Tabiiy fanlar DTS tahlili

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlardan davlat ta’lim standartlari. Dts tahlili

Slayd 2

Reja:
Tabiiy fanlardan davlat ta’lim standartlari
Dts tahlili
Tabiiyfanlardan davlat ta’lim standartlari
Dtstahlili
Asosiy tushunchalar: botanika, zoologiya, anatomiya, ekologiya, tiriklik dunyosi.

Slayd 3

“Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida» 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
1998-1999o‘quv yilida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
1999-2000o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etsin:
1999-2000o‘quv yili 5-6 sinflar;
2000-2001o‘quv yili 7-sinf;
2001-2002o‘quv yili 8-sinf;
2002-2003o‘quv yili 9-sinf;

Slayd 4

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini nashr etsin va 1999-yil 1-sentabrgacha ta’lim muassasalariga yetkazsin;
yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari bilan faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida o‘z vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.

Slayd 5

O‘quvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
—botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;
—tirik organizmlar turli-tumanligini bilish;
—o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ ko‘payishi, guli, meva va urug‘lari, o‘simlik organlarining atrof muhit bilan bog‘liqligi, o‘simliklar sistemasi, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, o‘simliklar olamining rivojlanishi, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar haqida bilimga ega bo‘lish;

Slayd 6

—Tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tip to‘g‘risidagi asosiy taksonomik tushunchalarni bilish;
—hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish;
—hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
—asosiy sistematik guruhlarni bilish;

Slayd 7

— Organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi)ni bilish va idrok etish;
— tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni tushuntira olish;
— organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishning zarurligini bilish va unga amal qila olish;

Slayd 8

— Odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
— odamning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va rivojlanishini tavsiflay olish;
— tsitologiya va genetika asoslari bo‘yicha umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;
— O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish;
— biologiyaga oid bilimlardan qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalana olish.

Slayd 9

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 10

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlar DTS tahlili” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

13 − four =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar