Adabiyot o‘qitish metodikasining asosiy tamoyillari
8000 so'm

Slayd 1
Adabiyot o‘qitish metodikasining asosiy tamoyillari.
Slayd 2
Reja:
1. Adabiyot o‘qitishda yangi tamoyillar ning ko‘rinishlari.
2.Yangi tamoyillarda-badiiy asar san'at namunasi sifatida o‘rganilishi.
3. Yangi tamoyillarda – adabiyot o‘qitishda o‘quvchini shaxs sifatida tarbiyalashdagi o‘rni
Slayd 3
O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashsa, albatta, o‘quvchilar faoliyatida o‘z aksini topadi va ularning yetuk shaxslar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. O‘qituvchining loqaydlik bilan majburiyat ostida qilayotgan mehnati o‘quvchida salbiy hislarni qo‘zg‘otishi, uning bilim olishga bo‘lgan intilishini so‘ndirishi tayin. O‘quvchining mustaqil bilim olishga bo‘lgan intilishini to‘xtatadigan yoki susaytiradigan holatlardan biri dars jarayonidagi bir xillikdir. Bir xil harakatlar, tuyg‘ular, fikrlar inson ongini bo‘m-bo‘sh qilib qo‘yadi. Inson asablari tizimi va tafakkuri sheriklikda faoliyat ko‘rsatadi. Faoliyatsiz insonning asab tizimi ham zarur darajada rivojlanmaydi. Asab tizimining taraqqiyoti faqat uning tinimsiz harakati bilan amalga oshadi. Intellekt esa uning tarkibiy qismlari ishlabturgandagina rivojlanadi. Afsuski, bugun ham ta‘lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining faol ishlashi, bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishini ta‘minlash borasida yetarlicha harakat qilinmayapti. Ko‘p hollarda bunday ishlar bolalar va o‘smirlarning mustaqil fikrlashlari, ijodiy ishlashlari uchun emas, balki ularning xotirasiga, tayyor holda olingan bilimlarni eslab qolishlariga qaratilmoqda.O‘qituvchilardan bundan qutilish va bugungi pedagogik talablarga
Slayd 4
moslashishjarayoni juda sekin kechmoqda. Zamonaviy adabiy ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlarni ixtiyoriy ravishda o‘zlashtirishlariga yo‘naltirishda quyidagi tamoyillar ham mavjudki, bulardanta‘lim amaliyotiga daxldor har qanday mutaxassis xabardor bo‘lmog‘i talab qilinadi:- o‘quvchi shaxsini ustuvor mavqega ko‘tarish. Bugungi milliy pedagogika uchun tarbiyalanuvchilarning toza ko‘ngilli, ruhan yaxshiliklarga moyil shaxs bo‘lib yetishishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, o‘z navbatida ularning yaxshi mutaxassis bo‘lib shakllanishlari garovi hamdir. O‘sib kelayotgan avlodning bilimli va malakali mutaxassis bo‘lishi bilan birga sog‘lom ma‘naviyat egasi bo‘lishi ham davr talabidir. Ma‘lumki, sinfdagi har bir o‘quvchi o‘z tabiati, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va imkoniyatlari bilan betakror yaratiqdir. Ularning hech biri ikkinchisini takrorlamaydi. Shuning uchun har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini inobatga olgan holda vazifalar berish hamda bilimlarni ham individual tarzda so‘rashni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Toki, qaysidir bir o‘quvchiga berilgan ulkan qobiliyat behuda qurbon bo‘lmasin, o‘rtacha iqtidorli ikkinchi o‘quvchi esa o‘z imkoniyatidan tashqari
Slayd 5
vazifani bajarolmay, o‘ziga ishonchini yo‘qotmasin;- ma‘naviyat ustuvorligini ta‘minlash. Ma‘lumki, maktabda yigirmadan ortiq o‘quv fani o‘qitiladi. Ularning ko‘pchiligi bolaga bilim beradi (til, matematika, fizika va hk.). Bir qismi kasb-hunarga yo‘naltiradi (mehnat, chizmachilik darslari), ayrimlari o‘quvchining jismi rivojiga (jismoniy tarbiya darslar) xizmat etsa, ba‘zilari o‘quvchilarda toza ko‘ngil shakllantirilishi uchun (adabiyot, tasviriy san‘at, musiqa darslari) o‘rgatiladi. Bu o‘quv fanlari oldida milliy pedagogikaning bosh maqsadi bo‘lmish o‘quvchilarda ezgu ma‘naviy sifatlarni shakllantirish turmog‘i lozim.
Adabiyot darslarida badiiy so‘z yordamida o‘quvchini so‘zdan ta‘sirlanish, uni tuyish va undan bahra olishga o‘rgatish orqali inson shaxsiyatida go‘zal sifatlar, ijobiy fazilatlarni tarbiyalash mumkin. Go‘zal xulqli, sog‘lom ma‘naviyatli kishilarning so so‘zlari ham, ishlari ham o‘zlariga munosib ekani, toza ko‘ngil sohibi hamisha rag‘bat va marhamatlarga munosibligi adabiyot orqali anglashiladi. Bu ishlar bevosita badiiy asarlarni o‘rganish, matnlarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga- tarbiyalanish va bilim olishda o‘quvchining o‘z ishtirokini ta‘minlash. O‘quvchi ma‘naviy kamolotini
Slayd 6
ta‘minlash maqsadida badiiy asar tahlili jarayonida ular matnda aks etgan voqea-hodisalar, qahramon shaxsi, xatti-harakati, iztiroblari,xursandchiligi borasidagi muhokamalarda fikr aytishga, biror qarash yoki faoliyatni yoqlash yoxud qoralashga undaladi. Bu ish asar matni yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ko‘magida, muammoli vaziyatlar yordamida amalga oshiriladi. Savollarga javob berish asnosida o‘quvchi asar matniga murojaat qiladi, izlanadi, o‘rtoqlarini eshitadi, o‘z qarashlarini aytadi, uni boshqalarniki bilan solishtiradi, nazorat qiladi, xulosalar chiqaradi. Mana shunday faoliyat jarayonida o‘quvchi o‘z ma‘naviyatini shakllantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lida mehnat qiladi. Adabiyot odoblar xazinasidir va bu xazinaga o‘quvchining o‘z ixtiyori bilan kirishini ta‘minlash orqali adabiyot darslarida asarlar ustida ishlash, munosabat bildirish mobaynida o‘z-o‘zini tarbiyalashini amalga oshirish mumkin bo‘ladi;-o‘quvchiga kashf etish lazzatini tuydirish. Badiiy asarga uning muallifi tomonidan singdirilgan, darslik yaratuvchilar tomonidan ilg‘angan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘quvchi o‘zi uchun o‘zi kashf etishi kerak. O‘quvchiga asar qahramonlariga xos
Slayd 7
ma‘naviy sifatlarni matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlar ko‘magida kashf etish imkoni yaratilishi lozim. Kashf etish hamisha lazzatli, o‘quvchilarga ham ana shu lazzatni tuyish imkonini berish kerak. Kashf etish lazzati o‘quvchini asar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi topilmalar qilishga undaydi. Odam o‘ziga huzur bergan ishni yana va yana qilgisi, uni chuqurlashtirib, o‘sha huzurni qayta tuygisi keladi. Adabiyot darslarining insonga xos bo‘lgan mana shunday tabiiy sifatlar bilan hamohang kechishi o‘quvchi shaxsiyatida sog‘lom ma‘naviyat kishisini tarbiyalaydi;- pedagogik hamkorlikni ta‘minlash. Adabiyot darslarida o‘qituvchi hokim emas, balki hamkor bo‘lishi kerak. Bilimlarni o‘zlashtirish va tarbiyalanish o‘qituvchi o‘quvchi hamkorligida o‘quvchining o‘zi tomonidan amala oshiriladi. O‘qituvchining darsdagi asosiy vazifalari asarni ifodali, ta‘sirli o‘qib berish va asar matni yuzasidan darslikda berilgan yoki o‘zi tuzgan savol-topshiriqlarga e‘tibor tortib, javoblarni, bildirilayotgan fikrlarning mantig‘i, mustaqilligi, asoslanganligi, tanqidiyligi, chuqurligi darajasini nazorat qilishdan iborat. O‘qituvchi zarur bo‘lib qolganda, o‘z munosabatini katta yoshli va tajribali hamkor sifatida bildirishi, o‘quvchilarning fikr aytishiga imkon
Slayd 8
berishi, ularda munosabat uyg'otishi kerak. Dars jarayoni sub‘ektlarning birgalikdagi faoliyatiga aylanishi lozim;- asar qahramonlariga obraz emas, inson deb qarash. Ma‘naviyatning sog‘lomlashuviga yo‘naltirilgan adabiyot darslarida har bir adabiy qahramonni ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, jonli inson sifatida o‘rganish, uning ichki olami, kechinmalari, shodlik va iztiroblari, xatti-harakati zamirida shaxs mavjudligini anglash hamda uni tuyishga o‘rganish ustuvorlik qiladi. Badiiy timsolga o‘z shodligu iztiroblari bilan o‘quvchiga bevosita daxldor shaxs deb qarash talab qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan o‘ta yomon odamning ham yaxshi sifatlari va juda yaxshi insonning ham o‘ziga xos kamchiliklari borligi ko‘zda tutiladi. Tom ma‘noda yomon odam bo‘lmagani singari, ideal darajada yaxshi odam ham yo‘q. Asar qahramonini anglash yo'lida berilgan savol-topshiriqlar, ijodiy insholar, ustaqil ishlar ko'magida o'quvchi insonni o‘rgana boradi. U orqali o‘zini taniydi;- adabiy asarlarda adib shaxsining aks etishini anglatish. Ma‘lumki, har bir asar – bir insonning ijodi mahsuli. Hatto, u xalq og‘zaki ijodi namunasini ham kimdir, qachondir yaratgan. O‘sha asar botiniga inson o‘z dardini to‘kadi, unga orzu istaklari, hayotining
Slayd 9
iztirobli yoki quvonchli lahzalarini joylaydi. Asar yaratuvchisi ruhiyatini his etish, uning shodlik va iztiroblarini tuyish ma‘naviyatni poklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida ishlashda asar qahramonlari kechinmalari va shaxsini baholash o‘quvchiga insonni o‘rganish, tanish orqali o‘zligini shakllantirish imkonini beradi. O‘quvchini o‘z shodligi, qayg‘u va iztiroblariga sherik qila olgan, uni loqaydlikdan chiqarib hamdard ligiga sabab bo‘lgan adibni tushunish, yozganlarini o‘rganish orqali uning shaxsini bilish bugungi adabiy ta‘limning muhim jihatlaridandir. Asar qahramonlarini baholash o‘quvchilarda qilgan amallariga qarab atrofidagi odamlarga baho berish qobiliyatinishakllantiradi;
-adabiyot darslarida o‘quvchini baholash. Hamonki adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma‘naviyat shakllantirar ekan, ko‘ngilga -yomon‖ baho qo‘yish, ma‘naviyatni salbiy baholash unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida alohida ta‘kidlanadi. Asarlar ustida ishlash mobaynida uning mohiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikri va munosabatlarini asardan misollar keltirib asoslayotgan, mustaqil fikr bildirayot gan yoki bunga intilayotgan o‘quvchiga yomon baho qo‘yilmaydi.
Slayd 10
Umuman, adabiy ta‘lim jarayonida salbiy baholardan imkon qadar tiyilish, o'quvchilarni bilimlari uchungina emas, ma‘naviy qiyofalari uchun ham baholash lozimligi yodda tutilishi joiz. Zero, adabiyot maktab ta‘lim tizimidagi o‘zga predmetlarga o‘xshamaydi, shu bois uni o‘zlashtirganlik yuzasidan qo‘yiladigan baho bir qadar shartli bo‘lib, aslida o ‘quvchi ma‘naviyati baholanishi lozim.
Slayd 11
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.