Tarbiyachi nutqiga pedagogik talablar
4000 so'm

Slayd 1
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar.
Slayd 2
Reja:
Kirish
Tarbiyachining nutq madaniyati va kommunikativ mahorati
Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi
Har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
Xulosa
Slayd 3
Dars o’quv maqsadi: Har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bosqichlarini o’rganish va tahlil qilish. Tayanch so’zlar va iboralar: Nutq madaniyati, tovush madaniyati, ovoz kuchi, ohangdorlik, ritm.
Slayd 4
Nutq madaniyati – bu to’g’ri so’zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko’zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Bola so’zlashni o’rganmoqda. Lekin buning uchun u avval ushbu tilga xos bo’lgan barcha fonemalarni aytishni; tovushlarni va so’zda muayyan pozitsiyada turgan tovushlar birikmasini an’anaga muvofiq holda, ya’ni orfoepiya qoidalari bo’yicha talaffuz qilishni; intonatsiyani yaratuvchi prosodemalarni modellashtirishni o’zlashtirib olishi lozim.
Slayd 5
Bolalarga ona tilida nutqni o’rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o’zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O. I. Soloveva nutqning tovush madaniyati tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yo’nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so’zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diktsiya) o’rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi_.
Ba’zan tarbiyachining bolalarda to’g’ri nutqni shakllantirish borasidagi faoliyati tovush talaffuzi kamchiliklarini bartaraf etuvchi logoped mehnati bilan taqqoslanadi. Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash faqatgina tovushlarni to’g’ri talaffuz etish shakllantirishdan iborat emas. Tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni shakllantirish nutqdagi tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning bir qismidir. Tarbiyachi bolalarga to’g’ri nutqiy nafas olish, ona tilidagi barcha tovushlarni talaffuz qilish, so’zlarni aniq aytish, tovushdan foydalanishni o’rgatadi, bolalarni shoshmasdan ifodali qilib so’zlashga odatlantiradi.
Slayd 6
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiyachi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan shug’ullanishi mumkin.
Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo’lib, u ko’pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho’ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so’zlay boshlaydi. «Bolalar bog’chasida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya’ni, bolalarga o’qish va yozish o’rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini to’liq o’zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo’yadi.
Slayd 7
Ushbu yoshda bolaning qiziquvchanligi eng avvalo «lingvistik» tusga ega bo’ladi: bunda bolani ushbu so’zlar bilan ataladigan narsalar mohiyati qanchalik qiziqtirsa, so’zlar ham shu darajada qiziqtiradi. Bola bilan erkin muloqot chog’ida uning savollariga javob qaytarish uchun tarbiyachi bolaga uchragan va e’tiborini o’ziga jalb qilgan narsa nomini aytish orqali bola lug’atini boyitadi. Chunonchi, narsa belgilari (sifat) nomlarini; harakat va holatni (fe’llar, sifatdoshlar, sifatdosh va ularning ravishlik belgilari) bilib oladi va esda saqlab qoladi.
Bevosita kuzatish mumkin bo’lmagan narsalar nomlarini bolalar ular tasvirlangan suratlarni ko’rish orqali bilib oladilar. Insonning narsani uning tasviri (modeli) bilan oson taqqoslashga qodirligi – tug’ma qobiliyatdir.
Bola juda erta yoshdan boshlab ishtiyoq bilan o’z ko’rib turgan narsalar rasmlarini chizishni boshlaydi, bunda u chizgan rasmlari ko’rgan narsasiga o’xshashiga ich-ichidan ishonadi (ayni paytda uning o’zi aytgan dastlabki so’zning tovush tarkibi u kattalardan eshitgan so’zlar tovushiga o’xshashligiga ishonchi komil).
Bolalarga to’g’ri talaffuzni o’zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o’sayotgan bulsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi to’g’ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so’zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog’i –hech narsani o’zlashtira olmasligi) mumkin.
Slayd 8
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o’z-o’zidan, prosodemalar, ularning artikulyatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o’rganilgan.
Tajribalar shundan dalolat bermoqdaki, bolalar barcha prosodemalarni hech bir qiyinchiliksiz o’zlashtirib oladilar, ayniqsa ularga ovoz ohangi modulyatsiyasini o’zlashtirish juda oson kechadi, ko’pchilik bolalar prosodemalarni deyarli mashqsiz o’zlashtirib oladilar. Biroq, o’qituvchilar (ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar) o’zlari ona tili intonatsiyasini a’lo ravishda egallaganlari bois buni payqamaydilar. Agarda bola ayrim prosodemalarni «mustaqil ravishda» o’zlashtira olmasa, kattalar, odatda nutqdagi bu kamchilikka tezda e’tibor bermaydilar, bu borada bolaga yordam bermaydilar va u shu kamchilik bilan maktabga boradi. U yerda esa intonatsiyadagi nuqsonni bartaraf etish nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaraganda yanada qiyin kechadi.
Slayd 9
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlar bo’limlari
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to’g’i talaffuz qilish, so’zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, to’g’ri nutqiy nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg’ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Bolalarda to’g’ri va yaxshi jaranglaydigan nutqni rivojlantirar ekan, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
Bolalarda tinglash qobiliyatini tarbiyalash, uning komponentlarini, ya’ni: tinglash e’tibori (biron-bir tovushni jaranglashiga qarab qanday tovush ekanligini va uning yo’nalishini aniqlay olish), fonematik tinglash, mazkur nutq sur’ati va ritmini qabul qila olish qobiliyatlarini asta-sekin rivojlantirib borish;
Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish;
Nutqiy nafas olish ustida ishlash, ya’ni iboralar bilan erkin so’zlay olish uchun qisqa nafas olish va davomli nafas chiqarishni o’rgatish;
Slayd 10
Muloqot sharoitidan kelib chiqqan holda ovoz balandligini boshqarish qobiliyatini tarbiyalash;
Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish;
Har bir tovushni, shuningdek so’zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz qilishga, umuman yaxshi talaffuzga odatlanish;
So’zlarni o’zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari me’yorlariga mos holda talaffuz qilishni rivojlantirish;
Normal nutq sur’atini shakllantirish, ya’ni so’zlar va iboralarni nutqni tezlashtirmay va sekinlashtirmay sekinlik bilan hamda shu bilan birga tinglovchiga aniq tushunish imkoniyatini yaratgan holda talaffuz qilishni o’rgatish;
Nutqning ohangiy ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni fikrlar, hissiyotlar va kayfiyatni mantiqiy pauza, urg’u, ohang, sur’at, ritm va tembr yordamida aniq ifodalash qobiliyatini shakllantirish
Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va uni mutaxassisga yuborishdan oldin bunday nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi lozim.
Slayd 11
Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish
Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaholanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning his-hayajonli xususiyatiga (jahl qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik suratini, ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini (so’zning bo’g’inlar soni va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri qabul qiladilar.
Slayd 12
Nutqiy tovushlar og’iz bo’shlig’ida shakllanadi, uning shakli va hajmi harakatchan a’zolar: lablar, til, pastki jag’, og’izning yumshoq yuqori qismi, qizilo’ngach holatiga bog’liq bo’ladi. Muayyan tovushni talaffuz qilish uchun zarur bo’lgan nutq organlarining to’g’ri holati va harakati artikulyatsiya deb ataladi.
Artikulyatsiya apparati tuzilishidagi buzilishlar, masalan, qisqa tilosti tuguni, noto’g’ri tishlashish, og’iz yuqori qismining haddan tashqari balandligi yoki pastligi va boshqa ayrim kamchiliklar tovushni noto’g’ri talaffuz qilishga odatlanishga olib keluvchi dastlabki omillar hisoblanadi. Biroq, agarda bolaning artikulyatsiya apparati organlari harakatchan bo’lsa, u yaxshi tinglash qobiliyatiga ega bo’lsa, bu holda ko’pchilik holatlarda uning o’zi tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qodir.
Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish
Slayd 13
Nutqiy nafas olishni rivojlantirishga doir ishlar
O’pkadan kekirdak, bo’g’iz, og’iz bo’shlig’i yoki burun orqali chiqayotgan havo oqimi tovush hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Nutqiy nafas olish o’z-o’zidan ro’y beradigan nonutqiy nafas olishdan farqli ravishda ixtiyoriy nafas olish hisoblanadi. Nonutqiy nafas olishda nafas olish va nafas chiqarish burun orqali amalga oshiriladi, nafas olish o’zining davomiyligi bo’yicha nafas chiqarishga deyarli teng bo’ladi.
Nutqiy nafas olish og’iz orqali amalga oshiriladi, nafas olish tez, nafas chiqarish esa sekinroq ro’y beradi. Nonutqiy nafas olishda nafas olishdan keyin darhol nafas chiqariladi, so’ngr pauza saqlanadi. Nutqiy nafas olishda esa nafas olinganidan keyin pauza saqlanadi, so’ngra asta-sekinlik bilan nafas chiqariladi.
To’g’ri nutqiy nafas olish to’g’ri tovush hosil bo’lishini ta’minlaydi, nutqning tegishli balandlikda bo’lishini ta’minlash, pauzalarga aniq rioya qilish, nutqning asta-sekinligini va intonatsion ifodaliligini saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Slayd 14
Ovoz ustidagi ishlar
Ovoz apparati vositasida balandligi, kuchi va tembri turlicha bo’lgan tovushlar chiqariladi: ularning umumiyligi aynan inson ovozini aniqlaydi.
Har bir ovoz xususiyatlarini alohida ko’rib chiqamiz.
Ovoz balandligi – ohangning ko’tarilishi va pasayishi, yuqori ovozdan past ovozga o’tish va aksincha.
Ovoz kuchi – tovushlarni muayyan balandlikda talaffuz etish, shuningdek tovushni bor ovozi bilan talaffuz eta olish qobiliyati.
Ovoz tembri – ovozga sifat jihatdan ishlov berish (jarangdor, ma’nosiz, titroq, bo’g’iq va boshq. )
Ovoz ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog’liq bo’ladi.
Slayd 15
Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish
Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Bu ishlar bolalar bog’chasida nihoyasiga yetkazilmog’i lozim.
Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni faqatgina bolalarda artikulyatsiya apparati organlarining harakatchanligi va tez o’zgara olishi, nutqiy nafas olishi yetarli darajada rivojlangan, ular o’z ovozlarini boshqarishni uddalay olgan taqdirdagina shakllantirish mumkin. To’g’ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyatiga ega bo’lish ham juda muhimdir, chunki u o’z-o’zini nazorat qilish imkonini beradi, o’z-o’zini nazorat qilish esa doimo o’z ustida ishlashga undaydi.
Slayd 16
Yaxshi diktsiya, ya’ni har bir tovushni, shuningdek so’zlar va iboralarni alohida va aniq, tushunarli qilib talaffuz etish bolada bir vaqtning o’zida artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir qatorda asta-sekin shakllanadi. Diktsiyaga oid ishlar ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirishga doir ishlar bilan uzviy bog’liqdir.
Bola nutqining barcha tomonlari jadal rivojlanayotgan 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan davrda uning so’zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz etishiga e’tiborni qaratish, bolalarda so’zlardagi barcha tovushlarni aniq aytgan, iboralardagi barcha so’zlarni tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ohista sur’atda taqlid qilish nutqini tarbiyalash zarur. Biroq har doim ham faqat taqlid qilish orqali yaxshi diktsiyaga erishib bo’lmaydi. Bunga nutqni tinglash qobiliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, artikulyatsiya apparati organlarining yetarlicha harakatchan emasligi, o’z ovozini boshqara olmaslik va boshqa kamchiliklar to’siq bo’lishi mumkin.
Diktsiyaga oid ishlar
Slayd 17
Orfoepiyaga doir ishlar
Kishilar bir-birlarini tushunishlari uchun ular og’zaki nutqining tovush qismi bir xil bo’lishi darkor. Shuning uchun tarbiyachilar nafaqat o’zlari og’zaki nutq qoidalariga rioya qilishlari lozim, balki ular bolalarni ham shunga odatlantirishlari kerak.
Biz bir necha bor bolalarning o’z nutqida mahalliy shevani, jaydari so’zlarni qo’llayotganini, urg’uni noto’g’ri qo’yayotganliklarini, so’zlarni harfiga qarab aytayotganliklariga (masalan, rus tilidagi «chto» so’zini «shto» deb emas, balki «chto» deb aytish) duch kelamiz.
Tarbiyachi bolalarning adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilishlari ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Bu o’rinda tarbiyachining vazifasi quyidagilardan iborat bo’lmog’i lozim: ona tilining orfoepik me’yorlarini o’zlashtirib olish yo’LI bilan o’z nutqining talaffuz madaniyatini oshirish, mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda muntazam ravishda turli qo’llanmalar, lug’atlardan foydalanish.
Slayd 18
Nutq sur’atiga doir ishlar
Nutq sur’ati deganda, nutqning vaqt bo’ylab davom etish tezligi tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar sekin so’zlashdan ko’ra ko’proq tez sur’atda so’zlaydilar. Bu nutqning tushunarliligi, aniqligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tovush artikulyatsiyasi yomonlashadi, ba’zan alohida tovushlar, bo’g’inlar va hatto so’zlar tushib qoladi. Ayniqsa bu nuqsonlar uzun so’zlar yoki iboralarni talaffuz qilishda ko’p uchraydi.
Tarbiyachining faoliyati bolalarda so’zlar juda aniq jaranglaydigan ohista nutq sur’atini shakllantirishga yo’naltirilishi zarur.
Slayd 19
Intonatsion ifodalilikka oid ishlar
Intonatsiya – bu nutqdagi barcha ifoda vositalarining murakkab majmui bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Musiqiylik – iborani aytishda ovozning kuchayishi va pasayishi, bu nutqqa turli buyoqlar baxsh etadi va birxillikdan qochish imkonini beradi. Musiqiylik jaranglayotgan nutqning har bir so’zida ishtirok etadi. Balandligi va kuchiga qarab o’zgargani holda unlilar unga ishlov berishni nihoyasiga yetkazadilar;
Sur’at – nutqiy kesimlar o’rtasidagi pauzalarni hisobga olgan holda nutqning aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda jadallashishi va sekinlashuvi;
Ritm – urg’uli va urg’usiz bo’g’inlarning bir tekis o’rin almashishi (ya’ni, ularning quyidagi sifatlari: uzoqlik va qisqalik, ovozni balandlatish va pasaytirish);
Iboraviy va mantiqiy urg’ular – aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda pauzalar, ovozni balandlatish, so’zlarni talaffuz qilishdagi zo’riqish va uzoqligi bilan ajratish;
Nutq tembri – (tovush tembri va ovoz tembri bilan aralashtirib yuborilmasin) tovushning ekspressiv-emotsional buyoqlari (qayg’uli, quvnoq, hazin tembr)
Slayd 20
«Nutq madaniyati» atamasi ko’p qirralidir: 1-uni keng ma’noda tushunish mumkin, unda u «nutq madaniyati» sinonimiga ega bo’ladi (bu o’rinda u namunaviy husnixat matnlarini va umuman olganda, til tizimining potentsial xususiyatlarini ko’zda tutadi); 2-tor ma’noda, nutq madaniyati – bu kundalik, og’zaki va yozma muloqot sharoitida til xususiyatlari hamda imkoniyatlarini aniq yuzaga chiqarishdir; 3-nutq madaniyati – bu mustaqil lingvistika fanidir.
Nutq madaniyati – og’zaki va yozma adabiy nutq me’yorlarini (talaffuz, urg’u, grammatika, so’zni qo’llash qoidalari va boshq. ), Shuningdek nutq maqsadi va tarkibiga muvofiq holda til vositalaridan foydalana olish qobiliyatini o’zlashtirish.
Lingvistik adabiyotlarda odatda, adabiy tilni o’zlashtirishning ikki bosqichi haqida, ya’ni: nutqning to’g’riligi va nutqiy mahorat haqida aytish qabul qilingan.
Maktabgacha yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu – bolalarda so’zdagi tovushlarni sof va tushunarli qilib talaffuz etishni, so’zlarni o’zbek tili orfoepiyasi me’yorlariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilishni, aniq talaffuz qilishni (yaxshi diktsiya) hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat.
Xulosalar:
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.