ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI

5000 so'm


ALGEBRAIK-MATERIALLARNI-O‘RGATISH-METODIKASI

Slayd 1

ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI

Slayd 2

REJA:
1. Boshlang‘ich sinflarda algebraik elementlarini o‘rganish metodikasining umumiy masalalari
2. Ifodalar bilan tanishtirish metodikasi:
a) O‘quvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirish
b) Ifodalarni aynan almashtirishni o‘rgatish
v) Harfiy ifodalar bilan tanishtirish

Slayd 3

Ifoda
Boshlang‘ich sinflarda algebraik material
Sonli ifoda
O‘zgaruvchi ifoda
Tenglik
Sonli tenglik
Tenglama
Tengsizlik
Sonli tengsizlik
Tengsizlik o‘zgaruvchili

Slayd 4

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar arifmetik materiallarni va matematika simvolikani o‘rganish orqali matematik bilim umumlashtiriladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar alfavitni matematik simvolika tarzida qo‘llay boshlaydilar.
Shu orqali algebraik ifoda, tenglik, tengsizlik va tenglama to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot oladilar. Bular to‘g‘risida ma’lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning mohiyatini to‘laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o‘rganiladigan algebra fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishdir.

Slayd 5

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini algebraik ifodalar bilan tanishtirish, ya’ni sonlarni harflar bilan belgilash, kelajakda o‘quvchilarning sonli va harfiy ifodalar tushunchalarini o‘rganishiga zamin tayyorlaydi.

Slayd 6

Algebraik materiallar boshlang‘ich ta’limning to‘rt o‘quv yilida o‘rganiladi. Algebraik materiallarni o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi quyidagilarni bilishi zarur:
boshlang‘ich matematika kursidagi algebraik mazmundagi o‘quv materiallarni ularning sinflar bo‘yicha o‘quv dasturidagi ketma-ketligini;
algebraik materiallar bilan tanishtirish jarayonidagi o‘rganilayotgan arifmetik materiallar mazmunini;

Slayd 7

algebraik materialni o‘rganish jarayonida foydalanadigan ko‘rsatmali qo‘llanmalarni;
algebraik mazmundagi o‘quv topshiriqlari ko‘rinishlarini;
algebraik materialni o‘rganishda foydalaniladigan didaktik o‘yinlarni;
algebraik materialning o‘rganilganligini tekshirishning turli shakl va metodlarini.

Slayd 8

Quyidagilarni bajara olishi kerak:
Arifmetik material bilan algebraik materiallarni o‘qitishdagi uzviy bog‘liqlikni amalda qo‘llay olishi;
Maqsadga muvofiq ko‘rsatmali vositalarni qo‘llay olishi;
Maqsadga muvofiq didaktik o‘yinlardan foydalanishi;
O‘quvchi bilimini sinashning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llashi;
Algebra elementlarini qamrab oluvchi yozma mustaqil ish o‘quv topshiriqlarini tanlay olishi zarur.

Slayd 9

Mazkur mavzuni o‘qitish vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. O‘quvchilarda sonli ifodalarni o‘qish, yozish va taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantirish;
2. O‘quvchilarda ifodadagi amallarni bajarish tartibiga rioya qilgan holda hisoblash ko‘nikmasini shakllantirish;

Slayd 10

3. O‘quvchilarni a+b, c-d, 6*a, d:4, c*d, a:b ko‘rinishdagi harfiy ifodalarni o‘qish, yozish malakalarini shakllantirish va harflarning berilgan qiymatlarida ifoda qiymatini topishga o‘rgatish;
4. O‘quvchilarni x + 4 = 12, x – 7 = 5, 8–x=4, x*4=16, x:3=15, 28:x=4 ko‘rinishdagi sodda tenglamalar bilan tanishtirish va bu tenglamalarni tanlash, so‘ngra amal komponentlari va natijasi orasidagi bog‘lanishlarga asoslanib yechish malakasini shakllantirish.

Slayd 11

Sonlar va ustida amallarni belgilaydigan matematik simvollilarning ma’lum qoidalar bo‘yicha tuzilgan ketma-ketligi matematik ifoda deb aytiladi.
Matematik ifoda
15 +6*5 – yig‘indi
9*(6-2) – ko‘paytma
4*6 – 7 – ayirma bu sonli ifodalar
16:(8-4) – bo‘linma
a – b 3a + b
15 + c (x-5)*3 bular o‘zgaruvchili (harfiy)
(45 – b):3 x +3y ifodalar

Slayd 12

O‘quvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirishda metodikada to‘rt bosqich ko‘zda tutiladi. I-bosqich. 1-sinfning boshidayoq, qo‘shish va ayirish amallari ma’nosini o‘zlashtirish bosqichida bolalar bunday ifodalarni o‘qiydi: “Beshga birni qo‘shsak, olti hosil bo‘ladi”, “Sakkizdan uchni ayirsak, besh chiqadi”. Misollarning yozuvdagi “ + “ va “ – “ belgilarining ma’nosi ushbu alomat bo‘yicha o‘zlashtiriladi: ko‘payadigan (kamayadigan) bo‘lsa, demak, qo‘shamiz (ayiramiz), demak “+ “ (“ – “ ) belgisini qo‘yish kerak.

Slayd 13

Birinchi sinfdan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi:
1. 3 + 2. Bu 3 va 2 sonlarining yig‘indisi. U 5 ga teng.
2. 6 – 4. Bu 6 va 4 sonlarining ayirmasi. U 2 ga teng.

Slayd 14

“Do‘stini top” o‘yini. Har ikkala qatordagi misollarni yechadi. Natijaga ajratilgan ranglar bilan jadval ichi bo‘yaladi.

Slayd 15

Bu o‘yinlar orqali o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini o‘stirish mumkin. O‘quvchilar bu singari o‘yin topshiriqlarni ishtiyoq bilan bajaradi.
II – bosqich. Ikkinchi bosqichda matematik ifodalar bilan tanishish ko‘pincha 1- bosqich amallari deb ataladigan 4 – 3, 3 + 3 , 8 – 2,
10 – 7 kabi ifodalar va 2- bosqich amallari deb ataladigan
8 : 2 3, 5 4 : 10, 3 2 4, 20 : 2 : 5 kabi ifodalar xosdir.
4 + 5 – 3 – “To‘rtga beshni qo‘shing va natijadan uchni airing”;
5 ∙ 4 : 10 – “Beshni to‘rtga ko‘paytiring va natijani 10 ga bo‘ling”.

Slayd 16

III-bosqich. Bu bosqichdagi ifodalar to‘rt amalning hammasini o‘z ichiga oladi:
5 * 3 + 10 43 – 7 * 6
4 * 8 + 15 : 5 27 : 3 – 2 ∙ 4.
Murakkab ifodalarni tuzish matematik diktant yordamida kiritilishi mumkin, masalan: “ 5 va 3 sonlarining ko‘paytmasini yozing, endi esa uni hisoblamasdan 10 sonini qo‘shing. Qanday ifoda hosil bo‘ladi? ”

Slayd 17

IV – bosqich. Bu bosqichga qavslarni o‘z ichiga oladigan ifodalar qaraladi. Qavslarni shunday qo‘yingki, tengliklar to‘g‘ri bo‘lsin: 25 – 15 : 5 = 2
3 *6 – 4 = 6 24 : 8 – 2 = 4 2.
Yulduzchalar o‘rniga “+” yoki “ – “ belgilarini shunday qo‘yingki, to‘g‘ri tengliklar hosil bo‘lsin:
38*3*7 = 34 38*3*7 = 42
38*3*7 = 28 38*3*7 = 48

Slayd 18

3. Yulduzchalar o‘rniga amallar ishoralarini shunday qo‘yingki, tengliklar to‘g‘ri bo‘lsin:
12 * 5 * 2 = 4 12 * 6 * 2 = 9
12 * 6 * 2 = 24 12 * 6 * 2 = 0

Slayd 19

Eslatma
Misolni quyidagicha o‘qish mumkin
1. Amal bo‘yicha
2. Sonlarni nomi bo‘yicha
3. Natijasi bo‘yicha
ta kamaytiring
orttiring
Masalan: 6+3 = 9
Misol 5*9-27 36:4+68
43-27:3 72:8+7*8
56+4*9 6*7-63:9

Slayd 20

Algebraik materiallarni o‘rganish orqali o‘quvchilarda matematik qobiliyat rivojlanadi. Bu matematikaning murakkab olamiga kirib borishning ilk qadami hisoblanadi. Yuqori sinflarga qadam qo‘yar ekan, algebraik materiallarni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining matematikaga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. Buning uchun o‘qituvchining yagona vazifasi algebraik materiallarni o‘rgatish jarayonida darslik bilan chegaralanib qolmasdan o‘quvchilar uchun individual topshiriqlar tayyorlab, o‘quvchining bilimini yanada mustahkamlashga harakat qilishdan iborat.

Slayd 21

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar