Ayirish a’zolarining tuzilishi 2
4000 so'm

Slayd 1
Ayirish aʼzolarining tuzilishi
Slayd 2
Ovqat tarkibida isteʼmol qilingan oqsil, yog‘, uglevodlar, suv, tuzlar meʼda-ichaklardan qonga soʻrilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali tananing barcha toʻqima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil boʻladi. Bu zararli qoldiq moddalar hujayralardan qonga oʻtib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi
Slayd 3
Ayirish organlariga buyrak, teri, oʻpka kiradi.
Slayd 4
Moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan gazsimon moddalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi.
Slayd 5
Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (oʻng va chap), siydik yoʻllari (oʻng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.
Slayd 6
Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (oʻng va chap), siydik yoʻllari (oʻng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi.
Slayd 7
Buyrak juft organ boʻlib (oʻng va chap buyrak), qorin boʻshligʻining bel qismida, yaʼni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. U loviya shakliga oʻxshash boʻladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq boʻlib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvozasi orqali siydik yoʻLI ham chiqadi. Har bir buyrakning ogʻirligi oʻrtacha 150 g keladi.
Buyrak boʻylamasiga kesib qaralganda, uning toʻqimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir poʻst qavat va ichki oqimtir magʻiz qavatdan iborat ekanligi koʻrinadi. Buyrak toʻqimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega boʻlgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln atrofida nefron bor. Buyrak nefronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, buyrak kapsulasiga oʻtadi va siydik hosil boʻladi
Slayd 8
Slayd 9
Buyrakda siydik hosil boʻlishi. Buyrakda siydik hosil boʻlishi ikki faza (davr) ga boʻlinadi. Birinchi davr — filtratsiya davri, u birlamchi siydik hosil boʻlishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron boʻshligʻiga (kapsulaga) oʻtadi. Bu jarayonning oʻtishi kapillarlardagi bosimning yuqori, kapsuladagi bosimning past boʻlishiga bogʻliq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil boʻlmaydi. Chunki u kapillar qon tomirlarining devoridan filtrlanib oʻtmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga oʻtadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning koʻp qismi, yaʼni 98,5—99,0% i vena tomirlariga qayta soʻriladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil boʻlishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, maʼlum miqdorda tuz va suv boʻladi.
Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada oʻrtacha 100 litr birlamchi siydik hosil boʻladi. Uning 98,5—99 litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta soʻriladi, qolgan 1—1,5 litri esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.
Slayd 10
Siydik yoʻLI buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa devori boʻylab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi. Siydik yoʻlining uzunligi katta yoshli odamda oʻrtacha 30 sm boʻladi. Buyrakda filtrlanib hosil boʻlgan siydik, siydik yoʻLI orqali siydik pufagiga uzluksiz quyilib turadi.
Siydik pufagi qorinning pastki qismida chanoq sohasida joylashgan boʻlib, uning hajmi katta odamda 500—700 ML boʻladi.
Buyrak funksiyasining boshqarilishi. Buyrakda siydik hosil boʻlishi nerv va gumoral yoʻl bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa boʻlagida sintezlanadigan antidiuretik gormon (Adg) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga taʼsir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini koʻpaytiradi.
Siydik ayirish organlarining koʻp uchraydigan kasalliklari. Buyraklarda tosh paydo boʻlishi kasalligining sababi ovqat tarkibida tuzni koʻp isteʼmol qilish, kam harakatlanish hisoblanadi. Buyraklarning yalligʻlanish kasalliklari (nefrit, piyelonefrit) ning sababi tomoqdagi bodomsimon bezlarning yalligʻlanishi (angina), tish kasalliklarini oʻz vaqtida davolatmaslikdir.
Slayd 11
Slayd 12
Ayirishning ahamiyatini ayting.
Ayirish jarayonida qaysi organlar ishtirok etadi?
Siydik ayirish organiga nimalar kiradi?
Buyraklarda siydik qanday hosil boʻladi?
Siydik ajralishi qanday boshqariladi?
Siydik ayirish organlari kasalliklarining oldini olish uchun nima qilish kerak?
Savol va topshiriqlar
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘SIMLIK ORGANLARI VA ULARNING FUNKS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOSFERA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
MUSKULLAR SISTEMASI. OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Bargning morfologik va Anatomik tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DUNYODAGI ENG ZAHARLI 10 TA HAYVON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hujayra sikli mavzusiga doir masala va mashqlar yechish (Mitoz) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Mevalarning tuzilishi va guruhlarini o’rganish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning tashqi va ichki tuzilishi hamda xilma-xilligi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot







Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.