Abdulla Oripov hayoti va ijodi (4)
5000 so'm

Slayd 1
Abdulla Oripov(1941-2016)
Slayd 2
Reja
1. Abdulla Oripov hayoti
2. Abdulla Oripov ijodi haqida
3. Abdulla Oripov asarlari
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Slayd 3
Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o‘rta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilfununi jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.
Slayd 4
1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi, mualliflar huquqini himoya qilish idorasining rahbari vazifalarida xizmat qili! kelmoqda.
Slayd 5
A.Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» chop etildi, shundan buyon shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974),
Slayd 6
«Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she’rdan she’rga, to‘plamdan to‘plamga, yildan yilga o‘sib, ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz.
Slayd 7
She’riy to’plamlari
«Mitti yulduz»
«Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967)
«Hayrat» (1979)
«Onajon» (1969)
«Ruhim» (1971)
«Hakim va ajal» (1980)
«Qasida» (1972)
«O’zbekiston»
«Xotirot» (1974)
«Yurtim shamoli» (1974)
«Najot qal’asi» (1981)
«Yillar armoni» (1983)
Slayd 8
Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg‘ular bilan badiiy talqin birbiriga uyg‘unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga
Slayd 9
aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to‘qiydimi, hamma-hamma o‘rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi.
Slayd 10
Hatto eng qatag’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda bo‘lsa ham rost so‘zladi, shoir. «Toqat» she’rida ham shu ruh sezilib turadi.
Slayd 11
Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami?
Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol.
— O’kinmang, taqchillik faqat bizdami??
Slayd 12
Abdulla Oripov she’riyatining hozirgi bosqichi yana ham o‘zgacha, ma’naviy-badiiy jihatdan yuksaklikka ko‘tarilmoqda. Uning «Haj daftari» (1992)ga kirgan «Hadis»lari ham buni to‘la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis-she’r yaratgan bo‘lsa, kelgusida uni yuzga yetkazmoqchi.
Slayd 13
U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilyapti.
Slayd 14
Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girdi. Abdulla Oripov Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko asarlarsh ham ona tiliga tarjima qilgan.
Slayd 15
Tarjimalari
Dantening «Ilohiy komediya»
L.Ukrainka
Nekrasov
Shevchenko
Slayd 16
Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qa dosh xalqlar tillariga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan.
Abdulla Oripov — noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiyliklik, milliy g‘urur, isyonkor ruh, diniy-axloqiy teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi.
Slayd 17
O’zbek xalqining milliy uyg‘onishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurash yo‘lida Abdulla Oripov shaxsi va o‘tkir shetzriyati misli ko‘rilmagan o‘rin tutganini qavd etib o‘tish joiz. Uning asarlari o‘zbek she’riyatini hamon boyitmoqda.
Slayd 18
O’zbekiston xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureatidir.
Slayd 19
She’rlari
«Bahor»
«Birinchi muhabbatim»
«Kuz»
«Saraton»
«O’zbekiston»
«Munojotni tinglab»
«Otello»
«Sarob»
«Dengizga»
«Malomat toshlari»
«Olomonga»
«Yuzma-yuz»
«Genetika»
«Chuvaladi o’ylarim sensiz»
Slayd 20
Bu asarlar o’zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo’lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo’shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg’ularga boyligi bilan ajralib turadi.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov so’zi bilan aytiladi.
Slayd 21
Millat ma’naviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi bo’lib, 1998 yilda «O’zbekiston Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor bo’ldi.
Slayd 22
Birinchi Muhabbatim!
Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab hayolga toldim, birinchi muhabbatim.
O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba’zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo’qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g’aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Slayd 23
Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan…
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Holbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,
Yulduzday kulganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q.
Erta xazon gul kabi sarg’ayib so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.
Slayd 24
Yo’lin yo’qotsa odam — muhabbatga suyangay,
G’ussaga botsa odam — muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam — muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Slayd 25
Ketmoqdaman
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.
Na ishonchu na quvonchu na ko’ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo’qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Slayd 26
Necha kunlar o’tdi, lekin so’rmading holimni bir,
Oxirida hol so’rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.