3-4-sinf tabiiy fanlar o’qitish metodikasi

4000 so'm


3-4-sinf tabiiy fanlar o'qitish metodikasi

 

 

Slayd 1

3-4-Sinf tabiiy fanlar predmetini o’qitishning metodik xususiyatlari

Slayd 2

Reja:
Maktab o’quv rejasida ― Tabiiy fanlar predmetining o’rni.
3-4-Sinfda tabiiy fanlar materialini o’rganish metodikasi
3-4-Sinfda tabiiy fanlar darsligidagi nazariy bilimlarning kundalik hayotdagi ahamiyati

Slayd 3

Tabiiy fanni alohida predmet sifatida o’qitish 3- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali – «Tabiat va odam», «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fan bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda rivojlanayotgan respublikamizning tabiatini ko’rsatishga ham imkon beradi.

Slayd 4

O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi o’qituvchiga umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini tashkil etgan eng muhim ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish mas’uliyatini zimmaga yuklaydi.

Slayd 5

3-Sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar, bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, kuchsiz, mo’tadilligini) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o’tkazishda davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha), barglarning sarg’ayishini, xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar «Kundalik kuzatish daftari» va umumsinf tabiat hamda mehnat kalendariga yozib boriladi.

Slayd 6

3-Sinfda tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkonini beradi. Har kuni ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini o’tgan yili shu kunda o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ishning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. «Tabiat va odam» mavzusini o’rganishda bolalar tabiat, jonli va jonsiz tabiat, tabiatdagi o’zaro bog’liqliklar, tabiatni asrab-avaylash haqidagi ma’lumotlatga ega bo’lishadi.

Slayd 7

Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini ko’rib chiqadilar. O’qituvchi ular e’tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar tuproq tarkibini bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar.

Slayd 8

Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek, o’quv-tajriba maydonchasiga o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E’tibor jonli tabiat burchagi hamda tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak. «Suv» mavzusi bilan tanishgan o’quvchilar tabiatda suv, suvning uch holati, tabiatda suvning aylanishi, suvni asrab-avaylash, ehtiyot qilish, suvni ifloslanishdan muhofaza qilish haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Bolalar O’zbekistonning eng katta daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida dastlabki bilimlarni oladilar. Ular tabiatdagi suv bilan mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga borganlarida tanishadilar.

Slayd 9

Foydali qazilmalar mavzusi quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, qum, loy, kalsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risidagi dastlabki tasavvurni beradi, foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’rganish mavzuda markaziy o’rinni egallaydi. Ularni o’rganish predmetli darslarda kuzatishlar o’tkazish yo’LI bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bolalar foydali qazilmalarni qazib olish, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan tanishishlari, olkamizni turli foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin. «O’simlik va hayvonot olami» mavzusida o’quvchilar o’simliklarning xilma-xilligi, suv o’tlari, moxlar, xushbo’y hidli o’simliklar, dorivor o’simliklar va ularning ahamiyati haqida dastlabki tushunchalarga ega bo’lishadi.

Slayd 10

“Sog’ligimizni saqlaymiz» mavzusi bolalarning 1- va 2- sinflarda egallagan sanitariya-gigiyenaga oid bilimlari va ko’nikmalari asosida o’rganiladi. Ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga bolalarni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan bajarishga ham o’rgatish zarur.
“Sog’ligimizni saqlaymiz» mavzusini o’rganishga bag’ishlangan darslarda bir necha daqiqani sanitar – o’quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi axborotlariga ajratish ma’qul bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi, ularda mas’uliyatni his etishni tarbiyalaydi.

Slayd 11

3-Sinf o’quvchilariga muskullar bilan qon aylanish, muskullar bilan ovqatlanish o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar tushunarli. «Nerv sistemasi» va «Sezgi organlari» mavzularini o’rgana borib, ular fazalar o’rtasidagi, shuningdek, organizm bilan atrof-muhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma’lumotlar oladilar. Bu bilan bir qatorda o’quvchilar ovqatlar va ovqatlanish qoidalari, pashshalardan ehtiyot bo’lish, chekish va uning oqibatlari, yuqumli kasalliklar va ulardan saqlanish tartib-qoidalari, spirtli ichimliklarning zarari haqidagi dastlabki tushunchalarga bu mavzu orqali ega bo’lishadi.

Slayd 12

Gigiyenik bilimlar va ko’nikmalarni o’qitishni shakllantirishni faqat o’qish vaqti bilan cheklamaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun tartibini, shaxsiy ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilarturmushiga jismoniy mashqlar hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari vaqtlarda suhbatlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzuga bog’liq ertaliklar o’tkazish darslarda olingan bilimlar hamda ko’nikmalarni chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.

Slayd 13

Tabiiy fanni alohida o’quv predmeti sifatida o’qitish 4-sinfda ham davom etadi. O’quv materiali «Men tadqiqotchiman», «O’simliklar xilma-xilligi», «O’simliklar qizil kitobi», «Hayvonlarning turlari», «Odam va uning ichki a’zolari», «Nafas olish», «Virus nima», «Immunitet» kabi materiallarni birlashtiradi.

Slayd 14

O’quv materiali II qism «Modda nima», «Atmosfera», «Suv manbalari», «Litosfera», «Metallar», «Fizik hodisalar», «Yerning tuzilishi», «Tabiat hodisalari», «Kashfiyotlar tarixi», «Kosmosni o’zlashtirish tarixi» kabi materiallarni birlashtiradi.

Slayd 15

“Tabiat hodisalari» mavzusini o’rgana boshlashda bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi materialni takrorlaydilar va jonli tabiat, uning asosiy belgilari, jonajon o’lkamizning iqlimi haqida ma’lumotlar olishadi. Keyin «Kosmos» mavzusi bilan tanishadilar. Amaliy ish va mashg’ulotlar jarayonida ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini rejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar.

Slayd 16

Bu mavzu o’quvchilarni Koinot tushunishlarida asos bo’lib xizmat qiladi. O’z joyini o’rganishga asoslanib, o’qituvchi o’quvchilarda o’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, keyin esa dunyoning tabiiy xaritasi to’g’risida boshlang’ich tasavvurlar hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib, ularni o’z o’lkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqqoslashi kerak. Shunga intilish kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.

Slayd 17

“Kosmosni o’zlashtirish tarixi» mavzusi orqali o’quvchilar globus – yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo’ldoshi, Yerning harakati, kun bilan tun, issiqlik va yorug’likning Yerda taqsimlanishi, yerning sun’iy yo’ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo’lishadi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash, nechta okean, qita mavjudligi, bizning davlatimiz – O’zbekiston Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun oy yerning yo’ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan yerdan farq qilishi, quyosh va uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil fasllarining hosil bo’lishi kabi savollarga javob topishlari va bajarishlari lozim.

Slayd 18

“Inson o’simliklar hayotiga qanday ta’sir o’tkazadi» mavzusini o’rgana turib, o’qituvchi tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri jamiyatimiz fiiqarosi tomonidan bajarilishi zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e’tibor tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishlarga qaratiladi.

Slayd 19

Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo’lib qolmasdan, balki xalq ma’naviy boyligining asosi hamdir. O’qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to’g’risida qanday g’amxo’rlik qilinayotganini gapirib berishi, o’quvchilarni O’zbekiston Konstitutsiyasida o’z aksini topgan tabiat muhofazasi to’g’risidagi modda bilan, shuningdek, O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyatining Nizomi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ma’naviy tarbiyasida katta ahamiyatga ega.

Slayd 20

Tabiat muhofazasi to’g’risida g’amxo’rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi masalalarini o’rganish ushbu mavzu bilan cheklanmaydi. Bu tabiatshunoslik kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko’paytirishga intilishni rivojlantiradi.

Slayd 21

Shunga ko’ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul manzarali o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi o’rtasida tarqatishga, guzarlarda ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o’simliklarni o’stirishga jalb qilish kerak.

Slayd 22

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 23

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“3-4-sinf tabiiy fanlar o’qitish metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar