Assidiyaning tuzilishini o‘rganish

 

 

Slayd 1

Assidiyaning tuzulishini oʻrganish.

Slayd 2

XV-XVII asrlarda Rossiyada umurtqali hayvonlar boʻyicha koʻplab tadqiqot ishlari olib borilgan, jumladan, Buyuk Shimol ekspeditsiyasi (1733-1743) ishlaridan, shu ekspeditsiya aʼzosi S. Krasheninnikovning «Kamchatka yerining tavsifi» (1755) kitobida ancha ilmiy asoslangan maʼlumotlarni topish mumkin. Bu kitobda fauna haqidagi ilmiy kuzatishlar berilgan

Slayd 3

V. G. Steller Uzoq Sharqni, I. G. Gmelin Rossiyaning Yevropa qismi janubini, I. I. Lepexin Rossiyaning shimoliy va markaziy qismlarining umurtqali hayvonlarini oʻrganganlar. Zoologiyada ekologik yoʻnalishni rivojlantirishda Moskva universitetining professori K. F. Rule (1814-1858) ning xizmati katta. Uning shogirdi N. A. Severtsov (1827-1885) ustozi ishlarini Rossiyaning Yevropa qismidagi quruqlikda yashovchi umurtqalilar va Turkiston zoogeografiyasi sohasidagi ishlarida davom ettirdi.

Slayd 4

Oʻzbekistonning turli mintaqalarida tarqalgan umurtqali hayvonlar toʻgʻrisidagi ilk maʼlumotlar miloddan avvalgi ming yillikning birinchi yarmida yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da uchraydi. «Avesto» Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekistonda boshqa tarmoqlar qatori chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalardagi faoliyatini, tabiiy hodisalarni tasvirlovchi qadimgi muqaddas kitob hisoblanadi. U miloddan avvalgi 3000 yilning oxiri 2000 yilning boshlarida yaratilgan. Unda Oʻrta Osiyo va qoʻshni mamlakatlarning tabiiy resurslari, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan

Slayd 5

Miloddan keyin Yevropada xristian dinining vujudga kelishi bilan tabiiy fanlar inqirozga uchragan bir davrda, Oʻrta Osiyoda u anchagina rivojlangan. Oʻrta Osiyo olimlari tabiiyot fanlari va ayniqsa, zoologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qoʻshganlar. Chunonchi, Abu Nasr Forobiy (873–950) zoologiya va boshqa tabiiy fanlar toʻgʻrisida fikr yuritgan. U hayvonlarni fikrlovchi va fikrlamaydigan guruhlarga boʻladi. Olim «Inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan. Shu sababli odamda hayvonlar bilan baʼzi bir oʻxshashliklar saqlanib qolgan», – deydi.
XI asrda sharqning buyuk mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1043) oʻzining tibbiyot sohasidagi asarlarida 101 tur umurtqali hayvonlar va ulardan tayyorlanadigan dori-darmonlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Olim oʻzining «Hindiston» (1030) asarida karkidon, fil, kiyik, delʼfin kabi Hindistonda uchraydigan hayvonlar toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiradi. Ayniqsa, delfinlarning tuzilishi, ularning tovush orqali oʻzaro munosabatlari, karkidonlarning tuzilishi va tarqalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari katta eʼtiborga loyiqdir.

Slayd 6

Hayvonot dunyosi, shu jumladan, umurtqali hayvonlar toʻgʻrisidagi ilmiy maʼlumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) shoh asari «Boburnoma»da ham keltirilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi, shoir va tadbirkor podsho boʻlibgina qolmay, balki oʻz davrining oʻta maʼlumotli, bilimdon olimi ham boʻlgan. Bobur Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonning geografik joylashuvi, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga juda qiziqqan hamda boy va qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. U Fargʻona vodiysida ohu, kiyik, arxar, tovushqon, qirgʻovul va boshqa koʻplab sutemizuvchilar hamda qushlarning tarqalganligini koʻrsatib oʻtgan. Samarqand atrofida Buxoro kiyigi, togʻechkisi, ohu, kaklik koʻpligini, Toshkent atrofida esa qirgʻovullarning koʻpligini taʼkidlagan. Afgʻonistonda oq kiyik, qulon, oʻrdak, turna, qarqara, qoʻton kabi hayvonlarning uchrashligi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirgan. Boburnoma asarida Bobur oʻzi hukmronlik qilgan Hindistonda 60 dan ortiq umurtqali hayvonlar toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlarni yozib qoldirgan.

Slayd 7

Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida umurtqali hayvonlarni oʻrganish sohasidagi ayrim maʼlumotlar XIX asrning birinchi yarmida paydo boʻlgan. XIX asrning ikkinchi yarmida E. A. Eversman, N. A. Severtsov, A. P. Fedchenko va A. S. Berg kabi olimlarning Respublikamizda umurtqali hayvonlarni oʻrganish boʻyicha hissalari katta.

Slayd 8

1920 Yilda Toshkentda Turkiston davlat universiteti ochilishi munosabati bilan Toshkentga prof. D. N. Kashkarov keladi. D. N. Kashkarov (1878-1941) Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ekologik tadqiqotlarni boshlab bergan olimlardan biri hisoblanadi. D. N. Kashkarov rahbarligida Oʻrta Osiyoning umurtqali hayvonlari faunasi va ekologiyasini V. A. Selavin (sutemizuvchilar va qushlar), I. I. Kolesnikov (kemiruvchilar), R. N. Meklenburtsev (qushlar), G. P. Bulgakov (baliqlar) va T. Z. Zohidov (sudralib yuruvchilar) lar oʻrganadilar

Slayd 9

Oʻq skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davrida xorda yoki orqa tori bajaradi. Xorda elastik egiluvchan oʻzaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha choʻziladi. Xorda, asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, yaʼni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda (astsidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlanish davrida boʻladi va keyinchalik xorda va nerv nayini oʻrab turadigan biriktiruvchi toʻqimalardan togʻay yoki suyak umurtqalar hosil boʻladi
Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana boʻylab joylashgan boʻlib, shaklan nayga oʻxshaydi, uning ichki boʻshligʻi nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab oʻzgarishlar va yoʻgʻonlashuv tufayli bosh miya shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil boʻladi, yaʼni ektodermadan yuzaga keladi
Halqum devorining ikki yonida qator oʻrnashgan va halqum boʻshligʻini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari boʻladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga saqlanadi. Quruqlikda yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga oʻtgan umurtqali hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida boʻlib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft boʻrtma, yaʼni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ – oʻpka rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan
Xordalilar (Chordata) Tipining Umumiy Tavsifi

Slayd 10

Xordalilar uchun tubandagi belgilar
Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljagʻLI chuvalchanglar ikkilamchi ogʻizlilar (Deuterostomia) ga kiritiladi va birlamchi ogʻizlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qoʻyiladi. Ikkilamchi ogʻiz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil boʻladi. Bitayotgan gastropor oʻrnida esa anal teshigi hosil boʻladi. Birlamchi ogʻizlilarda esa gastropor oʻrnida ogʻiz teshigi hosil boʻladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula devorining oʻpirilishi natijasida hosil boʻladi
Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana boʻshligʻi – selom hosil boʻladi, bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljagʻlilar, yelkaoyoqlilar, boʻgʻimoyoqlilar va halqali chuvalchanglar uchun ham xosdir
Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, boʻgʻimoyoqlilarda va koʻpchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishda joylashuvi xarakterlidir. Yuksak xordalilarda metameriya deyarli bilinmaydi
Xordalilar va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarning (gʻovaktanlilar va boʻshliqichlilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama – bilaterial simmetriyali tuzilgan, yaʼni gavdasini chap va oʻng boʻlaklarga ajratadigan faqat bitta yuza oʻtkazish mumkin

Slayd 11

Yoki qobiqlilar germafrodit hayvonlar hisoblanadi. Ular jinsiy va jinssiz usulda koʻpayadi. Jinssiz usulda kurtaklanib koʻpayadi. Lichinka xordalilar koʻpchilik turlari oʻtroq holda yakka-yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Ayrim turlari dengizda suzib yurib hayot kechiradi. Lichinka xordalilar baʼzi chuchuk suvli dengizlardan tashqari barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Koʻpchiligi tropik va subtropik dengizlarda yashaydi. Ular dengizlarning turli chuqurliklarida, yaʼni 50 m dan tortib 5000 m gacha boʻlgan chuqurliklarida tarqalgan. MDHda lichinka xordalilar Kaspiy va Azov dengizlaridagina uchramaydi.
Lichinka xordalilar kenja tipiga 1500 ga yaqin tur kiradi. Shulardan 150 ta turi MDHda uchraydi. Ular oʻta passiv, yaʼni suvni filtrlab oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi tutash emas.
Lichinka xordalilar

Slayd 12

Slayd 13

Slayd 14

. Astsidiyalar passiv holda oziqlanadi. Ogʻiz sifonining teshigi ogʻizga ochiladi. Ogʻizni bir qancha qamragichlar oʻrab olgan boʻlib, u keng xaltasimon halqumga ochiladi. Halqum devorida bir qancha mayda-mayda jabra yoriqlari – stigmalar joylashgan.
Jabra yoriqlari, yaʼni stigmalar bevosita tashqariga ochilmay, balki maxsus jabra oldi (atrial) boʻshligʻiga ochiladi. Halqumning ostki tomonidan qisqa qiziloʻngach boshlanadi. U keng qopsimon oshqozonga ulanadi. Oshqozondan keyin ichak boshlanadi va ichak anal teshigi orqali atrial boʻshliqqa ochiladi.
Halqumning ichki tomonida, uning orqa tomoni boʻylab to qiziloʻngachgacha davom etib boradigan tarnov bor, bu tarnovning ikki cheti yuqoriga koʻtarilgan boʻlib, ichi tebranib turuvchi uzun-uzun kiprikchalar bilan qoplangan. Mana shu tarnovga endostil deyiladi. Endostil ogʻiz teshigiga yetmasdan turib ikkiga boʻlinadi va halqumni halqadek oʻrab oladigan halqum oldi egatchasiga aylanadi. Halqumning orqa tomonida endostilga qarama-qarshi va halqum boʻshligʻiga osilib turadigan plastinka boʻlib, buni orqa plastinka deyiladi. Astsidiya halqumining ichini qoplab turgan kipriklarning va orqa plastinkaning tebranib harakat qilishi natijasida suv oqimi halqumga kiradi. Suv bilan halqum boʻshligʻiga mayda dengiz organizmlari ham kirib, endostil tubiga choʻkadi. Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan bir-biriga yopishadi va endostil kipriklarining harakati natijasida qiziloʻngach teshigiga haydaladi. Hazm boʻlmagan oziq qoldiqlari anal teshigi orqali jabra oldi boʻshligʻiga tushadi, u yerda umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqarga chiqariladi. Halqum nafas olish organi vazifasini ham bajaradi.
Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari

Slayd 15

Astsidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldiga joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi. Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi, oldingisi jabra qon tomiri hisoblanib, halqumning ostki tomonidan oʻtib, stigmalarga bir qancha mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki organlarga boradigan shoxchalarga boʻlinadi. Bu shoxchalar organlar orasiga oʻrnashgan va maxsus devorlari boʻlmaydigan boʻshliqlar bilan qoʻshiladi. Shuning uchun ham astsidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas deyiladi.
Astsidiyalar yuragining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, qonni goh oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning uchun ham ularning har qaysi qon tomiri dam arteriya va dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi.
Qon aylanish sistemasi.

Slayd 16

Astsidiyalarning markaziy nerv sistemasi, ogʻiz sifoni bilan kloaka sifoni oʻrtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Voyaga yetgan astsidiyalarda, qamragichlarini hisobga olmaganda, tuygʻu funktsiyasini bajaradigan hech qanday sezuv organlari yoʻq. Nerv tugunchasining ichki boʻshligʻi, yaʼni nevrotseli boʻlmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Qalin devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor. Barcha qobiqlilar singari, astsidiyalarda ham qattiq skelet yoʻq. Mantiya ogʻiz va kloaka sifonlarining chetidagina tunika bilan qoʻshilgan.
Astsidiyalarda ayirish organlari rivojlanmagan. Ularning tanasida hosil boʻlib turadigan dissimilyatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida toʻplanib turadi va organizmda qoladi
Nerv sistemasi.

Slayd 17

. Astsidiyalar germafrodit. Ularning ikkita jinsiy bezi, yaʼni erkaklik va urgʻochilik bezlari boʻlib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga taqalib turadi. Astsidiyalar germafrodit boʻlgani bilan oʻz-oʻzini otalantira olmaydi, chunki bitta individda ham spermatazoid va ham tuxum hujayrasi baravar yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy kanallardan atrial boʻshliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar tuxumni shu yerda otalantiradi, soʻngra urugʻlangan tuxum kloaka sifoni orqali suvga chiqariladi.
Urugʻlangan tuxum toʻla va bir tekisda boʻlinadi hamda gastrula davriga aylanadi. Soʻngra embrion boʻyiga choʻziladi va asta-sekin rivojlanib har xil organlar, yaʼni xordalilarga xos boʻlgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. Soʻngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil boʻladi, tananing oldingi tomonida esa ogʻiz teshigi vujudga keladi.
Astsidiyalarning lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan itbaliqqa oʻxshab ketadi va uzunligi 0,5 MM gacha boradi
Jinsiy organlari

Slayd 18

Astsidiyaning tuzilishi
1-Ogiz sifoni
2-kloaka sifoni
3-tunika
4-xalkum bushligi
5-stigmalar
6-eyedostil
7-orka egati
8-jabraoldi bushligi
9-jabraoldi bushligining devori
10-oshkozon
11-anal teshigi
12-urugdon
13-tuxumdon
14-jinsiy bezlarning naylari
15-yurakoldi xaltasi
16-yurat
17-nerv tugunchasi

Slayd 19

A-lichinkasi, B-voyaga yetgan ostsidiyaning
Kiz tanasi xosid kilib kupayishi, V- Astsidiyaning koaka sifoni kundalangiga kesigi.
1-Xordasi
2-yuragi
3-jabrali xalkumi
4-kiskaruvchi surgichlari
5-ogiz teshigi
6-miya
7-kuzi
8-jabraoldi bushligi
9-nerv nayi
10-tunikasi
11-gangliyasi
12-kloaka teshigi
13-kloaka bushligi
14-tuxumdon
15-urugdon
16-xalkumning endodermal usimtasi
17-nerv tuguni
18-gipobronxial usimta
19-jabra yoriklari
Astsidiyaning sxematik tuzilishi

Slayd 20

Slayd 21

Tunika-yupka, kattik kutikula bilan koplangan bulib uning tagida kletchatkasimon modda tunitsin dan iborat ipsimon tur joylashadi. Unga kon tomirlari va ayrim xujay1ralar karib turadi.
Mantiiyasi-teri muskul xaltasi bulib uning kiskarrib bushashishidan tanaga suv kirib chikadi
Nerv sitemasi sodda
Sezgi organlari voyaga yetganlarida bulmaydi
Xalkum nafas olish vazifasini xam utaydi
Kon aylanish sitemasi ochik. YUragi konni ikki tomonlama xaydaydi
Germofrodit
Lichinkasi
-Xordali dumi buladi
-Xordasi usti tomonida nevrotselli nev nayi bor
-0,5 mmga yetgach chukib, regessiv metomorfozni boshidan kechiradi
Ayirish sistemasi rivojlanmagan
Stolonlar xosil kilib, kurtaklanib xam kupayadi
Astsidiya tuzilishi

Slayd 22

Yakka astsidiyalar (Monascidiae) turkumining vakillari 2-3 MM dan 40-50 sm gacha uzunlikda boʻladi. Bu turkumning orasida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan: sharsimon astsidiya (Waster ascidia) ana shunday harakatchan astsidiyalar turiga kiradi va ular suv tagi boʻylab harakat qiladi.
Murakkab astsidiyalar (Synascidia) turkumi vakillarining kolonial kurtaklaridan rivojlangan astsidiyalar ona astsidiyalar bilan tutashgan boʻladi. Bunday astsidiyalarda, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan oʻrab olinadi va ularda bitta umumiy kloaka boʻladi. Murakkab astsidiyalarda urugʻlanish koloniyalar oʻrtasida sodir boʻladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya oʻrtasida urugʻlanish boʻlmaydi.
Olovtanli astsidiyalar (Pyrosomata) turkumining vakillarida zigotadan astsidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Undan kurtaklanish yoʻLI bilan toʻrtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil boʻladi va ular umumiy qobiq-tunika bilan oʻralgan boʻladi. Bu astsidiyalar koloniyasidagi har bir aʼzosi halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi boʻladi. Bu hujayralarda yorugʻlik chaqiruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi, odatda 20-40 sm boʻlib, undagi har bir olovtanlining oʻlchami 3-5 MM ni tashkil qiladi. Ayrim turlari koloniyasining uzunligi 3-4 m va hatto 30 m gacha boradi.

Slayd 23

Salplar (Salpae) sinfi
Salplar erkin suzib yuruvchi yakka va koloniya boʻlib pelagik hayot kechiruvchi qobiqlilardan hisoblanadi. Voyaga yetganlarida dumi va xordasi boʻlmaydi. Ularning gavdasi shaklan bodringga oʻxshash choʻziq yoki bochkaga oʻxshash boʻladi (3-rasm).
Gavdasining oldingi uchida kenggina ogʻiz teshigi va keyingi uchida kloaka teshigi oʻrnashgan. Yakka yashaydigan turlarining uzunligi 5-15 sm gacha va koloniya boʻlib yashaydigan vakillarining uzunligi 30-40 sm gacha boradi. Salplarning gavdasi yupqa, tiniq qobiq – tunika bilan oʻralgan. Shuning uchun ham hayvonni halqa singari oʻrab olgan tasmasimon muskullari tunikadan koʻrinib turadi. Salplar bu muskullarini oldindan orqaga ketma-ket qisqartirib, suvni kloaka teshigidan kuch bilan otib chiqaradi va oʻzi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.

Slayd 24

Salpning tuzilish sxemasi: 1-ichak, 2-kloaka, 3-jabra, 4-gangliy, 5-koʻz, 6-ogʻiz, 7-endostil, 8-halqum, 9-stolon, 10-yurak, 11-qiziloʻngach, 12-hazm bezi, 13-oshqozon.

Slayd 25

Salplar sinfiga 25 ta tur kiradi va ular ikkita turkumga: haqiqiy salplar (Desmomyaries) va bochkalilar (Cyclomyaries) ga boʻlinadi..
Haqiqiy salplar turkumi ayrim turlarining uzunligi 5-15 sm atrofida boʻladi.
Bochkalilar turkumi uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli boʻlib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha yetadi (4-rasm).

Slayd 26

Stolonli bochenochnik (Daliolum deuticulatum), uning stolonida jinssiz va jinsli individlar bor.

Slayd 27

Appendikulyariyalar gavdasining uzunligi 0,5-3 MM dan, ayrim turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Ular yakka-yakka holda dengizlarda erkin suzib yurib hayot kechiruvchi primitiv qobiqlardan hisoblanadi.
Appendikulyariyalarning xordasi bir umrga saqlanadi. Ularning tuzilishi astsidiyalar lichinkasining tuzilishiga oʻxshaydi, undan, asosan ipsimon nerv tortmasi va dumi borligi bilan farq qiladi. Dumi astsidiya lichinkasi dumi singari, yonidan siqilgan boʻlsa ham, lekin vertikal tekislik boʻylab oʻrnashmay balki, gorizontal tekislik boʻylab oʻrnashgan boʻladi
Appendikulyariyalar (Appendiculariae) sinfi

Slayd 28

Appendikulyariya – Falia ethiopica (uychadan ajratib olingan gavdasi): 1-ogʻzi; 2-xordasi; 3-muskullari; 4-urugʻbezi.

Slayd 29

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 30

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Assidiyaning tuzilishini o‘rganish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

ten − 1 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar