Analizatorlar va ko‘rish organining tuzilishi
4000 so'm

Slayd 1
Analizatorlar va koʻrish organining tuzilishi
Slayd 2
Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati
Koʻrish analizatorining yosh xususiyatlari
Eshitish analizatori, eshitish gigiyenasi, muvozanat apparati
Reja:
Slayd 3
Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bogʻlangan, bu bogʻlanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, yaʼni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga taʼsir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.
Sezgi organlariga koʻrish, eshitish, teri, hid bilish, taʼm bilish analizatorlari kiradi.
I. P. Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya poʻstloq qismida joylashgan.
Analizatorlarning fiziologiyasi va gigiyenasi.
Slayd 4
Analizator tuzilishi:
Pereferik qism (retseptor)
Maʼlum taʼsirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi
Markaziy qism
Bosh miya poʻtlogʻi markazlarida joylashadi
Oʻtkazuvchi qism
Markazga intiluvchi nerv tolasidan tashkil topgan
Har bir analizator 3 qismdan iborat
Slayd 5
Introretseptorlar
Ekstroretseptorlar
Introretseptorlar: esa ichki organlarda joylashgan boʻlib, ular organizmning oʻzida hosil boʻladigan taʼsirni qabul qiladi
Ekstroretseptorlarga: teri, koʻz, quloq, hid bilish, taʼm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi taʼsirlarni qabul qiladi.
Properioretseptorlar
Muskullar, paylar va boʻgʻimlarda joylashgan retseptorlardir.
Retseptorlar
Slayd 6
Koʻrish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari
Koʻz gavhari
Shishasimon tana
Rangdor parda
Qorachiq
Oldingi kamera
Koʻruv nervi
Koʻr maydon
Xoroid
Toʻr parda
Koʻrish organi koʻz boʻlib, insoniyat koʻzi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning oʻsimlik va hayvonot dunyosini oʻrganish bilan birga oʻqishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini oʻrganadi. Koʻzning bevosita taʼsirlovchisi yorugʻlik boʻlib, yorugʻlik koʻz retseptorlariga taʼsir etib koʻruv sezgisini hosil qiladi. Koʻruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Slayd 7
Koʻzning tuzilishi. Koʻz bosh suyagining koʻz kosachasida joylashgan boʻlib, koʻz soqqasi va uni oʻrab turgan apparatdan yaʼni koʻz soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar, qovoq kipriklar, koʻz yoshi bezlari, qon tomirlari kabilardan iborat. Koʻz soqqasi sharga oʻxshash boʻlib, oldingi va orqa qutblarga boʻlinadi. Koʻz soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavatdan yaʼni tashqi – oqsil parda (sklera), oʻrta-tomirli parda va ichki – toʻr pardadan iborat. Ichki qismiga koʻz ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Koʻz soqqasi hajmi chaqoloqlarda 16 MM, kattalardla esa 24 chamasida boʻladi. Koʻz soqqasining oʻsishi va rivojlanishi 5 yoshgacha tez yaʼni intensiv kechadi. 9-12 yoshda sustlasha boshlaydi. Sklera yoki oqsil pardaning qalinligi 1 MM chamasida boʻlib rangi oq bir qismi qovoqlar ostidan koʻrinib turadi.
Slayd 8
Skleraning orqa qismida teshikcha boʻlib undan nerv oʻtadi. Skleraning 1/5 qismi shox pardaga 4/5 qismi orqa oqsil pardaga toʻgʻri keladi. Shox pardada qon tomirlar boʻlmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment koʻp, pigment miqdori har xil boʻladi. Tomirli parda oldingi rangdor, oʻrta kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismga boʻlinadi. Tomirli parda qon tomirlarga boy boʻlib, koʻz toʻqimalarini oziq moddalar va kislorod bilan taʼminlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda deb atalib hammada har xil (qora, koʻk, sargʻimtir va x. k.) boʻladi. Bu pardaning oʻrtasida yumoldoq teshikcha boʻlib u koʻz qorachigʻidir. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan boʻlib, xalqa muskullari qisqarganda koʻz qorachigʻi torayadi, radial muskullar qisqarganda koʻz qorachigʻi kengayadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavhar yarim suyuq modda boʻlib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari boʻlmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning oʻrtasida kichkina boʻshliq boʻlib, bunga koʻzning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning oʻrtasida ham boʻshliq boʻlib bunga koʻzning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir koʻruv nervida 1 mln. Ga yaqin nerv tolalari bor.
Slayd 9
Koʻz soqqasining ichki yaʼni toʻrsimon pardasi ayniqsa muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning orqa qismida yorugʻlikni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari boʻlib, tayyoqcha va kolbacha shaklidadir. Koʻz soqqasining toʻrsimon pardasida 130 mln ga yaqin tayyoqchasimon retseptorlar boʻlib, ular yorugʻlik kamayganda yoki tun vaqtida qoʻzgʻaladi.
Kolbachasimon retseptorlar toʻr pardada 7 mln ga yaqin boʻlib, yorugʻlik yetarli boʻlganda qoʻzgʻalib, koʻzning kunduzi koʻrish qobiliyatini taʼminlaydi. Kolbachasimon retseptolar funktsiyasiga koʻra uch xil: koʻk, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi boʻladi. Uchalasining baravar qoʻzgʻalishi esa oq rangni koʻrishga imqon beradi chunki toʻr pardaning kolbachasimon retseptolarida ranglarni sezuvchi retseptorlar yoki nervlar boʻladi. Tayyoqchasimon retseptorlarda esa bu kabi ranglarni sezuvchi retseptor yoki nervlar boʻlmaydi, shuning uchun kechasi qorongʻu boʻlib koʻrinadi.
Tayoqchasimon retseptorlar
Kolbachasimon retseptorlar
Koʻz retseptorlari
Slayd 10
Koʻz vazifasi
Koʻz bajaradigan funktsiyasiga koʻra ikki qismga: koʻzning optik sistemasi va retseptor qismiga boʻlinadi. Koʻzning optik sistemasiga, uning shox pardasi, koʻz ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular koʻzga tushadigan yorugʻlik nurini sindirib oʻtkazadi va uni koʻzni ichki toʻr pardasida joylashgan retseptorlarga toʻplab beradi.
Nur sindirish dioptriya bilan oʻlchanadi. Bir dioptriya deganda fokus oraligʻi 1 m boʻlgan linzaning nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oraligʻi qisqaradi.
Fokus oraligʻi 50 sm. Boʻlgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng boʻladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi kamroq boʻlib, oʻzgarib turadi. Koʻzning butun optik sistemasini nur sindirish kuchi uzoqka qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq dogʻmarkaziga oʻtgan chiziqqa koʻruv oʻqi deb ataladi. Narsalarning tasviri toʻr pardaga kichkina va teskari boʻlib tushadi. Narsa koʻzdan qancha narida tursa, toʻr pardadagi tasviri shuncha kichik boʻladi va aksincha narsa koʻzga qancha yaqinroq tursa toʻr pardadagi tasvir oʻshancha katta boʻladi. Narsalarning tabiiy ravishda koʻrilishi hayot tajribasiga bogʻliq.
Slayd 11
Akkomodatsiya koʻzning moslanishi boʻlib yaʼni koʻzning uzoqni va yaqinni koʻrishini taʼminlaydi. Koʻz akkomodatsiyasi koʻz soqqasini harakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan taʼminlangan kipriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi oʻzgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq boʻladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq boʻladi.
Koʻrish oʻtkirligi. Ikkita buyum bir-biriga qoʻshilib ketmasdan ular oraligʻidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Koʻrish oʻtkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlaniladi.
Koʻz akkomodatsiyasi
Slayd 12
Koʻzning koʻrish maydoni.
Koʻzni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini koʻra olish xususiyati koʻrish maydoni deb ataladi.
Bolalarning koʻzi katta odamning koʻz tuzilishidan farq qiladi. Bolalarda koʻz kosa chuqurligi va koʻz soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda kattaroq boʻladi. Sklera va tomirli pardalar yupqaroq shox parda esa qalinroq boʻladi. Koʻz soqqasi bola hayotining birinchi yilida bir muncha tez oʻsadi, soʻngra oʻsishi sekinlashib boradi. Yangi tugʻilgan bola koʻzi qisqa vaqtda ochiladi. Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan esa koʻz soqqasi turli predmetlarga va yorugʻlikka nisbatan harakatlanadi. 2 oylikdan boshlab yaltiroq narsalarga qaray boshlaydi. Koʻzning koordinatsiyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning 6 oyligidan yoki 1 yoshidan boshlanadi. Koʻrish analizatorining avval pereferik soʻng markaziy qismi taraqqiy etadi. Yangi tugʻilgan bolaning koʻruv nervi tolalari kam differentsiyalashgan boʻladi. Koʻruv nervining mielinlashuvi bolaning 1,5 yoshigacha davom etadi.
Slayd 13
Yangi tugʻilgan bola koʻzining nur sindirish xossasi katta odam koʻzining nur sindirish xossasidan farq qiladi. Yangi tugʻilgan bola yaqinni koʻra olmaslik hususiyatiga ega boʻladi. Koʻpincha bola va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda boʻlgani uchun, uzoqni yaxshi koʻraolmaslik hususiyati uchrab turadi. Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi. Yosh ortishi bilan akkomodatsiya chegarasi kamayib boradi. Masalan: 9-11 yoshda 14D. 12-14 yoshda 12, 9D, 15-17 yoshda – 12D, 18-20 yoshda – 12D, 21-22 yoshda — 11, 5D boʻladi.
Narsalarning qogʻozdagi tasvirini anglash, bolaning 3-4 oyida vujudga keladi. Bolalarda ranglarni sezish asta-sekin taraqqiy etadi. Avval sariq rang nisbatan sezish shakllanadi. Yashil, koʻk ranglarning sezish chegarasi 12-13 yoshgacha davom etadi. Bogcha bolalari narsani avval shakliga, soʻng oʻlchamiga oxiri rangiga ahamiyat beradi. Rang ajratish qobiliyati 25 yoshgacha ortib boradi. Qiz bolalarda rang ajratish qobiliyati oʻgʻil bolalarga nisbatan yaxshi rivojlangan boʻladi. Koʻrish oʻtkirligi bolalarda kattalarga nisbatan yuqori boʻladi. Kitob bilan koʻz orasi 30-35 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
Slayd 14
Sinf jixozlari bolaning boʻyiga mos boʻlishi (koʻz bilan parta orasidagi masofa 30 – 35 sm. Boʻlishi kerak).
Tabiiy va sunʼiy yoritilish meʼyorlariga rioya qilish.
Televizor va kompyuter oldida oʻtirish meʼyorlariga rioya qilish.
Koʻrish yuklamalarini toʻgʻri taqsimlash
Koʻrish analizatorining gigiyenasi.
Slayd 15
Matn shriftlari bolaning yoshiga mos boʻlishi kerak, transportda va yotib kitob oʻqish mumkin emas.
Toʻxtamay yozish meʼerlariga rioya qilish kerak. 6-7 yeshda 5-7 minut, 7-10 yeshda 10 minut, 11-12 yjshda 15 minut, 13-15 yoshda 20 minut, 16-18 yoshda 25-30 minutdan oshmasligi kerak.
Toʻxtamay oʻqish: 6-7 yoshda 5-10 min., 8-10 yoshda 15 -20 min, 11-15 yoshda 25-30 min., 16-18 yoshda 35-45 min. Dan oshmasligi kerak. Albatta bu vaqtdan soʻng koʻzga dam berish lozim.
Koʻrish analizatorining gigiyenasi
Slayd 16
Eshitish analizatori.
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi, Eshitish analizatori 3 qismga-1. Tashqi
Oʻrta va
Ichki qismga boʻlinadi
Slayd 17
Tashqi quloq
Oʻrta quloq
Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yoʻlidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yoʻnalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yoʻlining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yoʻLI devorchalarida maxsus bezchalar boʻlib, ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasida 0,1 MM qalinlikdagi nogʻora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, boʻlib elastikdir. Nogʻora parda havo toʻlqinlarining taʼsirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida oʻrta quloqqa oʻtkaziladi.
Ichki quloq
Eshituv analizatori
Slayd 18
Eshituv analizatori
Tashqi quloq
Oʻrta quloq
Oʻrta quloq nogʻora boʻshligʻidan, eshituv suyakchalaridan yaʼni – bolgʻacha, sandon, uzangi va yevstaxiy nayidan iborat. Bolgʻacha dastasi bilan nogʻora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib boʻgʻim hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan. Oʻrta quloq boʻshligʻi yevstaxiy nayi yordamida burun xalqumga tutashadi. Eshituv suyakchalari nogʻora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga koʻpaytiradi. Oʻrta quloq boʻshligʻidagi bosim tashqi bosimga barobar boʻlgandagina nogʻora pardasi normal ravishda tebranadi.
Ichki quloq
Slayd 19
Tashqi quloq
Oʻrta quloq
Ichki quloq – Labirentdan iborat boʻlib, yumoloq darcha bilan oʻrta quloqqa tutashadi. Suyak labirentning ichida parda labirent bor. Suyak labirent devorchalari oʻrtasida kichik bir boʻshliq boʻlib, bu boʻshliq perilimfa degan suyuqlik bilan toʻladi. Parda labirent ichidagi suyuqlik endolimfa deb ataladi. Oval darchaning oʻrtasida ichki quloq labrinti dahliz, chigʻonoq va yarim doira kanallar bor. Chigʻonoqning ichida Kortiev organi boʻladi.
Ichki quloq
Eshituv analizatori
Slayd 20
Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona qornidayoq shakllangan boʻladi. Tugʻilishi bilan ishlay boshlaydi. Har xil tovushlarni ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funktsional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. Soʻngra orta boradi. Odam qoʻlogʻining tovush sezadigan muayyan chegarasi boʻlib, sekundiga 16 dan 20000 g/s gacha boʻlgan tovush toʻlqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sogʻlom boʻlishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. Oʻrta quloqning yalligʻlanishi, yaʼni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulogʻi yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga oʻtkazish tavsiya etiladi.
Slayd 21
U odam tanasining fazoda maʼlum muvozanatda boʻlishini taʼminlaydi. Tik turganda, chopganda, yurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga koʻtarilganda va pastga tushganda, argʻimchoq uchganda, suvda suzganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlari bajarganda, har xil tarnsportda yurganda, yaʼni odam tanasida eng oddiy holatdan eng murakkab holatlarga oʻtganda tanasining muvozanatini taʼminlovchi asosiy organ vestibulyar analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi. Bu analizator juda qattiq zararlansa, odam xatto yotgan holatdan turganida uning boshi aylanadi, koʻzi tinadi, koʻngli ayniydi u tezda oʻtirishga yoki yotishga majbur boʻladi. Agar odam yoshligidan boshlab vestibulyar analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, odam tanasi murakkab holatlarda boʻlganida seziladi
Muvozanat organi (vestibulyar analizator).
Slayd 22
Vestibulyar analizatorning retseptorlari daxliz, yarim aylana kanalchalar ichida joylashgan. Retseptorlarning qoʻzgʻalishi vestibulyar nerviga oʻtib, miya koʻprigidagi poʻstloq osti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻidagi muvozanat markaziga boradi.
Vestibulyar analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikdan va belanchakda tebratish, soʻngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport oʻyinlari bilan shugʻullanish, raqsga tushish kabilar bu organni chiniqtiradi. Bola tugʻilganidan vestibulyar analizator ishlay boshlaydi. 2 oyligida tebranishni ajratadi.
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
IRSIYAT QONUNLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hujayra sikli mavzusiga doir masala va mashqlar yechish (Mitoz) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
HUJAYRA ORGANOIDLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
KIRISH – ODAM ANATOMIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, METODLARI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMURTQALILAR NAFAS OLISH TIZIMINING SOLISHTIRMA ANATOMIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.