AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

6000 so'm


AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar

Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar mashinasozlik, metallsozlik va texnik chizmalar fanining asosiy tushunchalaridan biridir. Har qanday mexanik tizim turli detallar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, ularning bir-biriga qanday ulanayotgani konstruktsiyaning mustahkamligi va texnik ishonchliligini belgilaydi.

1. Biriktirish detallari

Biriktirishda ishlatiladigan asosiy detallar — bolt, vint, shpilka, gayka, shayba, shplint, shponka, shtift, fiting va shlitsalardir. Rezbali birikmalar hosil qiluvchi elementlar mahkamlash detallari deb ataladi.

Gayka ostiga ko‘pincha shayba qo‘yiladi, bu mahkamlikni oshiradi. Tez tebranadigan mashina qismlarida esa prujina shaybalar va shplintlardan foydalaniladi — ular birikmaning o‘z-o‘zidan bo‘shashib ketishining oldini oladi.

2. Rezbali elementlarning turlari

  • Tashqi rezba – bolt, vint yoki shpilka sterjenining sirtiga kesilgan rezba.
  • Ichki rezba – gayka yoki shpilka uyasiga kesilgan rezba.

Bolt

Bolt — bir uchida rezbasi, ikkinchi uchida esa turli shakldagi kallagi bo‘lgan silindrsimon sterjen. Boltning uzunligi, kallak shakli va rezba turi birikma turi va GOST standartlariga qarab tanlanadi.

Gayka

Gayka — ichki rezbali detal bo‘lib, bolt yoki shpilka bilan birga ishlatiladi. Ular birgalikda ajraladigan rezbali birikmani hosil qiladi.

Vint

Vint — sirtida rezba ochilgan sterjen. U detallarni muayyan holatda o‘rnatish va mahkamlash uchun ishlatiladi. Kallak shakli, rezba uzunligi va o‘yiqlar turi vintning vazifasiga qarab belgilanadi.

3. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar

  • Ajraladigan birikma — tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan ajratish mumkin bo‘lgan birikma (masalan, boltli, vintli, shpilkali, shponkali, fitingli birikmalar).
  • Ajralmaydigan birikma — detallarni buzmasdan ajratish mumkin bo‘lmagan birikma (masalan, payvandli, parchin mixli, kavsharli yoki yelimli choklar).

4. Ajraladigan birikmalar

Boltli birikma

Bolt, gayka va shayba yordamida detallar mustahkam ulanadi. Bolt uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

L = m + n + S + H + K

Bu yerda:
m va n — detallar qalinligi,
S — shayba qalinligi,
H — gayka balandligi,
K — boltning chiqib turgan qismi.

Shpilkali birikma

Shpilka uzun bo‘yli rezbali sterjen bo‘lib, biri korpusga burab kiritiladi, ikkinchi uchiga gayka kiydiriladi. Bu birikma qalin detallarni ulanayotganda qo‘llaniladi.

Vintli birikma

Vintli birikmalarda bir detalda rezba ochiladi, ikkinchi detal esa teshik orqali birinchisiga vint yordamida ulanadi. Yashirin kallakli vintlar estetik jihatdan qulay bo‘lib, mashina qismlarini ixcham biriktirish imkonini beradi.

Fitingli birikma

Fitinglar — truba yoki gaz, havo, suyuqlik o‘tkazuvchi tizimlarni ulash uchun mo‘ljallangan detallar. Fitingli birikmalar rezbali, flanesli yoki kavsharli bo‘lishi mumkin.

Shponkali birikma

Shponka — val bilan g‘ildirak, shkiv yoki maxovik orasidagi burilishni uzatuvchi detal. U ponasimon, prizmatik yoki segmentsimon turlarga bo‘linadi. Shponka detallar orasida siljishning oldini oladi va aylanishni uzatadi.

5. Ajralmaydigan birikmalar

Parchin mixli birikma

Parchin mixlar asosan yupqa metall listlarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Teshik diametri parchin diametridan biroz katta olinadi, shunda qizdirilgan parchin mix teshikka erkin kiradi.

Payvand chokli birikma

Payvandlashda metallar eritilib, birikish joyida payvand chok hosil bo‘ladi. Bu eng keng tarqalgan ajralmaydigan birikma turi hisoblanadi.

Kavsharli va yelimli birikmalar

Zamonaviy ishlab chiqarishda kavsharlash (qalay bilan eritib ulash) va yelimlash usullari keng qo‘llaniladi. Bu usullar yengil konstruksiyalarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa

Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar texnik detallarni ulashda muhim rol o‘ynaydi. To‘g‘ri tanlangan birikma mashinaning ishonchliligini, xavfsizligini va xizmat muddatini belgilaydi. Muhandislik loyihalarida birikma turini to‘g‘ri tanlash — sifatli natijaga erishishning garovidir.

=== Taqdimot 1 ===
Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar
=== Taqdimot 2 ===
01.
REJA:
Biriktirish detallari
02.
Ajraladigan birikmalar
03.
Ajralmaydigan birikmalar
=== Taqdimot 3 ===
Rezbalar yordamida birikmalar hosil qiladigan rezbali detallarga mahkamlash detallari deb aytiladi. Bularga bolt, vint, shpilka, gayka va fitinglar kiradi.
Detallarni biriktirishda gayka ostida shayba qo‘yiladi. Siltanib, tebranib ishlaydigan mahkamlash detallari o‘z-o‘zidan ochilib ketmasligi uchun prujina shaybalar va shplintlardan foydalaniladi.
=== Taqdimot 4 ===
Detalning tashqi sirtida hosil qilingan rezba (bolt, vint, shpilka va shu kabilar) tashqi rezba;
Ichki sirtida hosil qilingan rezba (gayka, shpilka uyasi va shu kabilar) ichki rezba deyiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Bolt
Biriktirish detallar:
Fiting
Shlitsa
Shtift
Shponka
Shplint
Vint
Shpilka
Gayka
Shayba
=== Taqdimot 6 ===
Bolt bir tomoniga rezbasi bo‘lgan ikkinchi tomoni esa har xil shakldagi kallakdan iborat sterjen.
Sterjenning rezbali tomonining uchiga o‘qqa nisbatan 45º burchakli konus faska chiqarilgan. Kallakning sterjenga qaragan tomoni tekis qilib ishlangan. Boltlarning kallagi olti qirrali, kvadrat, yarim-yumaloq, silindrik va shunga o‘xshash shakllarda bo‘ladi.
=== Taqdimot 7 ===
Gayka teshigi rezbali bo‘lib, bolt, vint yoki shpilka sterjeniga buralib, ajraladigan rezbali birikma hosil qilish uchun foydalaniladigan detal.
=== Taqdimot 8 ===
Vint silindrik sterjen bo‘lib, uning bir tomoniga rezba chiqarilgan, ikkinchi tomonida esa, tayanch uchun kallagi bor.
Vint detallarni mahkamlash va o‘rnatish uchun ya’ni mashina va mexanizmlarni yig‘ishda detallarni bir-biriga nisbatan muayyan holatda joylashtirib mahkamlash uchun foydalaniladi. Ularning bir-biridan farqi o‘rnatish vintining bir tomoni to‘liq kesilgan va ikkinchi tomonida silindrik yoki konus yoki boshqa xil shaklda chiqib turgan qismi proyeksiyalarida bo‘ladi;
=== Taqdimot 9 ===
Ajratiladigan
Ajratilmaydigan
Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan, yormasdan, qayirmasdan ya’ni shikast yetkazmasdan bo‘laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi.
Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo‘laklarga ajratish imkoni bo‘lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi.
Birikmalar
=== Taqdimot 10 ===
Qo‘zg‘almaydigan
Qo‘zg‘aladigan
Qo‘zg‘almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi.
Qo‘zg‘aladigan birikma esa shponkali, shlilsali va shtifti birikma turlariga bo‘linadi.
Ajratiladigan birikma
=== Taqdimot 11 ===
Boltli birikma
Bolt, shayba, gayka zaruriyat bo‘lganda shplintdan foydalaniladi.
Boltli birikmada mahkamlash detallari rasmda ko‘rsatilgandek shartli o‘zaro bog‘lanishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K )ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hisoblash formulasi: L =m+n+S|+H+K; bu yerda m va n birikuvchi detallar qalinligi; H gaykaning balandligi, S shaybaning qalinligi, hisoblash natijasida kelib chiqqan son qiymati GOST 7798-96 da keltirilgan jadval bilan solishtirilib, jadvaldan unga yaqini tanlab olinadi. Rezbaning uzunligi esa birikmani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Boltli birikma
Gayka
Shayba
Bolt
=== Taqdimot 13 ===
Shpilkali birikma.
Birikuvchi detallar ancha qalin bo‘lganda yoki bolt bilan biriktirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda shpilkali birikmadan foydalaniladi.
Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to‘liq teshilmaydi ya’ni unga chuqurlikda teshik o‘yiladi va unga metchik bilan rezba chiqarilgan bo‘ladi. Unga shpilkaning o‘tqazuvchi uchi burab qotiriladi.
Ikkinchi birikuvchi detalga shpilkaning o‘lchamlari orasidagi o‘zaro munosabat va shpilkali birikmaning tasviri berilgan.
Shayba
Gayka
Shpilka
=== Taqdimot 14 ===
Vintli birikma.
Vint yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri to‘liq teshilmaydi va unga rezba chiqarilgan bo‘ladi. Biriktiruvchi vint yashirin kallakli bo‘lgani uchun ikkinchi detalga kallak uchun o‘yiq va davomida 1,1 d ga teng diametri silindrik teshik ochilgan. Vint birinchi detal teshigidan erkin kirib. ikkinchi detalga buraladi. Yashirin kallakli vintli birikmada vint kallagi detal sirtidan chiqib turmasligi kerak. Mahkamlash vintining kallak qismi otvyortka (ochar) uchun o‘yig‘i bo‘ladi yoki klyuch (kalit) uchun qisman kesilgan bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Fitingli birikma.
Suv, gaz, havo va har xil suyuqliklarni uzatadigan truboprovodlarga truba birikmalar qo‘llaniladi. Truba birikmalar ajraladigan (masalan, rezbali. fitingli, flanesli) va ajralmaydigan (masalan payvandlash yoki kavsharlash yordamida biriktirish) bo‘lishi mumkin. Truba birikmalar soddalashtirmasdan tasvirlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Fitingli birikma
=== Taqdimot 17 ===
Traynik yordamida biriktirish, bunda o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan ikkita truba va uchinchisini o‘qi bularga perpendikulyar bo‘lgan uchinchi truba biriktiriladi.
To‘g‘ri mufta va o‘tish muftasi yordamida biriktirish, bunda o‘qlari bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan ikkita truba biriktiriladi.
Ugolnik yordamida biriktirish, bunda o‘qlari to‘g‘ri burchak ostida joylashgan trubalar biriktiriladi.
Fitingli birikma
=== Taqdimot 18 ===
Shponka aylanma harakatni valdan shkivga, tishli g‘ildirakka, maxovikka va shunga o‘xshashlarga uzatish uchun foydalanishadi.
Shponka – o‘zaro birikib turgan ikki detalning o‘yiqlari (pazlari)ga o‘rnatilib ularning bir-biriga nisbatan buralishiga yoki siljishiga to‘sqinlik qiladi.
Shponkali birikma
=== Taqdimot 19 ===
Shponka o‘zining tuzilishiga qarab ponasimon (kallaksiz va kallaklik), prizmatik va segmentsimon shponkalarga bo‘linadi. Amaliyotda eng ko‘p prizmatik va ponasimon shponka ishlatiladi.
Shponkali birikma
ponasimon
segmentsimon
prizmatik
=== Taqdimot 20 ===
Shponkali birikma
=== Taqdimot 21 ===
Ajratilmaydigan birikma.
Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo‘laklarga ajratish imkoni bo‘lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi.
Ajralmaydigan biriklamalar
Parchin mixli chok
Payvant chok
Yelimli
=== Taqdimot 22 ===
Parchin mix bilan detallarni biriktirish uchun detallar teshiladi. Teshik diametri parchin mix diametridan 1 mm katta bo‘lishi kerak. Chunki qizdirilgan parchin mix teshikka erkin kirishi kerak.
Parchin mixli birikma uncha qalin bo‘lmagan yupqa (listli) metall materiallarini bir-biri bilan biriktirishda qo‘llaniladi;
=== Taqdimot 23 ===
Payvandlash bu detallarning ajralmaydigan birikmasi bo‘lib, metallarni eritish yo‘li bilan birikish joyida payvand chok hosil qilinadi.
Payvand birikmani eritib yoki bosim bilan payvandlab hosil qilish mumkin.
Suyultirib payvandlashda payvandlanadigan detalning chetlari suyuq holga keltiriladi va shu bilan bir vaqtda suyulgan zonaga elektrod yoki sim kiritiladi.
=== Taqdimot 24 ===
Zamonaviy texnologiya asosida buyumlarni tayyorlashda kavsharlash va yelimlashdan keng foydalaniladi.
Kavsharli va yelimli choklar ko‘rinishda va qirqimda 2S qalinlikdagi chiziq bilan tasvirlanadi.
Kavsharli choklarini belgilash
Yelimlangan choklarini belgilash
Yopiq kontur bo‘yicha yelimli chokni belgilash
Yopiq kontur bo‘yicha qalaylangan chokni belgilash
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


🔩 “Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar” taqdimotining to‘liq variantini Slaydchi.uz saytida tomosha qiling.

Slaydchi.uz — texnika, muhandislik grafikasi va ishlab chiqarish fanlari bo‘yicha eng boy taqdimotlar platformasi.

Boshqa taqdimotlarni ko‘rish: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar