Adabiyot o‘qitishda insho (esse)ning o‘rni va tashkil etish yo‘llari
8000 so'm

Slayd 1
Adabiyot o‘qitishda insho (ESSE)ning o‘rni va uni
tashkil etish yo‘llari
Slayd 2
Esse oʻzi nima?
Essening tarkibiy tuzilishi
Esse va inshoning farqi
Esse yozish strategiyasi
Essening baholash mezonlari
Esseni yozishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar
Reja:
Slayd 3
Adabiy,falsafiy,ijtimoiy,publististikva boshqa mavzularda yozilgan, muammolartizimlivaerkinshakldatalqinetiladigannasriyasar;
Esseifodamaqsadidabirormuammoniqo‘yishigako‘railmiy,uniifodalashjihatidanbadiiyuslubgaxos. Demak, anglashiladiki, esseto ‘liqpublististikuslubdayoziladi
Esseyozisho‘quvchilargao‘zfikrinierkinbildirishgamavzugaaloqadorma’lumotniongliqabulqilishgavamuammogaoidfakt,dalillarnikeltirganholdao‘zxulosasinianiq,ixchamvasavodlibayonetishgayo‘lochadi;
ESSE
Slayd 4
Ijtimoiy mavzularda yoziladi.
Maxsus bilimni talab qilmaydi. Hayotiy bilimni talab qiladi.
Fikrni argumentiv ifodalash ustuvor bo’ladi.
Reja qo’yilmaydi.
Tuzilishi jihatdan farq qiladi(mavzu, kirish, asosiy qism, xulosa)
Ta’limda argumentli (muhokama), qiyosiy, analitik, interpretatsion hamda muammo va yechim esselaridan faol foydalaniladi.
Essedan ko’zda tutilgan maqsad o’quvchidan hayotiy vaziyatlarga yozma tarzda munosabat bildirish ko’nikmasini rivojlantirish.
Slayd 5
Bunday esseda muhokama talab ikki vaziyat beriladi, o‘quvchidan ushbu vaziyatlar yuzasidan o‘z pozitsiyasini yozma bayon qilish so‘raladi;
Masalan: Ayrimlar moddiy manfaatga erishishga harakatni targ'ib etsa, ayrimlar ma'naviy kamolot birinchi o'rinda turishini ta'kidlaydi.
Argumentli ESSE
Slayd 6
KIRISH
Mavzu to‘g‘ri anglab olinib, sinonimlar yordamida qayta ishlanadi, savol tashlanadi.
ASOSIY QISM
Mavzuning nasriy mezonlari bo‘lib, kirish qismida tashlangan savolga javob izlanadi va fikrlar hayotiy misollar bilan dalillanadi.
XULOSA Shaxsiy fikrda ikkala tomondan qaysi biri yoqlangan bo‘lsa, bu qismda keltirilgan mulohazalarga ta’kid berib o‘tiladi.
ESSEning tuzilishi
Slayd 7
Kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim;
Qisqacha formula:
Mavzu mohiyatini aks ettiruvchi bitta kirish gap bering;
Berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang! Mavzudan kalit so ‘zlarni aniqlang va ularni sinonimlari bilan almashtiring, ya’ni mazmun saqlanadi shakl o‘zgartirilib, esse mavzusi qayta ishlanadi (paraphrase)
Mavzudan so‘ng tezis qo‘ying(savol forma)
Kirish qismida shaxsiy fikr ifodalanmaydi, shunchaki, umumiy qolipdagi gaplar qo‘llaniladi;
Kirish qismi
Slayd 8
Inson tirik ekan, hamisha yaxshi yashash ilinjida bo‘ladi. Bu borada turlicha qarashlar mavjud.
Shunga ko’ra, ba'zilar moliyaviy barqarorlikni eng maqbul tanlov deyishsa, boshqalar kishi hayotida ma'naviy barkamollik yetakchi bo'lishi kerakligini ta'kidlashadi.
Xo’sh, jamiyat uchun qaysi biri ahamiyatli?
Slayd 9
Asosiy qism
Birinchi xatboshi: birinchi tomonning qarashlarini bayon etish, shu tomonning nega bu pozitsiyani egallaganini ochib berish+ hayotiy misol : fakt va dalillar + leksik boylik + tasviriy ifadalar
Ikkinchi xatboshi: Ikkinchi tomonning qarashlari haqida mulohaza , ularning nega bu tomonda ekanliklarini ochiqlash+ hayotiy misollar fakt va dalillar + leksik boylik va tasviriy ifadalar
Uchinchi xatboshi : Mavzu bo‘yicha shaxsiy fikr va mulohazalarni fakt va dalillar asosida bayon qilish + leksik boylik va tasviriy ifadalar
Slayd 10
1-xatboshi: “Puling bo'lsa, changalda sho'rva” naqliga amal qiladiganlar insoniyat moddiy manfaatga erishish uchun harakatda bo'lishi kerakligini aytadilar. Fikrlarini esa quyidagicha asoslashadi: birinchidan, oiladagi mas'uliyatlilikni oshiradi. Bu orqali farzandlar uchun yaxshigina kelajak poydevorini yaratish va yaqinlarga yordam qo'lini cho’zish uchun imkoniyat eshiklarini ochadi. Ikkinchidan, iqtisodiy farovonlik kishining o'ziga bo'lgan ishonchini yana-da oshiradi. Natijada biznes va tadbirkorlik sohasidagi harakatlarni jadal sur'atlarda rivojlantirishga ham zamin hozirlashi mumkin.Uchinchidan, moddiy boylik aholi o'rtasida xayriya ishlarini olib borishda ham ahamiyatlidir. Masalan, o'zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov 2020-yil Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv toshqinidan zarar ko’rgan mahalliy xalqning dardiga malham bo'lib, qilgan ehsonlari yuqoridagi fikrlarga dalildir.
Asosiy qism
Slayd 11
2-xatboshi: Fikrlar turlicha bo’lganidek, kishi uchun doimo ma'naviy kamolot ustun bo’lishi kerak deydiganlarning ham mulohazalarini inkor etib bo’lmaydi, ular qarashlarini shunday dalillaydi: avvalo, ma'naviy jihatdan boy insonlar har qanday qiyinchilikka bardoshli bo’ladi. Oqibatda ruhiy tushkunlik va ortiqcha xavotirning oldi olinadi. Qolaversa, bu tarzdagi barqarorlik mehribon va kechirimli bo’lishga o'rgatadi. Natijada oila, do'stlar va jamiyat bilan sog’lom munosabatlar o'rnatishga yordam beradi. Shuningdek, ma'nan yetuk shaxs mukammal ilmi bilan ham el orasida alohida e'tirof etiladi. Xususan, xalqaro toifadagi marketolog, iqtisodchi “Yuksalish” xususiy maktabining asoschisi Muhammadali Eshonqulovning o'ziga xos bilim egasi ekanligi va ma'naviy barkamollik yo’lida olib borayotgan ishlari xalq tomonidan iliq kutib olinmoqda.
Asosiy qism
Slayd 12
3-xatboshi: Mening nazarimda, jamiyat uchun ma'naviy to'kislik yetakchi bo'lishi lozim. Chunki bu insonlardagi ichki iroda va qat'iyatini mustahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda, murakkab vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish va sabr-matonatli bo'lishga yordam beradi. Jumladan, huquqshunos va bloger Otabek Mahkamov (Mr.Otabek) barcha orzularining ushlalishining sababi o'ziga bo'lgan ishonchi, qolaversa, metin bardoshga ega bo'lganligini ta'kidlashi fikrlarimning yaqqol dalilidir.
Asosiy qism
Slayd 13
Unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillar va shaxsiy fikrga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi.
Essening yakuniy qismida shaxsiy fikrda berilgan mulohazalarga biroz ta'kid beriladi hamda uning oxirigacha muallif o'z pozitsiyasida qoladi. Mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozish muhimdir.
Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda…, muxtasar aytganda va boshqalar.
Xulosa
Slayd 14
Fikrimni xulosalar ekanman, inson kamolotida moddiy va ma'naviy boyliklar bir-birini to'ldirib boradi. Ammo kishi o'zidan ma'naviy meros qoldirishi uchun hamisha ruhiy komillikka intilib yashashi lozim. Zero, ma'naviy yuksalish baxtiyorlikning bir ko’rinishidir.
Xulosa
Slayd 15
Tayyorlanish
Yozish
Qayta ishlash
Esse yozish strategiyasi
Slayd 16
Ijtimoiy hayotda o'z tasdig'ini topgan voqea hodisalar, ya'ni hayotiy dalillar.
Statistik ma'lumotlar (psixologlar, jahon banki ma'lumotlari…).
Tadqiqotlar (har bir sohaga tegishli bo'lgan olimlar).
Esseni dalillash
Slayd 17
Publitsistik uslubda yoziladi;
Murakkab konstruksiyali sodda va qo‘shma gaplardan foydalaniladi;
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinadi;
O‘rinsiz badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi.
Essening til xususiyatlari
Slayd 18
Matn mazmuniningberilgan savolgamosligi
Matn yaxlitligi
Matn uslubi toʻgʻri tanlanganligi
Til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish
Lug‘at boyligi
ESSEni baholash mazmuni
Slayd 19
ESSEni yozishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
mavzudan chekinish;
matn yaxlitligiga amal qilmaslik;
o‘z fikriga o‘zi qarshi chiqish;
mantiqiy izchillik buzilishi;
o‘rinsiz badiiy tasvir vositalardan foydalanish;
uslubiy chekinishlarning kuzatilishi;
Slayd 20
imloviy xatolar;
ishoraviy xatolar;
matn va xulosa mos bo‘lmasligi;
hajmiy talablarga amal qilmaslik;
Slayd 21
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.