Abdulla Avloniyning Chin do’st , Yalg’on do’st hikoyalarini o’qish, tahlil qilish
8000 so'm

Slayd 1
Abdulla Avloniyning “Chin do‘st”, “Yalg‘on do‘st” hikoyalarini o‘qish, tahlil QILISH
Slayd 2
Abdulla avloniy
O‘QITUVCHI
JAMOATCHI
DRAMATURG
JURNALIST
REJISSOR
TARJIMON
ABDULLA AVLONIY
MA’RIFATPARVAR
SAYOHATI
SHOIR
Slayd 3
ABDULLA AVLONIY
Alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi.
“Birinchi muallim” – 1909
“Ikkinchi muallim” – 1912
“Turkiy guliston yoxud axloq” – 1913
“Maktab gulistoni” – 1916
“Adabiyot yoxud milliy she’rlar” – 1909-1916
Slayd 4
“IKKINCHI MUALLIM” KITOBI
Kitobda odob-axloqqa doir, halollik va poklikka oid turli ellikdan ortiq sheʼrlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan.
Nasriy va she’riy hikoyalari bolalarda ilk axloqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Slayd 5
Maktab dur-u gavhar sochar,
Kitob “Maktab” sheʼri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, oʻqisa, savodxon boʻlsa, yuksak marralarni egallashi taʼriflanadi:
• Maktab sizga jannat ochar,
• Maktab jaholatdan qochar,
• Gʻayrat qilib oʻqing, oʻgʻlon!
Slayd 6
CHIN DO‘ST
Iki odam bir-biriga do‘st bo‘ldilar chunon,
Bir nafas ayrilmas erdi bir-biridan iki jon.
Maslahat birla safar qilmoqni aylab ixtiyor,
Bo‘ldilar sahro tamoshosi uchun bir kun ravon.
Slayd 7
CHIN DO‘ST
Yo‘lda bir daryodan o‘tmak to‘g‘ri keldi do‘stlara,
O‘lturub bir kemaga ketmog‘da erdilar hamon.
Bir zamon to‘lqun kelub ul kemani qildi xarob,
ul iki o‘rtog‘ yiqildilar suv uzra nogahon.
Slayd 8
Suv yuzinda ul zamon ketmakda erdilar oqib,
Suvchilar keldilar ushlab olg‘ali suvdan amon.
ul iki do‘stning birini tutsa, suvchig‘a dedi:
Qo‘y mani, avval borub, do‘stumni qutqar beziyon.
Slayd 9
Do‘stligi – bir doston
Suvchi borub ushlasa o‘rtog‘ini,
ul ham aylar do‘st qutulsun deb fig‘on.
Ko‘rdingizmi, ey suchuk o‘g‘lonlarim,
Do‘stlig‘dan bu siza bir doston.
Slayd 10
YALG‘ON DO‘ST
Bir vaqt iki kishi do‘st bo‘lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog‘ ichindan ketub borgonlarinda uzog‘dan bir yo‘lbarsni ko‘rmishlar. Do‘stlarning biri darhol yugurub bir daraxt ustiga chiqmish. Ikinchisi shoshilub qolub, nima qilishin bilmay, yerga cho‘zulub, o‘lukg‘a o‘xshab yotmish.
Slayd 11
YALG‘ON DO‘ST
Yo‘lbars kelub iskab-iskab o‘luk gumon qilub qaytub ketmish. O‘rtog‘i daraxtdan tushub: “Birodar, yo‘lbars
qulog‘inga nima deb so‘zlab ketdi”, – deb so‘ramish. Yo‘ldoshi: “Oh, do‘stim! Shodlig‘ingda o‘rtog‘ bo‘lub, g‘am vaqtingda tashlab qochadurg‘on nomard kishilar ila yo‘ldosh bo‘lma!” – deb so‘zlab ketdi, deb javob bermish.
Slayd 12
E’TIBOR BERING!
Avloniy fikricha, farzandlar ham har xil bo‘ladi. Onaning baxtiga sherik bo‘lib, baxtsizligida yolg‘iz tashlab ketadigan farzandlar ham topiladi. Vatanning ham go‘zal tabiatini, ko‘rkam bog‘-rog‘larini xush ko‘radigan, lekin tashvish g‘amlarini o‘ylamaydigan farzandlari yo‘q emas.
Slayd 13
E’TIBOR BERING!
Qiyinchiliklarni birgalikda yengish, og‘ir damlarda yordamini taklif qilish o‘rniga faqat o‘zini o‘ylab yashaydigan odamlarni Avloniy bobomiz bir so‘z bilan “nomard” deb ataydiki, bunga qo‘shilmay iloji yo‘q.
Slayd 14
CHINAKAM DO‘STLIK MEZONI BU – ISHONCH
Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-birga ma’nodosh. To‘g‘rirog‘I sadoqat bu do‘stlik degani. Siz do‘stingizga o‘zingizga ishonganday ishonasiz.
O‘zgalar g‘amini chekmasa odam,Unga loyiq emas inson degan nom.
S. Sheroziy.
Slayd 15
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
A. Avloniyning “Chin do‘st”, “Yalg‘on do‘st” hikoyalarini o‘qing.
2. Do‘stlarning chin va yolg‘on bo‘lishi haqida boshqa kitoblarda ham o‘qiganmisiz? Nomini yozing.
3. O‘zingizning chin do‘stingizga ta’rif bering.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.