1871 1914 YILLARDA GERMANIYA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
1871-1914 YILLARDA GERMANIYA
=== Taqdimot 2 ===
01
Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi. 1871-yilgi imperiya Konstitutsiyasi.
REJA:
02
Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Germaniyaning mustamlakachilik eksplantatsiya.
03
Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy harakat.
=== Taqdimot 3 ===
Tayanch tushunchalar
Berlin, Prussiya qiroli, Avstriya, Bavariya, Saksoniya, Gannover, Germaniya ittifoqi,»Uch qirol uniyasi», Frankfurt-Mayn, Fridrix Vilgelm I, Rossiya podshosi Nikolay I , Fransiya-Avstriya urushi, Prussiya harbiy ministri Fon Roan, Brandenburg, knyaz Otto Fon Bismark, bosh ministr, harbiy va tashqi ishlar ministri.
=== Taqdimot 4 ===
Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi. 1871-yilgi imperiya Konstitutsiyasi
01
=== Taqdimot 5 ===
Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya’ni 1871-yilning 18-yanvarida barcha German davlatlarining monarxlari Versalga to‘planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildilar. Ilgari shimoliy german ittifoqiga kirgan davlatlarga yana to‘rtta Janubiy german davlatlari qo‘shildi, bularning eng yirigi Bavariya edi. shunday qilib, reaksion Prussiya monarxiyasi rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi.
=== Taqdimot 6 ===
1871-yil aprelida Ta’sis Reyxstagi umum german Konstitusiyasini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo‘lib qoldi. Imperiya tarkibiga o‘zining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. Elzas va lataringiya imperiyaga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirdi, bu hokimni imperatorning o‘zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o‘z konstitutsiyalari, vakillik muassasalari(laydtaglari)ni saqlab qoldilar. Davlat bajargan vazifalarning faqat ba’zi bir qismi – cherkov faoliyati, ma’rifiy ishlar, “to‘g‘ri” soliq solish, ma’muriyat ishlari ularning o‘z sho‘lida qoldirildi.
=== Taqdimot 7 ===
Germaniyaning birinchi Imperiya kansleri edi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo‘lmagan Vilgelm I ni o‘ziga tamomila bo‘ysundirib olib, deyarli 20 yil davomida (1871-1890) mamlakatda cheksiz hokimlik qildi.
=== Taqdimot 8 ===
Germaniyadagi katolik ruhoniylar ayniqsa uning qo‘l ostidagi Polsha, Elzas va lataringiyada Bismarkning prusslashtirish siyosatiga qarshi harakatlar kuchayganligi uchun Bismark 1872-yil mayda ruhoniylar faoliyatini cheklaydigan qonun chiqarib oldi. Katoliklar cherkovi va ularning organi “Doychland” gazetasi unga qarshi kompaniya boshladi. “May qonunlari” ularni sindirish uchun qabul qildi. Bu qonunga muvofiq ruhoniylarning maktablar ustidan nazorati bekor qilindi.Ularning tashviqot, da’vati taqiqlandi. Ularni tayyorlash davlat tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Cherkov nikoh,tug‘ilish va o‘lim holatlarini qayd etishi bekor qilindi va davlatga o‘tkazish uchun Bismarkning katolik cherkoviga qarshi kurashish tarixda “Kulturkemor” “madaniyat uchun kurash” deb nom olgan. Izeutlar va itoatsiz ruhoniylarga qarshi kurash ana shu nom bilan atalgan.
=== Taqdimot 9 ===
Germaniya xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirish Bismark o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 1873-yilda Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan ittifoq to‘g‘risida shartnoma – “Uch imperator shartnomasi”ni tuzdi. Bismark 1875-yilda Fransiyani 1871-yildagiga nisbatan ham ko‘proq qaramlikka olish va uni Germaniya vassali holiga tushirish uchun unga qarshi urush boshlashga tayyor turgan edi. Bismark Yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini tortib olingan Elzas va lataringiya uchun qasos oluvchi armiya deb bilib, Fransiya hali batamom mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush boshlashga shoshilmoqda edi. Rossiya bilan Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar, shu sababli Bismarkka Fransiyani Yangidan tor-mor keltirishga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirib qo‘ydilar. Germaniya chekindi.
Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Mustamlakachilik eksplantatsiyasi
=== Taqdimot 10 ===
Germaniya ikki frontda urush qilishdan qo‘rqardi. U “kaolisiyalar dahshati” tinchimni buzyapti, deb , ayniqsa, Rossiya bilan urishishdan cho‘chirdi. 1879-yilda Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga xalaqit berish niyatida 1881-yili “Uch imperator ittifoqi”ni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya -Germaniya ittifoqiga qo‘shimcha qilinib, Germaniya va Avstriya-Vengriyaning Italiya bilan ittifoqi tuzildi. Italiyaning ittifoqqa kirishiga sabab, Fransiya bilan munosabatlarining keskinlashuvi edi. Chunki, Fransiya Italiya da’vo qilib yurgan Tunisni 1881-yilda bosib olgan edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarim orolida Rossiya bilan raqobatlashmoqchi edi. shunday qilib, uchta teng maslakdosh kuchlar birlashib, 1882 yili harbiy ittifoq, “Uchlar ittifoqi”ni tuzishga erishdilar.
=== Taqdimot 11 ===
Endilikda Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalitsiyaga bosh bo‘lib oldi. Bismark o‘z siyosiy rejalarini amalga oshirish yo‘lida Rossiyani asosiy g‘ov deb bilar, qanday bo‘lmasin Rossiyaga zarar etkazishni mo‘ljallar edi. shu maqsadda Angliya bilan Turkiyani Rossiyaga qarshi gijgijlay boshladi.
=== Taqdimot 12 ===
Germaniya Yevropa urushiga tayyorlanishi bilan birga yirik German kapitalining talabiga ko‘ra mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yil Bremen savdogarlari Afrikaning janubi-g‘arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta eski miltiq va 2000 marka badaliga erli qabila boshlig‘idan anchagina hududni sotib oldilar. Germaniya bu erni 1884-yil aprelida o‘z protektorati deb e’lon qildi. Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning Yangi erlarni bosib olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi.
Mustamlakachilar qurol ishlatdilar. Nemis qo‘shinlari afrikaliklar manziliga to‘satdan hujum qilib, aholini vahshiylarcha qirdilar.
=== Taqdimot 13 ===
XIX asrning 90-yillarida Germaniyaning tashqi siyosatida Yangi davr boshlandi. German hukmron doiralari o‘z hududlarini kengaytirish uchun urushga tayyorlana boshladilar. Imperator Vilgelm I davrida Bismark imperiya siyosatini teng huquqli rahbari edi.
Vilgelm I ning nabirasi Vilgelm II taxtga o‘tirgach, ko‘p narsa o‘zgardi. Vilgelm II Germaniya hukmron doiralari bosqinchilik siyosatining “jarchisi” va faol amalga oshiruvchisi bo‘lib chiqdi. Sotsial-demokratlarga qarshi kurashda Bismark usullarining muvaffaqiyasizlikka uchraganligi, tashqi siyosatda, ayniqsa rus-german munosabatlarining yomonlashuvi Bismark siyosatiga qarshi kuchlarni yuzaga keltirdi. Qat’iyroq mustamlaka siyosati yurgizishni talab qilgan yirik burjuaziyaning harakati bilan 90-yillarning oxirida Xitoyning Szyaochjouvan ko‘rfazi va Shandun yarimorolining bir qismi bosib olindi.
=== Taqdimot 14 ===
O‘sha vaqtdayoq Germaniya Tinch okeanidagi Karolina, Marianna orollarini va Samoa orolining bir qismini egallagan edi. Bundan oldin,
1885-yilda u Marshall orollarini qo‘lga kiritgan edi. 1900-yilda Germaniya boshqa g‘arb davlatlari bilan birga Xitoyda milliy ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi. Xitoyda German jazo qo‘shinlari general Valderze boshchiligida deyarli qurolsiz bo‘lgan xitoyliklarga nisbatan mudhish yovuzliklar qilib, ayollar va bolalarni o‘ldirdi. Imperator Vilgelm II Xitoyga qo‘shin yuborar ekan, yuzsizlik bilan shafqat qilmaslikni, asir olmaslikni tavsiya qildi, “toki bundan buyon, hatto ming yildan keyin ham Xitoy nemisga ola qarolmaydigan bo‘lsin” dedi. Chunki, Xitoyda nemis vakili Ketteler o‘ldirilgan edi. 1895-yil shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali ochildi. 1898-yilda Reyxstag harbiy flot qurishning keng dasturini qabul qildi.
=== Taqdimot 15 ===
Germaniya SHarqqa, Turkiyaga, slavyan xalqlariga yurishini “Sharqqa yurish” shiorida ifodaladi. 1898-yilda Vilgelm II “Hazrati Iso qabri”ni ziyorat qilish bahonasi bilan Falastinga bordi. U safar vaqtida Turkiya sultoni bilan uchrashib, reja orqali Bosfordan Kichik Osiyo orqali Bag‘dodga va undan Fors qo‘ltig‘igacha temir yo‘l qurish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu yo‘l “Bag‘dod temir yo‘li” deb ataladigan bo‘ldi. 1903-yilda Turkiya bilan Germaniya o‘rtasida bu to‘g‘rida yakunlovchi bitim imzolandi.
=== Taqdimot 16 ===
Angliya Germaniyaning Turkiyaga yaqinlashuvidan tashvishga tushib qoldi, chunki uning o‘zi Arabiston bilan Mesopatamiyani bosib olish niyatida edi. Bundan tashqari, nemislarning Fors qo‘ltig‘iga chiqishi Angliyaning Hindistondagi manfaatlarini xavf ostida qoldirardi. Angliya “Bag‘dod temir yo‘li”ning Fors qo‘ltig‘iga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1901-yilda Quvayt ustidan protektorat o‘tkazdi. Nemis hukmron doiralarining rejalari qudratli davlatlar Fransiya va Rossiya o‘rtasida keskin nizo chiqishiga olib keldi. Germaniya zo‘r berib qurollanishni boshlab yubordi. Armiya soni keskin kuchaytirib yuborildi. Reyxstag katta harbiy kemalar qurishga va suv osti floti uchun yangidan-yangi mablag‘larni tasdiqlab turdi.
=== Taqdimot 17 ===
Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi yagona ichki bozorni vujudga keltirdi. Sanoatning o‘sishiga Germaniya Fransiyadan olgan 5 mlrd. frank kontributsiya (tovon) yordam berdi. Ko‘p sonli korxonalar Germaniyadan oldinroq industrlashtirish yo‘liga o‘tgan davlatlardagiga qaraganda ancha mukammal, yuqori unumli eng Yangi texnika bilan bilan qurollantirildi. Sanoatning tez rivojlanishi hamda ishlab chiqarishning tobora yirikroq korxonalarda tezlik bilan to‘planishi jarayoni iqtisodiyotning eng xarakterli xususiyatlaridan biridir. Masalan, Germaniyada 1895-yilda har mingta sanoat korxonasidan 6 tasi yirik, ya’ni 50 dan ortiq ishchisi bo‘lgan korxona edi.
Iqtisodi taraqqiyot va ijtimoiy harakat
=== Taqdimot 18 ===
1907-yilda Germaniyada ming va undan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalar 586 ta edi. Jami ishchilar sonining qariyb o‘ndan bir qismi (1,38 mln.) bug‘ va elektr kuchlarining qariyb uchdan bir qismi shu korxonalarda edi. Moliya kapitali va banklar bir hovuch eng yirik korxonalarining bundan ustunliklarini tag‘in ham oshirib, millionlab mayda va o‘rta korxonalarni bir necha yuz “millioner” moliyachilarga qaram qilib qo‘ydi.
=== Taqdimot 19 ===
Germaniya qudratli industrial davlat bo‘lib qoldi. Moliyaviy guruhlar yana ham ko‘proq foyda olishga harakat qilib, o‘z kapitallarini rivojlanayotgan sanoatga sola boshladilar. Ko‘mir qazib chiqarish, cho‘yan va po‘lat eritishning deyarli barchasini 4 ta monopoliya nazorat qilardi. Monopolistlarning ikkita guruhi deyarli butun Kime sanoatini, yana ikkitasi elektr sanoatini nazorat qilardi.
=== Taqdimot 20 ===
1914-yilga kelib Germaniya
1871-yilga qaraganda sanoat mahsulotlarini deyarli 7 barobar ko‘p ishlab chiqarmoqda edi. Sanoat ishlab chiqarishning hajmi bo‘yicha u Fransiyani ortda qoldirdi. XX asr boshlarida esa u Angliyadan o‘zib ketib, jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
=== Taqdimot 21 ===
Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya’ni 1871-yilning 18-yanvarida barcha German davlatlarining monarxlari Versalga to‘planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildilar. Ilgari shimoliy german ittifoqiga kirgan davlatlarga yana to‘rtta Janubiy german davlatlari qo‘shildi, bularning eng yirigi Bavariya edi. shunday qilib, reaksion Prussiya monarxiyasi rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. YAgona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi.
Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi
=== Taqdimot 22 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“1871 1914 YILLARDA GERMANIYA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar