Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi

4000 so'm


Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi

 

 

Slayd 1

O‘zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari
Milliy tarbiya konsepsiyasini tahlili

Slayd 2

Reja:
Tarbiya tushunchasining mohiyati.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni.
Milliy tarbiya konsepsiyasi

Slayd 3

“Bizni hamisha o’ylantirib kеladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lеkin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, dеgan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado bеrib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan».
Sh.M.Mirziyoеv.

Slayd 4

“Men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlashim bejiz emas. Chunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta’limdir».
Sh.M.Mirziyoyеv.

Slayd 5

O’qituvchi — bola qalbining me’moridir

Slayd 6

Tarbiya – yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi

Slayd 7

Tarbiya
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq bo’lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi

Slayd 8

Tarbiya jarayoni- o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayoni. Demakki, insonning shaxs bo’lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada bo’lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg’ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil bo’ladi. Shaxsning jamiyatdagi o’rnini topishi, his-tuyg’u, kechinmalarini yo’nalishi, o’sishi tarbiyaga bog’liq.

Slayd 9

Inson hayotidagi har xil illat va nojo’ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi. Bolalikdan tarbiya to’g’ri yo’naltirilsa bunday »og’ishlar» bolmaydi.
Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o’zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e’tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o’zini-o’zi anglashi, keng fikr yuritishi o’zini va boshqalarni fikri, g’oyalari, qarashlarini baholashi ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.

Slayd 10

Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan hurmat hissini oshirish, insonda hamkorlik tuyg’usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi.
Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya ikki manoda farqlanadi: keng ma’nodagi tarbiya va tor ma’nodagi tarbiya.
Keng manoda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Ya’ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta’siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan tarbiya.
Tor ma’nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi.

Slayd 11

Tarbiya sohalari
Aqliy,
Axloqiy
Mehnat tarbiyasi
Jismoniy
Ekologik , iqtisodiy
Huquqiy, fuqarolik
Siyosiy
Ma’naviy

Slayd 12

Tarbiyaning umumiy vazifalari:
Jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
Jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi »inson kapitalini» tayyorlash;
Madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
Malum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.

Slayd 13

Abdulla Avloniy
«Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim».

Slayd 14

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni boshlang’ich ta’lim, tarbiya va uni o’qitish asoslari bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga nazariy bilim, ko’nikma hamda malaka berishdan iborat.

Slayd 15

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
boshlang’ich ta’limni ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
boshlang’ich ta’lim samaradorligiga erishish

Slayd 16

Boshlang’ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:
Inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o’quvchilarga bilim berish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish va tarbiyalash jarayoni;
boshlang’ich ta’limning samarasiga erishish;
boshlang’ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish

Slayd 17

Boshlang’ich ta’limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish;
boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsini rivojlantirish;
boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash

Slayd 18

Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi:
Boshlang’ich ta’limda tarbiya
Umumiy pedagogika
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Pedagogik mahorat
Pedagogik texnologiyalar
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari
Psixologiya
Fiziologiya

Slayd 19

“Globoalfavit» metodi

Slayd 20

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

four × 5 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar