=== Taqdimot 1 ===
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari
=== Taqdimot 2 ===
Dastlabki “pok to pok” o‘yini haqida
Basketbolga o‘xshab ketadigan o‘yin to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi ilk qabilasiga mansub bo‘lgan indeyslar “pok-to-pok” deb atalgan o‘yinni qiziqib o‘ynashgan. Ushbu o‘yinning butun mohiyati o‘yinchilarning to‘pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo‘lgan “to‘p” o‘rnida kauchukdan tayyorlangan dumaloq shardan foydalanishgan, uni halqaga “tushirish” uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish lozim bo‘lgan.
=== Taqdimot 3 ===
Dastlabki “pok to pok” o‘yini haqida
Bunga halqaning xiyla baland joyiga o‘rnatilganligini va buning ustiga yerga nisbatan tik ya’ni perpendikulyar tarzda joylashtirilganligini qo‘shadigan bo‘lsak, u holda halqaga tushirilgan birgina “to‘p” – shar butun o‘yinning taqdirini hal qilgan bo‘lsa kerak.
=== Taqdimot 4 ===
Pok to pok o‘yining ishtirokchilari va halqasi
=== Taqdimot 5 ===
XVI asrga kelib rivojlanishi
Oradan ancha vaqtlar o‘tib, eramizning XVI asriga kelganda meksikalik “basketbolchilar” bu o‘yinni takomillashtirdilar. O‘yin ijodkorlari zilday og‘ir kauchukdan tayyorlangan to‘p-sharni devorga o‘rnatilgan tosh halqa orqali o‘tkazishni ko‘zda tutgan edilar. Muvaffaqiyatli harakat qilib to‘pni halqaga tushirgan o‘yinchi tomoshabinlarning istalgan birining libosini o‘ziga “sarupo” qilib olish huquqiga ega bo‘lar edi. O‘yinda yutqazgan jamoaning kapitani esa ko‘pincha shafqatsiz jazoga mahkum etilar, uning boshini tanasidan judo qilar edilar.
=== Taqdimot 6 ===
1603-yilda Bryuis tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o‘xshagan o‘yin aks ettirilgan, Vet esa “Sport ensiklopediyasi” (1818-yil) degan kitobda Floridada odamlar qiziqib o‘ynaydigan o‘yin bayon etilgan: kimki savatchaga ko‘proq tushirsa o‘sha yutgan hisoblangan, savatcha esa baland ustunning eng uchiga mahkam o‘rnatib qo‘yilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon o‘yinini eslatadigan to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yin turi paydo bo‘lgan. Masalan, Spartada shunga o‘xshagan “episkirus” deb atalgan o‘yin, Qadimgi Rimda – “xarpastum” deb atalgan o‘yin, Italiyada “halqaga tushirish” o‘yinlari o‘ynalgan.
=== Taqdimot 8 ===
Qadim-qadim zamonlardan beri to‘p bilan o‘ynaladigan ko‘hna o‘yinlar yer sharidagi juda ko‘p xalqlar hayotida alohida o‘rin egallab turgan.
Ilk jamoa tizimi paydo bo‘lgan dastlabki davrlarda o‘yinlar zamonning og‘ir turmush sharoitiga chidash uchun odamlarni jismoniy chiniqishiga yaxshi yordam bergan, ularning mehnat faoliyatida ham va maishiy turmushida ham bunday o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik odamlar qabila-qabila bo‘lib yashaydigan davrlarga kelib, turli o‘yinlar, ayniqsa, koptok – to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar asta-sekin mehnat faoliyatidan ajralib chiqqan hamda turli ko‘ngilochar o‘yinlar, raqslar, bayram tantanalari atributlari qatoridan o‘rin olib, marosim tadbirlaridan biriga aylanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Pok to pok o‘yinining salbiy oqibatlari
Turli o‘yinlar, shu jumladan, basketbol o‘yini ham umumiy xususiyatlari bilan ajralib turgan, lekin odamlar o‘rtasidagi turlicha qarashlar, cheklangan kritaktlik singari mahdudlik ko‘rinishlari salbiy ta’sir ko‘rsatib o‘yinlarning keng miqyosda rivojlanishiga imkon bermagan.
=== Taqdimot 10 ===
Zamonaviy basketbolning rivojlanishi
Hozirgi zamon basketbol o‘yinining rivojlanish tarixi 1891-yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSH, Massachusets shtati) xristian – ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolleji)ning anatomiya va fiziologiya o‘qituvchisi doktor Djeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg‘ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi.
=== Taqdimot 11 ===
Zamonaviy basketbolning rivojlanishi
Neysmit tomonidan ijro qilingan o‘yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13-ta asosiy qoidalardan iborat bo‘lgan o‘sha o‘yinning dastlabki qoidalari 1892-yil 15-yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanlaydi, chunki bu to‘pni qo‘l bilan ilib olish oson bo‘lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to‘p yerdan doimo yuqoriga otilib o‘ynashi unga ma’qul bo‘lgan. Zamonaviy basketbolning rivojlanishi.
=== Taqdimot 12 ===
Djeymis Neysmitning olamshumul idroki
Bunday o‘yinning avj olishi hozirgi zamon basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o‘sha zamonlarda ham o‘yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan).
=== Taqdimot 13 ===
Djeymis Neysmitning olamshumul idroki
Neysmit shaftoli terishga mo‘ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o‘rnatib qo‘ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o‘tirgan. Uning vazifasi muvaffaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to‘pni savatcha ichidan olib, pastga o‘yinchilarga uzatib turishdan iborat bo‘lgan.
=== Taqdimot 14 ===
1891-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo‘yicha birinchi match
1891-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo‘yicha birinchi match o‘tkaziladi. Matbaa manbalari bu o‘yinning uch xil tug‘ilish sanasini qayd etadilar: 1891-yil 21-dekabr, 1892-yilning 15-va 20-yanvari. “O‘yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891-yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o‘tkazilgan ekan.
=== Taqdimot 15 ===
Dastlabki o‘yin qoidalari
Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o‘yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O‘yin ko‘pchilikka shu qadar ma’qul bo‘ldiki, tez orada o‘yin qoidasidan nusxa ko‘chirib berishni so‘rab Neysmitni xoli-joniga qo‘yishmadi
=== Taqdimot 16 ===
Dastlabki o‘yin qoidalari
Keyinroq, 1892-yilda u o‘z o‘yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinsip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to‘pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.
=== Taqdimot 17 ===
Basketboldagi ishtirokchilar soni ma’lum bo‘ldi
O‘yin texnikasining tez takomillashishi va o‘yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896-yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9-o‘yinchi bilan cheklab qo‘yish to‘g‘risida bir bitimga kelishildi.
=== Taqdimot 18 ===
Basketboldagi ishtirokchilar soni ma’lum bo‘ldi
O‘yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o‘yin maydonining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan. Tez orada jamoadagi o‘yinchilar soni butunlay standart xolga keltirildi: ya’ni bir vaqtning o‘zida 5 kishidan ortiq o‘yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo‘ldi.
=== Taqdimot 19 ===
Amerikadan keyin Yevropa va Osiyo davlarlarida rivojlanishi
AQSHda tuzilgan basketbol o‘yini oradan kun o‘tmay Xitoy, Filippin, Angliya, Fransiya, Italiya singari dunyoning ko‘p mamlakatlariga tarqalib ketadi.
=== Taqdimot 20 ===
FIBAning tashkil etilishi
1932-1947-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo‘yicha basketbol o‘yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o‘yini federatsiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu hodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o‘yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo‘ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham xalqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.
=== Taqdimot 21 ===
FIBAning tashkil etilishi
=== Taqdimot 22 ===
Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo‘lishi
1986-1990-yillarda milliy Federatsiyalar soni ortadi. Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo‘ladi. Basketbolchilarning xalqaro aloqalari mustahkamlanadi, o‘yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik metodikasi takomillashtiriladi.
=== Taqdimot 23 ===
Amerika milliy ligasi va jamoalari
Boston Celtics
Miluoki Bucks
Golden State
Los Angeles Clippers
Bruoklyn
Filadelfiya
Los-Anjeles Leykers
Mayami Heat
Dallas
Nyu-Orlean
=== Taqdimot 24 ===
Basketbolning O‘zbekistonga kirib kelishi
O‘zbekiston sportchilarini “basketbol” degan o‘yin bilan birinchi marta Moskva instruktorlar va chaqiriq yoshidagi yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maktabining bitiruvchisi Turkiston o‘lkasiga xizmat safariga yuborilgan umumta’lim vakili L.Barxash tanishtirgan. U 1920-yilning aprel oyida Skobalev (hozirgi Farg‘ona) shahrida instruktorlardan va harbiy xizmatga chaqiriq yoshiga etayotgan o‘smirlardan iborat basketbol jamoasi tashkil etadi. Ularga o‘yin qoidasini tushuntirib namunaviy o‘yinni o‘ziga o‘tkazib ko‘rsatadi. 28×16 metrli maydonchada o‘rtasidan ikkita uzunasiga chiziq tortilgan chegara qo‘yib, har birida 9 nafardan o‘yinchi bo‘lgan ikki jamoa uchrashadi.
=== Taqdimot 25 ===
I.Bluskiy rahbarligi ostida ayollar basketbol jamoasi
1920-yilning yozida va kuzida bir necha ko‘rgazmali uchrashuvlar o‘tkazildi. Yangi o‘yinga qizlar ham qiziqa boshlashdi. Shu yili Andijonda jismoniy tarbiya instruktori I.Bluskiy rahbarligi ostida ayollar basketbol jamoasi tashkil etildi. Qizlar unga “Lochin” nomini berishdi.
=== Taqdimot 26 ===
Oliy o‘quv yurtlarda dastlabki rasmiy musobaqaning o‘tkazilishi
1924-yilning avgustida Farg‘ona, Poltorask, Toshkent, Sirdaryo va respublika poytaxti oliy o‘quv yurtlarining terma jamoalari I – Butun Turkiston jismoniy tarbiya bayrami musobaqalarida uchrashdilar. Jismoniy va texnik tayyorgarligi o‘z raqiblarinikida ustunroq bo‘lgan Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari ushbu musobaqalarning g‘oliblari bo‘ldilar. Musobaqalarda taxminan 60 kishi ishtirok etdi. Musobaqalar “Moskva qoidalari” bo‘yicha o‘tkazildi. Yuzasi 26×15 m va to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lgan maydonchada o‘ynashgan.
=== Taqdimot 27 ===
Oliy o‘quv yurtlarda dastlabki rasmiy musobaqaning o‘tkazilishi
=== Taqdimot 28 ===
Bora bora yoshlar orasida rivojlanishi
Bora-bora basketbol yoshlar orasida keng tarqalib keta boshladi.
1927-yilda u 1 Butun O‘zbekiston Spartakiadasining dasturiga ham kiritildi. Ungacha esa shahar musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar birinchiligi uchun basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi, Farg‘onada 8 ta, Samarqandda 12, Andijonda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ularning ayrimlari klublar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, matbaachilar (Toshkent) – 3 ta jamoa temiryo‘lchilar (Samarqand, Andijon) har biri 2 tadan, profinternchilar (Toshkent) – 3 tadan jamoa tuzib o‘ynaganlar..
=== Taqdimot 29 ===
O‘zbek basketboliga hissa qo‘shgan mashhur basketbol yulduzi R.Salimova
=== Taqdimot 30 ===
SSSR tarkibidagi jamoamiz jahon arenalaridagi statistikasi
=== Taqdimot 31 ===
Kasaba uyushmalarining tashkil qilgan musobaqalari
Quyidagi faktlar o‘sha davrda basketbol tobora ommaviylashib borganligini ko‘rsatadi: u II Butun o‘zbek kasaba uyushmalari Spartakiadasining (1935-yil, iyun), Samarqandda o‘tkazilgan xotin-qizlar jismoniy tarbiya bayrami (1935-yil, avgust), Toshkentda o‘tkazilgan idoralararo spartakiada (1935-yil, sentyabr) dasturlariga kiritiladi. Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Buxoro shaharlarida alohida birinchiliklar o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 32 ===
Kasaba uyushmalarining tashkil qilgan musobaqalari
Xuddi o‘sha yili “Spartak”, “Lokomotiv”sport jamiyatlari tuzildi. Ushbu jamoalarda o‘quv-trenirovka jarayoni bilan shug‘ullanadigan murabbiylar paydo bo‘ladi. Chunonchi “Lokomotiv” jamiyatida M.Fedorov, “Spartak”da A.Kirillov, “Dinamo”da I.Konstantinov murabbiylik vazifasini bajaradilar. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining birinchi murabbiy K.K.Morozov bo‘lgan edi.
=== Taqdimot 33 ===
O‘zbek basketboliga ulkan hissa qo‘shgan Aljan Jarmuhammedov
Tug‘ilgan yil: 1944-yil 2-oktyabr SSSR UZB
Vafot etgan yili: 2022-yil 3-dekabr
Bo‘yi: 206 sm
=== Taqdimot 34 ===
A.Jarmuhammedovning qayd qilgan natijalari qayd qilgan natijalari
1967-yil Yevropa chempionatida oltin medal
1970-yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi
Basketbol bo‘yicha 10 karra SSSR chempioni
1971-yil Yevropa chempionatida oltin medal
1972-yil Olimpiya o‘yinlarida oltin medal
1975-yil Yevropa chempionatining kumush medali
1974-yil Olimpiya o‘yinlarining bronza medali
1978-yil Jahon chempionatining kumush medali
1979-yil Yevropa chempionatining oltin medali
=== Taqdimot 35 ===
Mustaqillik yillarida basketbol
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘ldi. Xalqaro maydonda o‘zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992-yil yanvarida O‘zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta tashkil etiladi, xuddi shu yili O‘zbekiston Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) ga a’zo bo‘lib kiradi. O‘zbekiston basketbolchilari shundan keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996-yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz Pokistonda o‘tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995-yilda Seul shahrida o‘tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o‘rinni egallaydi.
=== Taqdimot 36 ===
1996-yilda AQSHda Armiya klublari o‘rtasida musobaqalar o‘tkaziladi. Bu yerda bizning milliy jamoamiz SSKA (MHSK) 7-o‘rinni egalladi. 1997-yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o‘rtasida Xalqaro turnir o‘tkazildi. Bu erda o‘zbek basketbolchilari uch g‘alabaga erishib, yarim final o‘yinlarida Rossiya jamoasiga yutqazib quydilar va umumiy hisobda 3-o‘rinni egalladilar.
=== Taqdimot 37 ===
O‘zbekiston Respublikasini o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng 3 ta xalqaro toifadagi 12 ta milliy toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha Respublika Kubogi va birinchiligi o‘tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g‘alaba qozonib shohsupaning yuqorisiga ko‘tarilgan. 1991-1995-yillar oralig‘ida ayollar jamoalari o‘rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 1996-yildan hozirgi kungacha Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Har yili g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilaridan 20 dan ortiq o‘yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda.
=== Taqdimot 38 ===
Hozirgi kunda Oliy liga o‘g‘il va qiz bollar jamoalari
Erkaklar jamoalari
MHSKA
SKIF
So‘g‘diyona
Buxdu
Namangan
Xorazm
Sirdaryo
Qoraqalpog‘iston
Samarqand
Ayollar jamoalari
OKMK
Nukus
Jdpu Ziyokor
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Tshvsm
OKMK-2
FSK So‘g‘diyona
=== Taqdimot 39 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.