Bolalar folklori janrlari va xususiyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Bolalar folklori
Slayd 2
Reja:
“Alla», Maqollar, Topishmoqlar, Tеz aytishlar, Ertaklar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o’qib, hikoya qilib bеriladigan ertaklar
Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar
Xulosa
Slayd 3
Bolalar folklori xalqimiz og‘zaki ijodining tarkibiy qismini tashkil etadi. Uning o‘zi topishmoq, tez aytish, sanamachoq kabi ko‘p janrlardan tashkil topgan. Kattalar folkloridagi qo‘shiq, ertaklar bolalar folklorida farzandlarga moslashtirilgan holda yaratilgan bo‘ladi. Ammo, doston, maqol, askiyalar mazmunan murakkab hayotiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lgani sabab bolalar folklorida uchramaydi. Olimlar bolalar folklorini kimlar yaratadi, degan savolga javob berishga uringanlar. O‘zbek folklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov bilan bir kuni ilmiy suhbatda nima uchun bolalar folklori haqida maqola yozmaganlarini so‘radik. Shunda ustoz bu og‘zaki ijod namunalari o‘ta sirli va murakkab ekanini aytdilar va mazkur asarlar haqida maqola yozishga jur’at etmasliklarini tushuntirdilar. Ularning fikricha, ayrim qo‘shiqlardagi sirli ifodani izohlash juda mushkul ekan.
Slayd 4
Masalan : qo‘shig‘ining mohiyat mazmuni aza bilan bog‘liqqa o‘xshaydi. Zero, bolalar folklori yuzasidan fikr yuritganda, juda ehtiyotkorlik bilan har bir so‘z, har bir ifodaning mohiyatini hisobga olish lozim. 1988 Yilda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga folklor ekspeditsiyasiga borganimizda talabalarimizning bitta guruhi nihoyatda gapga chechan 9-10 yoshlardagi bir bola bilan uchrashib qolgan. Undan qo‘shiq, topishmoq janrlariga mansub matnlar yozib olishgan. Suhbatning oxirida o‘zi o‘ylab topgan topishmoqni topishni so‘ragan. Topishmoq quyidagi matndan iborat edi: «Bitta daraxt. Daraxtning to‘qqizta shoxi bor. Har bir shoxning o‘ng tarafida sakkizta, chap tarafida sakkizda barg bor – shuni toping».
Slayd 5
Bolalar folklori matnini ijod qilishda bevosita yoshlarning o‘zi ishtirok etishi inkor qilinmaydi. Lekin bolalar folklorining salmoqli qismi asosan kattalar tomonidan yaratiladi. Bizningcha, yozma adabiyotda o‘z asarlarini bolalar uchun yozadigan adiblar bor. Xususan, Quddus Muhammadiy, Po‘lat Mo‘min, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, Hamza Imomberdiyev kabi shoir va yozuvchilarning asarlari o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelgan. Zamon o‘zgarib, kitoblar nashr qilingani bois asarlar mualliflari o‘z ismlari bilan yozgan she’r, ertaknamo romanlar, topishmoqlarni nashr ettirmoqdalar. Kitoblarni nashr qilish imkoni yo‘q qadim zamonlarda esa ular yodga olingan va avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tgan.
Slayd 6
Shunday qilib, bolalar folklori deb atalgan sirli javohirlar sandig‘i yaratilgan. Masalan, Tohir Mullaboyevning bitta topishmog‘ini olaylik: Yog‘ochdan silliq tani, Ilma teshik badani, Bag‘ridan o‘tsa havo Taralar mayin navo .Shoirning nay – musiqa asbobiga bag‘ishlangan topishmog‘i bolalarga ma’qul bo‘lgani uchun ular yodlagan matnlarini bir-birlariga aytadilar.Har kim o‘z farzandining aqliy va jismoniy jihatdan komil bo‘lib yetishishini xohlaydi. Bola yoshligidan ertak va qo‘shiqlar ta’sirida ulg‘ayar ekan, uning ma’naviy qiyofasi shakllanadi. Quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish esa uni jismonan chiniqtiradi. Binobarin, asrlar davomida xalq bolani aql, farosat, xotira mashqlari va turli jismoniy harakatlar orqali balog‘at yoshiga etganida hayotga har jihatdan yetuk insonni tayyorlash rejasi asosida ish olib borgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan o‘nlab allomalarning aynan bizning millatimiz va yurtimizdan chiqishida bolalar folkloridagi qo‘shiq, ertak, chandish, topishmoq, tez aytishlar hissasi ham yo‘q emas.
Slayd 7
Qadim zamonlardanoq hayot tajribasini yetuk olimlardek tahlil qila olgan xalqimiz bolalar folklori asarlarini jahon pedagogikasi talablari asosida yaratishga erishdi. Bu talablarning, eng muhimi, mazkur namunalar tilidagi soddalik, mazmundagi yorqinlik bilan belgilangan. Shuningdek, bu asarlar, albatta, tarbiyaviy ahamiyat kasb etgani holda, bolalarda xalqiga, vataniga, qadriyatlarga, ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak edi. Bola hayot haqidagi dastlabki tajribalarga ega bo‘lganidan uy hayvonlarining tabiati va xususiyatlari, vahshiy hayvonlardagi asosiy belgilar bilan ertaklar vositasida bilib oladi. Ayni paytda, go‘zallik qadriga etish, his-tuyg‘ularni ifodalay olish yo‘llarini o‘rganadi.
Slayd 8
Bola go‘dakligidan onasining allasini eshitadi. Sevimli shoirimiz Cho‘lpon ona allasidagi sehrli dunyo ifodasini shunday ta’rif etadi: «Bir bola uxlamasa, alla aytadilar. Bola tez uxlab ketar. Chunki ul andin bir lazzat his qilur». Bola ruhiga qilinadigan ta’sir, avvalo, ona mehri, ona qalbidagi muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Keksalarimiz alladagi bola ruhiga iymon, Vatanga muhabbat, xalqiga hurmat, o‘zi tug‘ilgan oilaga izzat singdirish fazilatini ko‘p qayd qilganlar. «Alla» lug‘aviy jihatdan «charxpalak bo‘lmoq», «yiqilmoq» ma’nosini ham beradi. Ayni paytda bu so‘zning «Alloh»dan olingani ham olimlar tomonidan qayd etilgan. Xalq qo‘shiqlarining bu turi deyarli hamma xalq og‘zaki ijodida bor. Uni ruslar «kolыbelnaya», gruzinlar «nanina» deb atashadi. Hatto Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida «beshik» so‘zi bor. Beshik bo‘lganidan so‘ng mantiqan bolani ovutish qo‘shig‘ining bo‘lishini tabiiy hol deb qabul qilish lozim.
Slayd 9
Alla qo‘shiqlari mazmunan bir necha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1. Onaning farzand ko‘rganiga shukr qilishi. 2. Farzandga baxt tilashi, uning kelajagini Yaratgandan so‘rashi. 3. Yosh onaning his-tuyg‘ularini ifodalashi, ba’zan turmushdan hasrat qilishi. Ammo allaning mazmuni qanday ma’noni ifodalashidan qat’iy nazar onaning farzandiga bo‘lgan muhabbati ustuvorlik qiladi. Asrlar davomida millatimizning ijodkor vakillari tomonidan yaratilgan xalq qadriyatlaridan biri bo‘lgan alla momodan onaga o‘tayotgan ma’naviy merosdir.
Slayd 10
Akademik G‘afur G‘ulom hazrat Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni beshinchi bobidagi:Beshik davrida chiniyu xitoyi,Bo‘lib yuz no‘sh lab dastonsaroyi.Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu,Anga uyqu keturmakka navogo‘ .baytlariga: «Beshik atrofiga chinliklar va xitoyliklar yig‘ilib, yuz ohang bilan alla aytar edilar. Bolaning ko‘zidagi noz boshqalarning ko‘zidan uyqusini qochirar va ular Farhodning uyqusini keltirish uchun alla aytar edilar» – deb izoh beradi. Farhodning ulg‘ayganida buyuk Navoiy havas qilarli darajada barkamol inson bo‘lib etishishida ana shu allalar ta’sirini kim inkor etadi. Axir dunyo tanigan olimlarimiz, g‘azalu dostonlar bitgan adiblarimiz go‘dakligida alla eshitib ulg‘aygan-ku. Tibbiyot ilmining buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino inson sog‘ligida tovush va ohangning, allaning juda muhim ahamiyat kasb etishini qayta-qayta ta’kidlagan edi.
Slayd 11
Allani ona juda berilib aytadi. Ba’zan allani eshitgan odam onaning o‘zi allaga aylanib ketdi, shekilli, deb o‘ylaydi. Ammo shu paytda ona bolasining allani tushunmasligini xayoliga ham keltirmaydi. Qolaversa, buning ahamiyati ham yo‘q, chunki muayyan lahzada ona xayollar olamida sayr qilayotgan bo‘ladi. Bola uchun esa beshikning bir maromda tebranishi va alla kuyi ahamiyatlidir.O‘zbek bolalar folklori taniqli olim G‘ani Jahongirov va professor Oxunjon Safarov tomonidan o‘rganilgan. Xususan, O.Safarov ona aytadigan allalar mazmun va kompozitsiya jihatdan turlarga bo‘linishini ko‘rsatadi: parokanda, voqeaband, maishiy, tarixiy allalar mavjud bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. Har biri mustaqil mazmun bildiruvchi to‘rtlik allalar parokanda hisoblanadi:
Slayd 12
Men seni alla qilay, alla,Ko‘tarib katta qilay, alla. Alla jonning rohati, alla,Uyqu ko‘zning rohati, alla. O‘rik yog‘och beshiging, alla,O‘rgilib ketsin onang.Tut yog‘ochdan beshiging, alla,Termulib o‘tsin onang, alla.Parokanda – tartibsiz, tarqatilgan ma’nosini ifodalaydi. Binobarin, parokanda allalarning har birini alohida aytish mumkin.Voqeaband allalarda misralardagi mazmun bir-biriga bog‘lanadi, ya’ni voqeasi bandlangan – bog‘langan bo‘ladi. Ularni oldinma-keyin aytish mumkin emas:
Slayd 13
Past-pastgina tepadan,Toydim tushdim-o, alla. Qo‘limga qaychi olib-o,Senga – qo‘g‘irchog‘im-o, Chopon bichdim-o, alla.Yenglari tor kelmasin, debQo‘lingga qarab-o, alla.Chopon bichgan qo‘limni-yo,Mening toylog‘im-o, alla,Oyi bordir-o, alla,Jonim bolam-o, alla.
Slayd 14
Ma’lum bo‘ladiki, voqeaband allalarning mazmunan birligi ularni aralash yoki almashtirib ijro etishga yo‘l qo‘ymaydi. Maishiy allalarda lirik yo‘nalish yetakchi bo‘ladi. Agar avvalgi tur allalarda ona maqsadi, asosan, alla aytishga qaratilgan bo‘lsa, maishiy turda ona endi alla aytishdan ham ko‘proq o‘zining ichki g‘amini, dard-hasratni ifodalaydi. Endi alla faqat vosita vazifasini o‘taydi. Bosh maqsad esa, his-tuyg‘uni ifodalashga qaratilgan bo‘ladi:Shaftoli shohiga zar, alla,G‘aynoli bargiga zar, alla.Men dadangga intizor, alla,Ko‘z tikarman beqaror, alla.;
Slayd 15
Bu allani ko‘proq eri urushga ketgan, uzoq va xavfli safarlarda qatnashayotgan va oila erkaksiz qiynalayotgan paytlarda aytishgan. Ular lirik asarlar sifatida aytuvchi ichki kechinmalarini ifodalagan.Tarixiy allalar nisbatan kam aytilgan. Ularda muayyan davr, voqea-hodisa aks etgan: Afg‘oniston tog‘ligi-yo, alla,Yaltillaydi balig‘i-yo, alla.Kundan-kunga ortadi-yo, alla,Amirlikning solig‘i-yo, alla.
Slayd 16
Shunday qilib, bolalar folkloriga nisbat beriladigan allalar onaning qalb qo‘shig‘i hisoblangan. Bola allaning so‘zini tushunmagan, kuyidan rohat olgan. Ona bo‘lsa, bir tomondan, quvonchini, ikkinchidan, alami va dardini aytib ko‘nglini bo‘shatgan. Natijada, har ikki taraf: ona ham, bola ham sokin dam olgan. Bolalar folklorining yana bir janri ertaklardir. Bolalarga mo‘ljallab yaratilgan ertaklar syujetdagi yaxlitlik, tildagi soddalik, voqealar bayonidagi takroriylik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Matnlar hajmi cheklangan bo‘ladi. Ko‘proq ma’rifiy mazmundagi hayvonlar haqidagi ertaklardan tashkil topadi. Laylakning tumshug‘i uzunligi, burgutning erkinligi, bo‘rining vahshiyligi, otning sezgir jonivor ekanligi haqida ertaklar yaratiladi. Bola ularni eshitish bilan ham hayot tajribasini o‘zlashtiradi, ham sokin bir vaziyatda uyquga moyillik sezadi. Ko‘pincha, bu tur ertaklarda bir xil voqeaning biroz farq bilan takrorlanishi kuzatiladi.
Slayd 17
Masalan: «Qarg‘a bilan qo‘zi» ertagida Qarg‘a Qo‘zini emoqchi bo‘ladi. Qo‘zi Qarg‘aga tumshug‘ini halollab yeyishni maslahat beradi. Qarg‘a daryo bo‘yiga tumshug‘ini halollash uchun keladi. Daryodan suv olish uchun ko‘za kerakligini aytib, uni kulolga jo‘natadi. Kulol ko‘za qilish uchun tuproq olib kelishni aytadi. Ertak davomida turli sabablar bilan qarg‘ani kiyikka, it egasi Po‘latvoy akaga, sigirga, Toshvoy akaga, o‘tga, ustaga, ko‘mirga jo‘natishadi. Oxiri Qarg‘a o‘roqni olib kelayotganida, o‘roq qanotini kesib ketadi va Qarg‘a maqsadiga eta olmaydi. Ammo ertakning oxiridagi Qarg‘aning so‘zlari bu hayotda hamma narsa bir-biriga bog‘liq ekanini tasdiqlaydi. Uning nutqi ertak mazmunini juda boyitib yuboruvchi monologdan iborat bo‘lib qoladi.
Slayd 18
Shunday qilib, og‘zaki ijodimizdagi xalq qo‘shiqlarining tarkibiy qismini tashkil qiluvchi bolalar qo‘shiqlari ko‘pincha yil fasllariga, qush va hayvonlarga, tabiatdagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur narsa-predmetlar va vatan manzaralariga nisbatan munosabatlarning badiiy ifodasi sifatida baholanadi. Bu qo‘shiqlardagi misralar bo‘g‘in soniga ko‘ra 6-8 tadan oshmaydi. Qo‘shiqdagi misralar soni 6, 8, 10 tani tashkil etadi. Bu xususiyat ularni o‘ynab ijro etish imkonini beradi.
Slayd 19
Olimlar fikricha, tez aytishlar bolalar folkloriga nisbatan keyin qo‘shilgan janr hisoblanadi. Ular avval «tutal», «chalg‘ituv», «chalish», «adashish» atamalari bilan mashhur bo‘lgan. «Tez aytish» esa keyin qo‘llangan. Vaqt o‘tgani sari bu janr kattalardan bolalar folkloriga o‘tgan. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish bilan aytish talab qilingan. Qadimgi tez aytishlarda esa talaffuz qilish oson bo‘lmagan so‘zlar soni ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ularni avvallari kattalar folkloriga mansub beradilar. Yosh bola ularni bir nafasda ayta olmagan. Hozirgi kunda bunday namunalar bolalardagi ayrim tovushlarni talaffuz qilish qiyin ekaniga ko‘ra tanlanadi. Masalan, «r», «l», «s», «sh», «ch» tovushlarini aniq aytish mo‘ljallangan tez aytishlardan ko‘proq foydalaniladi:
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.