Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi

6000 so'm


Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

Abdulla qodiriy

Slayd 2

Abdulla qodiriy (1894-1938)

Slayd 3

Islom Karimov
Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo’lmasa kerak. U faqat o’zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir.

Slayd 4

1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Samarqand darvoza mavzesida «bog‘bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada…» tug‘ilgan.

Slayd 5

U dastlab eski usul maktabda, so‘ng yangicha xat-savod chiqaradigan rus-tuzem maktabida o‘qiydi.
12 yoshlarida bir boy savdogarga xizmatga yollanib, yozuv-chizuv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Slayd 6

Ilk asarlari
Uning «Ahvolimiz», «To‘y», «Millatimga bir qaror!», «Fikr aylagil» she’rlari,
«Baxtsiz kuyov» pyesasi, «Juvonboz», «Uloqda» hikoyalari 1913—1916-yillar oralig‘ida yozilgan va e’lon qilingan ilk asarlaridir.

Slayd 7

Eng mashhur asarlari
«O‘tkan kunlar» romani
«Mehrobdan chayon» tarixiy romani
«Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» hajviy asari
«Toshpo‘lat tajang nima deydi?» hajviy asari
«Obid ketmon» qissasi

Slayd 8

Slayd 9

37-yillar qatag’oni

Slayd 10

Abdulla qodiriy ham «xalq dushmani» degan tuhmat bilan qamoqqa olinib, uzoq qiynoq va so‘roqlardan so‘ng 1938-yil 4-oktabrda otib o‘ldiriladi.

Slayd 11

Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Abdulla Qodiriy birinchi bo‘lib Mustaqillik ordeniga munosib ko‘rildi.
Nomi abadiylashtirilib, haykallari barpo etildi. Bu o‘zbek xalqining o‘z buyuk farzandi xotirasiga hurmati bo‘ldi.

Slayd 12

“Mehrobdan chayon” romani

Slayd 13

“Mehrobdan chayon” romani
“Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro‘mon”.
1928- yilning fevral oyida asar ustidagi ish intihosiga yetdi.
Asar 1929- yil mart oyida Samarqandda bosilib chiqdi.
Roman kirish, 57 ta kichik bo’limlar, yakundan iborat.

Slayd 14

Slayd 15

“Ro‘monning mavzusi to‘g‘risida”
“Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lg‘an Xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand — kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi ro‘monning mavzu’idir.
Xudoyorning bu yo‘ldag‘i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg‘ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanligi mundarija sig‘dirg‘an qadar bayon qilinadir”…
Abdulla Qodiriy

Slayd 16

Anvar va Ra’no

Slayd 17

Xulosa o’rnida. Iztirob kitobi
Asarni „Mehrobdan chayon» deb atash, unda ko’proq ziyolilar — madrasa ko’rgan mo’tabar mulla odamlarni qahramon qilib tanlashdan murod, ayrim adabiyot-shunoslar o’ylaganicha, „musulmon ruhoniylarning reaksion rolini fosh etish» dangina iborat emas.
Aslida muqaddas dargoh — sajdagohdan chiqqan, muqaddas dargohga nomunosib, munofiq, qallob, tuban kimsalarga, ziyoli, ma’rifatli bo’la turib, ilmiga amal qilmay, muqaddas dargohni oyoqosti qiladigan, shaxsiy manfaat, mansab-martaba yo’lida hech narsadan toymaydigan, iste’dodli, halol odamlarni ko’rolmaydigan hasadgo’y, e’tiqodsiz kishilarga ishoradir.
„Mehrobdan chayon»dagi Anvar qismatida, uning tevaragidagi fisq-u fasodlar, qalloblar qutqusi bilan Anvar boshiga tushgan kulfat, ko’rgiliklar qahramonning qalb iztiroblari, qalloblarga cheksiz nafrati ifodasida Qodiriyning o’z boshidan kechgan iztiroblari ham aks etgan.

Slayd 18

O’ylab ko’ring!
Anvarning hayotidagi o‘zgarishlarda opasi Nodiraning o‘rni haqida bahslashing.
Asardagi: «Anvarning o‘qushdan bo‘shag‘an kezlari gullar ichida shu kapalaklar orasida kechar edi» tasviriga tayanib, Anvar tabiatini izohlang.
Nigor oyimning maxdumga qarshi yo‘l tutishi sababini sharhlang.
Ra’noning boshqa qizlarga o‘xshamaydigan darajada jasurligi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi haqida so’zlang.
Romanda Anvarning tadbirkorligini namoyish qiluvchi o’rinlar qaysi?
Anvar bilan Xudoyorxon o‘rtasidagi olishuvga diqqat qiling. Bu «jang»da sizningcha kim g‘olib chiqdi?
Dor ostidagi Anvar bilan mulla Abdurahmonning to‘qnashuvi lavhasiga e’tibor bering. Har ikkisining tabiatiga xos jihatlar tasviri haqida to‘xtaling.

Slayd 19

Bilimingizni sinang!
1. Qaysi asar qahramoni “…onasining ” tilab-tilab olg’ani” emas va otasi ham uni “o’g’ilchag’a hisoblamag’an” edi?
2. Anvarning otasi kim edi? – Salim bo’yoqchi
3. Anvarga ism qo’yish vazifasini kim qachon bajardi?
4. Anvar Solih maxdum oilasiga kelganda necha yoshda edi?
5. Saroyda mirzaboshilik darajasiga erishgan Anvarni ko’ra olmagan kimsalar kimlar edi?
6. Roman voqealari rivojida faol ishtirok etgan Anvarning akasi va uning do’stlari
7. Barimta so’zining ma’nosi?
8. “Mehrobdan chayon” romanida Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
9. “…siz ifloslik natijasida kulasiz, men…men to’g’rilik samarasini o’raman. Siz iflos vijdon bilan g’olibsiz, men sof vijdon bilan mag’lubman…”
“Mehrobdan chayon” romani qahramoni Anvarning ushbu zaharolud so’zlari kimga qaratilgan?

Slayd 20

Abdulla Qodiriy yashagan uy darvozasi

Slayd 21

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar