Abdulla Avloniy hayoti va pedagogik faoliyati
8000 so'm

Slayd 1
A.Avloniy ijodi.
Slayd 2
1. Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati haqida
2. A.Avloniyning pedagogik faoliyati.
Reja:
Slayd 3
, el-yurtga xizmati singgan ulug’ kishilarning nomlari mangulikka daxldor bo’ladi. Asrlar osha unday odamlarning xizmatlari qayta-qayta tilga olinaveradi. Ana shunday ulug’ zotlardan biri, mashhur muallim, tashkilotchi, shoir Abdulla Avloniydir. Prezidentimiz qachon ta’lim-tarbiya haqida gapiradigan bo’lsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to’xtaladi. Uning ibratomuz so’zi va ishini misol qilib aytadi: «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo siyocat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman» — deb, bu muallimning bosib o’tgan hayot yo’lini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatadi.
Buyuklarning
Slayd 4
Ha, ana shunday maqtovga loyiq inson, o’zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Toshkent shahrida to’quvchi oilasida dunyoga keldi.Abdulla Avloniy boshlang’ich diniy maktabda va madrasada o’qidi, ilm-fanga ixlos qo’ydi. O’zbek va boshqa SHarq xalqlari adabiyotini berilib o’rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlab she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o’sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi.Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o’zining birdan bir burchi deb bildi va 1904- yilda o’zi yashab turgan joy — Mirobodda maktab ochdi.
Slayd 5
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o’quvchilarning soni ko’paya boradi.Abdulla Avloniy o’zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand bo’lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.U 1907- yilda «SHuhrat» deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: «Matbuot har insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorong’u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g’oyalarini yoyuvchidir», deb yozgan.
Slayd 6
Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» deb nomlangan to’rt qismdan iborat bo’lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi.O’sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim» — «Alifbe», «Ikkinchi muallim» — «O’qish» kitoblari katta rol o’ynadi.Bu kitoblarda Avloniy o’tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi.
Slayd 7
«Birinchi muallim»da Avloniy dastavval 32 harfning yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. SHu sahifada alifning so’z boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan.
«Ikkinchi muallim»da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan
Slayd 8
Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o’qituvchi bo’lib ishladi. U ko’plab she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklar bilan hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy guliston yoxud axloq» Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Nosir Xusravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari kabi o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega.Unda Abdulla Avloniy o’zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so’zboshisida muallif bu haqda shunday yozadi: «Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug’ adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim’’.
Slayd 9
«Maktab bolasi» she’ri boshlang’ich sinf o’quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o’qishga muhabbat uyg’onishi umumiy yo’sinda bayon etiladi:
• Yo’lga soldi til ila yo’ldoshin,
• Maktabga moyil ayladi boshin,
• Soldi o’rtog’ining so’zina quloq,
• Bosdi ul ham o’quv yo’lina oyog’.
• Ikkisi birga bo’ldilar mullo,
• CHiqdi xat-u savod ham imlo.
Slayd 10
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, «Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga» g’oyasini ilgari suradi.Abdulla Avloniy o’zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo’shdi. Uning «Advokatlik oson-mi?», «Pinak», «Biz va siz» pesalari adabiyotimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934-yilda vafot etdi. U ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi.
Slayd 11
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.