Alisher Navoiy. Qit’alar va fardlar
8000 so'm

Slayd 1
Alisher Navoiy. Qit’alar va fardlar
Slayd 2
Bu mavzuda biz:
– Alisher Navoiy qit’alari va fardlaridagi g‘oyalarni tahlil qilamiz;
– fard va qit’a haqidagi tushunchalarga ega bo‘lamiz;
– mumtoz adabiyotdagi kichik janrlarni solishtiramiz.
Slayd 3
Alisher Navoiy haqida
Alisher Navoiy (1441–1501) o‘z davrining iste’dodli shoiri, davlat arbobi, olim, ko‘plab asarlari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirdir. U to‘rt yoshidan adabiyotga, she’riyatga va ilm olishga qiziqdi, o‘tkir zehni va tug‘ma qobiliyati bilan zamonasining obro‘li ijodkorlari, san’atkor va olimlari e’tiborini tortdi. O‘n – o‘n ikki yoshlaridan she’rlar yoza boshladi. Tarixchilarning yozishicha, mashhur shoir Lutfiy Alisherning bolalikdayozgan:
• Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
• Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh…
Slayd 4
Alisher Navoiy haqida
misralari bilan boshlanadigan g‘azalini tinglab, “Agar mumkin bo‘lsa edi, men o‘zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming she’rimni shu bir g‘azalga almashar edim”, – degan ekan. Navoiy iste’dodi keyinchalik tinimsiz mehnat va izlanishlar bilan uyg‘unlashib, jahon adabiyoti durdonalari darajasidagi buyuk asarlarning dunyoga kelishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Slayd 5
Alisher Navoiy qit’alarini tahlil qilamiz
Qit’a (arabcha “bo‘lak, qism, parcha” so‘zidan) mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri bo‘lib, unda muallifning turli mazmundagi fikr-mulohazalari, qarashlari ifodalanadi. Qit’a ikki bayt (to‘rt qator) va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Unda har ikkinchi misra (qator) o‘zaro qofiyalanadi.
Slayd 6
Alisher Navoiy fardlarini tahlil qilamiz
Quyidagi fardni o‘qing. Unda qanday g‘oya ifodalanmoqda? Fardning ikkinchi misrasi (qatori) nimaga xizmat qilmoqda?
Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro,Ko‘mur aro ilik urg‘on qilur ilgini qaro.
Slayd 7
Berilgan maqollardan qaysi biri fardning g‘oyasini aks ettiradi?
A) YOMONGA AYTSANG SIRINGNI, MINGTA QILAR BIRINGNI.
B) ZOLIM OSHI OSH BO‘LMAS, YOMON YIG‘ILIB BOSH BO‘LMAS.
C) QOZONGA YAQIN YURSANG, QORASI YUQAR, YOMONGA YAQIN YURSANG – BALOSI.
Slayd 8
Juft-juft bo‘lib ishlang. Navoiy fardlaridan namunalarni o‘qing va tahlil qiling. Har bir fardning g‘oyasini bitta gap bilan ifodalang yoki unga mos maqol toping.
Slayd 9
Tahlil qiling va lug’at so’zlarni eslab qoling!
Slayd 10
Tahlil qiling va lug’at so’zlarni eslab qoling!
Slayd 11
MUMTOZ ADABIYOTDAGI JANRLARNI QIYOSLAYMIZ
Siz bilan oldingi sinflarda Alisher Navoiy ruboiylarini o‘qib, tahlil qilgan edik. Ruboiy, qit’a va fardlar qaysi jihatlari bilan bir-biriga yaqin va qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Quyida Alisher Navoiyning ruboiy, qit’a va fardlaridan namunalar berilgan. Ularni qiyoslab tahlil qiling. Jadvalni daftaringizda to‘ldiring.
Slayd 12
Jadvalni daftaringizda to‘ldiring!
Slayd 13
Alisher Navoiy devoni (she’rlar to‘plami). XVI asr
Slayd 14
Tahlil qiling, munozara uyushtiring
1. Takalluf erur tang‘a farsudaliq,Aning tarkidur jong‘a osudaliq.
takalluf – yuzaki, zo‘rma-zo‘rakifarsudaliq – horg‘inlik
Slayd 15
Tahlil qiling, munozara uyushtiring
2. Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
saxo – saxovat, qo‘li ochiqlikfaqr – kambag‘allik; kamtarlikrizo – rozilik, ko‘nish
Slayd 16
Asar janrini aniqlang
Ahli ma’ni guruhida zinhorHech or aylama gadolig‘dinKim, bularg‘a gadolig‘ ortug‘dur,Ahli suratg‘a podsholig‘din.
ahli ma’ni – olimlar, bilimdonlarahli surat – nodon kishilar
Slayd 17
Asar janrini aniqlang
Xaliq o‘lg‘an saxiydin elga bo‘ldi yakki baxshoyishHam ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.
xaliq – chiroylibaxshoyish – tuhfalar, hadyalaroroyish – bezak, pardozosoyish – tinchlik
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.