Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish

4000 so'm


Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish

 

 

Slayd 1

Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish

Slayd 2

Reja:
Kirish
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati
Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Xulosa

Slayd 3

Dars o’quv maqsadi: Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyatini turli hil pedagogik texnologiyalar asosida o’rganib tahlil qilish Tayanch so’zlar va iboralar: adabiyot, hikoyalar, she’rlar, musiqiylik, ohangdorlik, xalq ertaklari, ona tili, nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar.

Slayd 4

Badiiy adabiyot bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta’sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi. She’riy obrazlarda badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg’ular va o’zaro munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Bu namunalar o’z tas’ir kuchiga ko’ra turlicha bo’ladi: hikoyalarda bolalar so’zlarning lo’ndaligi va aniqligini bilib oladilar; she’rlarda o’zbekcha nutqning musiqiyligini, ohangdorligini ilg’aydilar; xalq ertaklari ular oldida tilning aniqligi va ifodaliligini namoyon qiladi, ona tilidagi nutqning yumor, jonli va obrazli taqqoslashlar, ifodalarga qanchalik boyligini ko’rsatadi. Bolalar badiiy asarlar qahramonlariga qayg’urishni o’rganganlaridan so’ng ular yaqinlari va atrofdagi odamlar kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda insonparvarlik his-tuyg’ulari – birovning dardiga sherik bo’lish, yaxshilik qilish, adolatsizlikka nisbatan qarshilik ko’rsatish qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Bu printsipiallik, halollik, haqiqiy fuqarolik hislari tarbiyalanadigan poydevordir. «His-tuyg’ular bilimdan oldin keladi; kimki haqiqatni his qilmagan bo’lsa, u uni tushunmagan va tanimagandir»_.

Slayd 5

Xalq – bolalarning betakror o’qituvchisidir. Xalq asarlaridan boshqa hech qaysi asarlarda qiyin talaffuz qilinadigan tovushlarning bunday qoyilmaqom qilib joylashtirilishini, jarangiga ko’ra bir-biridan zo’rg’a farq qiladigan so’zlarni hayron qolarli darajada yonma-yon terilishini uchratish qiyin. Beozor hazillar, nozik yumor, sanoq she’rlar – pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali vositasi, dangasalik, qo’rqoqlik, o’jarlik, injiqlik, faqat o’zini o’ylash (egoizm)kabi xislatlarga qarshi yaxshigina «malhamdir».
Ertaklar olamiga sayohat bolalar tasavvurini, ularning xayolot olamini, fantaziyasini rivojlantiradi. Eng yaxshi adabiy namunalar asosida insonparvarlik ruhida tarbiyalangan bolalar o’z hikoyalarida va ertaklarida mazlumlar va zaiflarni himoya qilish, yomonlarni jazolash orqali o’zlarining adolatparvarligini namoyon qiladilar.

Slayd 6

K.D.Ushinskiy shunday yozadi: «Bola ona tilini o’rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o’rganmaydi. Balki ona tilining ona ko’kragidan ma’naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar xarakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, xalq she’riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetik bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, albatta, boshqa biron-bir faylasuf bunga qodir emas»_. Buyuk pedagogning ushbu so’zlarida nafaqat ona tilini o’zlashtirish natijalari, balki uni o’rganish metodi: «nafaqat ko’p narsani o’rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo’lmaydigan metod asosida o’qitadigan»_ o’qituvchi tiliga ishonch ko’rsatib berilgan.

Slayd 7

Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, o’qituvchi har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi.
Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o’zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo’yadi. Yosh o’sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur.
Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko’rib chiqamiz.

Slayd 8

Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Ilk yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilishining asosi – bu ularga nisbatan emotsional javob, turli xil ohanglarni ilg’ab olish, ularga munosabat bildirish, imkoniyat darajasidagi adabiy asarlar qahramonlarini tanib olish va ular haqida qayg’urishdir.
Ushbu yoshdagi bolalar uchun kichik shakldagi she’riyat, ya’ni: folklor va mualliflik she’riyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalarga bosh qahramonlari bolalar, hayvonlar bo’lgan, o’yinli va maishiy vaziyatlar bayon qilingan asarlar juda qiziqarlidir.
Bola kattalar bilan birgalikda matallar va sanoq she’rlar syujetlari asosida ishtiyoq bilan o’yinlar tashkil qiladi, u tovush taqlidiga va folklor yo’nalishidagi bir maromdagi takrorlashlarga quloq tutadi hamda ularga taqlid qiladi.

Slayd 9

Bola adabiy asarlarda bayon qilingan voqealarni juda jiddiy qabul qiladi. O’ziga yoqib qolgan ertakni bir necha marta eshitishga ham tayyor. Uning qahramonlarini illyustratsiyalar va o’yinchoqlarda xursand bo’lib tanib oladi, har gal ertakning baxtli yakunini berilib kutgani holda syujet harakatlarining odatdagi ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.
Kichkintoylarga mo’ljallangan badiiy asarlar soni unchalik ko’p emas. Shuning uchun ular ko’p martalab takror jaranglashi, bolaning kundalik hayotiga kirib borishi va unda badiiy asarni his qilishning birlamchi asoslarini rivojlantirishi lozim.
Ilk yoshdagi bolalarga o’qib beriladigan asarlar doirasini asosan o’zbek folklori asarlari tashkil qiladi. Ular eng yaxshi tarzda ilk yoshdagi bolalar ehtiyojlariga mos keladi, chunki, u so’z, ohang, musiqa va harakatni o’zida jamlagandir. Bolalar hayvonlar haqidagi xalq ertaklari bilan tanishadilar: «Sholg’om», «Bo’g’irsoq», «Uycha», «Chipor tovuq» va boshq.

Slayd 10

Bolalar bog’chasi va ota-onalarning vazifalari:
* Bolaga so’z san’ati olamini ochish, kitobga qiziqish va mehrni, uni tinglash va tushunishni, xayoliy voqealarga emotsional munosabat bildirishni, qahramonlar haqida qayg’urish va «ularga yordamlashish» hissini tarbiyalash, ya’ni bolalarni badiiy rivojlantirish, ularni bo’lajak o’quvchilar sifatida shakllantirish;
* Hikoyani tinglash va tengdoshlari bilan birgalikda o’qish qobiliyatini shakllantirish;
* Bolalarga sanoq she’r matniga mos keluvchi o’yin harakatlarini bajarishni o’rgatish;
* Bolalarda xalq asarlari, she’rlar, qo’shiqlar ohangdorligi va musiqiyligiga nisbatan emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash;
* Bolalarga adabiy asarlar ko’p martalab o’qilganida va hikoya qilinganida ularning qahramonlarini tanib olishda yordamlashish;
* Bolaning she’rlar va ertaklardan ayrim so’zlar hamda ifodalarni takrorlashga rag’batlantirish;
Illyustratsiyalarni ko’zdan kechirishni, ulardan adabiy asarlar qahramonlarini tanib olishni va illyustratsiya mazmuni bo’yicha oddiy savollarga javob berishni o’rgatish (Kim bu? Quyonning quloqlari qani? U nima qilayapti? Sichqon qani? Va h.k.).
* Bolalarga dastlab ko’rgazmali asosda (suratlar, o’yinchoqlar, harakatlar), so’ngra esa ko’rgazmasiz taqdim qilinayotgan qisqa she’rlar, sanoq she’rlar, ertaklardagi harakatlar rivojini kuzatib borishni o’rgatish;
* Bolani ilk yoshdagi bolalar uchun maxsus chop etilgan (rang-barang, yirik suratli, muqovasi qattiq va yuviladigan) kitoblardan mustaqil ravishda foydalanishga undash.

Slayd 11

Ushbu vazifalarni amalga oshirish bolalarda adabiy asarlarni estetik qabul qilish qobiliyati va mahoratini tarbiyalash, ularda badiiy-nutqiy faoliyatni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir.
Ilk yoshdagi bolalar bilan pedagogik ishlar mazmuni va shartlari qanday bo’lmog’i lozim?
Tarbiyachining badiiy asarni o’qish yoki hikoya qilish jarayoniga u xuddi ana shu voqealar tomoshabini yoki ishtirokchisi sifatida emotsional tarzda qo’shilib ketishi bolalar bilan pedagogik ishlarni olib borishning eng muhim sharti hisoblanadi.
Aynan bir asarning o’zi ko’p marta takrorlanishi lozim: tarbiyachi suratli kitobdan «Sholg’om» ertagini o’qiydi, so’ngra uni kitobsiz hikoya qilib beradi, o’yinchoqlar bilan ko’rsatadi, guruhga boshqa rassom tomonidan ishlangan illyustratsiyalarni olib keladi, bolalar bilan birgalikda o’qiydi va hikoya qiladi.
Kattalar badiiy so’zni bolaning kundalik hayotiga doimiy ravishda kiritib borishlari (Uxla, qarog’im mening), bolaning o’z ismini u yoki bu o’yin yoxud maishiy vaziyatga mos keluvchi xalq qo’shig’iga qo’shib aytishlari lozim (Allayu-alla, Gulnor qizim uxlasin, alla va h.k.).

Slayd 12

Tarbiyachi (kattalar) bolalar bilan birgalikda tanish va notanish kitoblardagi illyustratsiyalarni ko’zdan kechirishi, bolalarni tanish asarlar, illyustratsiyalar va o’yinchoqlar qahramonlarini tanib olishga, qahramon ismi va uning harakatlari nomini aytishga, shuningdek badiiy matnning ayrim ifodali qismlarini aytib berishga («Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim momomdan…») undashi darkor.
Ayniqsa, 4-5 nafar boladan iborat bo’lgan kichik guruhlar bilan kitoblarni ko’rib chiqish va o’qish, shuningdek, har bir bolaning tanlab olingan va guruhda saqlanayotgan kitoblardan erkin foydalanishi uchun tegishli sharoit yaratishi alohida ahamiyatga egadir.
Bolalarga barcha notanish so’zlar ma’nosini darhol tushuntirib berishga, xususan obrazli tavsiflash yoxud u yoki bu ertakdan kelib chiqadigan ma’noni o’z so’zlari bilan aytib berishga intilmaslik zarur.

Slayd 13

Turli adabiy janrlar turlicha usulda yetkazishni talab qiladi. Ilk yoshdagi bolalarga ertakni kitobdan o’qib emas, balki uni aytib bergan ma’qul: bu emotsional ta’sirni kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida ertakning asosiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Katta yoshli odam kitobga emas, bolalarga qaraganida u xuddi har bir bola bilan suhbatlashgandek bo’ladi va shu bilan monologik nutqni eshitish hamda tushunishdek muhim qobiliyatni tarbiyalaydi.
Agarda ertak mazmuni unchalik katta bo’lmasa, uni ikki-uch marta hikoya qilish yoki eng yorqin joylarini takrorlash mumkin. Uni aytib bo’lgandan so’ng bolalarga shunday sharoitni vujudga keltirish tavsiya qilinadiki, toki ular eng qiziqarli jihatlarni esga olish va ularning ertakdagi so’zlar bilan takrorlashga majbur bo’lsin.
Pedagog vaziyat yordamida bolalar bilan xalq ertaklari qahramonlarining qo’shiqlarini, qahramonlar ismlarini takrorlash, obrazli so’zlarni bolalar ongida mustahkamlashni amalga oshiradi, va ular buni o’z nutqlarida qo’llay boshlaydilar.

Slayd 14

Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarga o’qib berish uchun unchalik katta bo’lmagan hikoya va she’rlar (A.Bartoning «O’yinchoq», Z.Aleksandrovaning «Mening ayiqcham» she’rlari) tavsiya qilinadi, bular kichik tinglovchilarda ijobiy emotsiyalarni tarbiyalashga yordam beradi. Ularning bolaning shaxsiy tajribasiga yaqin bo’lgan oson mazmuni oddiy va sodda shaklda ifodalangan: qofiyalar o’xshash, she’r qatorlari qisqa. Bolalar ularni takrorlar ekan, qatorlarning jarangdorligini, she’rning musiqiyligini ilg’ab oladilar, ularni oson qabul qiladilar. So’ngra esa butun she’rni esda saqlab qoladilar.
Bolalarni ilk yoshda ko’proq she’rlar o’ziga jalb qiladi, chunki ular aniq qofiyalari, ohangdorligi va musiqiyligi bilan alohida ajralib turadi.
Takror o’qishda bolalar she’r mazmunini o’zlashtirib oladilar, qofiya va ritmni his qiladilar, ayrim so’zlar va ifodalarni esda saqlab qoladilar hamda shu bilan o’z nutqlarini boyitadilar.

Slayd 15

Tarbiyachining vazifasi – bolalarga o’zlari aytayotgan so’zlar ma’nosini tushunishni o’rgatish, ularni boshqa so’zlar bilan birgalikda qanday qilib qo’llash mumkinligini ko’rsatishdan iboratdir. Masalan, «Novvoscha» she’rini (Novvos borar chayqalib, hansiraydi yo’lida. Voy, taxta chayqalmoqda, men ham yiqilaman-da.) o’qib bo’lgandan so’ng bolalarga yana nimalar chayqalishini ko’rsatish mumkin: novdada barg chayqalmoqda, ipga bog’langan soqqa chayqalmoqda va h.k.
Ish jarayonida badiiy adabiyot bilan tanishtirishga nisbatan shunday yondashuv tez-tez uchraydiki, bunda pedagog ertak yoki she’rni ifodali, emotsional o’qib beradi va shu bilan «tanishtirish» nihoyasiga yetadi. Bolalar balkim, uning ma’nosini tushunib yetar, lekin o’qish ularning fikrlarini rivojlantirmaydi, ular tinglagan asar mazmuni va so’zlari tezda esdan chiqib ketadi. Bunda me’yor hissiga amal qilish juda muhim, ammo asar ustida ishlash, bolalar eslab qolgan so’zlar va ifodalarni takrorlashni davom ettirish juda zarurdir.

Slayd 16

Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshda olamga nisbatan estetik munosabat ko’p qirrali bo’ladi. Bu endi nafaqat tabiatga va atrofni o’rab turgan tabiat muhitiga munosabat, balki insonlar olamiga – o’ziga, yaqinlariga, tengdoshlariga, boshqa kattalarga bo’lgan munosabat hamdir.
Bola o’z tashqi ko’rinishini, kostyumini ko’rish va ularga baho berishni boshlaydi; qo’llari, yuzi, kiyimlarining tozaligiga e’tibor beradi; to’g’ri va ozoda ovqatlanishni o’rganadi. U muloqot va odamlar borasida nima chiroyliyu, nima xunukligini tushuna boshlaydi. Mohiyatan yagona bo’lgan estetik va axloqiy munosabatlar muayyan bola ongida va xulq-atvorida birlashadi.

Slayd 17

Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bola san’atga, uning badiiy obrazlariga oshno bo’lish, badiiy faoliyatni egallab olish borasida keng imkoniyatlarga egadir. U san’at obrazlarini yaxlit va emotsional qabul qilishi, ularning mazmunini oddiy anglab yetishi bilan ajralib turadi. Chunonchi, yorqin va ritmik marsh musiqasini tinglar ekan, bola eng avvalo, uning ko’tarinki kayfiyatini qabul qiladi va uning muayyan harakat xususiyati bilan aloqasini ilg’ab oladi. Badiiy qobiliyatlar tizimida emotsional munosabat bildirish va sensorlik qobiliyatlari bilan bir qatorda badiiy fikrlash ham qaror topadi. U badiiy obrazlarni bir-bir bilan taqqoslaydi, ularni tegishli hayot hodisalari bilan qiyoslaydi va o’zining birinchi umumlashtirmalariga keladi.

Slayd 18

Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagog ularni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirishda quyidagi rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishi lozim:
* Turli janr va mavzulardagi adabiy asarlarni – ertaklar, hikoyalar, she’rlarni, she’riy folklorning kichik shakllarini tinglash, ularning mazmuniga emotsional munosabat bildirish va syujetning rivojlanishini kuzatib borish qobiliyatlarini rivojlantirish;
* Bolalarni ayrim asarlar va ularning aynan bir xil qahramonlar bilan birlashtirilgan sikllari bilan tanishtirish;
* Tarbiyachi bilan birgalikda tanish asarlarni hikoya qilish, ularni to’liq yoki qisman sahnalashtirishga jalb qilish;
* Bolalar so’z ijodkorligi, she’riy matnlarning o’yinli va yumoristik variatsiyalari uchun qulay sharoit yaratish;
* Bolalarning o’yin, tasvirlash faoliyatlarini badiiy obrazlar bilan boyitish;
Kitobga nisbatan estetik madaniyat asari sifatida asrab-avaylash munosabatini shakllantirish. Illyustratsiyalarni mustaqil ravishda va takror ko’rib chiqish, aynan shu kitobni takror tinglash istagi

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar