Tejamkorlik va mehnatsevarlik tarbiyasida sinf rahbari roli

4000 so'm


Tejamkorlik va mehnatsevarlik tarbiyasida sinf rahbari roli

 

 

Slayd 1

Tarbiya jarayonida o‘quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini singdirish hamda ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda sinf rahbarining roli.

Slayd 2

Reja:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda tejamkorlikdan foydalanish usullari
Iqtisodiy tarbiya – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida

Slayd 3

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda tejamkorlikdan foydalanish usullari
Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo‘llanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o‘zbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaganlar.Ma’lumki, «iqtisod» so‘zining ma’nosi keng bo‘lib, chuqur mazmunga ega. Ko‘p urindi bu so‘z xalq ichida «tejamkorlik» so‘zining sinomini sifatida qo‘llaniladi. Tejamkorlik haqida so‘z ketganda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikki tushunamiz.»Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o‘zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur.Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda, so‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrovdur.

Slayd 4

Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».Ota-bobolarimizning o‘z farzandlarini tejamkor bo‘lishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o‘z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib, xalqning dilida saqlanib kelgan.Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko‘pgina sinovlardan o‘tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo‘shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O‘zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to‘g‘riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxtli-saodatli bo‘lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir ko‘rinishi sifatida qaraganlar.

Slayd 5

Har bir oila o‘z xo‘jaligini tuzatib olish yo‘LI bilan turmushini yaxshilashga urinadi. Oilaning davlatmand bo‘lishi ko‘proq butun mamlakat erishgan muvaffaqiyatlarga uning iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi yutuqlariga bog‘liq bo‘ladi. Oilada bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashga qanchalik ko‘p e’tibor berilsa, ular xalqqa ham, ota-onalariga ham o‘zlariga ham shuncha ko‘p foyda yetkazadilar.Har bir bola oilaning tenghuquqli a’zosidir. Demak, u oila xo‘jaligining ishtirokchisidir. Shu bilan birga, bolalarimizni faqat oila xo‘jaligini yuritishga qobiliyatli kishilar qilib tarbiyalabgina qolmay, shuningdek butun jamiyat xo‘jaligini ham tejab-tergan yuritadigan sadoqatli fuqarolar qilib tarbiya qilmog‘imiz lozim.

Slayd 6

Ota-onalar bolalarining halol, rostgo‘y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko‘z o‘ngida yotgan bo‘lsa ham, so‘roqsiz olmaslikka o‘rgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning ko‘z o‘ngicha qo‘yib, uni ana shu narsalarga beparvolik bilan, suhlik qilmay qarashga o‘rgatish lozim.Oilada tejaskorlik va xtiyotkorlik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etib eskirib qolgan narsalarni yaxshilab ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho‘zish va shu yo‘l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish bolani juda kichik yoshligidan boshlab xo‘jaligini yaxshi yuritmoqchi bo‘lgan kishi ro‘zg‘orda qaysi narsaning eskira boshlanganini avvalroq payqashi, ro‘zg‘or buyumlarining juda eskirib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ularni o‘z vaqtida tuzattirish, bozorda yoki do‘konda tasodifan ko‘rib qolgan narsasini sotib olavermay, balki haqiqatdan kerak bo‘lgan narsani sotib olishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarga ham shu odatni singdirib borish kerak.
O’quvchilarning tejamkorlik sifatlarini shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning tutgan o’rni

Slayd 7

Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik,
Mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir.
Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo’ladi.

Slayd 8

Agar biz o’zimizga berilgan rizqu ro’zimizni tejamkorlik bilan iste’mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo’lamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o’zimizdan tashqari jamiyatga ma’lum darajada foyda keltirgan bo’lamiz. Ham Shaxsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi.
Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me’yoriga amal qilishni ham vujudga keltiradi.

Slayd 9

Iqtisod.
Pul va molni kerakli, zarur narsalarga sarflagandan keyin qolgan puldan bir qismini kelgusi kunlar uchun saqlash lozim. Shunday qilinsa, doimo iqtisod qilib borilsa, katta sarmoya hosil bo‘ladi.Iqtisod qilishga, tejashga odatlangan odamlar saodat va tinchlik bilan umr kechiradilar. To‘g‘ri, yaxshi yoyish, ichish, kiyish kerak, ammo «ko‘rpangga qarab oyoq uzat» naqliga amal qilinsa, boshqalarning narsalariga ta’na qilinmaydi, ko‘ngil ham hotirjam bo‘ladi. Qo‘lida bo‘lgan pulga, mulka qanoat qilmagan odamning nafsi butun dunyo moliga ham qanoat qilmaydi.

Slayd 10

Isrof.
Isrof – o‘rinsiz foydasiz ishlarga pul va mol sarflashdir. Qo‘ldagi pul va molni kerakli joylarga sarflash, yaxshi idora qila olish, isrofgarchilikdan saqlanish lozim. Shuhrat qozonish uchun to‘y va ziyofatlar qilib, pul sarf etishnodonlikdir. Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol, davlatiga ta’na va hasad qilish kelib chiqadi.Bayt:Sen agar isrof etishni tashlading,Ul zamon davlat etagin ushlading.O‘quvchilarning ana shu ikki lavha xususidagi fikrlari umumlashtirilib, davom etiladi.

Slayd 11

Oila byudjeti.
Oilaning ma’lum muddat (oy, uch oy, yil) da kutadigan daromadlari va harajatlarining kitobi.Oila byudjetining daromadi barcha oila a’zolarining ish haqi, turli mukofotlar, nafaqa, stipendiya, pensiya, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridan olinadigan foyda va boshqalar yig‘indisi hisoblanadi.Oila byudjetining sarflanishi quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishini o‘rgangan edik:Uy-joy harajatlari.Oila uchun oziq-ovqatlar, kiyim-kechalar, transport harajatlari.Ro‘zg‘or uchun jihozlar.Oila miqyosidagi an’anaviy tadbirlar o‘tkazish uchun sarf-harajatlar.Oila qo‘shimcha daromad keltiruvchi xo‘jalikka qaratilgan sarf-harajatlar (em-xashak, kunjara, silos, don va boshqalar).Oila uchun texnikaviy jihozlar.Sanab o‘tilgan sarf-harajatlar katta a kichik, doimiy va takrorlanuvchi bo‘lishi mumkin.

Slayd 12

Harajat turlari.
Uy-joy avtombil, zamonaviy texnika an’anaviy tadbirlar kabilarga sarflanadigan mablag‘ katta harajatlar hisoblanadi.Turli uy-ro‘zg‘or anjomlari (bolg‘a, tesha, supurgi, changyutgich, qozon, idish-tovoq va boshqalar), ro‘zg‘origa oid, zarur kichik jihozlar, mayda-chuydalarga sarflangan mablag‘ kichik harajatlar deb ataladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun, oilaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi xo‘jalikka yo‘naltirilgan sarflar hamda kundalik ehtiyoj uchun ajratiladigan mablag‘lar doimiy harajatlar sanaladi.Uy-hovli soliqlari, radio, telefon, gaz, suv, elektr kabilarga, o‘quv to‘lovlar, mavsumiy kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari va boshqalarga sarflanadigan mablag‘lar takrorlanuvchi harajatlar deb yuritiladi.Oila byudjetini to‘liq va to‘g‘ri tushunishdan iqtisodning tub ma’nosini anglash, shuningdek «Iqtisod» qasrining sehrli kalitini topish boshlanadi. Gap shundaki, oila va uning a’zolari ehtiyoji chegaralanmagan.

Slayd 13

Pul qadrini saqlash.
Oilada ma’lum maqsadda to‘plangan pul o‘z qadrini yo‘qotmasligi uchun u ko‘chmas mulkka, oltin va qimmatbaho buyumlarga, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlarga aylantiriladi.Milliy an’analarimizga ko‘ra ota-onalarimiz o‘z farzandlarini uy-joy bilan ta’minlashga katta e’tibor berganlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan ehtiyoj asosiy maqsadga aylanadi.Oilani boshqarishda byudjetni oqilona va to‘g‘ri rejalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir oilada daromad va sarf-harajatlar doimiy hisobga olib borilsa rejalashtirish oddiylashadi. Olib boriladigan hisob-kitoblarga ko‘ra rejalash varinatlari ham o‘zgarib turadi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tejamkorlik va mehnatsevarlik tarbiyasida sinf rahbari roli” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

19 − eighteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar