Alisher Navoiy hayoti va ijodi (5)
8000 so'm

Slayd 1
Alisher Navoiy
1441-1501
Slayd 2
Alisher Navoiy o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi hisoblanadi. Navoiy yashagan davrda ham Navoiydan keyin ham Navoiydek barakali ijod qilgan shaxsni hali adabiyot olami ko’rgan emas. Navoiyning ijodi o’zining serqirralarigi, ma’nodorligi bilan ajralib turadi. Shoirning yozgan asarlari biz uchun har doim hayot maktabini o’taydi.
Slayd 3
Shoirning lirik asarlari ayniqsa g’azaliyoti o’quvchilarni o’ziga maftun qiladi. Navoiy yozgan asarlarining bahosi o’z davrida ham, undan keyingi davrda ham juda yuqori o’rin tutadi. Shoir o’sha paytdayoq bashorat qilgan. Zamondoshlari ham Navoiyning qalami o’tkir shoir sifatida tan berganlar.Zero Navoiy shunga arzigulik adib edi. Biz uni davlat va jamoat arbobi sifatida ham qilgan ishlarini tilga olmay ilojimiz yo’q. Navoiyning qilgan savob amallari xalqqa, kambag’al bechoralarga qilgan yaxshiliklari ham cheksiz-chegarasiz.
Slayd 4
Majolisun-nafois (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to’rtinchi va beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Slayd 5
Navoiy Muhokamatul-lug’atayn asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no qatlamlarini ochdi. O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqboli uchun kurashga chorladi.
Slayd 6
Aruz nazariyasiga bag’ishlangan Mezonul-avzon (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
Slayd 7
Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish XX asrning 20-yillaridan yo’lga qo’yildi. Bu yo’nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari e’tiborli.
Slayd 8
Navoiyning epik asarlari deyilganda birinchi navbatta ko’z oldimizga “Xamsa” keladi. Xamsa beshlik demakdir Binobarin, u besh mustaqil dostondan tashkil topgan va har bir doston ma’lum bir mavzu voqeani keng va atroflicha masnaviy yo’li bilan yoritib beradi. Sharq adabiyotida birinchi bo’lib Xamsachilikni boshlab bergan kishi buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiddin Ganjaviydir. U 1173-1179-yilllar oralig’ida Arzinjon hokimi Faxriddin Baxromshohga bag’ishlab, ”Maxzan ul asror” (Sirlar xazinasi) nomli pandnoma –nasihatnoma yozadi, 1180-1181-yillarda Iroq xukmdori To’g’rul IIning iltimosiga ko’ra muhabbat va qahramonlikni ifodalovchi “Xusrav va Shirin “dostonini yaratadi. Sharq adabiyotida xamsachilik an’anasi paydo bo’ldi. Shunga ko’ra har bir asar “Xamsa“ deb atalmog’i uchun: 1- u besh dostondan tashkil topmog’i.2- birinchi doston albatta pand nasihat ruhidagi tarixiy, axloqiy, falsafiy bo’lmog‘i 3-dan Husrav va Shirin mojarolariga bag’ishlanmog’i.4- uchunchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i 5- to’rtinchi doston Baxrom, beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i shart edi.
Slayd 9
Navoiyning falsafiy dunyoqarashi
Navoiy “Xamsa”si XV asrdagi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko’zgusi bo’lib, unda o’sha davrning ijtimoiy turmushi, xalqning farovon urf-odatlari din-diyonat,axloq-odob haqidagi qarashlari o’z aksini topgan. Masalan: “Hayrat ul- abror” haqiqat, ishonch, ezgulik, sevgi va do’stlikni ulug’lovchifalsafiy asardir. Unda o’sha davr uchun dolzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, falsafiy fikrlar bayon etilgan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo, rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rni ifodalangan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan
Slayd 10
Navoiyning didaktik qarashlari
Navoiyning didaktikaga oid eng muhim asari “Mahbub ul-qulub”dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to’g’risida, ikkinchi qismida axloq va olijanob fazilatlar to’g’risida so’z yuritiladi. Uchinchi qismda esa tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar berilgan. Asarda maktabdorlar, mudarrislar haqida yaxshi gaplar aytilgan.18-faslida o’qituvchining failatlari va faoliyatlari ta’riflangan.
Navoiy xalq bolalarini o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish to’g’risida g’amxo’rlik qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, to’g’ri yo’l ko’rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. Mamlakat, xalq uchun maktab g’oyat katta ahamiyatga ega:
Bo’lur g’am ulug’larga mazhab yo’li,
Chu yoshlarga boshlansa maktab yo’li.
Slayd 11
Hayotining so’nggi yillari
1498-yilda Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»ni qayta ko’zdan kechirib, to’ldirdi. Shoirlar adadini 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhrlanib kelgan «Mantiq ut-tayr» ga javob yozadi. «Lison ut-tayr» Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498 -1499 yillarda xatlarini to’plab, «Munshaot» tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan bo’lib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yo’llagan maktublaridir. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan «Mahbub ul-qulub» asari uning eng so’nggi asari bo’lib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq – shohdan gadogacha, olimdan cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.
Slayd 12
O’limidan har bir uyga tushdi motam,
Mamlakatning har burchidan chiqdi fig’on.
Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham,
Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon
Slayd 13
O’zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyev Navoiy Rolida
Slayd 14
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r
Qilich tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi
ALISHER.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.