1918-1939-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
8000 so'm

Slayd 1
1918-1939-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Slayd 2
Tayanch tushunchalar:
AQShning dunyodagi yetakchi davlatga aylanishi, “Davatkorlik to‘g‘risidagi hujjat”, AQShda ishlab chiqarishning o‘sishi, Yangi ijtimoiy falsafa, “Buyuk depressiya”, Prizident Ruzveltning ichki va tashqi siyosati, “Lend-Liz haqidagi qonun”.
Slayd 3
Birinchi jahon urushi yillarida AQSH qirg‘inchilik urushini cho‘zish, yanada ko‘proq foydani qo‘lga kiritish, boshqa mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan qaram qilib qo‘yish maqsadlarini ko‘zda tutdi. AQSH urushning dastlabki yillarida “betaraflik” yo‘lini tutdi, 1917-yil aprelidan jahon urushida ishtirok etdi. AQShdan urushda halok bo‘lgan va yarador bo‘lganlarning soni 300 ming kishidan sal oshdi. Ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi yanada kuchayib ketdi. Buning natijasida yirik monopolistik birlashmalar, juda katta trestlar vujudga keldi.
Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz-yillarida AQSH
Slayd 4
Neft ishlab chiqarish, po‘lat eritish singari yirik sanoat tarmoqlari, temir yo‘llar Rokfeller, Morgan, Dyufon, Vanderbild, Mellon kabi yirik milliarderlar qo‘lida to‘plandi. Bunday monopolistlarning foydasi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Ularning olgan foydasi 1914-yil 3 mlrd. 940 mln. dollar bo‘lsa, 1919-yilda 9 mlrd. 411 mln. dollarga yetdi. Chet mamlakatlarga mahsulot va kapital chiqarish tezlashib ketdi. 1920-yilda chet elga chiqarilgan mahsulot summasi 8 mlrd. dollarga, kapital chiqarish 6,4 mlrd.dollarga yetdi. Eksport importdan ancha oshib ketdi. AQSH boshqa davlatlardan qarz oluvchi mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylandi.
Slayd 5
Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq AQShda mamlakat tarixidagi eng shafqatsiz va keng miqyosli qatag‘on avj oldirildi. 1918-yil mayida AQSH hukumati “Da’vatkorlik to‘g‘risidagi hujjat”ni e’lon qildi. Unga ko‘ra mamlakatdagi mavjud tuzum to‘g‘risida bildirilgan barcha salbiy fikrlar jinoyat deb e’lon qilindi. Bunday ayb bilan qamoqqa olingan har qanday odamga 10 ming dollar jarima solish yoki 20 yil muddatga qamoq jazosi ko‘zda tutildi. 1920-yil yanvarida AQSH politsiyasi 70 ta shaharda taraqqiyparvar tashkilotlarning a’zolariga qarshi tadbir uyushtirdilar.
10 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi.
“Da’vatkorlik to‘g‘risidagi hujjat”
Slayd 6
Radikal g‘oyalari bilan farq qiluvchi so‘l yo‘nalishdagi kasaba uyushmalari- “Jahon sanoati ishchilari” tashkiloti deyarli tugatildi (1917-yilda uning saflarida 100 ming a’zo bor edi. 1922-yilga kelib faqat 1000 ta a’zo qoldi). Hukumat tomonidan amalga oshirilgan qatag‘on AQShdagi so‘l harakatning tanazzuliga olib keldi.
1920-yillar o‘rtasiga kelib AQShda o‘zgacha fikrlovchilar va so‘l tashkilotlarga barham berildi.
Slayd 7
Versal sulh shartnomasi
AQSH Parij sulh konferensiyasida imperialistik Versal sistemasini tuzushda katta rol o‘ynadi. U Germaniyani zaiflashtirib yubormaslikka, hatto Chexoslovakiyaning bir qismini Germaniya foydasiga ajratib olishga, kuchli nemis armiyasini saqlab qolishga, binobarin, Germaniyaning Antanta davlatlariga, avvalo Sovet Rossiyasiga, shuningdek, Angliya va Fransiyaga qarshi kuchli bir davlat bo‘lib qolishiga intildi. AQSH urushdan keyingi xalqaro munosabatlarga yetakchi rol o‘ynashga, Angliya Fransiya Yaponiyani Xitoy hamda boshqa mamlakatlardan siqib chiqarishga urindi. Versal sulh shartnomasi Angliya va Fransiya davlatlarining manfaatlariga muvofiq bo‘lib chiqdi.
Slayd 8
Vashingtonda xalqaro konferensiya
AQSH 1921-yil noyabridan 1922-yil fevraliga qadar Vashingtonda xalqaro konferensiya chaqirdi. Konferensiyaning eng asosiy qarorlari quyidagi uchta shartnomada o‘z ifodasini topdi:
1) To‘rt davlatning (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyaning) “Tinch okeandagi bir-birlarining mustamlaka yerlarining daxlsizligi to‘g‘risidagi shartnomasi”:
2) To‘qqiz davlatning (konferensiyada ishtirok etgan hamma davlatlarning) “Xitoyning territorial va ma’muriy mustaqilligi prinsipini tanish to‘g‘risidagi shartnomasi”;
3) Besh davlatning (AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya va Italiyaning) “Dengiz qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnomasi”;
Bu shartnomalar Vashington sistemasini vujudga keltirib, Uzoq Sharq va Tinch okeanida AQShning pozitsiyasini mustahkamladi.
Slayd 9
Barqarorlashuv yillarida AQSH
1922-1929-yillarda AQShda vaqtincha, qisman barqarorlashuv yillari bo‘ldi. AQShdagi barqarorlashuv Yevropa mamlakatlaridagi barqarorlashuvdan ilgariroq (1922-yil oxirida) boshlandi, hamda Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan oldinda bordi. 1923-1929-yillarda AQShdagi sanoat mahsulotining umumiy hajmi 20% oshdi, yollanma ishchilar soni esa 7,6% kamaydi. 1926-1929-yillarda AQSH sanoat mahsuloti yuqoridagi 5 ta mamlakat mahsulotidan 9% ortiq bo‘ldi. 1928-1929-yillarda AQSH iqtisodiyotining juda yuksalgan yillari bo‘ldi. Barqarorlashuv yillarida kapital tez konsentratsiyalashdi va markazlashdi. Juda ko‘p sanoat korxonalari birlashtirildi. Minglab kichik va o‘rta korxonalar tugatildi. Qishloq xo‘jaligida ham yirik fermer-kapitalistlar xo‘jaligi mayda fermerlarning xonavayron bo‘lishi hisobiga kengaydi.
Slayd 10
Avtomobilsozlik
Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya – “Ford”, “General Motors” va “Kraysler” butun avtomobil sanoatini o‘ziga bo‘ysundirdi. Kimyo sanoatida “Dyupon” firmasi, po‘lat qo‘yish sanoatida “Po‘lat tresti” hukmronlik qildi. Banklarning hukmronligi ayniqsa beqiyos bo‘ldi. Morgan va Rokfeller nazorati ostidagi olti yirik bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarmidan ortig‘ini nazorat qildi. Amerikaning barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat siyosatining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdilar.
Slayd 11
1920-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan Respublikachilar partiyasi muhim rol o‘ynadi. 1920-yildagi prezidentlikka saylovlarda Demokratlar partiyasi mag‘lubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. Ular Oq uy va Kongressda 1932-yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik kursida U.Garding (1921-1923), K.Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G.Guver (1929-1932) o‘tirdi.
Slayd 12
Mamlakat iqtisodini o‘rganish uchun G.Guver boshchiligida tuzilgan maxsus hukumat komiteti 1929-yil fevralida o‘zining tekshirish ishini tamomlab, “yuqori iqtisodiy aktivlik”, “barqarorlik” va “mustahkam iqtisod”, “ajoyib taraqqiyot” haqida hisobot yozdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan, 1929-yil oktyabridayoq zo‘r iqtisodiy inqiroz boshlanib ketdi. AQSH 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qoldi.
Slayd 13
Qishloq xo‘jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo‘jaliklarining ommaviy inqiroziga sabab bo‘ldi. Inqiroz-yillarida milliondan ortiq fermer xo‘jaliklarining bor-budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa ishsizlar safiga qo‘shilishdi. Ishsizlik amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933-yili mamlakatda 17 mln. ishsiz bo‘lib, har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi.
Slayd 14
“Ocharchilik yurishlari”
Buyuk depressiya ommaviy ish tashlashchilik harakatiga turtki berdi, ishchilar va fermerlarning chiqishlari boshlandi. 1931-yil dekabrida va 1932-yili ishsizlarning Vashingtonga yurishlari tashkil etildi. Ular “ocharchilik yurishlari” deb nomlandi. G‘alayonlar qishloq xo‘jalik hududlariga ham tarqaldi.
Slayd 15
F.Ruzvelt AQShning o‘ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932-yildan 1944-yilgacha prezidentlikka to‘rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko‘ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin. Ruzvelt prezident bo‘lgach, Amerika iqtisodiyotida “yangi yo‘nalish” sifatida shuhrat qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi.
F.Ruzvelt
Slayd 16
Ruzvelt amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e’tibor qaratdi. 1933-yil 12-mayda “Fermerlarga yordam haqidagi qonun” qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Davlat yuz minglab fermerlarga kreditlar berdi.
Slayd 17
Ikkinchi jahon urushi arafasida AQSH
Slayd 18
Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatining liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo‘lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganligidir. Ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar me’yorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirdi. 1935-1937-yillarda AQSH bilan SSSR o‘rtasida ikki mamlakatning o‘zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi.
Slayd 19
1933-yili AQSH hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan “yaxshi qo‘shnichilik” siyosatini e’lon qildi. F.Ruzvelt Gaitidan Amerika qo‘shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQShning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSH Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar Angliya va Germaniyani tezda qisib qo‘yishga erishdi.
Slayd 20
1941-yil 11-martda Kongress AQSH mudofaasi uchun hayotiy muhim hisoblangan qurol va harbiy anjomlar qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berish uchun imkon yaratgan lend-liz haqidagi qonunni qabul qildi. AQSH lend-liz bo‘yicha amalda Angliyaga, Sovet Ittifoqi va Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Imperialistik ziddiyatlarning kuchayib borishi sharoitida AQSH hukumati Yaponiyaga diplomatik norozilik bildirdi. Amerika mahsulotlari uchun bozorlarni kengaytirishga urindi.
Slayd 21
Prezident F.Ruzvelt 1939-yil martida “betaraflik” to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Bu masala kongressda qizg‘in ravishda muhokama qilindi. Vakillar palatasida izolyatsionistlardan iborat ko‘pchilik (188 ovozga qarshi 200 ovoz bilan) “betaraflik” to‘g‘risidagi qonunni o‘z kuchida qoldirdi. Bu bilan fashist agressorlari uchun qulay sharoit saqlanib qoldi.
Slayd 22
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.