Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari

4000 so'm


Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari.

Slayd 2

Reja:
Tabiatshunoslikda sinfdan tashqari ishlar, ularning ahamiyati.
Individualva guruh mashg’ulotlari.
Klub mashg’ulotlari, ommaviy ishlar va ularning turlari.

Slayd 3

Darsdan tashqari ishlar, uy ishlari (vazifalar)ga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o’quv-tajriba maydonchasidagi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo’yicha bajariladigan ishlar kiradi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish, shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi.

Slayd 4

Tabiatshunoslik xonalarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlar darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo‘1magan ko’ngilli shakllari: indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, «Yosh tabiatshunoslar» to’garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat haqidagi fanning qiziqarli hamda kerakli tomonlarini ochib beradi.

Slayd 5

Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish,tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi hamda mustaqilligini rivojlantirish, vaqtni rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki bu ishlar o’quvchilarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning moddiy dunyoga qarashi va mehnat madaniyati shakllanadi, bilishga qiziqishi, mustaqil kuzatish ko’nikmalari rivojlanadi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni teranlashtiradi. Tabiatshunoslik bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.

Slayd 6

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’iganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim.

Slayd 7

Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o’qish bilan biiga olib borilishi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o’ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1-guruhga ko’plab o’quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar; 2-guruhga cheklangan o’quvchilar doirasida olib boriladigan to’garak ishlari; 3-guruhga tabiatni o’iganishga qiziqqan ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.

Slayd 8

Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo’lmaganda qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilar bilan tabiatshunoslik bo’yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o’qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o’quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o’ynaydi. Uning 1-sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o’qitishni qanday yo’lga qo’yishiga o’quvchilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog’liqdir.

Slayd 9

Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko’nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to’ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O’quvchini nimaiki qiziqtirmasin – xona o’simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o’simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to’plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o’tkazishmi – u o’qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quvvatlanishi lozim.

Slayd 10

Guruh mashg’ulotlari. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo’lib o’tkaziladigan shakllaridan biri to’garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o’rganish imkoniyatini beradi. To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o’z zimmasiga aniq reja bo’yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o’quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilishi lozim. O’qituvchining asosiy vazifasi – amaliy natijalar beravchi faol ishlarni ta’minlashdir. Ishda har xil: o’qituvchi va o’quv-chilarning tabiiy yoki tasviriy ko’igazmali qurollarni namoyish qilish bilan og’zaki bayon qilishi, amaliy o’quv va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o’quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnati va boshqa metodlar to’g’ri uyg’unlashtirilishi lozim.

Slayd 11

To’garakning birinchi mashg’ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat a’zolari) saylanadi va nomi («Hamma narsani bilishni istayman», «Biz va tabiat», «Yosh tabiatshunoslar», «Tabiatni sevuvchilar» va boshqalar) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shuningdek, to’garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.

Slayd 12

Qoidalar quyidagicha: 1) ishda faol qatnashish; 2) barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; 3) har bir ishni nihoyasiga yetkazish; 4) kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish; 5) o’rtoqlariga yordam berish; 6) mashg’ulotlarga muntazam qatnashish. Yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg’ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o’tkaziladi.

Slayd 13

Klub ishi. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari klub ishlaridan keng foydalanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat yuritishlari mumkin, o’zaro munosabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o’yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi. Klub majlislarida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan: Bu nima? Nima uchun bu yuz beradi? Qayerda buni ko’rish, bilish, o’qish mumkin? Kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o’rganadilar. Klub majlisining zarur elementlari o’quvchilarning savollari va javoblaridir, javoblar topilgan manbalarning albatta ko’rsatilishidir. Bu ish bilan barcha o’quvchilarni qiziqtirish uchun sinfga «So’rang, javob beramiz» yoki «Nimachining savollari» yozilgan quti qo’yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi.

Slayd 14

Ommaviy ishlar. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino-filmlarni ko’rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirlar (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o’tqazish, Hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o’z ichiga olishdan maqsad – sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko’proq o’quvchilarni jalb etish, ularda qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg’otish, bolalar faolligini yo’lga qo’yish, ularni ijtimoiy-foydali ishlarga yo’naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishdir.

Slayd 15

Tadbirga tayyorlanish tabiat to’g’risidagi o’z bilimlarini kuzatishlar yoki kitoblarni o’qish yordamida to’ldirish zarurati bilan bog’liq bo’lishi lozim. Chunonchi. Bahor (ochiq kunlar, o’simlik va hayvonlarning uyg’onishi, qushlarning uchib kelishi) to’g’risidagi bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o’zgarishlar to’g’risidagi adabiyot o’qish bilan bog’liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o’quvchilarning faol ishtirokida o’tkazilishi kerak (Ota- onalar ham taklif qilinishi mumkin).

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda sinfdan tashqari ishlar turlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

seven + thirteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar