Psixologik trening tashkil etish bosqichlari
6000 so'm

=== Taqdimot: Psixologik trening tashkil etish bosqichlari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Psixologik trening tashkil etish bosqichlari
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Trening haqida umumiy tushuncha.
2. Trener shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar.
3. Treningning asosiy qonunlari.
4. Trening tashkil etish bosqichlari.
=== Slayd 3 ===
Trening tushunchasi inglizcha “train’, training” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘qitmoq, tarbiyalamoq, mashq qilmoq kabi ma’nolarni bildiradi. Xuddi shunday ko‘p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot sohasidagi bilimdonlik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi.
=== Slayd 4 ===
Trening – bu turli faoliyat sohalarida keng qo‘llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o‘qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o‘quv shakllardan biridir.
=== Slayd 5 ===
L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: “Trening – shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko‘nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir”, shuningdek, “Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir”.
=== Slayd 6 ===
G.A.Kovalev ijtimoiy-psixologik treningni ijtimoiy-didaktik faol yo‘nalishdir deb hisoblaydi.
B.D.Parigin esa guruhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsultatsiya metodlarini faol o‘qitish uchun foydalaniladi.
=== Slayd 7 ===
P.O. Gorboshina
“Trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulot turidir” deb ta’kidlab, trener faoliyatini xuddi olmosni qayta ishlab unga jilo berish bilan bog‘liq o‘ta nozik zargarning ma’suliyatli faoliyat turiga taqqoslaydi.
=== Slayd 8 ===
Trening o‘tkaziladigan xona.
Har bir ishtirokchi xonada o‘zini erkin his etishi uchun lozim bo‘lgan barcha sharoitlarning bo‘lishi trening samarasini ta’minlovchi omillardan biridir. Shuni hisobga olgan holda trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga mo‘ljallangan, kerakli anjomlar bilan jihozlangan bo‘lishi tavsiya etiladi.
=== Slayd 9 ===
Xonaning bir chekkasida dumaloq shaklda qo‘yilgan stullar, bir chekkasida yumshoq mebel o‘rindiqlari, 2-3 dona stol, akvarium, devorda 1-2 dona manzarali tasvir aks ettirilgan rasmlar, imkon darajasida chiroyli manzarali gullar bo‘lishi lozim. Bulardan tashqari mashg‘ulot jarayonida foydalanish uchun magnitofon, televizor, videopleer, proektor, kompyuter jihozlari bo‘lishi kerak.
=== Slayd 10 ===
Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
01
02
03
O‘zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi
O‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi
Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish
=== Slayd 11 ===
Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
04
07
05
06
Empatiya, ya’ni o‘zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi
O‘zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo‘lish
O‘z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash
O‘zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash
=== Slayd 12 ===
Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
08
09
10
Tinglovchilar va o‘yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik
Rejalashtirish qobiliyatining bo‘lishi
O‘ziga ishonch, e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo‘lishi
=== Slayd 13 ===
Treningda samarali muloqotga erishish omillari:
Ikki tomonlama muloqotning mavjudligi ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo‘ylik tamoyillariga e’tibor berish
Maqsadning aniq bo‘lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi
=== Slayd 14 ===
Treningda samarali muloqotga erishish omillari:
faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolaro o‘rtasida teng taqsimlanishiga erishish
ta’sir ko‘rsatish yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi
qaror qabul qilish va munozaralarni yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusni o’z qo‘liga olish huquqidan foydalanish
=== Slayd 15 ===
Treningda samarali muloqotga erishish omillari:
bahs va tortishuvlarga doimo to‘g‘ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zolari tomonidan baholanishi o‘yin yoki munozarani yana davom ettirish yoki to‘xtatish masalasiga oydinlik kiritadi
T-guruh a’zolarining maksimal tarzda o‘zini ko‘rsatish, hattoki, o‘zidagi yashirish emotsiyalarni va yangiliklarni ro‘y-rost namoyon etishga undash lozim
=== Slayd 16 ===
“Mikrofon” qonuni
Treningning asosiy qonunlari:
Barcha ishtirokchilar mashg‘ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo‘lishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va o‘zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo‘ladi.
Kimning qo‘lida mikrofon bo‘lsa o‘sha odam gapiradi. Mikrofon sifatida mashq o‘tkazish vaqtida aylana bo‘yicha har bir ishtirokchiga uzatiladigan biror bir yumshoq o‘yinchoqdan, oddiy marker yoki ruchkadan foydalanish mumkin.
“00” qonuni
=== Slayd 17 ===
Treningning asosiy qonunlari:
Siz biror bir mashqni bajarishda ishtirok etmasligingiz mumkin. Bu siz vazifani bajara olmaysiz degani emas, balki siz chetdan turib kuzatmoqchisiz. Bu haqida avvaldan ma’lum qilish kerak bo‘ladi.
Bu qonun o‘zining fikrini birinchi shaxs nomidan bayon etish, ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o‘ylashimcha…”. Har bir ishtirokchi guruhning boshqa qatnashchilarining fikrlarini bilmaydi.
“Faollik” qonuni
“Faqat o‘z fikrini bayon etish” qonuni
“Xushmuomala bo‘lish” qonuni
Bu qonun ayniqsa o‘smirlar guruhida muhimdir. Trening vaqtida bir-birini familiyasi va laqabi bilan atash mumkin emas.
=== Slayd 18 ===
“Muloyimlik” qonuni
Treningning asosiy qonunlari:
Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish bo‘lsa har bir chiqish oldidan o‘z ismini aytishi kerak bo‘ladi.
Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va o‘zlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
“O‘z ismini aytish” qonuni
“Shu yerda va hozir” qonuni
Ayni vaqtda va shu yerda bo‘layotgan jarayonning, shuningdek, qatnashchilarning his-tuyg‘ulari, kechinmalari va munosabatlarini trening doirasida ko‘rib chiqish va ularni kelajak yoki o‘tmish bilan bog‘lamaslik kerak.
=== Slayd 19 ===
“Ishtirokchi sifatida faqat o‘zini taklif etish” qonuni
Treningning asosiy qonunlari:
“Trening vaqtida sodir bo‘ladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. Bu qonun trening qatnashchilariga o‘z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi.
Ko‘p hollarda ba’zi ishtirokchilar biror bir mashqda ishtirok etishni xohlamasdan boshqa ishtirokchilarni taklif etadilar. Bu esa boshqalarga ham ta’sir ko‘rsatib, treningning muvaffaqiyatli tugashiga aks ta’sir etadi.
“Konfidensiallik” qonuni
=== Slayd 20 ===
Trening qonunlarining maqsad va vazifalari:
Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.
Guruhiy trening o‘tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.
Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.
=== Slayd 21 ===
SPT dasturini tuzishga qo‘yiladigan talablar:
Trening mavzusini aniqlash
Trening maqsadini aniqlash
Trening maqsadiga olib boruvchi vazifalarni aniqlash
Trening bosqichlarini aniqlash
Uchrashuvlar maqsadini aniqlash
Har bir uchrashuvni mazmunan boyitish
=== Slayd 22 ===
o‘yinli
Har bir uchrashuvda turli mashq-topshiriqlar belgilanadi:
psixogimnastik
diskussion
=== Slayd 23 ===
Har bir uchrashuvda quyidagilar aniqlashtiriladi:
1. Maqsad va nom (mavzu);
2. Boshlovchi tomonidan olib boriluvchi informatsion qism;
3. Protsedura mazmuni;
4. Boshlovchi ko‘rsatmasi;
5. Guruhiy muhokama (refleksiya).
=== Slayd 24 ===
Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi
1. Guruhni tashkil etish yoki yig‘ish bosqichi.
2. Boshlang‘ich bosqich.
3. Ishni olib borish bosqichi.
4. Yakunlash bosqichi.
=== Slayd 25 ===
Guruhni tashkil qilish bosqichida quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo‘lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo‘lganlarda aks ta’sir bo‘lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo‘lsa kerak.
=== Slayd 26 ===
Ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo‘lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin.
Guruhni tashkil qilish bosqichida quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:
Guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo‘lgani ma’qul.
Treningda muammosi bir xil bo‘lgan odamlarni to‘plash kerak.
Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi kerak.
=== Slayd 27 ===
Bundan tashqari trener quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi:
• Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo‘lishlari lozim.
• Trening o‘tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo‘lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga xalaqit bermasligi kerak.
• Rasmiylashgan guruh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
• Trenerdan auditoriya erkin bo‘lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilishi talab etiladi.
=== Slayd 28 ===
Trening o‘tkazuvchi uchun shart bo‘lgan ishlar:
Navbatdagi mashg‘ulot rejasi
Qatnashuvchilar savollariga javob berish
Ssenariy mazmunini tahlil etish
Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almashish
Qatnashuvchilar emotsional holatini nazorat qilish
Har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish
Mashg‘ulot oxirida qatnashuvchilar o‘z fikrini bayon qilishlariga imkon berish
Muhokama tashkil qilish
=== Slayd 29 ===
Tanishuv bosqichini turli usullarda tashkil etish mumkin:
Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo‘lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va hokazolarning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga bo‘linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo‘lish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga bo‘linganlaridan so‘ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol javoblar uchun ularga 10-15 minut vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o‘zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo‘nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo‘ladi.
=== Slayd 30 ===
Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o‘zi haqida nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo‘lganlaridan so‘ng, ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo‘yib beriladi.
=== Slayd 31 ===
Kartochkalar usuli — har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida nimani tanishtirishni istasa, o‘shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o‘xshatib hamma o‘z oldiga qo‘yib qo‘yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o‘qib o‘zaro tanishadi.
Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham aytib o‘tish so‘raladi.
=== Slayd 32 ===
Guruh ishtirokchilarining kutuvlarini aniqlash.
Trening jarayonida vaqtning bir qismi ishtirokchilarning xohlagan natijalarini aniqlashga bag‘ishlanishi kerak bo‘ladi. Kutish bilan ishlash ta’lim samaradorligini aniqlashning muhim elementidir. Bunday holda, taxminlar va natijalar ijobiy nuqtai nazardan aniqlanishi uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Muayyan maqsadlar va umidlar bilan ishlashga etarli ijobiy munosabat (har bir ishtirokchi tomonidan qabul qilinadi) guruhning samaradorligini oshiradi.
=== Slayd 33 ===
E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.