga beradi. Ammo bu ibodatxona inson sha’niga dog‘ tushiradigan buzuqliklar,yaramasliklar makoni edi. Bu yerda sotqinlik va ifloslik hukmron, barcha ibodatxona xodimlari razil va munofiq. Syuzanna bu ahvolga qarshi norozilik bildiradi. O‘zining hayotga,yashashga, baxt, erkinlikka bo’lgan huquqlarini talab qiladi. Ammo ilojsiz. Unga hech kimyordam bermaydi. Ayollar ibodatxonasining boshlig’i Syuzannaga ham ko’z olaytiradi. Xullas,bu yerda hamma narsa sodda qizning tabiiy axloqiga zid. Qizning qalb iztiroblari, alamli ichkikechinmalari ishonarli tasvirlangan. Syuzannada paydo bo’lgan norozilik va nafrattuyg’usining asta-sekin isyonga aylanish jarayoni haqqoniy chizib beriladi. Ayol shaxsinitahqirlash, inson erkining oyoq osti qilinishi kabi adolatsizliklar yig’ilib qizni asab kasaligaduchor etadi. Ibodatxonadagi«hur qizlar» Syuzannaga yordam berish o’rniga uni boshliqlarining oyoqlari ostiga tashlashga urinadilar. Dahshat ichida qolgan Syuzanna ibodatxonadan qochadi. U jamiyatning xiyonatkorona qonunlarini buzib, o’zi jinoyatchiga aylanib qoladi. Qiz o’z nomini o’zgartirib, yashirinib yashaydi.
Slayd 20
Uning hayoti hamma vaqt tahlika ostida o’tadi. Muallif Syuzanna timsolida umri xazon bo’layotgan minglab qizlarning og’ir ahvolini ko’rsatadi. «Ramoning jiyani» asari 1762-yilda yozilgan bo’lib, dialog shaklida berilgan. Bu ikki suhbatdoshning biri Ramoning jiyani, ikkinchisi muallifning o’zidir. Har ikkala suhbatdosh ham o’tkir aql egasi. Bosh qahramon real shaxs bo’lib, mashhur kompozitor Ramoning jiyani Jak Fransua Ramodir. Qobiliyatli bu odam jamiyatning foydali a’zosi bo’lishi mumkin edi. U atrofdagi voqealarni aniqlik bilankuzatadi, musiqani sevadi. Ammo dangasaligi tufayli, tartibsiz kun kechiradi. U boylar uyidao’z san’atini sotib qornini to’yg’azadi. Ramoning jiyani o’sha zamon qashshoq, daydi ziyolilarining biri. Didro bu obrazdan zamondoshlarining tipik umumlashgan obrazini yaratishda foydalanadi. Jan Jak Russo fransuz faylasufi, yozuvchisi, pedagogi, talantli musiqashunos, ma’rifatparvardir. Jan Jak Russo Shveysariyaning Jeneva shahrida soatsoz oilasida tug’iladi. Moddiy jihatdan qiynalib o’sgan Russo durustroq o’qiy olmadi. U mustaqil mutolaa qilib, musiqa bilimini egallaydi. Musiqadan dars berib, notalar yozib tirikchilik o’tkazadi. Bo’lajakolim va yozuvchi XVIII asrning 50-yillarida o’z asarlari bilan Parijda dong taratadi. Russo odamlar o’rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy tenglik tarafdori edi. 1755-yiliuning «Odamlar orasidagi tengsizlikning kelib chiqishi to’g’risida mulohazalar», 1762-yilda esa, «Ijtimoiy shartnoma» nomli risolalari bosilib chiqadi. Bu asarlar demokratik g’oyalar bilan sug’orilgan edi. Fransuz adabiyoti tarixiga Jan Jak Russo sentimentalizm oqimining asoschisi sifatida kiradi. Uning «Yuliya yoki yangi Eloiza» nomli romani zamondoshlari o’rtasida misli ko’rilmagan darajada muvaffaqiyat qozonadi. Russoning bu romani epistolyar (xat) janrida yozilgan bo’lib, unda Richardson ijodining izlari sezilib turadi. Asarda ikki yoshning sevgisi tarannum qilinadi. Boy dvoryan qizi Yuliya qalbida o’z o’qituvchisi,
Slayd 21
Sen-Prega muhabbat uyg’onadi. Sen-Pre ham qizni qaynoq ehtiros bilan sevadi. Ammo Yuliyaning otasi baron d’Etanj bundan g’azabga keladi. Chunki otaning nazarida bu harakat zodagoniy tushunchalarnioyoq osti qilar edi. Dvoryanlar muhiti «sivilizatsiyalashgan» tuzum sevishganlar yo’liga g’ov bo’ladi. Yuliya, oilasi xohishiga bo’ysunib, eski tartib talablariga binoan Volmar ismli boy dvoryanga turmushga chiqadi. Romanda «tabiiy axloq» bilan soxta odat an’analari o’rtasidagi ziddiyat ko’rsatiladi. Bu ziddiyatning asl mohiyati sevishganlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlikdir. O’sha zamon odatiga ko’ra, dvoryan qizi Yuliyaning quyi tabaqa vakili Sen-Pregaturmushga chiqishi qonunga xilof hisoblangan. Shu sababli Yuliya o’zining qalb javhariga zid ish tutib baxtli bo’la olmaydi. Uning bevaqt o’limi ichki azoblariga chek qo’yadi. Roman qahramonlari Yuliya bilan sen-Pre obrazlarini muallif psixologik jihatdan asoslashda katta mahorat ko’rsatdi. Jan Jak Russoning pedagogik qarashlari ifodasi bo’lgan«Emil yoki tarbiya to’g’risida» romani 1762-yilda yozilgan. Russo inson tug’ilishida har qanday illatlardan xoli bo’ladi, lekin undagi barcha yaramas odatlar tengsizlikka asoslangan jamiyatningta’sirida yuzaga keladi, deb hisoblaydi. Faylasufning fikricha, pedagogning vazifasi insonning tabiiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Russoning ajoyib asarlaridan biri «Iqror» 1770-yilda yozilgan. Bu asar «Italiya yoki yangi Eloiza» romanidan farq qilib, o’z hayotini kengroq qamrab oladi. «Iqror» buyuk, oddiy odam faoliyatining chuqur realistik kechinmalarini ifodalab bergan. Asar keng hayot haqiqati,butun bir davrning urf-odati, oddiy insonning yashashi uchun olib borgan kurashi tarixinihikoya qiladi. «Iqror» tor biografik kitob bo’lib qolmasdan, keng hujjatli, badiiy asarhamdir. Unda XVIII asr Shveysariya, Italiya va Fransiya hayotining manzarasi chizib beriladi.
Slayd 22
Ma’rifatchilik adabiyotining asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
D.Defoning asarlarida xalqqa munosabat qanday?
Defoning “Robirzon Kruzo” asarining bugungi kundagi ahamiyati.
Sviftning satirik yozuvchi sifatida tanilishiga nima sabab bo‘lgan?
Sviftning ijodiy metodi.6. Shiller asarlaridagi isyonkorlik ruhi.
Gyote asarlarining xalqchilligi nimada ko‘rinadi?
«Faust» asarining falsafiy xususiyatlari nimada?
G‘arb va Sharq ma’rifatchilik adabiyotining o‘xshash va farqli jihatlari haqida fikr bildiring.
Jahon adabiyotida “robinzonada” janridagi yana qanday asarlarni bilasiz?
“Robinzon Kruzo”, “Gulliverning sayohatlari” romanlarining ekrandagi talqini.
Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti namunalari o‘zbek tilida.
Mavzu yuzasidan savollar:
Slayd 23
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.