Adabiy tur va janrlar tushunchasi
8000 so'm

Slayd 1
Adabiy tur va janrlar.
Slayd 2
Adabiy tur tushunchasi.
Badiiy adabiyotni turlarga ajratish printsiplari.
Epik tur tushunchasi.
Epik tur va uning janrlari.
Tayanch tushunchalar:
Voqeabandlik, plastik va noplastik elementlar, obyektiv va subyektiv ibtido,
"nasriy asar" va "epik asar", rivoya rivoya motivatsiyasi, qahramon, ikkinchi darajali personaj, yordamchi personaj, epik janrlar.
Reja:
Slayd 3
An'anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko'rsatadi. Birinchi bo'lib adabiyotni turlarga ajratgan Platon (mil.av. 428-348) tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko'ra, “shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o'tmish, yo hozir va yo kelajak haqidagi hikoya” bo'ladi. Hikoya qilish esa “yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi” asosida amalga oshishi mumkin. Shu o'rinda Platon “taqlid qilish” deganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o'zganing tilidan aytgan nutqni — personajlar nutqini taqlid qilish deb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy “o'z nutqini o'sha personaj nutqiga imkon qadar o'xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kelib chiqqan holda Platon aytadiki, “poeziya va mifnavislikning bir turi to'laligicha taqliddan tarkib topadi — bu, sen aytgandek, tragediya va komediya; boshqa turi to'laligicha shoirning aytganlaridan iborat — buni ko'proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko'plab xillarda bu ikkala usul”9 qorishiq holda keladi.
Slayd 4
(frans. genre — jins, tur) — san'at turlarida tarixan shakllangan ichki bo'linish hamda mazkur bo'linishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lgan san'at asarining alohida turi. San'at asarlarining janr guruxlariga bo'linishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-g'oyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir san'at turida janr tasnifi o'ziga xos tizimni tashkil etadi.
… Epik asarda voqea-hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi deb yuritiladi. Yuqorida aytganimizdek, epik asarda rivoya koʻpincha muallif tilidan, baʻzan esa personajlardan biri tilidan olib boriladi.
Masalan, Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", "Yodgor", X.Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib", E.A.zamovning "Otoyining tugʻilgan yili" kabi qissalarida rivoya personaj tilidan olib boriladi.
Janr
Slayd 5
Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o'zining hayotiyligi, ma'no ko'lamining kengligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya'ni, personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin. Masalan, Cho'lponning “Qor qo'ynida lola” hikoyasidagi quyidagi epizodni olaylik: “… hazrat eshonning quchog'-quchog' duolarini xonaqohdan chiqarib berib turg'on so'fi kulib, o'ynab Samandar akaga qaradi-da: – Ha, boy aka, nazrdan darak bormi?-dedi. Samandar aka darvozadan chiqar ekan: – Bo'lib qolar, so'fi.- dedi”. Yozuvchi dialogning o'zida so'fining nima uchun shunday gapirayotganini aytib o'tirmaydi, shunga qaramay, o'quvchi so'fining gap ohangidagi kinoya, mazaxni (ta'kidlangan so'zlar) ilg'ab oladi. Chunki u Samandar aka ilgari “ot chiqarg'on savdogar” bo'lganini, “o'zg'on yili sing'oni va eshonnikida o'ralashub qolg'oni”ni biladi. Ziyrak o'quvchi so'fining gapi Samandar akaga juda og'ir botganini his qiladi. Shuning uchun ham Samandar akaning eshon sovchilariga “Bir qizimiz bo'lsa, hazrat eshonimizg'a tutdik…” deya javob berishi xotini uchun kutilmagan hol bo'lsa-da, kitobxon uchun ajablanarli emas.
Slayd 6
• Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari.
• Rivoya eposning oʻzagi sifatida.
• Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari.
• Eposning asosiy janrlari.
Epik tur va uning janrlari
Slayd 7
1. Tasvir predmeti deganda nimani tushunasiz? “Obyektning plastik obrazi” va “subyektning noplastik obarzi” tushunchalarini izohlab bering.
2. Turli adabiy turlarga mansub asarlarning nutqiy shakllanishidagi o'ziga xosliklar nimalarda ko'rinadi? Bu o'ziga xosliklar turlarga ajratish tamoyili bo'la oladimi?
3. “Badiiy vaqt hissi” deganda nima nazarda tutiladi? “Badiiy vaqt hissi”dagi turlichalikni konkret misollar yordamida tushuntirib bering.
4. Adabiy turlarga ajratishda muayyan shartlilik mavjudligini asoslab bering. Turlararo sintezlashuv deyilganda nima nazarda tutiladi?
5. Adabiy turlarning muayyan davr adabiy jarayonida tutgan o'rni, mavqeining turlicha bo'lishi nimadan? Qaysi adabiy turga mansub asarlar ko'proq qimmatga ega?
Epik asardagi “plastik” va “noplastik” unsurlar deyilganda nimani tushunasiz? Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg'un birikishini tushuntirib bering.
Epik turning belgilovchi xususiyati voqeabandlik ekanini asoslang. Epik asar tarkibida rivoya, tavsif va dialogning tutgan o'rni, ularning munosabatini tushuntiring.
Epik asardagi dialogning dramatik asardagi dialogga nisbatan hayotiyroq, ma'no sig'imi kengroq bo'lishi nimadan? Buni misollar yordamida asoslab bering?
“Rivoya”, “roviy” atamalariga izoh bering. Rivoyaning muallif yoki personaj tilidan olib borilishi nima bilan bog'liq? Rivoya motivatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Epik asarlarni janrlarga ajratishda nimalarga e'tibor beriladi? Janrlarga ajratishdagi turlichaliklar, bu boradagi qiyinchiliklar nimalarda ko'rinadi?
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.