Tabiiy fanlarda integratsiya va innovatsiya

4000 so'm


Tabiiy fanlarda integratsiya va innovatsiya

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishda ta’lim integratsiyasi va innovatsiyasi, tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi

Slayd 2

Reja:
Talim integratsiyasi va pedagogik texnologiya. Tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan integratsiyasini amalga oshirish.
Pedagogik texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, fanlarning o‘zaro aloqasi.

Slayd 3

Respublikamiz ta’limi o’ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechirmoqda. Bu o’ziga xoslik, eng avvalo, ta’lim-tarbiya; mazmunini milliylashtirish, ya’ni o’zimizning juda boy o’tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o’z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo’lgan milliy; urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlodni o’qitish baxtiga muyassar bo’lganimizda ko’rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g’urur hislarini to’lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko’tarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g’urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o’zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’Iim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bolmaydi. Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o‘z tushunchalari, «tili» bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti ham bundan mustasno emas, albatta. Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbaxsh irmoqdan suv ichadi.

Slayd 4

Biri — mingyilliklar davomida shakllanib, gavhar zarralaridan hosil bo’lgan milliy tarbiya tajribasi bo‘lsa, ikkinchisi — jahonning ilg‘or, sinalgan pedagogik innovatsiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta’minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo’lmasligi lozim. «Yangi pedagogik texnologiya», «pedagogik diagnostika», «kibernetik pedagogika», «test-reyting» kabi tushunchalarning tub mohiyatini o‘zlashtirmasdan, ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanmasdan turib, biz jahon pedagogik integratsiyasida o‘zimizning munosib mavqeyimizga erishmog‘imiz mushkul bo‘ladi. Shu ma’noda, «integratsiya» so‘zi birlashtirish degan ma’noni bildiradi desak, yanglishmagan bo’lamiz. Pedagogik texnologiya nima? Nega bu so‘z birikmasiga «yangi» so‘zini qo‘shimcha qilib, «yangi pedagogik texnologiya» deb aytamiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri qo’llanilib kelingan ta’lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyihalashga yangicha yondashish zarur? Bu kabi savollarga javob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini anglab olmoq lozim.

Slayd 5

Bunday holatda u faqat «baholovchi» emas, balki yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga aylanadi. Jahon pedagogik leksikonidan allaqachonlar «innovatsiya» tushunchasi keng o‘rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «isloh» tushunchalari bilan ayniylashtiriladi. Keng ma’noda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarish pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalarni ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qo‘llashgan, so‘ngra ta’lim tizimidagi har qanday yangiliklarga nisbatan qo‘llandi. Pedagogik texnologiya deb atalishining boisi shunda. Hozirga kelib pedagogik innovatsiya fani shakllandi. Pedagogik innovatsiyaga pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo‘llash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi. Bu ta’limot uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: birinchisi — pedagogik neologiya (yunoncha neo — yangi va logos — ta’lim; yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o‘rganiladi, umumlashtiriladi; ikkinchisi — pedagogik aksiologiya (yunoncha aksioma — hurmat qilmoq; isbotlanmaydigan ta’limot) deyilib, bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi; uchinchisi — pedagogik praksologiya (yunoncha praks — haraka va logos — ta’lim; amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot) deyilib bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi.

Slayd 6

Rasmga e’tibor qarating va qanday xulosa qildingiz.

Slayd 7

Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g‘oya yotadi Masalan, bunyodkor o’qituvchi S.N.Lisenkovaning xilma-xil didaktik topilmalarining tub mohiyatini yangi o’quv materialini ilgarilama o’rganish g’oyasi tashkil qiladi. Bu g’oya asosida o’qituvchining bolalar bilan o’zaro harakati yotadi: sinfda psixologik birlik vaziyatni yaratish; har bir o’quvchi o’z shaxsini o’zi namoyon etishini ta’minlash; har bir metodik yondashuv uchun o’ziga xos muloqot yo’lini tanlash; o’quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish. U har bir o’quvchi qalbiga, ular tushunib yetish didaktik usullari, tashkiliy shakllari orqali yo’l topadi. Darsdagi o’quvchilar faoliyatiga nafaqat o’qituvchi, balki o’quvchilar ham rahbarlik qiladi. Avval a’lochi o’quvchi, so’ngra boshqa o’quvchilar ham o’qituvchi topshirig’iga binoan nima ish qilganini aytadi va qolgan o’quvchilarni ortlaridan ergashtiradilai Bunday «izohli boshqaruv» o’quvchi maktab ostonasiga qadan qo’ygan kundan boshlanishi kerak. «Tayanch signallar» ijodkori deb tanilgan V.F.Shatalovning darslarida o’quvchi shaxsini ro’yobga chiqaruvchi, uning kimligini nimaga qodirligini tasdiqlovchi didaktik o’yinlarga keng o’rin berilgan. Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so’z bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir. Pedagogik texnologiya qanday usullar bilan o’qitilsa natija yaxshi bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’z tizimiga ega bo’lib, unda komponentlar ketma-ketligi, o’zaro bog’liqligi, bir butunlig saqlanadi.

Slayd 8

Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi, ya’ni: — bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi; — o’quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi; — bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi; — umr bo’yi o‘z bilimini faqat o‘zigina boyita olishiga ishonch paydo bo‘ladi; — erkin fikrlash malakasi shakllanadi; — shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi. Buning uchun bugun biz o‘quvchiga «sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da’vatdan «menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo‘llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga o’tishimiz kerak. Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringin olib borishni; — ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o’quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borishni; — pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish umumlashtirish, ommalashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlashni; — pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarning o’quvini tashkil qilish, shunga oid seminarlar o’tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko’rishni; — pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg’armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turishni nazarda tutadi.

Slayd 9

Tashqi integratsiya – fanlararo bog’lanish
Ichki integratsiya – mavzulararo bog’lanish
Biologiya
Mavzulararo bog’lanish
Kimyo
Mavzularni bir-biriga bog’lash
?
?
?
?
Tabiiy fanlarni integratsiyalashni 2 ko’rinisida olib borish mumkin:

Slayd 10

Milliy O‘Quv Dasturi
Tayanch kompetensiyalar
Kommunikativ
Axborot bilan ishlash
O‘zini o‘zi rivojlantirish
Ijtimoiy emotsional va fuqarolik

Slayd 11

Boshqa fanlar bilan intehratsiyasi
Table ofContents
Fizika
Matematika
Kimyo
Geografiya
Astranomiya
Biologiya
Tabiiy fanlar – kuzatuv va tajribalarga, dalillarga asoslanib, tabiat hodisalarini tasvirlash, bashorat qilish va tushunish bilan shug‘ullanadigan fan

Slayd 12

Xulosa
Hozirgi sharoitda ta’lim-tarbiyaning shakllanishi to‘g‘risida fikir yuritadigan bo‘lsak, Y.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida yozganidek, ta’limning faqat dars, tarbiyada suhbat shakllar zamona talablarini amalga oshirish uchun yetarli emas. O‘qituvchilarimiz qolipga tushgan 5 bosqichli dars bilan birga ta’limning darsdan tashqari, o’qituvchilar tajribasida nostandar darslar deb nom olgan shakllari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar musobaqa-munozara, mustaqil ishlash, konferensiya, sayohat mushoira kabi shakllaridan ham keng foydalanishlari lozim. Buning uchun o’qituvchilar ta’limning darsdan tashqari har bir shaklininj tuzilishi, bosqichlarini an’anaviy darsdan ustunligini amalda sinab ko‘rib, ta’sirchan shaklini aniqlashlari zarur. Bu, albatta, o‘z-o’zidan bo‘lmaydi, buning uchun ta’lim nazariyasini, uning hozirgi zamon muammolarini bilish, ijod qilish, tinmay izlanish talab etiladi.

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda integratsiya va innovatsiya” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

five + twelve =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar