Adabiyot o’qituvchisi kompetentligi va dars metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Bo‘lajak o‘qituvchilar kompetentliligini shakllantirishda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining o‘rni va roli.
Slayd 2
REJA
1. Adabiyot o’qituvchisi va unga qo‘yiladigan talablar.
2. Adabiyot o‘qituvchisining kasbiy hamda axloqiy-ma‘naviy fazilatlari.
3. Adabiyot darslarida ko‘rgazmalilik.
Slayd 3
Adabiyot o‘qitishning o‘zak nuqtasini adabiyot darslari tashkil etadi. Ayni mana shu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotlarining oliy nuqtasi ko‘zga tashlanadi, Ayni shu yerda ulardagi xilma-xil nuqtai nazarlarining o‘zaro ro‘para kelishi sodir bo‘ladi. Adabiyot darslarini tasnif qilishda bir qator qarashlar mavjud. Ulardan eng keng tarqalganlari sifatida an‘anaviy va noan‘anaviy adabiyot darslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shunday ekan, adabiyot darsining mazmuni qanday bo‘lishi kerak, u qanday tipologik xususiyatlarga ega, adabiyot darsining samaradorligi nimalarga bog‘liq, bunda o‘qituvchining o‘rni va mavqei qanday belgilanadi, o‘quvchining adabiy jihatdan rivoji uchun qanday yo‘l-yo‘riqlar tutiladi, adabiyot darslarining tashkiliy jihatlarida qanday o‘ziga xosliklar bor? kabi bir qator savollar paydo bo‘ladi. Garchi adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasiga oid k lab tadqiqotlarda bu savollarga xilma-xil javoblar berilgan bo‘lsa-da, amaliyotchi o‘qituvchilar ularga berilgan yaxlit holdagi aniq javob va ko‘rsatmalarga muhtoj bo‘lib turibdi. adabiyotga oid darslarning shakllari ko‘p.Eng ko‘p targ‘algan turlar sifatida ma‘ruza, suhbat, seminar, konferentsiya, bahs- munozara, musobaqa va boshqa darslarni ko'rsatish mumkin.
Adabiyot darslari:
Slayd 4
Adabiyot darslarida o‘quvchilar bilan ishlashning turli shakllaridan foydalanish imkonlari mavjud.Xususan, guruh bilan va har bir o‘quvchi bilan alohida ishlashning qo‘shib olib borilishi yaxshi samaralar beradi. Adabiyot darslarida o‘qituvchi shaxsining mavqei alohida o‘rintutadi. Aynan mana shu shaxs darsning maqsad va vazifalarini, adabiy materialni tanlashni, qaysi mavzularni o‘tishda qanday metod va shakllardan foydalanishni belgilaydi, dars jarayonining tashkil etilishini boshqarib boradi. Adabiyot darslarning oldiga quyilgan pedagogik vazifalarning yechilishidagi vositalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Adabiyot darslarining tarkibiy qismlari va bu qismlar ning o‘zaro munosabat lari alohida e‘tiborga molik. An‘anaviy darslarda odatda dastlab uy vazifasi yoppasiga so‘rab chiqiladi, keyin yangi mavzu o‘tiladi, u mustah kamlanadi, o‘quvchilarga uy vazifasi topshiriladi. Bu jarayonlarni tashkil etish va amalga oshirishda yetakchi shaxs sifatida o'qituvchi maydonga chiqadi. Uzoq yillar davomida hukmronlik qilib kelgan mazkur shakl bugungi kundazamonaviy talablarga javob bermay qoldi. Shuning uchun ham uning o‘rniga yangicha shakl va usullar kirib kelyapti, ta‘lim jarayonida yangicha pedagogic texnologiyalar davri boshlandi deb ayta olamiz.
Slayd 5
Adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilardagi mustaqillikni, ijodkorlikni tarbiyalashdaalohida rol o‘ynaydi. Bu undan har bir o‘quvchidagi alohida xususiyatlarni judamukammal darajada sezishni, uning adabiyotga bo‘lgan havasini oshirishda foydalanishini taqozo etadi. Zero, “O‘quvchilarning o‘z o‘qituvchilarini tinglashlariuchun, o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarini, olamning ko‘povozliligini tinglay olishishart”. Ulug‘bek Hamdamning “Isyon va itoat” romanida shunday lavha bor:―Shunda O‘shanda … dars vaqti edi. Bitiruvchi sinf bolalaridan bir nechtasi darsgakirmay tennis o‘ynashayotgan ekan. Oldilariga kelib, o‘yinni to‘xtatib, darsga kirish larini talab qildim. Shunda o‘sha… Sadr “Kirmaymiz, bir haftadan keyin maktabni bitiradigan bo‘lsak, o‘qidik nima-yu, o‘qimadik nima?” dedi. Jahlim chiqsa-da tushuntirmoqchi bo‘ldim. Intizom, maktabga, o‘n yil ta‘lim-tarbiya bergan o‘qituvchiga hurmat xaqida gapirdim. Befoyda. Qaytaga oshkora kibr bilan “Qo‘lingizdan nima keladi, men darsga kirmayman” – dedi. To‘g‘risi, yetti-sakkiz yildan beri maktabda ishlab, o‘quvchidan bunaqa muomala ko‘rmagandim. Dadil borib, qo‘lidagi roketkani olmoqchi bo‘luvdim ko‘kragimdan shunaqa turtib yubordiki, orqamga ketib toyib yiqildim.
Slayd 6
Sheriklari piqillab, u esa xoxolab kulishdi. Men dovdirab qoldim. O‘sha asnoda go‘yoki ikkiga bo‘linib ketdim. Bitta parcham bu holatni – o‘z o‘quvchisi tomonidan haqoratlanib tuproqqa belanib yotgan o‘qituvchini ko‘rib turardi va aynan shu parcham yaralangan sherdek na‘ra tortgancha oldinga tashlanadi. Hushimga kelganimda Sadir yerda ag‘anab yotardi. Sheriklarining aytishicha, men bir tarsaki qo‘ygan ekanman. Sudda bo‘lsa …- Sadrning otasini bilmasmiding, uchiga chiqqan firibgar, muttaham. Bolasi hamshunday-da. Ular atayin ham shunaqa majora qidirib yurishadi. Sen esa shartta ilinib o‘tiribsan.
– Ha ustoz, buni keyin… pul talab qilishganda tushundim. Shunda bergan arizamizni qaytarib olamiz deyishdi. Men bir so‘m ham bermadim. Otasi ikki-uch keldi, “shu pulni bergin-da qutilgin, yosh joningni aya, juvonmarg bo‘lib ketmagin”, dedi. “Pulsiz ham arizangizni qaytarib olsangiz-chi, axir bir joyning, bir mahallaning odamimiz-ku!” desam, “Yaxshilikcha bersang berding, bo‘lmasa, amaldor ukamga aytib umringni qamoqda chiritaman!…” – deydi palit.
Slayd 7
– Hm … shunaqa deganmidi… – tabib boshini sarak-sarak qildi. Tushundim, o‘g‘lim, tushundim. Yetar, ortiq gapirma.Tur o‘rningdan, yana bir bag‘rimga bosay,- tabib o‘ziga ikkita keladigan alpqomat Akbarni egib quchoqladi, so‘ng peshoNsidan o‘pdi-da yo‘lga chiqishing kerak, o‘g‘lim!..” dedi . Akbarning asardagi mavqei, uning ma‘naviy olamini tahlil qilishdan tiyilgan holda, o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi bilan munosabatidagi bunday holatlarning amaliyotda uchrab turishi mumkinligini e‘tirof etishga to‘g‘ri keladi. Abdulla Avloniy inson shaxsining kamol topishida, uning tarbiyasida muhimbo‘lgan bir qator omillarni sanaydi: “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur?- degan savol keladur. Bu savolga, “birinchi uy tarbiyasi. Bu o‘zbek vazifasidur. Ikkinchi – maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur “, deb javob beradi. Ammo o‘sha davrdagi o‘qituvchi va mudarrislarga e‘tirozlarini ham aytib o‘tadi: “Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o‘qumagan usuli ta‘lim, ko‘rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o‘zlari dorulmuallimin”larda o‘qumaklari so‘ngra dars bermaklari lozimdur”… «Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o‘z vazifalarini bilub, nafslaridin kechub, zamong‘a muvofiq ravishda darslarini isdiloh qilub, imtihon birla o‘qutmaklari lozimdur”.
Slayd 8
Boshqa bir o‘rinda esa u shunday yozadi:”Ilm o‘rganmak, olim bo‘lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta‘lim olmak lozim, aqlsiz kishilarna maktabga kirar va na muallimni bilur”. “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida “Vatanni suymak” degan alohida sarlavha berilgan. Unda, jumladan, quyidagi fikrlar bayon etiladi: “Biz turkistonlilar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi”. O‘qituvchi shaxsi haqida gap ketganda V.G.Belinskiyning quyidagi fikrlarini nazardan qochirmaslik zarur: “Bola tarbiyalash uchun sizga topshirilgan: shuni unutmangki, u o‘smir, keyin esa yigit bo‘lib yetishadi, qarabsizki, erkak ham bo’lib qoladi, shu boisdan uning qobiliyati takomilini kuzatib boring hamda, shunga ko‘ra, tarbiya usullaringiznio‘zgartiring, undan hamisha yuqori turing; aks holda, holingizga voy: bola siz bilanyuzma-yuz turib ustingizdan kuladi. Uni o‘rgatar ekansiz, o‘zingiz yana ham ko‘proq o‘rganing, aks holda, u sizni ortda qoldirib ketadi: bolalar tez o‘sishadi”.
Slayd 9
Abdulla Avloniyning tarbiya turlari borasidagi qarashlari ham e‘tiborlidir. U jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya borasida alohida-alohida to‘xtab o‘tadi.O‘qituvchining o‘zi o‘qitayotgan fan asoslarini mukammal bilishi, bilganlarini o‘quvchi lariga yetkaza olish darajasigina emas, hatto uning o‘zini tutishi, nutqi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. M.V. Klarin bu haqda shunday deydi: “o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan pauzaning davomiyligi singari “mayda narsa” o‘quv dialogining, sinfdagi o’zaro hamkorlikning xarakteriga sezilarli ta‘sir o‘tkazadi”. Xuddi shu fikrlarni davom ettirib boshqa bir psixolog – metodist Ye. V. Korotayeva shunday yozadi: “Agar “javobni kutuvchi pauza” o‘qituvchi tomonidan uch sekunddan besh sekundgacha cho‘zilsa, mulohazalar soni ortadi, javoblarning davomiyligi ko‘payadi, o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari ko‘tariladi, ularning mulohazalarida dalillar kuchayadi, muhokamaga o‘qish darajalari unchalik yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham qo‘shila boshlaydi, bolalar orasidagi o‘zaro hamkorlik kuchayadi va boshqalar”.
Slayd 10
Yirik metodist olim A. Zunnunov ta‘kidlaganiday: “Adabiyot o‘qituvchisi o‘zini o‘quvchilarga baxshida etishi, o‘zi bajarayotgan ishning xalq ma‘naviy hayotidagi ahamiyatiini, har bir inson badiiy adabiyotsiz kamolotga erisha olmasligini o‘z o‘quvchilari ongiga, qalbiga singdirishi lozim. O‘qituvchilik kasbi har bir adabiyot o‘quvchisidan o‘zini doimiy suratda kamol toptirb, o‘zida badiiylikka moyillikni va ijodkorlikni o‘stirib borishni talab etadi. U egallagan kasb jamiyatdagi ijtimoiy tuzum, ideologiya va madaniy hayotga bog‘liq holda yangi ma‘noga ega bo‘lib boradi”.Adabiyot o‘qituvchisining asosiy kasbiy-pedagogik faoliyati qirralarini alohidao‘rgangan R. Keldiyorov bu soha egalarida badiiy ijrochilik mahoratining mavjudligiga alohida e‘tibor qaratadi . “Badiiy ijrochilik o‘quvchiga hayot lavhalarida, adabiy asarning sirli manzaralarida go‘zallikni ko‘rsatishdan iborat. Bu borada har bir dars qayta takrorlanmaydigan o‘ziga xos ijodiy jarayon bo‘lib, o‘qituvchining muallifi, ijrochisi, rejissyori sifatida o‘z mahoratini namoyon etadi». Bu esa o‘quvchilarning estetik zavqini oshiradi, ularning tafakkurini, his tuyg‘ularini rivojlantiradi, ma‘naviyatini shakllantiradi.
Slayd 11
A. Navoiy faqat so‘z san‘atining buyuk namoyandasi, olamshumul ahamiyatga molik bo‘lgan ijodkorgina emas, ta‘lim-tarbiya sohasida jiddiy fikrlarni bildirgan, bu sohada nazariy fikrlarni aytish bilan cheklanmasdan, kata hajmdagi amaliy faoliyat bilan shug‘ullangan benazir mutafakkir hamdir. “Mahbub ul-qulub “ asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni “ustiga kitob ortilgan eshak”ka qiyoslaydi va “nodon” deb ataydi. Shuningdek, ulug‘ shoir asa rida o‘quvchini chiroyli yozuvni, yozma nutq malakasini egallashga undaydi. U yod olish usulining imkoniyat va afzalliklarini targ‘ib qildi. Jumladan, Farhod haqida gapirib: Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni. …O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori, Qolib yodida sahfa-sahfa bori,-degan misralarni bitadi.Navoiyning o‘qituvchi haqidagi qarashlari ham ibratlidir. U “Mahbub ulqulub”da “Mudarrislar zikrida” degan alohida fasl ajratgan. Unda mudarris “o‘zi bilmagan ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa”, deydi. Shogirdlarning esa ustodlar oldida har doim
Slayd 12
burchdor ekanligini (“Dabiriston ahli zikrida” fasli) ta‘kidlaydi: “Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur – tengri rozidur”.Bayt: Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.Adibning she‘r va she‘riyat, nazm va nasr, ayrim adiblarning ijodkorligi borasidagi fikrlari ham adabiy ta‘lim bilan bevosita aloqadordir. Jumladan, Amir Temur haqida shunday yozadi: “Temur Ko‘ragon – agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe‘da o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor”.
Slayd 13
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.