Ekskursiya darsi va boshlang’ich sinf tabiatshunosligi
4000 so'm

Slayd 1
Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf o’quvchilarining
Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf o’quvchilarining
tabiatshunoslikni o’rganishdagi o’rni
Slayd 2
Reja:
Ekskursiyadarslari va uni tashkil etish.
Ekskursiyadarslarida turli metodlardan foydalanish.
Ekskursiyadarsi davomida predmetlararo bog’lanish didaktik tamoyilining amalga oshirish yo’llari.
Slayd 3
Slayd 4
Sinfdagi darsda hayoti uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayonini, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiiy fanlarni o’qitishda darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalarda bolalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligida, muzeylarda o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiriladi. Ekskursiyalar avval qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi.
Slayd 5
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi: ekskursiyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta yodga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar avval olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydilar, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Slayd 6
Darslarning uy vazifalari bilan, xususan, eksperimental xarakterdagi topshiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalarni amalga oshiradilar, kuzatishlar o’tkazadilar. (Masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini chizadilar). Bu o’qitishning eng yuqori ko’rgazmalilikka va o’quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir.
Dasturning deyarli har bir mavzusi bo’yicha ekskursiyalar mo’ljallangan. Vatanimizning tabiiy sharoiti ular sonini ancha ko’paytirishga imkon beradi.
Slayd 7
Ekskursiya o’quv-taibiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali o’qitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi o’quv yilining boshida bir yil uchun choraklar bo’yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
aniq o’quv-tarbiya vazifalarini belgilash;
Slayd 8
Obyekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
ekskursovodni yoki korxona xodimlarini o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
o’quvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qo’yish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);
kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yo’nalish tanlash;
ekskursiya o’tkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.
Slayd 9
Ekskursiya vaqtida o’tkaziladigan va bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:
Ekskursiya vaqtida o’quvchilar ekskursiya joyigacha yo’1-yo’lakay kuzatishlar o’tkazib boradilar;
ekskursiya davomida o’qituvchi tushuntirib boradi;
ekskursiya joyida o’quvchilar odamlar va mashinalar harakatini yoki tabiat obyektlari va hodisalarini kuzatadilar;
Slayd 10
Ishchilar va muhandislar bilan suhbatlashadilar;
tabiiy material yig’adilar va oldindan tayyorlab qo’yilgan jild, quticha, bonkalarga soladilar;
o’lchov ishlarini (daryoda, tuproq kesmalarida, tepalikda) olib boradilar;
kompas bo’yicha yo’nalishlarni aniqlaydilar;
rasm chizadilar, xulosalar chiqaradilar, xulosalarni umumlashtiradilar;
kuzatayotgan obyektda baholi qudrat ijtitnoiy foydali mehnat qiladilar.
Slayd 11
Slayd 12
Ekskursiya vaqtida to’plangan material darsda, uyda yoki darsdan tashqari vaqtda maktabda ishlanadi (tartibga keltiriladi). Ulardan gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi, ular tarqatma material bo’lib xizmat qiladi yoki ulardan ko’rgazmali qurol sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda, shuningdek, rasmlar, albomlardan ham foydalaniladi.
Slayd 13
Slayd 14
Ekskursiyada to’plangan materiallardan faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika, ona tili, mehnat va rasm darslarida ham foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda «Alifbe» o’qitilayotgan davrda o’quvchilar bilan «Kuz» mavzusi bo’yicha ikkita ekskursiya o’tkaziladi, ekskursiyalar vaqtida o’quvchilar xiyobonda erta va kech kuz davrida o’simliklar hayotidagi o’zgarishlar bilan tanishadilar. Bolalar qushlarning uchib ketishini kuzatadilar, mehnat darslari uchun tabiiy material yig’adilar.
Slayd 15
Qish va bahorda o’quvchilarning o’simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlarni ko’rishlari uchun kelgusi ekskursiyalar o’sha obyektlarda o’tkaziladi. 2-Sinfda tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar mavzusi bilan bog’lq holda ekskursiyalar o’tkaziladi, ularda o’qituvchi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqur-lashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalarni shakllantiradi.
1-Sinfda bolalar ekskursiyalarda 3-4 o’simlik bilan tanishadilar va ularni yil davomida kuzatib boradilar. 2-Sinfda bunga yana 3-4 o’simlik turi qo’shiladi, 3-sinfda, bahorning oxiriga kelib, ular 6-8 o’simlik turlari (daraxt, buta va o’t o’simliklari)ni taniy va ta’riflay olishlari, 4-sinfda esa 8-10 turni yaxshi bilib olishlari kerak.
Slayd 16
Ekskursiya o’quvchilarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiravchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur bo’lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko’p tarqalgan suv o’simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o’tkaziladigan ekskursiya rejasini keltiramiz. (3-Sinf):
ilgari tabiatga (bog’cha, xiyobonga) o’tkazilgan ekskursiya mazmuni bo’yicha suhbat;
yangi mavzu bo’yicha (suv havzasining mavjudotlari haqida) kirish suhbati;
Slayd 17
Slayd 18
O’smliklarni kuzatish;
hayvonlarni kuzatish;
yaqinda joylashgan suv havzasidagi o’simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishini qarab chiqish;
ekskursiya materialini yig’ish;
umumlashtiruvchi suhbat;
uyga vazifa berish (jadval).
Slayd 19
Ekskursiya jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda og’zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o’quv-chilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foydalanadi.
Ekskursiya jarayonida o’quvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki o’iganilayotgan obyekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olishlari va ulardan amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini o’quvchilar so’zlab bera olishlari lozim.
Slayd 20
O’qitishning xilma-xil metodlari va uslublaridan foydalanish jihatidan darslarga o’xshash bo’lgan ekskursiya ayni vaqtda o’ziga xos belgilarga ham egadir. U maktabdan tashqarida o’tkaziladi va ko’proq vaqt talab qiladi, vaqt faqat bilish faoliyatigagina emas, balki o’rganish obyekti tomon va orqaga qarab harakatlanishga ham sarflanadi.
Slayd 21
Ekskursiya vaqtida bilimni faqat o’qituvchigina emas, balki boshqa shaxslar ham bayon qiladilar. Uning farq qiladigan muhim belgisi – atrof borliqning obyekt va hodisalari bilan tanishtirishdir.
Slayd 22
Sinfda esa tabiiy obyektlar ko’pincha ko’rgazmalilikning u yoki bu vositalari bilan almashtiriladi. Shuning uchun ham ekskursiyada darsdagiga qaraganda o’rganiladigan obyekt va hodisalarning aniq bog’lanishlari osonroq belgilanadi.
Slayd 23
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.