Tabiiy fanlarni o’qitish turlari va dars shakllari

4000 so'm


Tabiiy fanlarni o'qitish turlari va dars shakllari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishning turlari. Dars-o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakllari.

Slayd 2

Reja:
Umumta’lim maktablarining islohoti va mantiqiy fikrni rivojlantirish.
O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish.
Tabiatshunoslik fani o’z oldiga ekologik ta’lim-tarbiya va shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga e’tibor.

Slayd 3

Davlat ta’lim standartining «Boshlang’ich ta’lim» yo’nalishi asosan 2 qismdan iborat:
1-qism. Kirish. Unda har bir soha bo’yicha qo’yiladigan talablaming umumiy vazifalari ko’rsatilgan
Jumladan, uning 1.3 qismi «tabiiy fan sohasi»ga bag’ishlangan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiat ta’lim sohasi orqali amalga oshiriladi

Slayd 4

Tabiiy fan sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, ularni farqlash, qisqacha ta’riflab berish hamda amalda qo’llay olishga o’rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi.
2- Qism. Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3 qismi «tabiiy fan sohasi» bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar

Slayd 5

Koinot. Quyosh – eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy – Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog’, tekislik va okeanlar
Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar. Tabiatda suv
Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik hodisalari haqida boshlang’ich ma’lumotlar
O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar. O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar

Slayd 6

Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti
Odam va uning salomatligi
Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho’1 va o’rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko’l va suv omborlari. Yerosti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiati
Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish

Slayd 7

Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko’zda tutilgan bo’lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbu jarayon bolalarning dunyoqarashlari va tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi.
Hozirgi kunda vertual sayohat va video tasvirlar ham shular jumlasidandir.

Slayd 8

Tabiiy fan tabiiy-ilmiy o’quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni asrash, odam-larning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o’quv-chilarning amaliy, o’quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o’z yurtiga muhabbat uyg’otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.

Slayd 9

Tabiiy fanni o’qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O’quvchilar tabiatni asrash bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar.
Tabiiy fanni o’qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang’ich bilimlar berish;
Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish;

Slayd 10

Tabiatni asrash uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish;
O’quvchilarni Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, etik, estetik ruhda tarbiyalash
Bolalarni o’quv dasturi bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki avval olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi.

Slayd 11

O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko’rsatilgan obyekt va voqelik bilangina emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiatdagi ma’lum qonuniyatlarni ochishga harakat qiladi. Tabiatshunoslik fanini o’rgatish jarayonida o’qituvchi quyidagi vazifalarga e’tibor berishi lozim:
jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o’z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;

Slayd 12

Tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish;
oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko’rsatish;
tabiatni asrash amaliyoti haqidagi bilimni rivojlantirish yuzasidan o’tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;
sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlami shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko’nikmalarini taraqqiy ettirish

Slayd 13

Tabiiy fan o’z oldiga ekologik ta’lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, o’quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini qo’yadi.
Tabiatni asrash masalasi tabiiy fanining bosh vazifalaridan biri bo’lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko’paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchilar tabiatning biron-bir bo’lagining halokati boshqalarining halokatga olib kelishi haqida tasavvuriga ega bo’ladi; ular o’simliklarni o’stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o’simliklar mevasini terish, maktab bog’ida o’stirish uchun gullar urag’ini ekish, jonli tabiat burchagida ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.

Slayd 14

Tabiiy fan darslari o’quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalab, mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantiradi.
O’simlik va hayvonot dunyosini asraymiz bo’limi o’quvchilarning mavsumiy o’zgarishlar haqida bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o’zida o’simlik hamda hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko’zda tutadi.
Sog’liqni saqlash mavzusi inson jonli tabiatning bir bo’lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, tana a’zolarining joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish kabi ma’lumotlarga to’xtalinadi. Har bir bola o’z oiganizmi, uning rivoji va sog’lig’ini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo’lishi kerak.

Slayd 15

Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga, ayniqsa, bolalar o’z sog’liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo’lgan tadbirlarga alohida e’tibor bermoq lozim.
Ekologiya asoslari mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o’zaro aloqasi, ularning o’z-o’zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Atrofimizdagi tabiat mavzusida, birinchidan uchinchi sinfgacha olingan bilimlar umumlashtiriladi.

Slayd 16

Joyni aniqlash mavzusi o’tilar ekan, o’quvchilar ekskursiya va amaliy mashg’ulotlar paytida gorizont chizig’i bilan tanishadilar. Agar maktab atrofida tekis, yaydoq joy bo’lmasa, o’qi-tuvchi darsda jadvallardan yoki ko’rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin.
Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo’lgan o’quvchilar, xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo’ladilar, uning shartli belgilarini o’qiydilar, undan, shuningdek, globusdan yurtimizning o’rnini topadilar, uning yuzasini, tabiatining rang-barangligini, janubdan shimolga tomon tabiat o’zgarib borishini tushunadilar.

Slayd 17

Tabiiy fanni o’rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o’rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o’rgatish, ulaming natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o’tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o’iganishga katta e’tibor beriladi.

Slayd 18

“Tabiiy fani o’qitilish jarayonida bolalarning sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e’tibor berish zarur. O’qituvchi bolalarga o’quvchining o’z o’rtoqlari bilan qanday munosabatda bo’lishini ko’rsatishi kerak.
Shunga ko’ra o’qituvchilar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilinibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatishadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan she’r va hikoyalarni sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.

Slayd 19

Ko’pgina o’yin va mashg’ulotlar tabiatni idrok qilib olishga, unga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari to’g’risidagi bilimlar bilan boyitishi, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini rivojlantirishi kerak.
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlari barcha didaktik tamoyillar hamda o’lkashunoslik tamoyillari asosida tuzilgan bo’lib, bu materiallarni o’quvchilarga yetkazish uchun barcha uslublardan foydalanish lozim.

Slayd 20

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 21

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarni o’qitish turlari va dars shakllari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

nineteen − 9 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar