=== Taqdimot 1 ===
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Turkiy xalqlarning “Shams ul-millati” bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. O‘z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug‘at boyligidan foydalangan bu buyuk daho, salkam olti asrga yaqin mobaynida, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma’no-mohiyatning keng ko‘lamligi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi.
=== Taqdimot 4 ===
NAVOIY HAQIDA SHOIRNING О‘Z ASARLARIDAGI MA’LUMOTLAR
“Vaqfiya”
“Munshaot”
“Majolis un-nafois”
“Xamsa”
“Munojot”
“Xazoyin ul-maoniy”
“Muhokamat ul-lug‘atayn”
“Xamsat ul-mutahayyirin”“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”
Ijtimoiy faoliyati
Shaxsiy hayoti
Ba’zi asarlarning yozilish tarixi
=== Taqdimot 5 ===
“MAJOLIS UN-NAFOIS”NING BIRINCHI MAJLISIDA:
1. Tog‘alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar tarbiya va nazoratda o‘sgan uch-to‘rt yoshlarida bo‘lgan shoir o‘z davrining mashhur olim-u fozillari davrasida mashhur shoir Qosim Anvorning:Rindemu oshiqemu jahonso‘zu joma chok,Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok(Mazmuni: Rindmiz, oshiqmiz, jahon o‘rtovchi va yoqavayronlarmiz, sening g‘aming turganda dunyo fikridan ne foyda)
baytini yod aytib, mehmonlarni hayratga solganligi haqida yozib qoldirgan.
=== Taqdimot 6 ===
“NASOYIM UL-MUHABBAT” ASARIDA:
Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, “Zafarnoma”ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi va ulug‘ tarixchi 6 yoshli Alisherning haqqiga duo o‘qigani haqidagi qimmatli ma’lumot uchratamiz.
=== Taqdimot 7 ===
“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN”DA:
“Yigitligim zamoni va shabob ayyomi avonida ko‘proq she’rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash’ori va rangin abyotidin ellik mingdin ortuq yod tutubmen va alar zavq va xushholligidin o‘zumni ovutupmen”.
Samarqandda Mavlono Uloyi Shoshiy, Xoja Xurd, Mavlono Muhammad Olim, Darvesh Ahmad Samarqandiy, Mirzobek, Yusufshoh Safoiy kabi olim va shoirlar bilan tanishgani va she’riyat, adabiyotshunoslikka doir ko‘plab asarlarni o‘qib chib, salaflar va zamondoshlarining baytlarini yod olganligini shu tariqa yozib qoldirgan.
=== Taqdimot 8 ===
Navoiyshunos olim Sh.Sirojiddinov shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar quyidagi guruhlarga ajratishni tavsiya qiladi:
Yoshlik davri;
Murabbiylari;
Tutingan farzandlari;
Suhbatdoshlari;
Navoiy va Jomiy hamkorligi;
Navoiy va saroy.
=== Taqdimot 9 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
“Haft avrang”
“Matla’i sa’dayn va majmayi bahrayn”
“Ravzat us-safo”
“Xulosat ul-axbor”
“Tazkirat ush-shuaro”
“Guliston”
01
04
02
05
03
06
Abdurazzoq Samarqandiy
Mirxond
Davlatshoh Samarqandiy
Abdurahmon Jomiy
Xondamir
Sa’diy Sheroziy
=== Taqdimot 10 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Soflik bog‘i”) asarida ham Alisher Navoiy hayoti va faoliyatiga doir qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Asar 7 jilddan iborat bo‘lib, Navoiyning bevosita topshirig‘i va homiyligida yaratilgan. Asar O‘rta Sharq va Osiyo tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, Navoiy haqidagi ma’lumotlar asarning asosan
7-qismida Sulton Husayn Boyqaro saltanati davri tavsifida uchraydi.
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sa’dayn va majmai bahrayn” (“Ikki baxtli sayyoralarning kelib chiqishi va daryolarning qo‘shilishi”) asari shoir haqida ma’lumot beruvchi ilk manbadir. Bu asar 1467-1470 yillar oralig‘ida yaratilgan va bevosita Navoiyning nazorati ostida yakunlangan.
=== Taqdimot 11 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asari A.Navoiy nomi zikr etilgan ilk tazkiradir. Asar 1486-yilda yaratilgan bo‘lib, muqaddima, 7 qism va xotimadan iborat. Tazkirada 150 ga yaqin ijodkor haqida ma’lumot keltiriladi. A.Navoiy haqidagi ma’lumot asarning xotima – muallifga zamondosh shoirlar haqidagi qismida keltirilgan.
=== Taqdimot 12 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
A.Jomiyning “Bahoriston”, “Haft avrang” (“Yetti taxt”), “Nafahotu-l-uns” (“Do‘stlik tarovati”) asarlarida ham A.Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar keltiriladi. S.Sheroziyning “Guliston” asari ta’sirida yaratilgan “Bahoriston” asarining 7-ravzasida 39 shoirdan biri sifatida A.Navoiyga to‘xtalib o‘tilib, uning komil axloqi ijodidan ham yuksakroq ekanligi ta’kidlanadi.
=== Taqdimot 13 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
G‘iyosiddin Humomiddin Xondamirning “Xulosat ul-axbor” (“Xabarlar xulosasi”, 1498-1499) va “Habibu-s-siyar”
(1515-1523) asarlarida Husayn Boyqaroning Xuroson taxtiga о‘tirishi va Alisher Navoiyning Hirotga qaytishidan boshlab, ulug‘ shoirning vafot etishigacha bо‘lgan davr oralig‘idagi voqealar bayon qilinadi.
=== Taqdimot 14 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
Xondamirning “Makorim ul-axloq” asari esa Navoiyning yuksak axloqiga bag‘ishlangan maxsus risola bo‘lib, shoir tarjimai holiga doir muhim aniq ma’lumotlarning keltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Zayniddin Vosifiyning “Badoye’u-l-vaqoye’” (“Go‘zal voqealar”) xotiralar to‘plamining to‘rt bobi (XIV-XVII) Alisher Navoiy shaxsiyatiga bag‘ishlangan.
=== Taqdimot 15 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
Husayn Boyqaroning “Risola”,
Abdulloh Hotifiyning “Layli va Majnun”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Javohiru-t-tafsir” yoki “Mavohibi oliya”,
Atoulloh Asiliyning “Ravzutu-l-ahbob” asarlarida ham Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va ijtimoiy faoliyati haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
=== Taqdimot 16 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
1. Karvon Yazd chо‘li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduz issiq bо‘lganidan kechasi yurilganini, tungi yurishlardan birida Alisher egar ustidan yerga tushib qolgani va karvondan qolib ketgani haqida yozadi.
Tarixchi Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida:
=== Taqdimot 17 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
2. Mashhad madrasalarida tahsil olgan, “zullisonayn”da she’rlar bitgan A.Navoiy “Malik ul-kalom” Lutfiy huzuriga borganida yangi yozilgan: Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,Bо‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.matla’si bilan boshlanuvchi g‘azalini o‘qigani va shunda Lutfiy agar imkoni bo‘lganida, o‘zining 10-12 ming forsiy va turkiy tilda bitilgan baytlarini shu g‘azalga almashtirishini aytib, shoirning iste’dodiga yuksak baho bergani haqida ma’lumot keltirilgan.
Tarixchi Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida:
=== Taqdimot 18 ===
ZAMONDOSHLARINING ASARLARIDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLAR
Erur so‘z mulkining kishvaristoni,Qayu kishvaristоn-xisrаv nishoni.Dema xisravnishonkim – qahramoni,Erur gar chin desang sohibqironi.
Husayn boyqaro “Risola”sida:
Boburnomada:
“Ahli fazl va ahli hunarga Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lgay”.
=== Taqdimot 19 ===
XVI-XIX ASRLARDAGI TAZKIRA, LUG‘AT, TARIXIY VA BADIIY ASARLAR
Lutf Alibek Ozar. “Otashkadai Ozariy”
Som Mirzo Safaviy. “Tuhfai Somiy”
Rizoqulixon Hidoyat. “Majmu’a ul-fusaho” (“Go‘zal so‘z egalarining to‘plami”)
Faxriy Hirotiy. “Latoifnoma”
Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy
Z.M.Boburning “Boburnoma”
=== Taqdimot 20 ===
ALISHER NAVOIY ASARLARINI O‘RGANISH UCHUN MAXSUS LUG‘ATLAR:
1560-yilda:
Aloyi binni Muhibiy. “Al lug‘atu-n-Navoiyat va-l-istishhodatu-l-chig‘atoiyat” (“Navoiy lug‘ati va chig‘atoy tili dalillari”)
XVIII asrda:
Mirzo Maxdiyxon. “Mabonu-l-lug‘at” (“Lug‘at poydevori”)
XIX asrda:
Fath Ali Kojariy. “Lug‘oti atrokiya” (“Turklar lug‘ati”)
1798-yilda:
Shayx Sulaymon Buxoriy. “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy”.
=== Taqdimot 21 ===
NAVOIY IJODINING ILMIY MEZONLAR ASOSIDA O‘RGANILISHI
O‘tgan asrning 20-30-yillaridan boshlab Alisher Navoiy ijodini chinakam ilmiy mezonlar asosida o‘rganish boshlandi. Bu sohadagi dastlabki qadam sifatida Abdurauf Fitratning “Navoiyning forsiy shoirlig‘i ham uning forsiy devoni tо‘g‘risida” (“Maorif va o‘qitg‘uchi” jurn., 1925) va “Farhod-u Shirin” dostoni to‘g‘risida” (“Alanga” jurnali, 1930) maqolalarini ko‘rsatish mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
A.Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan butun sobiq sho‘rolar ittifoqi miqyosida:
“Xamsa”ning qisqartirilgan varianti
(Sadriddin Ayniy, 1939)
“Chor devon”, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”,
“Mahbubu-l-qulub” asarlari
=== Taqdimot 23 ===
TURLI TADQIQOT VA MONOGRAFIYALAR YARATILDI:
Olim Sharafiddinov (“Alisher Navoiy”, 1939)
M.Shayxzoda (“Genial shoir”, 1940)
V.Abdullayev (“Navoiyning Samarqanddagi hayoti va faoliyati haqida”, 1940)
A.Borovkov, Y.E.Bertels, H.Olimjon, X.Zarif, O.Usmonov, M.Shayxzoda hamda boshqa ijodkor va olimlarning ilmiy maqolalarini o‘z ichiga olgan “Rodonachalnik uzbekskoy literaturi” (1940) to‘plami nashr qilindi.
=== Taqdimot 24 ===
XX asrning 60-90-yillarigacha Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqotlar ro‘yxati:
“Xamsa”ning mukammal nashri (Porso Shamsiyev, 1960).
“Xazoyinu-l-maoniy”ning akademik nashri (Hamid Sulaymonov, 1959-60).
Alisher Navoiy. “Asarlar”i . 15 tomligi.
Alisher Navoiy. Adabiyotlar ko‘rsatkichi, 1991-yil.
1987-2003-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan Alisher Navoiyning 20 jildlik “Mukammal asarlar to‘plami” nashr qilindi.
=== Taqdimot 25 ===
Mustaqillik yillarida Alisher Navoiy ijodini yangicha tamoyillar asosida o‘rganish:
I.Haqqulov. “Tasavvuf va she’riyat” (1991).S.Hasanov. “Navoiyning yetti tuhfasi” (1991).M.Muhiddinov. “Ikki olam yog‘dusi” (1991).H.Qudratullayev. “Alisher Navoiyning adabiy-estetik qarashlari” (1991). A.Qayumov. “Nazm va tafakkur quyoshi” (1992).A.Hayitmetov. “Navoiyxonlik suhbatlari” (1993).
R.Vohidov.“Alisher Navoiyning ijod maktabi” (1994).“Alisher Navoiy va ilohiyot” (1994).A.Abdug‘afurov. “Buyuk beshlik saboqlari” (1995).“Temuriylar davri о‘zbek adabiyoti” (1996).S.Olimov. “Naqshband va Navoiy” (1996).N.Jumayev. “Satrlar silsilasidagi sehr” (1996).
=== Taqdimot 26 ===
ALISHER NAVOIY IJODINING G‘ARBDA O‘RGANILISHI
1557-yilda italyan tilida Venetsiyada nashr etilgan tabrizlik arman yozuvchisi Xristofor Armaniyning “Sarandib shohining uch yosh o‘g‘loni ziyorati” asarining ikkinchi qismida Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan olingan Bahrom va Dilorom sarguzashti bayon qilinadi. XVII asr gruzin shoiri Sitsishvili Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonini ijodiy tarjima qilib, “Yetti go‘zal” dostonini yaratadi.
=== Taqdimot 27 ===
ALISHER NAVOIY IJODINING G‘ARBDA O‘RGANILISHI
1697-yilda fransuz olimi Artoleme d’Yerbelo “Sharq kutubxonasi” nomli ensiklopediyada Navoiy tarjimayi holi va asarlari nomini kelgan. Sharqshunos Silvestre de Sasi (1758-1838) o‘z tadqiqotlarida Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tadi. XIX asrdan Yevropada Alisher Navoiy asarlari va uning asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarni nashr etish ishlari boshlanadi. Fransuz sharqshunosi Katrmer 1841-yilda Parijda Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” va “Tarixi muluki ajam” asarlarini nashr ettiradi. Rus olimi I.N.Beryozin o‘zining “Turk xrestomatiyasi” nomli kitobiga shoir asarlaridan parchalar kiritadi.
=== Taqdimot 28 ===
ALISHER NAVOIY IJODINING G‘ARBDA O‘RGANILISHI
Rus sharqshunosi V.V.Belyaminov 1868-yilda Aloyi binni Muhibiyning “Al lug‘atu-n-Navoiyat va-l-istishhodatu-l-chig‘atoiyat” (“Navoiy lug‘ati va chig‘atoy tili dalillari”) lug‘atini Sankt-Peterburgda nashr ettiradi.Fransuz sharqshunosi Pave de Kurteyl esa Navoiy asarlaridan foydalanib, lug‘at tuzadi.G‘arbda Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatini ilmiy aspektda o‘rganish XIX asrdan boshlangan deb aytish mumkin. 1818-yilda nemis olimi X.Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher Navoiyning nasl-nasabi, shoirlik, davlat arbobi va bunyodkorlik ishlariga to‘xtalib o‘tadi.
=== Taqdimot 29 ===
ALISHER NAVOIY IJODINING G‘ARBDA O‘RGANILISHI
Rus sharqshunosi P.Savelyev 1835-yilda shoir ijodiga bag‘ishlab maxsus “Ali Sher Nevai” nomli maqola yozadi. 1856-yilda M.Nikitskiyning “Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati” nomli shoir ijodiga bag‘ishlangan ilk magistrlik dissertatsiyasi vujudga keladi. M.Nikitskiy Navoiyning hayoti va faoliyatini ancha to‘liq o‘rgangani, uning shoir, olim va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga yuqori baho bergani holda Sharq mumtoz adabiyotidagi ijodiy an’analarni anglab yetmagani uchun Navoiyni “fors-tojik adabiyotining tarjimoni” deb e’lon qiladi.
=== Taqdimot 30 ===
ALISHER NAVOIY IJODINING G‘ARBDA O‘RGANILISHI
Aynan shu tarzdagi g‘ayriilmiy qarashlar fransuz sharqshunoslari M.Belen, E.Bloshe, Buva, ingliz sharqshunosi E.Braun, rus sharqshunosi V.Bartoldlarning tadqiqot va ilmiy maqolalarida davom ettirildi.Y.E.Bertels Alisher Navoiy va Farididdin Attor dostonlarini qiyosiy o‘rganish orqali (“Навои и Aттар”) hazrat Navoiyning original shoir ekanligini isbotlaydi.
=== Taqdimot 31 ===
XULOSA
2015-yil 9-fevralida Eron Islom Respublikasining Firdavsiy nomidagi Mashhad Universitetida “Amir Alisher Navoiyning tafakkuri, merosi va bashariyatga xizmati” nomi ostida xalqaro ilmiy-amaliy kongress bo‘lib o‘tdi.Bularning barchasi bugungi globallashuv jarayonida Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga butun dunyoda qiziqish va ehtiyojning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 32 ===
Please keep this slide for attribution
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.