Raqamlashtirish sharoitida o’quv materialini o’zlashtirish darajalari

4000 so'm


Raqamlashtirish sharoitida o'quv materialini o'zlashtirish darajalari

 

 

Slayd 1

Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’quv materialini o’zlashtirish darajalari

Slayd 2

Reja:
Ya. A. Komenskiy tomonidan «O’quv materiali» atamasining kiritilishi.
O’zbek pedagogikasi xazinasida o’quv mehnati, usullari va mohiyati.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalari

Slayd 3

Ya. A. Komenskiy ilk bor «O’quv materiali» atamasining didaktikada qo’llaganiga hademay to’rt asr bo’ladi. U «Analitik didaktika» asarida ta’lim jarayoni tarkiban uch qismdan iborat, – deb yozgan edi: «O’qitish – bu o’quvchilarga ta’lim berish demak. Bolalar o’qituvchi aytgan, qitoblarda yozilgan bilimlarni o’rganadi; o’qish – bu o’qituvchi aytgan, kitoblarda yozilgan haqiqatlarni idrok etish; o’quv materiali – o’qituvchidan o’quvchilarga tomon siljiyotgan bilimlar». Ko’rinib turibdiki, Ya. A. Komenskiy «o’quv materiali» tushunchasini ta’lim jarayoni kontekstida o’rgangan. Shu bilan birga, u bilimlarning o’qituvchidan o’quvchilarga harakatini «o’quv materiali» sifatida talqin qilgan. Shuningdek, o’quv materialini o’zlashtirish muammasi ham haligacha dolzarb hisoblanadi. Biz bilamizki, o’quv materialini o’zlashtirish o’quv faoliyati bilan bog’liq jarayondir.

Slayd 4

Didaktik tadqiqotlarda o’quv faoliyati maqsadlariga keng ahamiyat berilgan, ularning turlari to’g’ri va qo’shimcha maqsad cifatida tasnif qilingan. O’quv topshirig’ini bajarishdan ko’zlangan maqsad – to’g’ri maqsad. U yoki bu topshiriqni bajarish jarayonidan to’g’ri maqsad bilan yonma-yon qo’shimcha maqsadlar (masalan, bolalarda irodani tarbiyalash)ga ham erishiladi. To’g’ri maqsad bilan yonma-yon erishiladigan ikkinchi darajali maqsadga qo’shimcha maqsad deyiladi; yaqin va uzoq maqsad. O’quvchilarning o’quv topshirig’ini bajarishidan o’qituvchi ko’zlagan maqsad yaqin maqsad deyiladi. Ta’limda o’quv topshiriqlarini bajartirish yo’LI bilan o’quvchilar hayotiy muammolarini hal qilishga ham tayyorlanishadi. Hayotiy muammolarni bajarishga oid maqsad uzoq (istiqboldagi) maqsad deyiladi; xususiy va umumiy maqsad. O’quv topshiriqlarini bajarish yo’LI bilan o’quv materiallarini o’rganish xususiy maqsad sanalsa, ta’lim bosqichlari, tsikllari maqsadini amalga oshirish umumiy maqsad hisoblanadi.

Slayd 5

E. G’oziev tadqiqotlarida umumlashtirish usuli faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ajratilgan. Uning yozishicha, tushuncha darajasida umumlashtirishning uch yo’nalishi mavjud: umumiydan (bolalar uchun malumlaridan) xususiyga qarab borish; xususiylarni o’zaro chog’ishtirishdan umumiyga o’tish; juz’iy ob’ektlarni tahlil qilishdan umumiyga qarab borish.
O’zbek pedagogikasi xazinasida o’quv mehnati, usullari, mohiyati, tarkibini o’rganishga oid izlanishlar mavjud. O’quv mehnati usullari faoliyatda bajaradigan ishi, qo’lga kiritiladigan natijasiga ko’ra ikki guruhga ajratiladi: a) ob’ektning o’rganilayotgan nuqtai nazarini belgilash, ajratish usullari. Bunday aqliy mehnat usullari sirasiga kuzatish, guruhlarga ajratish, taqqoslash, dalillarni (so’zlarni) almashtirish, dalil (so’z) tanlash.

Slayd 6

Bu usullar vositasida o’quv materialining mazmuniga ishlov beriladi, o’quv materialining o’rganilayotgan nuqtayi nazarlari ajratiladi; b) o’rganilgan hodisani faoliyat tarkibiga kiritish. Bu xildagi o’quv mehnati usullari qatoriga matnlarni tahlil qilish, matn tuzish, matn tarkibidagi ortiqcha narsalarni tushirib qoldirish, so’zlarni matn tarkibida o’zgartirish, savollarga qisqartirib va kengaytirib javob qaytarish kabilar kiradi. Bunday o’quv mehnati usullari vositasida o’quv materiallarining xususiyatlari takrorlanadi, bilimlar turli o’quv holatlariga tatbiq etiladi.
O’quvchining o’rganilayotgan ob’ektga har bir yaqinlashuvi o’zlashtirilayotgan o’quv materialining yangi tomonlarini, yangi belgilarini his qilish, anglashni taminlaydi. Bu ta’lim jarayonida u yoki bu mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimining uzluksiz (kumulyativ – o’quvchi o’zlashtirish ob’ektiga qancha ko’p to’qnash kelsa, o’zi uchun yangi-yangi xususiyatlarni shuncha ko’p anglaydigan hodisa) rivojlanishini taminlaydi.

Slayd 7

O’quv materialini o’zlashtirish darajasi
Natija
Izoh
Birinchi daraja
O’quv materialining umumiy tuzilishi va uni aytib berish usulini egallash.
Bu darajada o’quvchilar o’rganilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish
Ikkinchi daraja
O’quv materialining umumiy tuzilishi va uni aytib berish usulini yanada
Yo’llarini egallab olishlari lozim.
Uchinchi daraja
Aniqlashtirish, kengaytirishdir.
O’quvchi qoidadan amaliyotga o’tganda va, aksincha, amaliyotdan qoidaga qarab
Biz o’quv materialini o’zlashtirishning uch xil darajasi va shu uch xil darajaga mos uch xil natijasini ajratadi.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalari

Slayd 8

Yuqorida o’quv faoliyati xususiyatlari, uning tarkibiy qismlari tahlil qilindi. Ularning qator pedagogik qimmati mavjud. Pedagogik amaliyot nuqtai nazaridan o’quv faoliyati tarkibiy qismlari o’qituvchi va o’quvchilarning bir-birlarini anglashlarini taminlaydi.
O’qituvchi o’quvchilarning o’quv faoliyati tarkibiy qismlarini hisobga olib o’quv faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi.
O’quvchilarda o’quv faoliyati, uning tarkibiy qismlarini rivojlantirish o’quv faoliyati samaradorligini oshirishga olib keladi.

Slayd 9

Nazorat uchun savollar:
Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o’quv materialini o’zlashtirish darajalarini yo’ritib bering.
Ya. A. Komenskiy tomonidan kiritilgan «O’quv materiali» atamasining mahiyati nimadan iborat?
O’zbek pedagogikasi xazinasidagi o’quv mehnati, usullari va mohiyatini izohlab bering.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalari nimalardan iborat?

Slayd 10

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 11

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Raqamlashtirish sharoitida o’quv materialini o’zlashtirish darajalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar