Alisher Navoiy hayoti va ijodi (2)
8000 so'm

Slayd 1
Alisher Navoiy
(1441-1501)
Slayd 2
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tavallud topgan.
Slayd 3
Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Samarqanddan Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi.
1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487-88-yillarda Astrobodda hokim bo‘lib ishlaydi.
Slayd 4
Buyuk ijodkor 1501-yil 3-yanvar kuni vafot etdi.
Slayd 5
Alisher Navoiyning qabri Hirotda. Hirot esa Afg’onistonda joylashgan.
Slayd 6
Xamsa
Slayd 7
«Panj ganj» («Besh xazina»)
Nizomiy Ganjaviy 1173-1201-yillar oralig’ida ilk “Xamsa” dostonlarini yozdi:
• 1173—1179-yillarda «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi»)
• 1180—1181-yillarda «Xusrav va Shirin» dostoni
• 1188-yilda «Layli va Majnun» dostonini
• 1196- yilda»Haft paykar» («Yetti go’zal»)
• 1196—1201- yillarda «Iskandarnoma» yaratiladi
Slayd 8
ASLI SHAHRISABZLIK XUSRAV DEHLAVIY
Xusrav Dehlaviy (1253-1325) o’zining «Xamsa»sini 1299-1301-yillarda yozib tugalladi:
• «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning boshlanmasi»);
• «Shirin va Xusrav“;
• «Majnun va Layli“;
• «Hasht behisht» («Sakkiz jannat»);
• «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi»).
Slayd 9
«Xamsa» deb atalmog’i uchun:
besh dostondan tashkil topmog’i;
birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lmog’i;
ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag’ishlanmog’i;
uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i;
to’rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i shart.
Slayd 10
TURKIY BESH DOSTON
Alisher Navoiy juda qisqa bir muddat – ikki yil (1483 — 1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi.
Slayd 11
Navoiyning buyuk merosi
“Hayrat ul-abror” dostoni – 1483-yil yozilgan. Aruzning Sari bahrida. 3988 bayt-7976 misra, 64 bob – 21 bob muqaddima, 20 maqolot,20 hikoya,3 bob xotima;dastlabki 2 bob ustozlar haqida, 2 bob so’z haqida.
“Farhod va Shirin” dostoni – 1489-yil yozilgan. 59 bob, 5782 bayt. Dostonning so’nggi bobi- Boyqaroning o’g’li Abdulfavoris Shohg’arib Bahodirxon G’aribiyga nasihat shaklida bitilgan.Hazaji musaddasi mahzuf vaznida.
“Layli va Majnun” dostoni – 1484-yil. 36 bob.3622 bayt. Hazaji musaddasi axrab vaznida.
“Sab’ai Sayyor” doston – 1484-yil.38 bob,5000 bayt. Aruzning Hafif bahrida yozilgan.
“Saddi Iskandariy” dostoni – 1485-yil. 89 bob,7215 bayt. Aruzning Mutaqorib bahrida
Slayd 12
«FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI
Muallif bu asarni «shavq dostoni»deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug’lanadi. Bu shunday ishqki, u insonnipoklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o’zligini tanitadi, birso’z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan ishqdir.
Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o’ylari ham ifoda etilgan.
Slayd 13
O’ziga xoslikka intilgan adib o’zigacha bo’lgan an’analarga ijodiy yondashadi.
Doston Navoiygacha «Xusrav va Shirin» shaklida mashhur edi. Ularda markaziy obraz shoh XUSRAV edi.
Lekin u — komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs.
Slayd 14
Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi bosh obraz darajasiga ham loyiq ko’rmaydi.
U Farhodni bosh obraz qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o’zgartirdi.
Mazkur o’zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin » nomi berilishiga asos bo’ldi.
Slayd 15
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin hoqonining farzandsizligi va bundan uning so’ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi.
Slayd 16
OSHIQ FARHOD TASVIRI
…Yuzinda ishq asrori yozilg’an,
Ichinda dard ta’vizi qozilg’an.
… Ko’zida ashk selidin asarlar,
Damida oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo,
Jamolida vafo tug’rosi paydo.
Falak deb: «Dard dining shohi» oni,
Malak deb: «Dard o’ti ogohi» oni.
…Vafo haylida g’avg’o shodlig’din,
Biri birga muborakbodlig’din.
Slayd 17
4 FASLGA MONAND 4 QASR
Hoqon balog’at ostonasidagi Farhodning ko’nglini olish uchun uchun to’rt fasliga moslab to’rt oliy qasr qurdirish fikriga keldi.
Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi — ustozi Mulkoro bu ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur meymori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo’nuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar.
Slayd 18
SIRLI SANDIQDAGI SHART
Oynaning orqasidagi tilsimda yozilishicha, ko’zgu tilsimini ochmoqchi bo’lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha uch manzil bo’lib,
birinchisida ajdahoni,
ikkinchisida Ahraman devni,
uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak.
To’rtinchi manzil — o’sha tog’dagi g’or ichidan donishmand Suqrot topiladi.
Slayd 19
SHIRIN TAVSIFI:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur,
Ne bor andoqqi hargiz bor ekandur.
…Yuzi birla qilur bazmini gulshan,
Aning birla ko’rar olamni ravshan.
Slayd 20
HUSNDA TENGSIZ SHIRIN!
Slayd 21
G’OLIB OSHIQ VA MAG’LUB SHOH
Dedi: «Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!»
Dedi: «Majnun vatandin qayda ogah?»
Dedi: «Nedur sanga olamda pesha?»
Dedi: «Ishq ichra majnunluq hamesha».
Dedi: «Bu ishdin o’lmas kasb ro’zi!»
Dedi: «Kasb o’lsa basdur ishq so’zi».
«Ishq o’tidin de fasona!»
«Kuymay kishi topmas nishona».
«Kuymagingni ayla ma’lum!»
«Andin erur joh ahli mahrum»
«Qay chog’din o’ldung ishq aro mast?»
«Ruh ermas erdi tang’a payvast“.
«Bu ishqdin inkor qilg’il!»
Bu so’zdin istig’for qilg’il“…
Slayd 22
Komil inson orzusi
Tasavvuf – musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot. Tasavvuf orqali insoniyat Islom dinining ichki va tashqi go’zalligini, uningbuyuk insonparvarlik mohiyatini anglab yetdi. Tasavvufning maqsadi insonni ruhiy, ma’naviy jihatdan poklash, ya’ni komil insonni tarbiyalashdir. Qalb pokligiga erishgan, yuksak ma’naviyatli, barkamol shaxs komil insondir.
Aksariyat adabiyotlarda komil inson ruhiy poklangan inson tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Demak, ruhni poklash g’oyat muhim. Poklanishning yo’li esa bitta, u nafsni yengishdir.
Slayd 23
Nafs nima?
Nafs deganda yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, kibru-havo, dunyoparastlik, zulm, o’g’rilik, tanballik, g’urur, tama’, ko’rolmaslik, baxillik, mansabparastlik, shahvat, ko’ngli torlik, g’azab, umuman, inson ruhini, qalbini bulg’aydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig’indisi tushuniladi.
Slayd 24
Bilimingizni sinang!
1. Sharqda “Xamsa” yozish an’anasini kim boshlab bergan?
2. Asar “Xamsa” deb atalmog’i uchun qanday talablarga javob berishi kerak?
3. A. Navoiy “Xamsa”sining boshqa xamsanavislarning “Xamsa”sidan farqi?
4. “Farhod va Shirin” aruzning qaysi vaznida yozilgan?
5. Navoiyning komil inson haqidagi o’ylari qaysi dostonida ifoda ettirilgan?
6. Navoiy xamsachilikka qanday yangilik olib kirdi?
7. Dostonning asosiy voqealari nimadan boshlanadi?
8. Farhodning tarbiyachi ustozi kim?
9. Qasrlar qurilishi paytida Farhod kimlardan qanday hunarlarni o’rgandi?
10. Tilsimda aytilgan 3 to’siq nima?
11. Suqrot Farhodga kimlarning taqdiri haqida bashorat qiladi?
Farhod o’limi oldidan kimlarni yod etadi?
13. Qaysi asarda bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi deb ta’kidlanadi?
14. Nafs deganda nima tushuniladi?
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.