Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi
7000 so'm

Slayd 1
Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon
(1897-1938)
Slayd 2
Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar…
Slayd 3
Ziyoli ota
Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor. “Rasvo” taxallusi bilan ijod qilgan.
Slayd 4
Ta’lim
Cho’lpon madrasa tahsilini ko’rgach, 1912-1914- yillarda rus-tuzem maktabida o’qidi. Shu vaqtda „Tarjimon» gazetasi va „Oyna» jurnaliga xabar va she’rlar yo’llab turdi.
1914-yilda „Sadoyi Turkiston» gazetasida Cho’lponning “Turkistonli qardoshlarimizga” she’rining e’lon qilinishi esa o’z mavzusiga ega, o’zbek xalqining taqdiri ustida kuyinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi.
Slayd 5
Cho’lpon – tong yulduzi!
Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo’lib, Munavvar qori unga bejiz Cho’lpon — Tong yulduzi, degan taxallus bermagan ekan.
Cho’lpon “Sadoyi Turkiston” gazetasida “Qurboni Jaholat” va “Do’xtur Muhammadyor” hikoyalarini hamda “Yozg’uvchilarimizga”, “Adabiyot nadur?” maqolalari (1914-yil) ni e’lon qildi.
Slayd 6
Jo’shqin faoliyat
1919-1923 – «Yangi sharq», «Ishtirokiyun» (1920-yildan «Qizil bayroq», 1922-yildan «Turkiston») gazetasida adabiy xodim;
1920-1923 – Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan O‘lka o‘zbek bilim hay’ati, 1922-yildan Ilmiy hay’at) da rais;
1921-22 – «Buxoro axbori» gazetasida muharrir ;
1921; 1922-23 – «Turon» teatrida direktor ;
1922-23 – «Mushtum» jurnali va «Darxon» gazeyasida texnik muharrir, adabiy xodim ;
1924-27 – O‘zbek drama studiyasida adabiy emakdosh (Moskva);
1927-31 – O‘zbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh ;
1931-34 – SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva);
Slayd 7
Jo’shqin faoliyat
1935-37 – «Mushtum» va «Guliston» jurnallari hamda «Teatru» gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida).
Slayd 8
Asarlari
SHE’RIY TO’PLAMLARI:
• “Uyg’onish” (1922);
• “Buloqlar” (1923);
• “O’zbek yosh shoirlari” (1923);
• “Go’zal yozg’ichlar” (1925);
• “Adabiyot parchalari” (1926) ;
• “Tong sirlari” (1926);
• “Soz” (1935);
• “Jo’r” – oxirgi to’plami, nashr etilmay qolgan.
• “Yana oldim sozimni” (1991).
Slayd 9
Diqqat, bilib oling!
Barmoq vazni Cho’lpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan XX asrning 20-yillari boshlaridayoq yangi o‘zbek she’riyatining asosiy vazniga aylandi.
Slayd 10
Pyesalari
1928-yil – “O’rtoq Qarshiboyev”;
1921-yil – “Yorqinoy”;
1921-yil – “O‘ldiruvchi”;
1922-yil – «Sevgi va saltanat» ;
1922-yil – “Cho‘pon sevgisi”;
1928-yil – “Hujum” (Rus yozuvchisi V.Yan bilan);
1921-yil – “Halil farang”;
1926-yil – “Cho’rining isyoni”;
“Qorovul uyqusi”;
“Yana uylanaman“;
“Uzunquloq bobo»
“Mushtumzo’r“…
Slayd 11
Ocherk va hikoyalari
OCHERKLARI:
• “Yo‘l esdaligi”;
• “Vayronalar orasidan” ocherklari…
• HIKOYALAR:
• “Oydin kechalarda”;
• “Qor qo’ynida lola“;
• “Novvoy qiz”;
• “Oq podshoning in’omi”;
• “Gavharoy”…
Slayd 12
Tarjimachilik
K.Gotssi, «Malikai Turondot»;
N.V.Gogol – «Tergovchi»;
Bill Belotserkovskiy «Labbay», «Po‘rtana»;
Moler – «Xasis»;
K.Goldon – «Ikki boyga bir qarol»;
Lope de Vega «Qo‘zi buloq»;
U.Shekspir – «Hamlet»;
F.Shiller – «Bosmachilar»;
S.Levitina – «Hukm»;
A.Fayko – «Portfelli kishi»;
V.Tretyakov – «Na’rangni tort, Xitoy!»;
V. Ivanov – «14—69 raqamli zirhli poezd» pyesalarini o‘zbek tiliga o‘girdi.
Slayd 13
Mumtoz tarjimonlik
A.S.Pushkin – «Boris Godunov», «Dubrovskiy»;
I.S.Turgenev – «Cho‘ri qiz»;
I.Franko – «Million», «Feruza»;
L.Andreev – «Gubernator», «Osilgan etti kishining hikoyasi»;
A.P.Chexov – «Qochoq»;
A.M.Gorkiy – «Ilgaklar», «Ona» kabi asarlarni ham tarjima qildi.
Slayd 14
Mash’um kun
Millat baxti uchun jonini tikkan jasur o’g’lon, buyuk iste’dod egasi bo’lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi.
Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.
Slayd 15
E’tirof
CHO’LPONGA:
• Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991);
• «Mustaqillik» ordeni (1999) berildi.
• 1997 y. Cho’lponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Cho‘lpon uy-muzeyi tashkil etildi;
• O‘zbek milliy akademik drama teatrida Cho’lpon hayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi «Kunduzsiz kechalar» (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi.
Slayd 16
CHO’LPON LIRIKASIDAN NAMUNALAR
QALANDAR ISHQI
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo’lni yo’qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig’ bu xatarlik yoida qotdim-ku.
Karashma dengizin ko’rdim, na nozlik to’lqini bordir,
Halokat boig’usin bilmay qulochni katta otdim-ku…
Slayd 17
VIJDON ERKI
Ay tutqinlar, ay ezilgan,
Ay qiynalgan, yo’qsil ellar,
Ay umidsiz, ay chizilgan
Dor oldiga… oppoq dillar!
Ay bevalar, bechoralar,
Ay bog’langan kishanlarga.
Ay erk uchun ovoralar,
Ko’p yalinmang siz ularga!..
Slayd 18
YONG’IN
Talanmagan, yiqilmagan yer yo’q,
Go’daklar nayza boshida…
(Xabar)
Nega menim qulog’imda tun va kun
Boyqushlarning shumli tovshi baqirar?
Nega rmenim borlig’imga har o’yun
Va har kulgi og’u separ, o’t qo’yar?
Ko’nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar,
Boyqushlarga buzuq ko’ksin ochganmi?
Ota-ona, tanish-bilish, o’rtoqlar
Yurtni tashlab, tog’ va toshga qochganmi?…
Slayd 19
“Kecha kunduz”romani
Slayd 20
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasining muallifi hamdir. Asar ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi.
Asar 1935-1936-yillarda yozilgan.
Slayd 21
CHO‘LPONNING «KECHA VA KUNDUZ» ROMANI TO‘G‘RISIDA
“Ushbu romanning dastlabki boblari 1935-yilda «Sovet adabiyoti» jurnalining 1-sonida e’lon qilindi. Bu faktga asoslanib, biz asarni 1934-yilda yozib tugallangan, deb qat’iy ayta olamiz.
Adabiy tanqidning «zambaraklar»i o‘zini nishonga olib turganini bilgan Cho‘lpon roman qo‘lyozmasining Yozuvchilar uyushmasida muhokama qilinishini qanchalik istamasin, rasmiy adabiy jamoatchilik bu ishga bosh qo‘shmadi.
Slayd 22
Muhokama uchun roman o‘qiladigan bo‘lganda, bor-yo‘g‘i 11 kishi qatnashdi. Ikkinchi safar ulardan atigi 7 tasi ishtirok etdi. Uchinchi qismning o‘qilishiga esa 4—5 kishidan boshqasi kelmadi. Hatto uyushma rahbarlari ham Cho‘lponning romani bilan qiziqmadilar.
Roman 1936-yilning oxirida, katta qiyinchiliklardan keyin, nashr etildi. Lekin u kitob do‘konlarida turib qolmadi. Shunga qaramay, 1937-yilning avgustiga, Cho‘lpon hibsga olingunga qadar, matbuot bu asar haqida og‘iz ochmadi.
Slayd 23
Cho‘lponning badiiy niyatiga ko‘ra, aytib o‘tilganidek, romanning ikkinchi qismi «Kunduz» deb atalishi lozim edi. Lekin bu qismning taqdiri to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Ayrim kishilar bergan xabarlarga ko‘ra, muallif bu qismni yozib tugatgan, hatto u hibsga olingan paytda asar grankasi (bosma varaqalari) tayyor bo‘lgan.
Roman 1987-yilda «Sharq yulduzi» tahririyati tomonidan chop etilayotgan kezlarda, shu grankaning Samarqandda istiqomat qiluvchi qandaydir bir kishining qo‘lida saqlanayotgani haqida «mish-mish»lar tarqaldi…
Slayd 24
Abdulla Oripov esa Xitoy safaridan qaytganidan keyin urumchilik Yolqin Abdushukurning «Kunduz»ni o‘qiganligi va bu asarning ayrim lavhalari hozir ham uning xotirasida omon saqlanayotganligi haqida darak berdi. Lekin na uning o‘zi, na boshqa biror kimsa Yolqin Abdushukur bilan uchrashib, «Kunduz»ning keyingi taqdiri bilan qiziqmadi. Bizning ham bu boradagi harakatlarimiz oxiriga yetmadi…”
Slayd 25
MUSTAHKAMLASH
1. Cho’lpon kimlarning asarlari ta’sirida turkchilik g’oyalari, jadid qarashlari bilan tanishadi va “O’zbek milliy yozuvchisi” bo’lishga ahd qiladi?
2. Cho’lponning adabiy taxalluslari?
3. Cho’lponning ilk she’ri va hikoyasi qachon va qayerda bosildi?
4. 1921-22 yillarda o’zbek tilini rasmiy til sifatida yoyish, buxorolik mehnatkashlarni siyosiy hayotga jalb etish, adabiyotni va san’atni rivojlantirish bo’yicha etakchi nashrga aylangan gazeta?
5. Cho’lponning milliy dramaturgiyani rivojlantirishga qo’shgan hissasi?
6. Cho’lpon 1932-1935- yillar davomida Moskvada yashagan. O’sha paytlarda u kimlarning asarlarini tarjima qildi?
7. Cho’lponning so’nggi she’rlar to’plami?
Cho’lpon o’zbek adabiyotida qaysi janrga asos soldi?
9. “Kecha va kunduz” romanida Zebi Akbarali mingboshiga tekkach, kimning o’rnini egalladi?
10. Zebini zaharlamoqchi bo’lgan qahramon kim edi?
11. “Soddasan, Akbarali! Podsholik hamma vaqt yurtning obro’ylik odamlarini himoya qiladi.” Ushbu gaplar kim tomonidan aytilgan?
12. “Kecha va kunduz” romani qachon yozilgan va qaysi nashrlarda e’lon qilingan?
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.