Abdulla Qahhor hayoti va ijodi

8000 so'm


Abdulla Qahhor hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

Abdulla Qahhor

hayoti va ijodi

Slayd 2

1. Abdulla Qahhor ijodining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni.2. Abdulla Qahhorning hayot yo‘li.3. Abdulla Qahhor ijodiy yo‘lining mashqlar va izlanishlar bosqichi.4. Abdulla Qahhor hikoyalari.5. Abdulla Qahhor romanlari.6. Abdulla Qahhor komediyalari.7. Abdulla Qahhor ijodining tanqid va adabiyotshunoslikdagi talqini.

Reja:

Slayd 3

• “O‘g‘ri”, “Dahshat”, “Mayiz yemagan xotin”, “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar”, “Muhabbat”, “Yoshlar bilan suhbat”, davlat mukofoti, O‘zbekiston yozuvchilar soyuzining raisi, Hamza nomidagi davlat mukofoti, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.

Tayanch tushunchalar:

Slayd 4

Slayd 5

Abdulla Qahhor XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan va xalqning muhabbatini, hurmatini qozongan iste’dodli yozuvchilardan biridir.

Abdulla Qahhor asarlari o‘zining chuqur xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rus adabiyotshunosi L.I.Timofeev xalqchillik haqida gapira turib shunday degan edi: “Yozuvchi o‘z asarlarida umumxalq ahamiyatiga daxldor masalalar qo‘ya olsa, bu muammolarni xalq manfaatlaridan kelib chiqib yoritsa, xalqni ma’naviy-ruhiy olamini yuksaltiradigan qahramonlar yaratsa, asarini yaratishda shunday xalqchil shaklni topsaki, uni xalq ommasi to‘liq qabul qilsa, badiiylik o‘sha joyda o‘zining eng yuksak shakli-xalqchillik darajasiga ko‘tariladi (tarjima bizniki)”-degan edi. Shu ma’noda Abdulla Qahhorning o‘nlab hikoyalarida xalqchillik o‘zining to‘liq ifodasini topgan.

Slayd 6

Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabr kuni hozirgi O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida (ba’zi ma’lumotlarga qaraganda – Tojikistonning Asht tumanida) temirchi usta oilasida dunyoga kelgan. U oilada tug‘ilgan o‘n boladan tirik qolgan yagona farzand edi. Abdullaning bolalik yillari qashshoqlik va darbadarlikda o‘tadi. Uning oilasi yaxshiroq hayot ilinjida Farg‘ona vodiysi bo‘ylab qishloqma-qishloq ko‘chib yuradi. Oqibatda Abdulla “Ko‘chmanchi”, “Kelgindi” singari haqoratli laqablar oladiki, bu uning xotirasida bir umrga muhrlanib qoladi.

Slayd 7

Avval Abdulla qishloqdagi diniy maktabda savodsiz Valixon so‘fi degan domla qo‘lida o‘qiydi. Domlaning savodsizligidan g‘azablangan otasi uni 1917-yil oktabridan keyin ochilgan Yangi maktabga o‘qishga beradi. Bu maktabda ancha yaxshi bilim olgan Abdulla 20-yillar boshida o‘qishni Qo‘qondagi texnikumda davom ettiradi. Xuddi shu vaqtda, ya’ni 20-yillar boshida Abdulla adabiyot sohasida ilk mashqlar qila boshlaydi va ularni Toshkentdagi gazeta, jurnallarga yuboradi. Ulardan biri, ya’ni “Oy kuyganda” she’ri “Mushtum” jurnalining 1924 yilgi 8-sonida bosilib chiqadi.

Slayd 8

Abdullaning matbuotda e’lon qilingan mana shu birinchi she’riyoq unda ijod qilishga qandaydir iste’dod borligidan, ya’ni adabiyot vositalari orqali muayyan g‘oyani ifodalashga qodirligidan dalolat bergan edi. Unda ma’rifatparvarlik g‘oyasi adabiyotning birinchi unsuri bo‘lgan badiiy timsollar vositasida ifodalangan edi. Abdullada iste’dod kurtaklari nish urayotganligi shunda ko‘rinardiki, she’rda “ma’rifat” so‘zi biron marta ham ishlatilmagani holda, odamlar ilmli bo‘lsalar, tabiat hodisalarining mohiyatini to‘g‘ri tushunishlari va ular oldida behudaga talvasaga tushmasliklari haqidagi g‘oya ilgari surilgan edi. “Oy kuyganda” she’ri bilan Abdulla Qahhor ijodining birinchi bosqichi boshlanadi.

Slayd 9

Mazkur izlanishlar va mashqlar bosqichi qariyb o‘n yil davom etadi. Bu davrda Abdulla avvalo taxallus izlaydi va 20-yillarda yozgan ko‘plab hikoyalarini, sakkizta she’rini, ellikta feletonini “Norin shilpiq”, “Mavlon kufir”, “Gulyor”, “Erkaboy” singari imzolar bilan e’lon qiladi. Ijodning ilk bosqichi, asosan, izlanishlardan iboratligi shu bilan belgilanar ediki, bu davrda Abdulla yozgan “Ikki qonun”, “Yosh qizlar o‘gay ota qo‘lida” singari hikoyalar, feletonlar va she’rlar g‘oyaviy-badiiy jihatdan juda nochor hamda zaif edi. Buni juda yaxshi fahmlagan Abdulla so‘ngroq mazkur asarlarining ko‘pchiligini keyingi ko‘p jildlik kitoblariga kiritmagan edi. Shu bilan birga ijodning ilk bosqichidagi mashqlar muayyan ijobiy samaralar ham bergan edi.

Slayd 10

Ulardan biri Abdulla Qahhorning 1929-yilda e’lon qilingan “Boshsiz odam” hikoyasi bo‘lib, mazkur asar muallifning inson xarakterini, ruhiy dunyosini teran tahlil qila bilish mahorati yetilib borayotganligidan guvohlik beradi. Bu davrda Abdulla Qahhor Toshkentdagi O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qir edi.

Izlanish davrining samaralari sifatida uning 1932-yilda “Qishloq hukm ostida”, 1933-yilda “Olam yasharadir” va “Qotilning tug‘ilishi” singari kitoblari bosilib chiqadi. Mazkur kitoblar mashqlar bosqichining o‘ziga xos yakuni sifatida maydonga kelgan deb hisoblash mumkin, chunki 1934-yildan Abdulla Qahhor yuqoridagi to‘plamlardagi izlanishlarning nochor samaralaridan keskin farq qiluvchi asarlar yarata boshlaydi.

Slayd 11

1934-yili Abdulla Qahhor “Maston”, “Ko‘r ko‘zning ochilishi” singari asarlarini e’lon qilib, hikoyada hayotni realistik tasvirlash prinsiplari ijodida uzil-kesil qaror topganligini isbotlagan edi. Shunga ko‘ra mazkur asarlar va “O‘g‘ri”, “Mayiz yemagan xotin” kabi hikoyalari bilan Abdulla Qahhor ijodining ikkinchi bosqichi, ya’ni chinakam realistik asarlar yaratish pallasi boshlangan deb hisoblash mumkin. Bu hikoyalarning bir guruhida (“O‘g‘ri, “Dahshat”) Abdulla Qahhor o‘tmishdagi mehnatkash xalq hayotining fojiaviy manzaralarini gavdalantirgan bo‘lsa, ikkinchi guruhida (“Mayiz yemagan xotin”, “Qanotsiz chittak”, “Bashorat”) 30-yillar turmushidagi ijtimoiy nobopliklarni, axloqiy tubanlik, ma’naviy qashshoqlik singari illatlarni hajv olovi bilan kuydirishga intilgan.

Slayd 12

Abdulla Qahhor hikoya janrida juda katta muvaffaqiyatga

erishdi. 30-yillarda o'zbek realistik hikoyachiligi ustalaridan biri sifatida tanilgan adib bu janrda qariyb 40-yil ijod qildi. A. Qahhor bir maqolasida: «Men hikoyachilikni juda yaxshi ko'raman va shu bilan birga, hamma vaqt qalamimning qayrog'i, deb qaraganman», — deb yozgan edi.

To'g'ri, A.Qahhorning ilk hikoyalarida nuqsonlar, badiiy

zaifliklar mavjud. Ularga ritorika va bayonehilikka moyillik

(«Ikki qonun», «Yana oy qachon kuyadi»). jo'nlik va oshkora

tarafkashlik («Raqib»). asar g'oyasini hikoyaning umumiy

ruhidan keltirib chiqara bilmaslik («Olam yasharadi»), tilning obrazliligini, sujetning ixchamliligini ta’minlay olmaslik («Tangrining kulgisi») kabi kamchiliklar misol bo'la oladi.

Slayd 13

Abdulla Qahhor o'z ijodiga o'ta talabchanlik bilan

tanqidiy yondashib. dastlabki asarlarida yo'l qo'ygan

kamchiliklarini o'z ustida qunt bilan ishlash, ustozlar ijodini,

xususan, badiiy mahorat «sir»larini sinchiklab o'rganish orqali

yo'qota boradi. Boshqacha qilib aytganda, adib hayot

haqiqatini, odamlar xarakterini, ruhiyatini chuqur o'rganish.

A. Chexov va A. Qodiriy kabi buyuk yozuvchilar mahoratini

ijodiy o'zlashtirish bilan yetuk, go'zal hikoyalar yaratish

san’atini egalladi. Adib: «Uslubda menga hech kim domla

Chexovchalik ta’sir ko'rsatgan emas. Agar men uslubda biron

darajada kamolotga erishgan bo'lsam, buning uchun,

shubhasiz, ustod Anton Pavlovichga qulluq qilaman», –

deb qayd etgandi.

Slayd 14

Slayd 15

A. Qahhorning «Sarob» va «Qo'shchinor chiroqlari»

romanlarida XX asrning 20-30-yillarida yuz bergan voqealar tasvirlangan. «Sarob» — o'zbek adabiyotidagi davr voqeligi tasviriga bag'ishlangan birinchi roman. Unda jamiyatda 20- yillarning oxirlarida bo'lib o'tgan mafkuraviy kurash tasvirlangan.

M a ’lumki, A. Qahhor 1930-yilda «Sarob» romanini vozishga kirishgan va uni 27 yoshida 1934-yilda yozib tugatgan. Asar 1937-yilda nashr etilgan. Demak, roman shaxsga sig'inish avj olayotgan davrda yaratilgan.

Slayd 16

Binobarin. yosh adib o'sha mash’um davr talablariga bo'ysunishga majbur bo'lgan. «Sarob» haqida so'z yuritilganda ana shu holat nazarga olinsa, masala to'g'ri yechilishi mumkin. «Sarob» o'zi yaratilgan notinch yillar ruhiga mos va hamohang asardir. Romanda O'zbekistonni mustamlakachilik kishanlaridan ozod bo'lishini orzu qilgan va shu orzuni amalga oshirish yo'lida baqadri hoi kurashgan ziyolilar hayoti aks ettirilgan.

Yosh yozuvchi Rahimjon Saidiyning milliy mustaqillik uchun kurashuvchilarning yashirin tashkilotiga a'zo bo'lishi va uning topshirig'ini bajarish yo'lidagi xatti-harakatlari, oxir-oqibatda halokatga yo'liqishi roman sujetining asosini tashkil etadi.

Slayd 17

«Sarob» romanining kompozitsiyasi tugal va yaxlit sujet

asosiga qurilgan. Unda ortiqcha voqea va keraksiz obraz yo'q.

Bu hoi, ayniqsa, romanning ikkinchi nashrida yaqqol ko'rinadi.

Darhaqiqat. birinchi nashrda (1937) ba’zi ortiqcha o'rinlar,

asosiy sujet yo'nalishi bilan mustahkam bog'lanmagan ayrim

epizodlar va yuzaki tasvirlar uchrar edi. Ikkinchi nashr (1957)da sujet birmuncha ixchamlashtirilib, uning jozibadorligi va ta’sir kuchi orttirildi. Asarning birinchi bo'limidagi 5, 9, 35, ikkinchi bo'limidagi 7. 12-boblar yangi nashrga kiritilmadi. 14. 15-boblar esa qisqartirilib. bir bob qilib berildi.

Slayd 18

1947-yilda A. Qahhor «Qo'shchinor» romanini nashr ettirdi.

Roman xalq tarixining muhim va xarakterli bir bosqichini aks ettirishga bag'ishlangan edi. Yozuvchi qo'l urgan mavzuni chuqur o'rgangan, asardagi obrazlarni kerakli estetik yuk bilan ta'minlagan bo'lishiga qaramay, badiiy asarga sotsiologik yondashishga odatlangan sho'ro tanqidchiligi uni nayza ko'tarib qabul qildi. Ish shu darajaga yetdiki, muallifni davr voqeligi va kolxozlashtirish mohiyatini atay buzib ko'rsatganlikda aybladilar. Shunda yozuvchi asarni adabiy tanqidchilik talablari asosida jiddiy qavta ishladi. Shu tariqa, o'zbek adabiyotida «Qo'shchinor chiroqlari» (1951)

romani pavdo bo’ldi.

Slayd 19

«Qo'shchinor chiroqlari» romanining tili — pishiq.

sermazmun va obrazli. Asardagi muallif nutqi ham, obrazlar tili ham go'zal va shirali. Personajlar tili ustalik bilan individuallashtirilgan. Xususan, romanda qo'llanilgan dialoglar san'atkorlik bilan yaratilgan. Shunga ko'ra ular asar sujeti rivojini ta’minlashda va obrazlar xarakterini ochishda muhim rol o'ynagan. Siddiqjon bilan Zunnunxo'ja o'rtasida romanning birinchi bobida bo'lib o'tgan dialogda Siddiqjon ongidagi o'zgarishlarning nihoyasiga yetishi va undagi keskin ruhiy burilish qisqa, ixcham va obrazli jumlalarda aks etgan

Slayd 20

Abdulla Qahhor ajoyib hikoya va ocherklar, qissa va

romanlar yaratish bilan birga. adabiyotning eng qiyin janri

bo'lgan dramaturgiya sohasida ham o'z iste'dodini namoyish

etdi. «Yangi yer» (yumoristik komediya), «Ayajonlarim» (lirik

komediya), «Og'riq tishlar», «Tobutdan tovush» (satirik

komediya) kabi komedivalar yaratib. o'zbek drama-

turgiyasining shuhratiga shuhrat qo'shdi.

A. Qahhorning «Yangi yer» (1949) komediyasi o'zbek

dramaturgiyasi taraqqiyotida alohida o'rin tutadi. «Yangi yer»

(«Shohi so'zana») komediyasida yoshlarning qo'riq va bo'z

yerlarni o'zlashtirish, cho'llarni obod qilish sohasidagi

jasoratlari qalamga olingan.

Slayd 21

Abdulla Qahhorning «Og'riq tishlar» (1954) komediyasida

ham zamonaviy mavzu aks ettirilgan. Lekin asarda hayotdagi

ijobiy tomonlar va ibratli kishilar emas. aksincha, har xil illatlar

va porok shaxslar birinchi o'ringa chiqarib ko'rsatilgan. Bu

hoi asarning janr xususiyati bilan bog'liq, albatta. Darhaqiqat,

«Yangi yer» komediyasida xushchaqchaq kulgi — yumor kuchli

bo'lsa. «Og'riq tishlar» pyesasida zaharxanda kulgi — satira

ustun turadi. Ana shuning uchun ham «Og'riq tishlar» satirik

komediya deb yuritiladi.

Dramaturgning ustaligi shundaki, Zargarov singari norok amalparastlar. Huzurjonov kabi xotin-qizlarga noto'g'ri

munosabatda bo'luvchilar. Xumorxonga o'xshash muhabbatni

oyoqosti qiluvchi yengiltak ayollarni fosh etish asosida

halollikni, tenglikni, insoniylikni, adolatni targ'ib etadi

Slayd 22

A. Qahhor yaratgan satirik asarlarning eng o'tkiri, shubhasiz.

«Tobutdan tovush» (1962) komediyasidir. Bu pyesa

poraxo‘rlikka. tekinxo'rlikka va ma’naviy buzuqlikka qarshi

kurash mavzusida yozilgan. Asarda poraxoiiik, haromxo'rlik

va bema'ni kayfu safo bilan umr ko'rishga odatlangan porok

shaxslar sharmandayu sharmisor qilinadi. Halollik va to'g'rilik

ulugianadi.

Bu satirik komediyada tasvirlangan voqea shoio davridagi

idora boshliqlaridan biri Suqsurov xonadonida boiib o'tadi.

Poraxo'rlik va aysh-ishrat bilan kun o'tkazishga odatlanib

qolgan bu oilaning jirkanch va tuban hayotini fosh etish asar

sujetining asosini tashkil etadi.

Slayd 23

A. Qahhorning «Og'riq tishlar». «Tobutdan tovush» satirik asarlari shaxsga sig'inish va turg'unlik davrida yuzaga kelgan bo'lishiga qaramay, dramaturg o'sha davr ruhiga zid holda hayot haqiqatiga tik qaragan. Davr voqeligini bo'yab-bezab, asossiz maqtash yo'lidan emas, balki, bor haqiqatni ro'y-rost ko'rsatish yo'lidan borgan. Demak. Abdulla Qahhor tom ma’nodagi rostgo'y va jasoratli ijodkordir.

Slayd 24

Abdulla Qahhor ijodiga xos ko'pgina fazilatlar

adabivotshunoslar tomonidan ilmiy tahlil asosida oehib berilgan.

Bular sirasiga I. Borolinaning «Abdulla Qahhor» (1957).

H. Abdusamatovning «Abdulla Qahhor» (1960),

M. Sultonovaning «Abdulla Qahhor uslubi» (1967),

M. Qo'shjonov va U. Normatovning «Mahorat sirlari» (1968).

M. Qo'shjonovning «Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor»

(1973). O. Sharafiddinovning «Abdulla Qahhor» (1988).

M. Qo'shjonovning «Abdulla Qahhor mahorati» (1988)

monografiyalarini, shuningdek. I. Sulton. H. Yoqubov.

P. Qodirov. L. Qayumov. N. Karimov. X. Doniyorov,

Sh. Yusupov, R. Qo'chqorov. X. Hamroqulova, I. Haqqul va

boshqa olimlarning qahhorshunoslikka oid maqolalari kiradi.

Ularda A. Qahhor ijodining asosiy xususiyatlari, g'oyaviy-badiiy

jihatlari, adibning so'z san’atiga qo'shgan beqiyos hissasi va uning

adabiyotimiz tarixida tutgan o'rni ko'rsatilgan.

Slayd 25

Slayd 26

E'tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 27

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Abdulla Qahhor hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar