Tabiiy fanlarni o’qitishda ko’rgazmali va amaliy metodlar

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o'qitishda ko'rgazmali va amaliy metodlar

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishning ko’rgazmali va amaliy metodlari.

Slayd 2

Reja:
Tabiiyjismlar bilan ishlash metodikasi. Suratlar bilan ishlash metodikasi.
Kuzatishuslubi, uning turlari. Amaliy uslublar, ularning turlari.
Tajriba —tabiiy fanni o’qitishning yetakchi uslubi.
Amaliyishlarga tayyorlanish bosqichlari va olib borish tartibi. Eksperimentlar.

Slayd 3

Slayd 4

Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Tabiiy fanni o’qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o’quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko’rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o’quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda – o’quvchilar soniga qarab to’plash kerak).

Slayd 5

Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o’qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o’simliklar, masalan, makkajo’xori, pomidor, poliz ekinlari (o’simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko’rsatilishi mumkin.

Slayd 6

Suratlar bilan ishlash metodikasi. Tabiiy fanni o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarga ular hali ko’rmagan ko’pgina obyekt va hodisalar to’g’risida ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko’rsatilmasa, yetarli, to’liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko’rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan ta’assurotlarni hosil qilish mumkin.

Slayd 7

Tabiatshunoslik darslarida ko’pincha devoriy suratlar ishlatiladiki, ular bo’yicha sinf o’quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo’lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o’quvchiga ko’rsatish kerak. O’qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi – suratning tabiatshunoslik mazmunini ochib berish, bolalarda tabiatshunoslik bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish uquvini hosil qilishdir.

Slayd 8

Darslikdagi mavzular matnini muhokama qilish jarayonida ham suratlar ko’riladi, bu o’qilganlarni yaxshiroq tushunish va eslab qolishga yordam beradi. Shuningdek, suratlardan materialni takrorlash va mustahkamlashda keng foydalaniladi. Suratlardan foydalanib, o’quvchilar o’tilganlarni yaxshiroq hikoya qilib beradilar. Bunda ular o’qituvchining qo’shimcha tushuntirishlarini ham esga oladilar, o’zlarining shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon qiladilar, o’quvchilarning o’quv materialini puxta va chuqur o’zlashtirishlarini ta’minlaydi.

Slayd 9

Takrorlash – umumlashtirish darslarida suratlardan tashqari ilgari foydalanilmagan otkritka, kitob, jurnallardan, gazetalarning suratlaridan foydalaniladi, bu materialning o’zlashtirilishini tekshirishga yordam beradi.
Suratlar bilan ishlashda ularning mazmunidan to’g’ri foydalanish, bolalaming kuzatishlariga to’g’ri rahbarlik qilish kerak.

Slayd 10

Rasmlarni ko’rish orqali olingan taassurotlar yodda uzoq vaqt saqlanishi uchun ularning soni ko’p bo’lmasligi kerak. Suratlar bir nechta bo’lganda mazmunni yaxshiroq o’zlashtirib olishga yordam beruvchi metodik uslub-taqqoslashdan foydalanish mumkin. Suratdan darslik bilan ishlashga ham foydalanish mumkin, masalan, darslik matnidan suratning mazmuniga mos keladigan ta’riflar tanlanadi.

Slayd 11

Slayd 12

Bunday topshiriq o’quvchilarni suratga e’tibor bilan qarashga va bir paytning o’zida o’qilganlarning mazmunini yaxshiroq tushunib olishga undaydi. Surat mazmunining o’quvchilar tomonidan aytib berilishi ularda umumlashtirish uquvlarini shakllantiradi, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining analitik-sintetik faoliyatini rivojlantiradi.

Slayd 13

Kuzatish. Tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir.
Ko’rgazmali metodlarda o’quvchilarning kuzatishi amaliy metod sifatidagi kuzatishdan tubdan farq qiladi. Birinchi holatda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan namoyish qilinayotgan jadval, tajriba va shunga o’xshashlarni kuzatadilar. Ikkinchi holatda o’quvchilar amaliy kuzatish ishlarini bajaradilar: o’simliklarni yoki ularning qismlarini o’lchaydilar, hisoblaydilar, yozadilar, rasmlarini chizadilar, quritadilar va hokazo.

Slayd 14

Kuzatishlar o’zining bajarilishi muddati bo’yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli guruhlarga bo’linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar to’laligicha dars tizimiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Ammo kuzatishning borishi va natijalari darsda ma’lum qilinib, namoyish etiladi. O’quvchilar qisqa muddatli kuzatishlarni o’qituvchining topshirig’i bilan ekskursiyalarda o’tkazadilar (tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni ta’riflash, muayyan sharoitiarda o’simliklarni yig’ish).

Slayd 15

Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o’xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat hamda irodaning rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, amaliy xarakterdagi bilimlar, masalan, o’simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda oriyentirlash; hayvon va o’simliklarning xulq-atvori, tabiatdagi o’zgarishlarga qarab, ob-havoning o’zgarishini oldindan aytib berish; mehnat darslarida tabiatshunoslik materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar – mevalar, urug’lar, barglar, po’stloq bilan ishlash) uquvlarini hosil qiladilar.

Slayd 16

Slayd 17

Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mayjud. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o’zgartirishlarida tajribalar chinakam vosita bo’lishini ko’rishlari kerak. Tajribalarni o’quvchilar asosan mustaqil holda o’tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo’lib ishlash talab etiladigan tajribalarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi.

Slayd 18

Tajriba o’tkazishdan oldin o’quvchilar undan ko’zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajribani o’tkazish, uning borishi va natijalarini «Mashq daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo’lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.

Slayd 19

Tajriba tabiiy fanni o’qitishning amaliy metodidir. Tajriba o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o’quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo’lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuv-chanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.

Slayd 20

Amaliy uslublar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan, o’quvchilar fikrini rivojlantirishga mo’ljallagan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi.
Amaliy uslublar qo’llanilishi o’quvchilar retseptorlari va effektorlarining faol faoliyati bilan bog’liq. Amaliy uslublar o’rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo’llashga o’quvchilar faoliyatining o’zi bilim manbai hisoblanadi.

Slayd 21

Bunday usullar sirasiga og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg’ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga:
O’quvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;
Rasm chizishi;
Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlari;
Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari;
Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.

Slayd 22

Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
ish maqsadini e’lon qilish;
o’qituvchining yo’1-yo’riqlar berishi;
topshiriqni tushuntirish;
materiallarni tarqatish;
kuzatish;
o’tkazilgan ish natijalarini tushuntirish – suhbat;
xulosalarni daftarga yozish;
rasmlar chizish.

Slayd 23

Amaliy ish vaqtida o’qituvchi topshiriq tushunarsiz tuyulganda yoki murakkab bo’lganda ayrim o’quvchilarga yordamlashadi. Lozim bo’lsa ish mazmunini butun sinfga takroran tushuntirish kerak bo’ladi. Amaliy ishning asosiy qiyinchiligi kuzatilayotgan hodisalarni anglash, eng muhimlarini ajrata bilish, xulosalarni ifodalay olishdir.
Tirik tabiat burchagidagi amaliy mashg’ulotlar uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar bilan bog’liqdir. Tirik tabiat burchagida amaliy ish o’tkazishga bag’ishlangan darsda uning maqsadi va bajarish izchilligi tushuntirilishi kerak.

Slayd 24

Slayd 25

Eksperimentlar ko’pincha flziologik jarayonlarni o’rganishda o’tkaziladi. Eksperimentlar uzoq va qisqa muddatli bo’ladi. Tabiiy fan darslarida o’tkaziladigan qisqa muddatli eksperiment yoki tajribaga urug’ning tarkibi, tuproqning fizik xossalari, bargda kraxmal hosil bo’lishi va shunga o’xshashlarni o’rganishga umum ma’lum ishlar misol bo’la oladi. Urug’larni unib chiqish sharoitlari, barg orqali suvni bug’lantirish kabi ancha sodda tajribalarni o’quvchilar uyda bajaradilar.

Slayd 26

Odatda, eksperimental ishlarni o’quvchilar darsdan tashqari mashg’ulot (indiviudal va guruh) sifatida maktabning tirik tabiat burchagi yoki o’quv tajriba maydonida bajaradilar.
Amaliy ishlar kuzatuv va tajribalarni to’ldiradi, tabiiy materialni o’rganishda bolalarni birlashib ijodiy ravishda ishlashga o’rgatadi.

Slayd 27

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 28

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o’qitishda ko’rgazmali va amaliy metodlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

four + twenty =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar