Bolalarni ashula aytish va musiqa tinglashga o’rgatish
4000 so'm

Slayd 1
Bolalarni ashula aytish., musiqa tinglash va musiqiy ritmik harakatlarga o’rgatish
Slayd 2
Reja:
Bolalarda qo’shiq kuylash malakalarini rivojlantirish
Bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatish metodlari
Bolalarning musiqiy-ritmik faoliyati
Slayd 3
Bolalarda qo’shiq kuylash malakalarini rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to’g’ri kuylashga o’rgatishda ularda qo’shiqchilik, vokal-xor malakalarini shakllantirish zarur. Qo’shiqchilik malakalari – bu to’g’ri holatda kuylash. Qo’shiq kuylash jarayonida bola gavdani ko’tarib, bukchaymasdan, stul orqasiga qisman suyanibroq o’tirishi kerak. Qo’llari yesa tizzaga qo’yiladi.
Slayd 4
Vokal malakalari – bu ovoz hosil qilish, nafas va diktsiyadir. Nafas qisqa, yengil va shovqinsiz bo’lishi kerak. So’zlar aniq va burro talaffuz qilinadi.
Xor malakalari – bu ansambl bo’lib kuylash va tuzilmaning o’zaro bog’liqligidir.
«Ansambl» – frantsuz tilidan olingan so’z bo’lib, «uyg’unlashuv» – ovozlar kuchi va balanligining birlashuvi degan ma’noni anglatadi. Ansamblda barcha ijrochilarning unison bo’lib kuylashi va tembr tekisligiga yerishish talab yetiladi.
Slayd 5
Bolalarning kuylash malakalari qo’shiq yodlash va o’rgatish jarayonida rivojlanadi. Musiqa asari murakkablashgani sari bolalarda kuylash malakalari ham rivojlana boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy ta’lim va tarbiya jarayonida o’zlashtirish lozim bo’lgan mezonlar:
Kichik va o’rta guruh bolalari – musiqa rahbari va musiqa asbobi yordamida oddiy, murakkab bo’imagan qo’shiqlarni kuylay olishi kerak.
Katta guruh bolalari – asbobsiz faqat musiqa rahbarining yordami bilan yoki musiqa rahbarisiz musiqa asbobi jo’rligida kuylashi, tovushlarning past-balandligi va cho’zimlarini farqlay olishi, qo’shiq kuylash jarayonida to’g’ri, tik, yelkani to’g’ri tutib turishi kerak.
Slayd 6
Bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatish metodlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa rahbari bolalarga qo’shiqni o’rgatishdan oldin qo’shiqni tanishtirishi, uning mualliflari, asarning matni, mazmuni haqida gapirib berishi kerak. Yangi qo’shiqni o’rganish uchun ularda musiqa asariga qiziqish uyg’otishi kerak bo’ladi. Bollarga har qanday qo’shiqni o’rgatish jarayonida ularning yosh davrlari hisobga olinishi shart.
Slayd 7
Kichik guruh yoshidagi bolalarini qo’shiq kuylashga o’rgatish metodlari
Kichik guruh bolalarini ovozlari ustida ishlanganda ularni yoshi, ovoz diapazoni va kukrak qafasining hajmi kichikligi va shu sababli ularni zo’riqtirmay yengil va talafuzi oson bo’lgan so’zlardan iborat qo’shiqlarini tanlash juda muhim. Uch yoshli bolalarda ovoz apparati yendi shakllana boshlaydi. Qo’shiqchilik malakasi hali yo’q, nafaslari qisqa, biroq shu davrda bolalar juda qiziquvchan bo’lib, kattalar ijrochiga bajonudil qo’shiladilar, jumlalarning ba’zi tovushlarini kuylay olishadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda boshlang’ich kuylash malakalarini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Bu yoshdagi bolalar qo’shiqni butunligicha, yaxlitligicha kuylay olishmaydi, faqat ba’zi qismlarinigina kuylay olishadi.
Slayd 8
To’rt yoshga
To’rt yoshga kirgan bolalarda ovoz pardalari kuchayadi, ular yeng oddiy qo’shiqlarni ham kuylay olishadi. Bunda tarbiyachining asosiy vazifasi – bolalarni tabiiy tovushda kuylash, zo’riqmasdan, tovushni siqmasdan kuylashga o’rgatishdan iborat. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda yeng muhim vazifalardan biri talaffuz ustida ishlashdir.
Bu yoshdagi bolalar hali ko’p so’zlarni ma’nosini tushunmaydilar. Ularga so’zlarning mazmuni va ularni to’g’ri talaffuz qilish tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarda bir tempda kuylash qiyin kechadi. Bu hol tarbiyachilarning doimiy ye’tiborida bo’lishi va bolalarning birgalikda kuylashga o’tgatishi kerak.
Slayd 9
Qo’shiq so’zlariga e’tibor qiling:
Bog’imizda olmalar
Qip-qizarib pishibdi.
Borib qarasam ular
Yerga to’p-to’p tushibdi.
Slayd 10
Besh yoshli
Besh yoshli bolalar yesa uncha murakkab bo’lmagan qo’shiqlarni musiqiy rahbariga yergashib kuylaydilar. Qo’l harakatlarini qo’shib mazmunini ifodalashga harakat qiladilar.
Besh yoshli bolalarni qo’shiq kuylashga o’rgatish jarayonida quyidagi o’qitish metodlarini qo’llash tavsiya yetiladi:
Musiqa rahbari tomonidan qo’shiqni ifodali qilib, yemotsional tarzda ijro yetib ko’rsatish metodi;
Qo’shiqni birinchi bor tanishtirish jarayonida tasviriy san’at asari, rasmlar, o’yinchoqlar yordamida qo’shiq mazmunini ochib berish, ya’ni tushuntirish metodi.
Musiqiy-didaktik o’yin metodlari va texnologiyalarini qo’llash.
Musiqa rahbari asarni 2-3 marotaba musiqa asbobida ijro yetib, uni bolalar bilan birgalikda kuylash, interfaol metod.
Qo’shiq matnini kuy bilan birgalikda o’rganish va boshqa metodlar.
Slayd 11
Qo’shiq «Shirin kulcha»:
Non yopganda, non yopganda
Mening oyim, mening oyim.
Issiq kulcha, teshik kulcha
Yopar doim,yopar doim.
Kulcha juda mazzali,
Sedonali jizzali.
Yegan sarim yeigim kelar,
Rahmat oyi –degim kelar.
Slayd 12
Tabiiy tovushda zo’riqmasdan kuylash. Bu malaka ustida muntazam ravishda ish olib boriladi.
To’g’ri nafas olish, ya’ni bir jumlani bir nafasda kuylash.
To’g’ri talaffuzga ye’tibor berish.
Artikulyatsiya ustida ishlash (qo’shiq ijrosi vaqtida og’izni to’liq ochishga, past jag’ni zo’riqtirmasdan, siqmasdan ochib kuylash).
Ansambl malakalari – qo’shiqni birga boshlab, birga tugatishga yerishish. Bu yoshdagi bolalarni jo’rsiz ijroga o’rgatish kerak. Yaxshi o’rganilgan va mustahkam biladigan qo’shiqni jo’rsiz aytishi mumkin.
Slayd 13
Aks-sado metodi.
Qiyosiy-taqqoslash metodi.
O’zing tanla –birga kuyla
Ovozidan top
Ipni o’ra
Slayd 14
O’zing tanla –birga kuyla
Slayd 15
Bu metodda doirachalar orqasiga qo’shiq nomlari yoki turli rasmlar (oima, archa, qo’g’rchoq, ayiqcha, binafsha va…) berkitilgan. Tariyalanuvchilardan biri chiqib ihtiyoriy doiracha tanlaydi va ochadi. Doirachalar orqasida mashg’ulotlar davomida o’rganilgan qo’siqlarni nomi yozilgan yoki rasmi bo’ladi. Tarbiyach tomonidan qoshiq nomi ye’lon qilngach bolalar jamoasi birgalikda kuylaydilar.
Slayd 16
Qo’shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash
Qo’shiqni yuqori va past tonalliklarda kuylash
Kuyni yeshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Kuyni qo’l harakti (dirijyorlik yelementlari)da ko’rsatish.
Slayd 17
Bolalarning musiqiy-ritmik faoliyati
Musiqiy ta’lim va tarbiya jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishning yeng muhim omillaridan biri musiqiy-ritmik faoliyatdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bu faoliyat, avvalo, yertalabki badantarbiya mashqlaridan boshlanadi. Musiqiy-ritmik mashqlar havosi toza xonalarda yoki ochiq havoda o’tkazilgani ma’qul. Buning uchun bolaning kiyimi yengil va qulay bo’lishi kerak. Muntazam mashq bajarish bolalarni yelka, qorin va boshqa a’zolarini mustahkamlaydi. Oyoq uchi va tavon uchun bajariladigan mashqlar yassi oyoqlikni oldini oladi. Bundan tashqari bunday mashqlar bolalarni qon ayianish tizimiga ta’sir ko’rsatadi.
Slayd 18
Quvnoq bolalar
Slayd 19
Sakrash mashiqi
Avval tikka turamiz
Gavdani to’g’rilaymiz.
So’ngra 1 oyoq bilan
Sekin-sekin sakraymiz.
1-2-3, 1-2-3.
O’ng oyoq, cap oyoq
So’ngra esa juft oyoq.
Slayd 20
Sekin –sekin yuramiz,
Oyoq uchini bosib.
To’g’ri yo’ldan yuramiz
Tovon tegini bosib.
1-2-3, 1-2-3
Dorbos bo’lib yramiz
Qaddimizni kervolib.(2 m)
Slayd 21
Musiqa rahbari musiqa mashg’ulotini o’tkazish jarayonida bolalarga musiqa ostida harakat qilishlariga yordam beradi va ularga raqs yelementlarini o’rgatib boradi. Musiqiy mashg’ulotlarni boshlashdan avval bolalarni musiqa bilan yugurish va sakrashga o’rgatadi.
Yurish – har xil bo’ladi. Oddiy qadamlarni keng tashlash, turgan joyida tizzalarni ko’tarib, yumshoq, cho’zilib oyoqni uchida yurish turlari mavjud.
Yugurish – bu oddiy, yengil, oyoq uchida qo’lni yuqoriga ko’tarib yugurish va keng qadamlar bilan yugurish.
Sakrash – bunda ikki oyoqda sakrash, oyoqni juftlab, oyoqlarni almashtirib, bir oyoqni oldinga ikkinchi orqaga qilib sakrash, obruchlar orasidan arqon bilan sakrash turlari mavjud.
Slayd 22
Musiqiy-ritmik harakat bajarayotganda bola toza havodan nafas olishi kerak
Buning uchun bolalarga burundan to’liq nafas olishga o’rgatish lozim. Bolalarga mashqlar jarayonida nafasni uzoq ushlab turmaslik kerakligini uqtirish kerak.
Bunday vazifalar qo’shiq kuylab raqsga tushganda ham katta yordam beradi.
Bir yoshli bola – musiqa tovushiga impulsiv reaktsiya qiladilar va ularga taqlid qiladilar. Kattalar musiqaga mos qanday harakat qilsalar yosh bolalar ham xuddi shunday harakat qiladilar.
Ikki-uch yoshii bolalar – musiqani ritmik anglashga yetarli ravishda tayyor bo’ladilar.
To’rt yoshli bolalar – o’yin haqida fikr ayta oladilar va qiyin asarlarga mos harakatlar qila oladilar.
Slayd 23
Besh yoshli bolalar – ritmik harakat va mashqlar haqida bemalol o’z fikriarini harakatda ifoda yeta oladilar. Lekin, musiqa tempini o’zgarishi ular uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Olti yoshli bolalar – musiqa bilan harakatni bir-biriga mosligini his yetadilar. O’yin jarayonida harakat ketma-ketligini his yetadilar.
Yetti yoshli bolalar – musiqani faol idrok yetadilar. Musiqani harakat bilan bog’liqligini ifodasini his yetadilar. Ular raqs, o’yin jarayonida mustaqil harakatlana oladilar.
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
KENG ASSORTIMENTDAGI LIBOSLARNI BADIIY BEZASH USULLARI VA VOSITALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 42 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
LYUDVIG VAN BETXOVEN IJODI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
O‘ZBEK MUSIQA FOL’KLORI NAMUNALARINI TO‘PLASH VA YOZIB OLISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MUSIQA ASBOBLARINI CHALISHGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI VA TURLI YOSH GURUHLARIDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH USULLARI VA TEXNOLOGIYASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
GARMONIK MAJOR VA MINOR INTERVALLAR. XROMATIK INTERVALLAR YECHILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
Pedagogik veb-dizaynning nazariy asoslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
AYOLLAR YUPKASINING NAMUNASINI TAYYORLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
VARIATSION SHAKL. RONDO SHAKLI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
Xalq cholg‘ulari turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: ko‘rsatilgan
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
she'riy san'at turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn







Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.