- Savatga boshqa "Angliya va Fransuz Ma'rifatchilik Adabiyoti" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish
8000 so'm

Slayd 1
Adabiyotlar va arxiv
materiallarini o‘rganish
Slayd 2
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tushunchasi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi.
Ilmiy kuzatish metodi javob berishi lozim bo’lgan jihatlar.
Reja:
Slayd 3
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining inohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlami tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi
Slayd 4
Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omiliarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni taniay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berishga berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Slayd 5
Ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoj uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Slayd 6
Slayd 7
Emperik tadqiqot metodlariga kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o’lchash va eksperiment kiradi
Slayd 8
Kuzatish deb – ma’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo‘lida o‘rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish metodiga aytiladi.
Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlarni o‘z ichiga oladi: obyekt tanlash, maqsad qo‘yish, uni tavsiflash, xulosa chiqarish.Kuzatishda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat obyektning xossasi, o‘zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari haqida ma’lumot beradi. Bu natijalar subyektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Slayd 9
oldindan ataylab maqsad qo‘yish
rejalashtirish;
maqsad yo‘lida vazifani yo‘naltirish, ya’ni obyektning eng ahamiyatli tomonlarini o ‘rganish
faollik, ya’ni ayni kerakli hodisalarni izlash;
muntazamlilik, ya’ni kuzatishni ma’lum bir tizim bo‘yicha olib borish
Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Slayd 10
Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi, chunki bu xoida uning natijasi ko‘p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning o‘rganilayotgan xodisalarga bo‘lgan munosàbatiga bog‘liq.
Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino va foto xujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi.
Qiyoslash metodi bilishning keng tarqalgan metodiga kiradi va “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha obyektlar uchun umumiy bo‘lgan va fàqat o‘ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir
Slayd 11
Taqqoslash jarayoni eng axamiyati belgilar va xossalar bo‘yicha amalga oshirilishi zarur.
Qiyoslash uchun ular o‘rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo‘lgan obyektlargina tanlanishi kerak.
Qiyoslash unumli bo’lishi uchun ikkita talabga rioya qilish zarur:
Slayd 12
Xisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan majmua yoki to'plamdagi bir tipli obyektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Xisoblashni amalga oshirish uchun farqni aniqlash, xar bir diskret obyektni ko‘ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari bo‘lib sonlar xisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘lchash deb – ma’lum bir kattalikni o‘lchov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo‘lgan fïzik jarayonga aytiladi. O‘lchashda quyidagi komponentlarning bo‘lishi talab etiladi: o‘lchash obyekti; étalon; o‘lchov asbobi; olchash metodi.
Slayd 13
Qiyoslashdan farqli o‘laroq, o‘lchash bilishning ancha aniq vositasi hisoblanadi. Bunda atrof-borliqdagi obyektlar xaqida yuqori aniqlikdagi ma’lumot olinadi. O‘lchash metodi ekspériment va nazariya orasidagi bevosita bog‘lanishni va ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlaydi. O‘lchash xaqidagi fan metrologiya deb ataladi.
Hisoblash bilan o‘lchash miqdoriy ma’lumot olishning asosiy metodlaridir. Ularning natijalari sonlardir, Hisoblash nazariy jixatdan xatolarsiz bo’ladi, ammo, o‘lchash bexato bo‘lmaydi. O‘lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini belgilaydi.
Slayd 14
Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma’lum bir xodisani aniq maqsad yo’lida o‘rganish uchun qo‘yilgan tajribaga aytiladi. Bunda tadqiqotchiga bo‘layotgan o‘zgarishiarni qadam-baqadam kuzatish, xodisalarga turli vositalar bilan ta’sir ko‘rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash imkoniyati tug‘iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o‘lchash metodlaridan foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi lozim.
Slayd 15
Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o‘tishini ta’minlaydi. Eksperimentda obyektni o‘rganish sharoitini o‘zgartirish, uni sof xolda bajarish, qaytarish, xamda soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modeilarda o‘rganish mumkin.
Emperik tadqiqot metodiari farazni dalillash uchun asos bo‘lib qolmay, balki yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalami ochish manbai xisoblanadi.
Slayd 16
Emperik-nazariy tadqiqot metodiari. Ushbu metodlarga tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, modeilashtirish metodiari kiradi.
Slayd 17
Tahlil metodida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining mohiyati ularning bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri asosida o‘rganiladi.
Sintez esa – obyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o‘zaro bog'liqligi asosida o‘rganadi, Sintez tahlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni o‘rganishda qoilaniladi. Tahlil va sintez bir-biriga bog‘liq metodlaridir, uiar bir-birini to’ldiradi.
Slayd 18
Tahlil va sintezning emperik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik metodiari mavjud. Emperik tahlil va sintez obyektlar bilan yuzaki tanishishga yordam beradi. Bunda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, uiarning xususiyatlari aniqlanadi, oddiy o‘lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu metod tadqiqot obyektini o‘rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib berishga kamlik qiladi. Obyektning mohiyatini o‘rganish uchun gumanitar-nazariy tahlil va sintez ishlatiladi. Obyektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa tuzilmaviy-genetik tahlil va sintez qo‘l keladi. Bunda tadqiqot obyekti mohiyatining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va eng muhim metodlar ajratiladi.
Slayd 19
Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda va mantiqiy xulosalar chiqarishda o‘ziga xos tahlil va sintez xisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qoilaniladi. Induksiya deduksiyaga qarama-qarshi bo lib , mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga tomon amalga oshiriladi. Bu ikki metodlar ham bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Induksiya taxminiy bilimlar beradi, deduksiya esa, yangi, aniq va to‘g‘ri bilimlami egallashga zamin yaratadiModellashtirish metodida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy sistema, ya’ni modeida o‘rganiladi. Model obyekt bilan ko‘p jihatdan o‘xshash bo'iadi, ular orasida deyarli farq bo’lrnaydi.
Slayd 20
modeilashtirishni yaratish va tanlash;
model bo‘yicha olingan bilimlami originalga ko‘chirish
modellashtirishni o‘rganish;
Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir
Slayd 21
Gepotetik metod – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun asosiy metod hisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo‘llaniladi.
Tarixiy metod – obyektning tug‘ilishini, shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o‘rganishga asoslangan. Texnik sohalarda kam qo‘llaniladi.
Ideallashtirish deb – amaliy jihatdan mavjud bo’la olmaydigan obyektlarni fikran xayolda qurisb jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real obyektlarni ularga tegishli bo‘lgan xossalardan xayolan maxrum qilish va gipotetik xossalar bilan to‘ldirishdar, har qanday ideallashtirish faqat ma’lum bir chegarada amalga oshirilishi mumkin.
Slayd 22
Nazariy tadqiqot metodlar. Nazariy tadqiqot metodlariga umumlashtirish, aksiomatik va abstraksiyalash metodlari kiradi
Slayd 23
Umumlashtirish deb umumiy holatni shakllanishi va obyektlar majmuasidagi eng ahamiyatli munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi ilmiy tushurichalami hosil bo‘lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun vosita hisoblanadi.
Aksiomatik metod – aksiomalarga, ya’ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduksiyadan foydalanilgan holda mantiqiy isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko‘proq nazariy fanlarni rivojlanishda ishlatiladi.
Abstraksiyalash metodi- obyektni ahamiyatsiz xossolardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba’zi bir tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraksiyalash metodi ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda e’tiborga olinmasa ham bo‘ladigan omillar aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda obyektni xossalarga uncha boy bo‘lmagan soddalashtirilgan model bilan almashtiriladi.
Slayd 24
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.