Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga Davlat talablari

4000 so'm


Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga Davlat talablari

 

 

Slayd 1

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari

Slayd 2

Reja:
Davlat talablarining maqsadi va vazifalari
Davlat talablarining tamoyillari va uning tarkibi
Davlat talablarida bolalarning rivojlanish sohalari

Slayd 3

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablari
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda — davlat talablari) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan «Mehribonlik» uylari va «Bolalar shaharchalari».
Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar davlat talablariga rioya qilishlari lozim.

Slayd 4

Maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
bola tarbiyasining majmui — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakasi hamda qadriyatlari;
integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;
refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni;
“Men» konsepsiyasi — bolaning o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi.

Slayd 5

2-Bob. Davlat talablarining maqsadi va asosiy vazifalari
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Slayd 6

3-Bob. Davlat talablarining asosiy prinsiplari
Davlat talablari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
bolaning noyobligi;
“Men»konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bolata’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Slayd 7

4-Bob. Davlat talablarining tarkibi
Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
“Men» konsepsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

Slayd 8

“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
nutq va til;
o‘qish malakasi;
qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
“Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
“Ijodiy rivojlanish» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
Ilkyoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablariga 1-ilovada belgilangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur davlat talablariga 2-ilovada belgilangan.

Slayd 9

5-Bob. Yakunlovchi qoida
Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(17-Band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Slayd 10

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 11

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga Davlat talablari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar